Mualliflar

  • Matanov Shokir Xujamuratovich

Muallif biografiyasi

  • Matanov Shokir Xujamuratovich
    Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi  

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90086

Kalit so‘zlar:

faoliyat psixologik konsultatsiya kompetensiya o’zini-o’zi anglsh psixologik xizmat

Annotasiya

O‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera oluvchi ta’lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ta’limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o‘quv faoliyatining har bir o‘quvchi shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi.

background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

185

PEDOGOGIK-PSIXOLOGIYADA KONSULTATSIYA

MASALALARI

Matanov Shokir Xujamuratovich

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi

psixologi

ANNOTATSIYA : O‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har

tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera

oluvchi ta’lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Ta’limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o‘quv faoliyatining har bir o‘quvchi

shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi.

Kalit so’zlar: faoliyat, psixologik konsultatsiya, kompetensiya, o’zini-o’zi

anglsh, psixologik xizmat

KIRISH

O‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama

takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera oluvchi

ta’lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ta’limning

muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o‘quv faoliyatining har bir o‘quvchi shaxsiga,

uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi. Bu mas’uliyatli

vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psixologik xizmatsiz amalga oshirish qiyin.

Qolaversa, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, o‘quv topshiriqlarini

takomillashtirishda, o‘quvchilarni u yoki bu kasbga yo‘naltirishdagi o‘ziga xos

individual psixologik xususiyatlarini va qiziqishlarini aniqlashda, ularning o‘z-

o‘zini anglashlarida, o‘quv jarayoni, o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchi-o‘qituvchi

faoliyati bilan bog‘liq barcha muammolarni bartaraf etish yo‘llarini izlashdagi

psixolog olimlarning bugungi yutuqlari haqida etarli dalillar mavjud. Masalan,

I.V.Dubrovina tadqiqotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi nazariy va


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

186

amaliy jihatlarning asoslanishi, L.I.Bojovichning o‘quvchi shaxsi va uning maktab

yoshidagi shakllanish bosqichlarini psixologik tasniflovchi empirik ma’lumotlari,

A.G.Asmolovning o‘quvchi faoliyati va ustanovka uyg‘unligini izohlab beruvchi

tadqiqotlari, D.I.Feldshteynning ontogenezda rivojlanuvchi shaxs ijtimoiy

taraqqiyotining psixologik qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan qator

ilmiytadqiqiy ko‘rsatmalari, E.A.Klimovning o‘quvchini kasbga yo‘naltirishdagi

individual uslubni o‘zida mujassamlashtirgan psixologik ishlanmalari,

V.S.Merlinning o‘quvchi shaxsidagi individual va sotsial tipik xususiyatlar

psixologiyasini izohlab berishga qaratilgan asarlari, E.G‘.G‘ozievning ta’lim

muassasalaridagi psixologik xizmat vazifalarini qayd etishga bag‘ishlangan

ko‘rsatmalari, M.G.Davletshinning O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi

holati va vazifalarini talqin qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy fikr-mulohazalari,

G‘.B.SHoumarovning Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi

bilan bog‘liq yangiliklar, muammolar va echimlarga bag‘ishlangan nazariy-ilmiy va

ijtimoiy-amaliy ahamiyatga molik fikrmulohazalari, Sh.R.Barotovning ta’limda

psixologik xizmat amaliyotiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari

B.R.Qodirovning O‘zbekistondagi iqtidorli va iste’dodli bolalarni tanlash va

tarbiyalashga qaratilgan qator nazariyilmiy va amaliy-uslubiy asarlari shular

jumlasidandir.

Ayniqsa, bugungi kunda o‘zbekistonlik psixologlar guruhi tomonidan

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat, xalq ta’limi

tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi

haqidagi Nizom”ning ishlab chiqilishi va uni MMTV tomonidan tasdiqlanishi

O‘zbekistondagi psixologik xizmat tizimining rasmiy tarzda “jonlanishi” va taraqqiy

etib borishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, ushbu “Nizom”

ta’lim muassasalarida tatbiq etilajak psixologik xizmat tizimining asl maqsadi,

mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari haqida yetarlicha

tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish

uchun o‘ziga xos qo‘llanma va yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi ana shu

“yo‘llanma” asosida bugungi kunda Respublikamiz miqyosida talaygina ta’lim


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

187

muassasalarida psixologik xizmat tizimi tashkil etilgan. Darhaqiqat, Respublika xalq

ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi, dastavval, o‘quvchi shaxsini har

tomonlama tushunib tahlil qilish va rivojlantirish borasida o‘ziga xos yuksak

ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Zero, hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda ham inson

omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblangan. Ushbu

muammoni bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o‘quvchilar jamoasiga

mazmuniga, mohiyatiga va saviyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Umumta’lim psixollogik xizmat «Nizomi»ga kiritilgan barcha vazifalarni

ma’lum ma’noda shakllantirishga qaratilgan vazifalar sifatida talqin qilish mumkin.

Chunki, psixologik xizmat jarayonida har bir o‘quvchini o‘zini o‘zi anglashga,

o‘zidan o‘zi unumli foydalanishga, o‘z individual rivojlantirishga, faoliyat

jarayonida sodir etilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar ko‘lami muntazam ravishda

amalga oshirilib boriladi. Bularning barchasi esa ayni paytda qaratilgan uslubiy

vositalar sifatida xarakterlanadi. Shunga muvofiq, bugungi kunda maktab

amaliyotchi psixologlari o‘quvchi har bir o‘quvchini o‘zini o‘zi anglashga, o‘zidan

o‘zi unumli foydalanishga, o‘z faoliyatidagi shakllantirishga qaratilgan vazifalar

sifatida talqin qilish mumkin. Chunki, psixologik xizmat jarayonida

1.

Har bir sinfdagi ijtimoiy-psixologik muhitning har bir o‘quvchi

shaxsiga ijobiy ta’sirini tarkib toptirish.

2.

Har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatiga nisbatan o‘z-o‘ziga adekvat

baho bera olishini ta’minlash.

3.

Har bir o‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, anglash, idora qilish va o‘z-

o‘zidan ijtimoiy ma’noda muvaffaqiyatli qoniqish hosil qilishi uchun shart-

sharoitlarni hozirlash.

4.

Har qanday o‘quv faoliyati talablarini bajarish jarayonida o‘quvchining

me’yoriyhissiy holat chegarasidan chiqib ketmasligi uchun barcha tadbirlarni

qo‘llash.

5.

O‘quvchining faoliyat talablariga va aksincha, faoliyat talablarining

o‘quvchi shaxsiga moslasha olishlarini ta’minlash.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

188

6.O‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-jamoa o‘rtasidagi

hamkorlik faoliyati uchun muhim muvaffaqiyatli munosabatlar o‘rnatila borilishini

muntazam nazorat ostiga olish.

7 O‘quv faoliyati talablarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashga xizmat

qiluvchi o‘quvchi shaxsi faolligi bilan bog‘liq individual uslub imkoniyatlarini

o‘rganish va qaror toptira borish.

XULOSA

Ilmiy-tashkiliy faoliyat yo‘nalishlari quyidagi vazifalarni bajarishni o‘z

ichiga oladi: har kunlik, haftalik, oylik va yillik taqvimiy ish rejasi tuzish, uni

hududiy psixologik xizmat markazi tomonidan tasdiqlatish; psixologik xizmat

xonasini kerakli jihozlar, ko‘rgazmalar va boshqa barcha materiallar bilan to‘ldirish;

Maktabdagi har bir o‘quvchi uchun “Shaxs psixologik kartasi”ni tuzish va shu

ma’lumotlar (ko‘rsatkichlar) asosida tegishli psixologik tadbirlarni belgilash; ota-

onalar, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilrivamaktabrahbarlari bilan bajariladigan ishlar

rejasini tuzish; har bir sinfdagi o‘quvchilar guruhi, alohida referent, rasmiy va

norasmiy guruhlar, liderlar va ayrim “ajralib qolgan” o‘quvchilar bilan individual

ish olib boorish rejasini tuzish; o‘quvchilarni maktabga qabul qilish va kasbga

yo‘llash bilan bog‘liq psixologik ishlar ko‘lamini belgilash; Ilmiy-tadqiqiy

yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi vazifalarning bajarilishi nazorat qilinadi: maktab

amaliyoti uchun zarur psixologik usullarni qo‘llash va olingan ma’lumotlarni qayta

ishlash asosida tegishli ilmiy xulosalar chiqara olish;- psixologik qonuniyatlarni

bilish va shu asosda namoyon bo‘luvchi yosh xususiyatlari, individual xususiyatlar

va o‘quv motivlariga xos jihatlarni muntazam o‘rganib borish, tadqiq qilish, fikr-

mulohazalar yuritish; - o‘quvchi faolligiga, o‘z-o‘zini anglash va rivojlantirish orqali

o‘z-o‘zini himoya qilishga nisbatan ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi omillarni obdon

o‘rganish, tadqiq qilish va tadbirlarni belgilash; - o‘quv faoliyati samaradorligini

aniqlashga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash va tadqiq qilish

ahamiyatlidir.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

189

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Абдуллаева, Г. А., & Аллаярова, С. Н. (2021). ТАРБИЯ ЖАРАЁНИ

СИФАТИНИ КВАЛИМЕТРИК МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ: МУАММО ВА

ЕЧИМЛАР. Современное образование (Узбекистан), (12 (109)), 63-70.

2.

G. A. Abdullayeva (2021). O’QUVCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY

TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI. Academic research

in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 300-305.

3.

Isyanova, A., & Usmanova, S. (2015, May). Structural Components of

Creative Potential of University Pedagogical Personnel. In SOCIETY.

INTEGRATION. EDUCATION. Proceedings of the International Scientific

Conference (Vol. 1, pp. 176-185).

4.

Сагатова, Ш. Ф. (2021).

ЭМОЦИОНАЛ ИНТЕЛЛЕКТ

РИВОЖЛАНИШИНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ. Academic research in

educational sciences, 2(NUU Conference 1), 124-127.

5.

Усманова, Ш. Д. (2019). Шахс ижтимоии фаоллиги ривожланишининг

психологик механизми. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 27-

31.

6.

Шоира Джумабековна Усманова (2023). ЁШЛАРДА ИЖТИМОИЙ

ФАОЛЛИК ВА ИНТЕЛЛЕКТ ДИНАМИКАСИ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАР.

Academic research in educational sciences, 5 (NUU Conference 2), 781-786.