Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
172
BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKNI OLDINI OLISH
Nishonova Dilafruzxon Fazrubloyevna
Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 12-maktab psixologi
ANNOTATSIYA: Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilishi bola
huquqlari buzilishining eng jiddiy ko‘rinishidir. Xalqaro miqyosda ham bolalarni
zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalasi huquqiy tartibga
solishning asosiy obyektlaridan hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: jinsiy daxlsizlik, jinsiy zo‘ravonlik, pornografik mahsulotlar,
viktimizatsiya, fohishabozlik, bola huquqlari, zo‘rlik, jinoiy javobgarlik, shahvoniy
shilqimlik.
KIRISH
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik umumiy tushuncha sifatida bevosita
jinsiy aloqadan tortib, ularga nisbatan sodir etiladigan axloqsiz harakatlar, jinsiy
ekspluatatsiyaga yollash va boshqa aloqasiz sodir etiladigan jinsiy zo‘ravonlik
harakatlarini o‘z ichiga oladi.
UNICEFga ko‘ra dunyodagi har uch mamlakatning birida ayollarning besh
foizi bolalik davrida jinsiy zo‘ravonlikka uchrashi haqida xabar beradi. Manbalarga
ko‘ra voyaga yetmagan qizlardan har to‘qqiztadan bittasi, o‘g‘il bolalarning har
yigirmadan biri bolalik davrida jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. 18 yoshgacha
bo‘lgan jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarining 82 foizini qizlar tashkil qilib, ular orasida
16-19 yoshdagi qizlarning zo‘ravonlikka uchrash ehtimoli boshqalarga nisbatan to‘rt
baravar ko‘pdir.
Turli doirada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra[3] bolalarga nisbatan
jinsiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi xabarlar o‘tgan davrdagiga qaraganda 87 foizga
ko‘paygan. Bolalarning onlayn o‘yin o‘ynash jarayonida “gruming”ga tushib qolishi
uchun 19 soniyadan 45 daqiqagacha bo‘lgan vaqt yetarli bo‘ladi. Bolalarga nisbatan
jinsiy zo‘ravonlik sodir etuvchilarning deyarli oltmish foizi o‘z qurbonlariga tanish
bo‘lishadi. Respondentlarning 54 foizi bolalikda onlayn jinsiy zo‘ravonlikka
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
173
uchrashganini bildirishgan. Bolalarga nisbatan jinsiy tazyiq tasvirlangan post qirq
yetti kun davomida 1,3 mln ko‘rishlar soniga ega bo‘lgani zo‘ravonlik doirasi
kengligini ham anglatadi. AQSH da o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra,
respondentlarning 54 foiz qismi birinchi marotaba o‘n uch yoki undan ham kichik
yoshida birinchi marotaba onlayn pornografik materialning guvohi bo‘lishganini
aytishgan. O‘tgan to‘rt yil davomida onlayn gruming jinoyatlari 80 foizgacha
oshgan.
Ko‘rsatilgan raqamlar jinsiy zo‘ravonlikning borgan sari turli ko‘rinish va
shakllarda rivojlanayotgani, zo‘ravonlik sodir etilishining o‘sish tendensiyasida
davom etayotganini, jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarining katta qismini voyaga
yetmaganlar tashkil etayotganini ko‘rsatmoqda. Bunday turdagi zo‘ravonlik turi va
shaklining rivojlanishi uni tartibga solishni, jinoyat uchun javobgarlik masalalarini
o‘rganishni, shungidek, huquqiy bazani takomillashtirishni talab etadi.
Jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari shaxsning nafaqat jismoniy tomondan, balki
ruhiy tomondan ham jabrlanishiga sabab bo‘ladi. Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan
voyaga yetmagan shaxsda yuzaga keladigan uyat hissi, jamiyatdan o‘zini izolyatsiya
qilishi, sodir etilgan harakatda aybdorlik hissi vujudga keladi. Ba’zi holatlarda
jabrlanuvchilarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qayta
viktimizatsiyaga uchrash holatlari ham uchrab turadi. E’tibor qaratilishi lozim
bo‘lgan holatlardan yana biri shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan vaziyatlar sababli
ko‘pgina holatlarda ushbu turdagi jinoyatlar latent holatda qolib ketadi. Fikrimizcha,
yuqorida keltirilgan statistikalar voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan
jinsiy zo‘ravonlikning haqiqiy sonini ko‘rsatmaydi hamda ko‘pgina bunday turdagi
qilmishlar ochilmay, xabar berilmasdan qolib ketadi. Bunday holatlarda jinoyatchi
shaxsning javobgarlikka tortilishining va bunday ta’sir chorasining qo‘llanilishining
o‘zi ham jabrlanuvchii tomonni ma’lum ma’noda qoniqtiradigan omil bo‘lib ham
qoladi. Biroq, ushbu holatda bir narsa aniqki, davlat o‘z funksiya va vazifalari
doirasida jinoyatchi shaxsga qonuniy chora ko‘rish, jabrlanuvchining buzilgan
huquqlarini tiklash masalalarini hal qilishi lozim bo‘ladi.
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyada ko‘rsatilganidek, bola
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
174
tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga
muhtoj hisoblanadi. Mazkur Konvensiyaning 19-moddasida quyidagicha qoida
o‘rnatilgan: “Ishtirokchi-davlatlar bolani jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikning,
haqoratlash va suiiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan
muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola
haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya
qilish, jumladan, shahvoniy suiiste’molliklar sodir etishning har qanday shakllaridan
himoyalash maqsadida jamiki zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy
choratadbirlarni ko‘radilar. Bunday himoya choralari, zarurat tug‘ilgan taqdirda,
bola va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan shaxslarni lozim darajada qo‘llab-
quvvatlash maqsadidagi ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish uchun samarali tartib-
rusumlarni, shuningdek, bola bilan yuqorida ko‘rsatilgan tarzda shafqatsizlarcha
muomala qilish hollari munosabati bilan ogohlantirish, aniqlash, xabar berish, qarab
chiqish, tergov olib borish, davolash hamda shundan keyingi choralarni ko‘rish
zarurati tug‘ilgan taqdirda, sud ishini qo‘zg‘atish uchun chora-tadbirlarni ham o‘z
ichiga oladi”.
Mazkur Qonun bilan qonunchilikka tatbiq etilgan normalar, o‘zgartirish va
qo‘shimchalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, o‘n
sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish va unga nisbatan zo‘rlik
ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan, o‘n olti yoshga
to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda
qondirish bilan, voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik materiallar bilan
muomala qilish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish,
fohishaxonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar jinoyatga tayyorgarlik
yoki suiqasd bosqichida to‘xtatilganda, ushbu jinoyatlar uchun jazo tayinlashda
yengillik berilmasligi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, yuqoridagi keltirib o‘tilgan
jinoyatlarni sodir etiganlikda ayblanib hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilmaydi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
175
Bizni xalqimiz azaldan bolajon va bolalarni sevuvchi xalq xisoblanadi.
Bolalarga nisbatan zo’ravonlik yoki shafqatsizlik bu bola yoki bolalar guruhiga ota-
ona yoki tarbiyachi tomonidan jismoniy, jinsiy va yoki ruhiy zo’ravonlik qilinishi
yoki umuman beparvolikdir. Bolalarga nisbatan zo’ravonlik ota-ona yoki
tarbiyachining bolaga haqiqiy yoki potensial zarar yetkazishiga olib keladigan har
qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikni o’z ichiga olishi mumkin va bu holat
odatda bolaning uyida yoki bola vaqt o’tkazadigan tashkilotlar, maktablar yoki
jamoat joylarida sodir bo’ladi. Bolalarga nisbatan zo’ravonlik va bolalarga nisbatan
shafqatsiz munosabatda bo’lish atamalari ko’pincha bir-birining o’rnida ishlatiladi.
Shunga qaramay, ba’zi tadqiqotchilar bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda
bo’lish atamasini beparvolik ekspluatatsiya va odam savdosini o’z ichiga oluvchi
soyabon sifatida ko’rishadi. Turli yurisdiksiyalar shartli hisobot berish, turli hollarda
bolalarni o’z oilalaridan ajratish yoki jinoiy ayblov e’lon qilish uchun bolalarga
nisbatan zo’ravonlik tushunchasining turli ta’riflariga nisbatan o’z pozitsiyalarini
ishlab chiqishgan. Rus olimlari N.V.Malyarova, M.Nesmeyanovlar ijtimoiy
himoyaning ikki ma’nosi haqida so’z yuritadilar. Birinchidan, keng ma’noda, inson
o’zini o’zi ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan, u va uning farzandlari uchun sharoit
yaratadigan ijtimoiy munosabatlar tizimini nazarda tutadi.
Prezident tomonidan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–996-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi
.
Qonunga
ko‘ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir:
-jismoniy zo‘ravonlik;
-jinsiy zo‘ravonlik;
-ruhiy zo‘ravonlik;
-g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik;
-ekspluatatsiya qilish;
: ta’qib etish (bulling).
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda
qonun bilan ta’qib qilinadi.Davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
176
himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa
choralarni ko‘radi.
Qonunga muvofiq:
-zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanmoqda;
-bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha yakka
tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga
himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shunga ko‘ra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va
zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi
ishtirokida topshiriladi. Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va
rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.Prezident huzuridagi Ijtimoiy
himoya milliy agentligi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish
sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik yordam ko‘rsatish,
maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot olinishini,
bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hollarining oldi olinishini ta’minlash maqsadida
O‘zbekistonning butun hududida tunu kun ishlaydigan ishonch telefoni ishlashini
ta’minlaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini oʻrganish akademik intizom
sifatida 1970-yillarning boshlarida Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan. Elisabeth
YoungBruehlning taʼkidlashicha, bolalar huquqlari himoyachilari soni va bolalarni
himoya qilishga qiziqish koʻrsatkichlari ortib borayotganligiga qaramay, bolalarni
“zoʻrlanganlar” va “zoʻrlanmaganlar” guruhlariga boʻlish bolalar huquqlari
tushunchasini toraytiruvchi sunʼiy farqni keltirib chiqardi va bolalarning jamiyatda
qanday kamsitilganini tekshirish harakatlariga maʼlum maʼnoda toʻsqinlik qildi.
Young-Bruehlning soʻzlariga koʻra, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va ularga
nisbatan loqaydlik holatlarini oʻrganishning yana bir sababi bolalarning oʻzlari
shafqatsizlikni qanday qabul qilishlari va kattalarning ularga boʻlgan munosabatiga
ahamiyat berishlari borasidagi izlanishlar edi. Young-Bruehlga koʻra, toki jamiyatda
bolalarning kattalardan “bir pogʻona pastda turish”lari haqida qrashlar mavjud ekan,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
177
zoʻravonlik holatlari yuz berish bermasligidan qatʼiy nazar barcha bolalar
azoblanadi.
XULOSA
Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat tushunchasining taʼriflari
jamiyatning ushbu muammo bilan shugʻullanuvchi sohalari, masalan, bolalarni
himoya qilish agentliklari, yuridik va tibbiy jamoalar, sogʻliqni saqlash xodimlari,
tadqiqotchilar, amaliyotchilar va bolalar himoyachilari oʻrtasida bir-biridan farq
qilishi mumkin. Ushbu turli sohalar vakillarining har biri oʻzlarining taʼriflaridan
foydalanishga moyil boʻlganligi sababli fanlar boʻylab muloqot cheklangan boʻlishi
mumkin, bu bolalarga nisbatan yomon munosabatni aniqlash, baholash, kuzatish,
davolash va
oldini olish harakatlariga to’sqinlik qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun. Qonunchilik palatasi
tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2007-yil
2.
“Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida” Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-oktabrda qabul
qilingan. Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda ma’qullangan.
3.
O‘RQ-829. Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 23-martda qabul
qilingan.
Senat tomonidan 2023-yil 6-aprelda ma’qullangan. https://lex.uz/uz/docs/-6430272
4.
https://platina.uz/o‘z/2023/4/11/zoravonlik-bizning-madaniyatimiz-emas-
5.
https://lex.uz/uz/docs/-111453?ONDATE=13.02.2021%2000#-5291240
6.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.