Mualliflar

  • Kamola Aripova Yusupovna

Muallif biografiyasi

  • Kamola Aripova Yusupovna

    O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

    O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

    +998 90 981-46-15 e-mail: kamolakind@mail.ru

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90106

Kalit so‘zlar:

Tarjima publitsistik matnlar badiiy matnlar tarjima uslublari stilistik vositalar murakkablik tarjimon mahorati.

Annotasiya

Ushbu maqola publitsistik va badiiy matnlarni tarjima qilishning o‘ziga xos murakkab jihatlarini tahlil qiladi. Publitsistik matnlarning qat’iy yozilish qolipiga ega emasligi va unda turli uslub elementlarining qo‘llanilishi tarjima jarayonida moslashuvchanlikni talab etadi. Badiiy matnlar esa, aksincha, to‘liq stilistik vositalar va ko‘chma ma’noli birliklar asosida qurilganligi sababli, ularni tarjima qilish alohida mahorat, vaqt va mehnatni talab etadi. Maqolada badiiy tarjima ko‘pincha tarjimashunoslikning eng murakkab sohasi sifatida e’tirof etilishining sabablari ko‘rib chiqiladi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

132

BADIIY TARJIMA KONSEPSIYASI VA UNING O’ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Kamola Aripova Yusupovna

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

+998 90 981-46-15 e-mail:

kamolakind@mail.ru

Annotatsiya:

Ushbu maqola publitsistik va badiiy matnlarni tarjima

qilishning o‘ziga xos murakkab jihatlarini tahlil qiladi. Publitsistik matnlarning

qat’iy yozilish qolipiga ega emasligi va unda turli uslub elementlarining

qo‘llanilishi tarjima jarayonida moslashuvchanlikni talab etadi. Badiiy matnlar

esa, aksincha, to‘liq stilistik vositalar va ko‘chma ma’noli birliklar asosida

qurilganligi sababli, ularni tarjima qilish alohida mahorat, vaqt va mehnatni talab

etadi. Maqolada badiiy tarjima ko‘pincha tarjimashunoslikning eng murakkab

sohasi sifatida e’tirof etilishining sabablari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Tarjima, publitsistik matnlar, badiiy matnlar, tarjima

uslublari, stilistik vositalar, murakkablik, tarjimon mahorati.

Publitsistik matnlarni tarjima qilishning murakkab jihatlaridan biri shuki,

bunday matnlarning qat’iy bir yozilish qolipi bo‘lmaydi. Garchi publitsistik

matnlarda ko‘p qo‘llanuvchi so‘zlar, ibora va jumlalarni o‘rganish tarjima

jarayonida qo‘l kelsa-da, ko‘p hollarda bunday matnlarda uslub talabiga mos

kelmaydigan jumlalar ham uchraydiki, ularni tarjima qilish uchun tarjima uslublari

o‘rtasida ham almashtirishlar talab etiladi. Publitsistik matnlarda boshqa uslublarga

oid matnlar(rasmiy, ilmiy, badiiy)ning qo‘llanishi kasb talabi tufayli kelib chiqadi,

deb o‘ylaymiz. Biroq tarjimani qiyinlashtiruvchi bunday holatlar publitsistik

usulda har doim ham uchrayvermaydi. Badiiy matnlarda esa jumlalar boshdan oyoq

tasviriy ifodalar, stilistik vositalar asosiga quriladi, ko‘chma ma’noli til birliklari

badiiy matnlarning asosini tashkil qiladi. Ularni tarjima qilish uchun esa, boshqa


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

133

matn turlari tarjimasida qo‘llangan adekvat tarjima usuli yetarli bo‘lmaydi.

Matndagi badiiy unsurlar, ularning konnotativ ma’nolarini tarjimada to‘g‘ri

ifodalab berish uchun tarjimon katta mahorat egasi bo‘lishi, ko‘p vaqt va mehnatni

ayamasligi kerak. Badiiy uslub o‘zining tarjima jarayonini qiyinlashtiruvchi bu

kabi murakkab komponentlari sababli ko‘pincha tarjimashunoslikning eng qiyin

sohasi, deb ta’kidlanadi.

Badiiy uslub deganda, biror voqea-hodisani ekspressiv vositalar, tasviriy

ifodalar orqali tinglovchiga estetik jihatdan ta’sir o‘tkazadigan tarzda yetkazib

beruvchi nutq uslubi tushuniladi. Tilning kommunikativ vazifasini uning estetik

vazifasi bilan uyg‘unlashtirish badiiy uslubning o‘ziga xos jihati sanaladi. Badiiy

uslub, boshqa mutq uslublaridan farqli o‘laroq, tilning ma’lum sohasi, qatlamidagi

birliklar bilan chegaralanmaydi. Juda katta til materialini qamrab olish xususiyatiga

ega bo‘lgan badiiy uslubda umumxalq tilida iste’molda bo‘lgan barcha leksik

birliklar ishlatilaveradi, hatto boshqa vazifaviy uslublar - ilmiy, rasmiy, so‘zlashuv

uslubiga oid komponentlarni ham badiiy uslubda istagancha qo‘llash mumkin.

Badiiy uslubni bu jihatdan barcha nutq uslublarini qamrab olgan, ulardan keng

foydalana oladigan erkin uslub, deyishimiz ham mumkin. Yana shunisi e’tiborliki,

adabiy tilda shevaga oid so‘zlar(dialektizmlar), jargon va argolar, varvarizmlardan

foydalanish mumkin emas, biroq badiiy uslubda bunday birliklarni o‘rinli tarzda

qo‘llash mumkin.

Badiiy matnlarda so‘z tanlash, ma’lum doiradagi leksik birliklarni

ishlatishga qat’iy talablar qo‘yilmaydi. Shuningdek, badiiy uslubda tuzilgan

matnning lug‘at tarkibi, unda qo‘llangan gaplarning sintaktik shakllari ham turlicha

bo‘lishi mumkin. Nutq uslubining boshqa turlari, asosan, ijtimoiy hayotning biror

sohasiga ixtisoslashib qolgan bo‘ladi, o‘ziga belgilangan vazifadan chetga

chiqolmaydi. Shuning uchun badiiy uslubdan tashqari, qolgan barcha uslublarni

“vazifaviy” deb ta’riflash ham to‘g‘ri bo‘ladi . Badiiy uslub esa, inson hayotining

hamma vaziyatlarini matnda aks ettirish xususiyatiga ega. Shuning uchun badiiy

uslubda qolgan barcha uslublarning elementlari aks etaveradi.

Badiiy asarni yaratish jarayonida ijodkor o‘z qahramonlarining xarakter


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

134

xususiyatlarini ochib berishda tilning barcha imkoniyatlarini ishga solishi, leksik-

sintaktik, frazeologik vositalardan keng ko‘lamda foydalanishi mumkin. Matnning

kitobxonga estetik ta’sir darajasini oshirish uchun turli stilistik vositalar, tasviriy

ifodalarni qo‘llash, jonli, obrazli manzara tasvirini yaratishga intilish badiiy

uslubga xos komponentlardan sanaladi.

Badiiy uslubda tilning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish haqida aytib

o‘tdik. Bu uslubning yana bir xususiyati shuki, yozuvchi yoki shoir o‘zi

yaratayotgan asarning badiiylik darajasi, estetik ta’sir kuchini oshirish uchun tilda

avvaldan mavjud bo‘lmagan yangi birliklarni, so‘z va iboralarni ijod qilishlari ham

mumkin. Bu holat ham badiiy uslubning keng qamrovli ekani, tilning

imkoniyatlaridan erkin foydalanish, leksik-stilistik jihatdan boy bo‘lgan matnlarni

yaratish uchun qulay ekanligini isbotlaydi. Badiiy uslubda farqlanuvchi yagona

jihat - bu uslubda yaratilgan matnlarning janrlarga ko‘ra farqlanishidir. Qaysi

janrdagi asarni yaratayotganiga qarab ijodkor voqelikni idrok etishdagi

yondashuvini belgilaydi, ifoda tilini tanlab, muallif sifatida o‘zining shaxsiy

uslubini qay darajada matnga singdirish kerakligi haqida qaror qiladi.

Badiiy uslubni o‘rganish jarayonida badiiy adabiyot va uning turlari haqida

ham to‘xtalib o‘tishga majburmiz. I. Sultonov o‘zining “Adabiyot nazariyasi”

asarida adabiyot tushunchasiga, badiiy matnlarga ta’rif berib, ularni turlarga

ajratadi

1

. Adabiyotshunoslikka oid manbalarda badiiy matnning lirik, epik va

dramatik turlari farqlanadi. Adabiyotga oid manbalarni tasniflashda eng katta

guruh adabiy tur hisoblansa, bu turning ichki bo‘limlari adabiy shakl deb ataladi.

Adabiy shakllar ham o‘z navbatida adabiy janrlar, ular esa ichki janr turlariga

ajraladi. Misol tariqasida roman janrini oladigan bo‘lsak, u epik turga mansub

bo‘lib, yirik ijodiy ish shakllariga kiradi. Ayni paytda, roman janrining ichki turlari

sifatida tarixiy, harbiy, zamonaviy, ijtimoiy-falsafiy, sarguzasht va fantastik

romanlar ajratiladi. Ushbu roman turlaridan tarixiy-inqilobiy asar hisoblanmish

“Kecha va kunduz” romani o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi, bu davrdagi ijtimoiy-

siyosiy muhit, xalqimiz taqdiridan hikoya qiladi.

1

И. Султонов. Адабиёт назарияси, Тошкент. : «Шарқ», 2006.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

135

Ronald Karter hamda Uolter Nash badiiy unsurlarning tilda aks etishi,

badiiylik haqida ushbu qarashlarni yoqlab chiqdilar:

1)

har qanday badiiy matnda uning badiiyligini aniqlashga yordam

beruvchi unsurlar bo‘ladi;

2)

bunday

badiiy

unsur

va

belgilarda

konnotativ

ma’no

mujassamlashgani uchun ularni aniqlash oson kechmaydi. Matnning badiiyligini

aks ettiruvchi belgilarni topishda ularning qo‘shimcha konnotativ ma’nolari,

stilistik bo‘yoqdorlik xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi;

3)

badiiy matn tili bir qancha til sathlarini o‘z ichiga oladi. Shu tufayli

uni o‘rganish jarayonida ham bir nechta til sathining komponentlari bilan ishlashga

to‘g‘ri keladi;

4)

matnning badiiylik bo‘yog‘ini hosil qilish uchun leksik-semantik,

stilistik vositalarning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, balki voqelikning bir nechta til

sathlarida qo‘llanib, o‘zaro uyg‘unlik hosil qilishi badiiy matnning yaralishiga asos

bo‘ladi;

badiiy uslubning asosiy belgilari deb sanalgan xususiyatlarni faqat badiiy

matnlarda uchratish mumkin, deyish noto‘g‘ri. Badiiylik unsurlari, oz miqdorda

bo‘lsa-da, boshqa turdagi matnlar tarkibida ham kuzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Aripova K.Yu., The expression of national and cultural units in the English

translation of Сho'lpon's novel “Night and day”(Based on Christopher Fort's

Translation) The Use of Lexical-Stylistic Devices, Metaphor // Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.Toshkent,

(E)ISSN: 2181-1784 5(2), Feb., 2025 - B.190-202

2.

Aripova K.Yu. Concept- Fundamental notions of cognitive linguistics//So‘z

san’ati xalqaro jurnali. – 2020. – T. 2. – №. 2. - B.68-73

3.

Aripova K.Yu. The distinctive features of translation of the novel “Day and

Night”// So‘z san’ati xalqaro jurnali. – 2021. – T. 4. – №. 1. - B.179-183.

4.

Aripova K.Yu. Linguistic units representing national color//Journal of

advanced scientific research. November, 2023 - B.11-14


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

136

5.

Baker, Mona.

In Other Words: A Coursebook on Translation

. Routledge,

1992.

6.

Hatim, Basil, and Ian Mason.

Discourse and the Translator

. Longman, 1990.

7.

Leech, Geoffrey N., and Michael H. Short.

Style in Fiction: A Linguistic

Introduction to English Fictional Prose

. Longman, 1981.

8.

Nida, Eugene A., and Charles R. Taber.

The Theory and Practice of

Translation

. E.J. Brill, 1969.

9.

Vinay, Jean-Paul, and Jean Darbelnet. Comparative Stylistics of French and

English: A Methodology for Translation. Translated by Juan C. Sager and M.J.

Hamel, John Benjamins Publishing Company, 1995.