Mualliflar

  • Norov Odiljon Murodulloyevich

Muallif biografiyasi

  • Norov Odiljon Murodulloyevich

    Osiyo xalqaro universiteti

    Pedagogika  va psixologiya yo‘nalishi magistranti

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90109

Kalit so‘zlar:

Temuriylar davri ilm-fan tarixiy meros madaniy yuksalish Ulug‘bek zamonaviy ahamiyat.

Annotasiya

Mazkur maqolada Temuriylar davrida ilm-fan sohasida yuz bergan yuksalish, uning asosiy vakillari, fanning tarmoqlari bo‘yicha erishilgan yutuqlar hamda ushbu tarixiy davr merosining bugungi kun uchun qanday ilmiy, ma’naviy va madaniy ahamiyatga ega ekani tahlil qilinadi. Maqola tarixiy tahlil, madaniyatlararo uzviylik va zamonaviy strategik fikrlash nuqtai nazaridan yondashilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

116

TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN HAMDA UNING BUGUNGI

KUNDAGI AHAMIYATI

Norov Odiljon Murodulloyevich

Osiyo xalqaro universiteti

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi magistranti

Annotatsiya. Mazkur maqolada Temuriylar davrida ilm-fan sohasida yuz

bergan yuksalish, uning asosiy vakillari, fanning tarmoqlari bo‘yicha erishilgan

yutuqlar hamda ushbu tarixiy davr merosining bugungi kun uchun qanday ilmiy,

ma’naviy va madaniy ahamiyatga ega ekani tahlil qilinadi. Maqola tarixiy tahlil,

madaniyatlararo uzviylik va zamonaviy strategik fikrlash nuqtai nazaridan

yondashilgan.

Kalit so‘zlar: Temuriylar davri, ilm-fan, tarixiy meros, madaniy yuksalish,

Ulug‘bek, zamonaviy ahamiyat.

KIRISH

O‘zbek xalqi tarixida Temuriylar davri o‘ziga xos yuksak ilmiy va madaniy

uyg‘onish bosqichi sifatida ajralib turadi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tomonidan

asos solingan Temuriylar saltanati nafaqat siyosiy va harbiy kuchga, balki ilm-fan

va madaniyatning rivojiga keng yo‘l ochgan davr bo‘lib tarixga muhrlangan.

Ayniqsa, Ulug‘bek kabi yirik mutafakkirlar, olimlar, shoirlar va me’morlarning

faoliyati tufayli bu davr Markaziy Osiyoda ilmiy fikr, astronomiya, matematika,

tarix, falsafa va adabiyot sohalarida yuksalish davri sifatida baholanadi.

Bugungi kunda ilmiy va ma’naviy taraqqiyot yo‘lida Temuriylar davri

merosidan ilhomlanish, ularning qadriyatlari va ilmiy an’analarini qayta tiklash

dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

ASOSIY QISM

Temuriylar davrida ilm-fan taraqqiyoti avvalo Amir Temurning o‘zi

tomonidan ilm va olimlarga nisbatan ko‘rsatilgan e’tibor, ularning himoyasi va


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

117

qo‘llab-quvvatlanishi bilan bevosita bog‘liq edi. Amir Temur o‘zining

"Tuzuklari"da ilm egalariga g‘amxo‘rlik qilish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.

Uning bevosita tashabbusi bilan Samarqand, Buxoro, Hirot, Toshkent va boshqa

shaharlarda madrasa, kutubxona, observatoriya va boshqa ilmiy muassasalar tashkil

etilgan.

Bu davrda ilm-fanning barcha sohalarida, ayniqsa, astronomiya, matematika,

tarixshunoslik, tilshunoslik, adabiyot, falsafa va tabiiy fanlarda jadal rivojlanish

kuzatildi. Ilm-fan rivoji nafaqat musulmon sharqida, balki Yevropa va Osiyo

olimlari tomonidan ham e’tirof etilgan [1].

Temuriylar davrida eng yorqin shaxs — bu albatta Mirzo Ulug‘bekdir. U

nafaqat hukmdor, balki astronom, matematik va ilm homiysi sifatida butun Sharq

sivilizatsiyasida o‘z o‘rniga ega. Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan Samarqand

rasadxonasi o‘z davrining eng ilg‘or ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda Al-

Koshiy, Qazizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid kabi mashhur olimlar faoliyat

yuritgan.

Ulug‘bekning "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" nomli astronomik asari keyinchalik

Yevropa olimlari tomonidan ham asosiy manba sifatida o‘rganilgan. Bu esa

Temuriylar davrida yaratigan ilmiy merosning global miqyosda ahamiyatga ega

bo‘lganini ko‘rsatadi.

Temuriylar davrining o‘ziga xos jihati shundaki, ilm-fan va adabiyot o‘zaro

chambarchas bog‘liq holda rivojlandi. Shoir va adiblar, xususan, Lutfiy, Alisher

Navoiy, Jomiy kabi allomalar o‘z asarlarida ilm, ma’rifat, insoniylik va

donishmandlik g‘oyalarini targ‘ib etganlar. Ayniqsa, Navoiy o‘zining "Mahbub ul-

qulub", "Xazoyin ul-maoniy" va "Mezon ul-avzon" asarlarida ilmning inson

hayotidagi o‘rnini chuqur tahlil etgan.

Ilm-fan vakillari til, din, madaniyat, tasavvuf, adabiyot va falsafa kabi

yo‘nalishlarda faoliyat yuritib, bugungi ilmiy tafakkurga poydevor qo‘yganlar.

Temuriylar davri ilm-fan merosini bugungi kunda ikki asosiy yo‘nalishda

baholash mumkin: ilmiy-ma’rifiy ilhom manbai sifatida va zamonaviy taraqqiyot

strategiyasining ideologik tayanchi sifatida [2].


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

118

Birinchidan, bu davrda shakllangan ilmiy an’analar bugungi zamonaviy

akademik muassasalarda, universitetlarda, fanlar akademiyasi tizimida davom

etmoqda. Ikkinchidan, bu tarixiy tajriba yosh avlodni intellektual salohiyatga da’vat

etuvchi kuchli ruhiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ilmga sadoqat, ustoz-shogird

an’anasi, ilm uchun fidoyilik — bu Temuriylar davri merosining hozirgi kun bilan

uzviy bog‘liqligini anglatadi.

Ayni paytda davlat siyosatida tarixiy merosga tayanish, Ulug‘bek nomidagi

ilmiy markazlar, ilm-fan sohasidagi grantlar, yoshlarni fundamental fanlarga jalb

qilish, ilmga qiziqishni rag‘batlantirish – bularning barchasi Temuriylar zamonidan

uzviylikni ifodalaydi.

Temuriylar davrida ilm-fan taraqqiyotining yana bir muhim jihati bu – davlat

siyosatining ilm-fanga yo‘naltirilganligi bo‘lib, bu holat o‘z davri uchun noyob

madaniy-falsafiy hodisa sifatida e’tirof etiladi. Amir Temur va uning avlodlari

davlat barpo etishda harbiy kuch va iqtisodiy qudrat bilan bir qatorda, ilm-ma’rifatni

asosiy ustunliklardan biri sifatida ko‘rganlar. Aynan shuning natijasida Temuriylar

davrida “olimlar jamiyatning ustuni”, “ilm – davlatni barqaror tutuvchi qudratli

kuch” degan qarashlar davlat siyosatining ideologik asosi sifatida qaralgan [3].

Temuriylar siyosiy-harbiy kuchni saqlab qolish uchun ilmli kadrlar

tayyorlash, madrasa va kutubxonalarni ko‘paytirish, bilimdon kadrlarga ijtimoiy

imtiyozlar berish amaliyotini joriy etganlar. Bu siyosat o‘z natijasini bergan: Hirot,

Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Marv, Balx singari shaharlarda ilmiy va madaniy

markazlar faoliyat yuritgan, har bir hududda o‘ziga xos fan tarmoqlari rivojlangan.

XULOSA VA MUNOZARA

Temuriylar davri nafaqat Sharq sivilizatsiyasida, balki butun jahon tarixida

ilm-fan taraqqiyoti nuqtai nazaridan alohida o‘rin egallaydi. Bu davrning yirik

allomalari, ilmiy maktablari, tajribalari va ma’naviy qadriyatlari bugungi kun uchun

ham dolzarbdir. Bu tarixiy boylik biz uchun faqat faxr manbai emas, balki strategik

yo‘l-yo‘riq, ilmiy islohotlar uchun ilhom manbaidir. Temuriylar davri bizni ilmni

qadrlash, uni rivojlantirish va uni hayotga tatbiq etish madaniyatiga da’vat etadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

119

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

Shoniyozov, K. (2000). Temuriylar davri va ularning ilm-fanga qo‘shgan

hissasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.

2.

Niyozmetov, A. (2011). Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat. Toshkent:

Fan.

3.

Rasulov, N. (2020). Mirzo Ulug‘bek: ilmiy merosi va zamonaviylik.

Samarqand: Ilm Ziyo.