Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
176
BOLALARNING MUSTAQIL VA ERKIN SHAXS SIFATIDA
SHAKLLANISHIDA OILA , MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGINI
YO’LGA QO’YISHNING DOLZARB MASALALARI
Baratova Maftuna Muhiddin qizi
Navoiy viloyati Xatirchi tumani MMTB ga qarashli 46- maktab psixologi
Annotatsiya
. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida rivojlanishi uchun
birinchi navbatda oila mustahkamligini ta'minlash lozim. Oila jamiyat tayanchi
ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta‘lim - tarbiyani to‘ldiruvchi bu maktab
va mahalla hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
hamkorlik, jamiyat, mustahkam, barkamol, tashabbus,
konsepsiya, temperament, haqqoniylik.
KIRISH
Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim - tarbiya o‘chog‘i bu oila va
maktabdir. Oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik va murakkab masala hisoblanib , bu
ota- onadan odob , bilim , tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi ta‘lim muassasalari
bilan oila hamda mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab ,
mas‘uliyatli vazifadir. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida rivojlanishi uchun
birinchi navbatda oila mustahkamligini ta'minlash lozim. Oila jamiyat tayanchi
ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta‘lim - tarbiyani to‘ldiruvchi bu maktab
va mahalla hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari , oila va mahalla o‘zaro hamkorlikda
ishlashi bola tarbiyasi, ayniqsa uning barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur
.O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan
qabul qilingan "Mustahkam oila yili" davlat dasturini amalga oshirish jarayonida
oila, mahalla, ta‘lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har
tomonlama sog'lom, yetuk va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga
alohida e'tibor qaratilgan.Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga
tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan
yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
177
bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni
tarbiyalashimiz kerak. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning
boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi
avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng
o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji
bilan uzviy bog’liqdir», — deb ta’kidladi.Respublikamiz hukumati tomonidan
mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga
e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun
davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birgina o’tayotgan
yillarning atalishida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin. 1997 yil — Inson
manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi fuqarolar manfaati himoya qilinmagan,
ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu
bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy darajaga ko’tarildi. 1998 yil — Oila yili:
xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug’lab
kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa
mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-
ona,mahalla,o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga
tatbiq etishni taqozo qiladi.Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi
o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu
o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi.
Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib
borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga
asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash
yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi
pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.Sinf
rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib,
bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar
joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
178
ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.
Yuqorida keltirilib o’tilgan fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni
tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-xilligini
ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.Bu kabi holatlar yuzaga
kelishining asosiy sababi yurtimizga ommaviy tarzda kirib kelayotgan,
mentalitetimizga yot seriallar, videokliplar, internet, qo‘l telefonlaridagi
videoyozuvlar, umuman, globallashuv davrining turli “mahsulot“laridir. Ayni
kunda mamlakatimizda “ommaviy madaniyat“, u keltirib chiqarishi mumkin
bo‘lgan illatlarga qarshi zarur ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijonda
mahallalar, ta’lim muassasalarida viloyat, tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalari
tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy qadriyatlarimizga,
ma’naviyatimizga, tarbiya mezonlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga
qarshi keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning sog‘lig‘i va davomiyligini
ta’minlaydigan, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylab kelgusi
avlodlarga qoldiradigan, shu bilan birga, kelajak avlod qanday inson bo‘lib kamol
topishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Xo‘sh, bugun
oilani mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida olib
borayotgan ishlarimiz qay darajada samara bermoqda? Kelin-kuyovlar oilaviy
hayot haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lib turmush qurdimi? Ular ro‘zg‘or
aravasini tortib keta olyaptimi? Umuman, mustahkam oilalarni shakllantira
olyapmizmi? Ochig‘i, bugun bu kabi savollarning barchasiga ijobiy javob berishga
biroz o‘ylanib qolamiz.Yana bir narsani unutmasligimiz kerak tarbiyada har bir
bolaning xulqiga , temperamentiga qarab munosabat , muomala qilishimiz lozim .
Albatta , bunda bolaning yoshi , jinsi, aqli, farosati, xullas , hammasini hisobga
olish darkor. U hali bola degan fikrni unutib, bola boshidan degan fikr bilan
tarbiyalanib borishi kerak.
Tarbiya jarayonida mayda detal degan narsa bo‘lmasligi kerak , chunki u
o‘z o'rnida g'oyat muhim bo'lishi mumkin." Bolani faqat u bilan gaplashganda ,
nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
179
o‘ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir lahzasida , hattoki o'zingiz uyda
yo‘qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingizni , boshqalar bilan
va boshqalar haqida qanday gaplashishingizni , xursand bo'lishingiz yoki
tashvishlanishingiz, do'st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz
gazeta o‘qishingiz bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega " degan edi
tarbiyashunos olim. Haqiqatdan ham inson farzandida shunday bir narsa borki , u
oilada olgan tarbiyasini bir umr unutmaydi va doim o'sha ishga taqlid qilib yashaydi
. Dono xalqimizda bir maqol bor" Qush uyasida ko‘rganini qiladi".Shunday ekan
farzandlarimizga yoshligidan katta e'tibor berishimiz lozim.Agar oilada muhit
yaxshi bo'lmasa ya'ni ota -ona farzandlariga befarq bo‘lib va har doim janjallar
sodir bo‘laversa bu bolaning tarbiyasiga, rivojlanishiga qattiq ta‘sir ko‘rsatadi.
Chunki oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir.Afsuski, oramizda shunday
ota-onalar ham uchraydiki, bolaning hamma talab - ehtiyojlariga haddan tashqari
e‘tiborli bo‘lib, barcha o‘jarliklarini ko‘taradilar. Natijada bola kelajakda yomon
xulqli , jamiyatga zarari tegadigan inson bo‘lib qoladi. Ana shunday muammolar
kelib chiqmaslikning oldini olish uchun biz bo'lajak yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya
berib, ularga adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlilik, haqqoniylik va hurmat-izzatni
o'rgatishimiz lozim.
XULOSA
Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor berilmasa ,
kelajak boy beriladi." degan edi I. Karimov. Haqiqatdan ham tarbiya bo'lmasa
ta‘lim bo'lmaydi.Ta‘lim bo'lmasa agar kelajagimiz boy beriladi. Shuni aytishim
mumkinki, kelajak yoshlarimiz har tomonlama yetuk, barkamol bo'lishi uchun
tarbiyaga e'tibor qaratishimiz lozim. Tarbiya jarayonini raqamlar orqali ifodalasak,
tarbiyani 1 chi o'ringa qo'yib uni 1 raqami qilib tanlab olaylik, endi uni ortiga
qancha ko'p nol qo'ysak u son shunchalik kattalashadi ya'ni insonning yaxshi
hislatlari ortib boradi, lekin birgina bir raqamini olib tashlash bu sonning qiymatini
butunlay o'zgartirib 0 qilib ma'no anglatmay qo'yadi. Bundan ko'rinib turibdiki
tarbiyasiz inson hech kimga aylanib qolgandik go'yo. Demak , insonni inson qilib
turadigan , uning libosi bu tarbiyadir.Prezidentimiz amalga oshirilayotgan hech
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
180
kimdan kam bo'lmagan, yuksak ma'naviyatli avlodni voyaga yetkazish yo'lidagi
keng ko‘lamli ishlarda oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligining
ahamiyati kattadir. Ta‘lim va tarbiyaning uyg'unlikda olib borilishi mustaqil fikrli,
barkamol yoshlarni ulg‘aytirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
R. Mavlonova, K. Xoliqberdiyev, "Pedagogika". T: "O‘qituvchi nashriyoti".
2002yil
2.
Ona tili o’qitish metodikasi / K. Qosimova, S. Matchonov, X. G’ulomova,
Sh.
Yo’ldosheva, Sh. Sariyev. –T: “NOSHIR”, – 2009
3.
Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar
ustida ishlash.
Academic research in educational sciences,
2(3), 4-9.
4.
Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o’quvchilarnmg
vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish.
Academic research in educational sciences
,
2(3), 176180.