Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
164
XULQI OG’ISHGAN BOLALAR BILAN ISHLASHNING
PSIXOLOGIK USULLARI
Shodiyeva Nilufar Shokir qizi
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani 25-IDUM psixologi
Annotatsiya
. Ma’lumki, inson va uning xulq -atvori, jamiyatdagi o‘rni har
doim qator fanlar uchun qiziq hodisa sanalib kelgan. Qolaversa, har bir davlat va
jamiyatning istiqboli, buguni hamda kelajagi o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning
intellektual darajasi bilan belgilanishi tabiiydir. Biroq, bugungi kunda, inson xulq
-atvoriga salbiy ta’sir etuvchi, uni jamiyat normalaridan uzoqlashtiruvchi shunday
omillar mavjudki, ularni erta bartaraf qilmasdan turib, barkamol yosh avlod
haqida gapirish ehtimoldan holi sanaladi. Xulqi og‘ishganlik keng ma’noda,
fanlararo tadqiqotlarning predmeti sanalib, har bir fanda mazkur muammoni
o‘rganishda o‘ziga xos ilmiy yondashuvlar mavjud.
Kalit so‘zlar:
xulqi og‘ishganlik, shaxs, psixologiya, voyaga yetmagan
yoshlar, deviant xulq, addektiv xulq, bezorilik, o‘g‘irlik, tajovuzkorlik, ijtimoiy
faollik.
KIRISH
Zamonaviy psixologiyada, xulqi og‘ishganlik tushunchasi “deviant xulq”
fenomeni bilan tavsiflanib, u o‘z mazmunida “o‘z joniga qasd qilish”,
“giyohvandlik”, “boshqalarga nisbatan tajovuzkorlik”, “tobe xulq”, “jinoyatchilik”
kabi og‘ishgan xulq kabilarni ham qamrab oladi deb ta’riflaydi A.T. Akajanova
Hozirda fanda xulqi og‘ishganlikning paydo bo‘lish sabablarini tushuntiruvchi bir
qancha ilmiy yondoshuvlar, ilmiy konsepsyailar va tamoyillar mavjud. Ana shu
ilmiy yondashuvlar va konsepsiyalarni tizimli o‘rganish shuningdek, mahalliy
psixologiyada mazkur masalada amalga oshirilgan ilmiy ishlar va manbalarni
yangicha mazmunga olib chiqish kabilar o‘ta muhim vazifalardan biri sanaladi. Shu
bois ham, mazkur masalaga oid har qanday ilmiy chora-tadbirlar, o‘ta dolzarb
ahamiyatga ega ishlar turkumidan biri hisoblanadi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
165
Tadqiqotchi N.Smelzer xulqi og‘ishganlik masalasida shunday deydi:
“xulqi og‘ishganlik – bu jamiyatda o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarga mos
kelmaydigan harakatlar deb tushunish lozim”. Boshqa bir tadqiqotchi Robert
Mertonning so‘zlariga ko‘ra esa, “deviant xulq-atvor” kelib chiqishining asosiy
sabablaridan biri bu, jamiyat tomonidan ilgari surilgan maqsadlar va ularga erishish
vositalari o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir, boshqacha qilib aytganda, odamlar
“anomiya” holatiga turli yo‘llar bilan moslashadilar: konformizm bilan yoki xulq-
atvordagi turli xil og‘ishlar bilan. A.V.Xomich o‘z izlanishlarida xulqi
og‘ishganlikni “qamoq yoki boshqa jazoga olib keladigan me’yordan chetga
chiqish” harakati deb ta’riflaydi.Xulqi og‘ishganlikka yaqqol misol bu –
giyohvandlik vositalaridan foydalanishdir. Ya’ni yoshlarning giyohvand
moddalarga va psixotrop dorilarga psixologik qaramligi yoki unga tibbiy
giyohvandlik, jismoniy qaramlik va hokazo Deviant xulqli yoshlar va tarbiyasi
qiyin bolalar muammosiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, mazkur tushunchalar 1920-
1930-yillarda mutaxassislar e’tiboriga tusha boshladi. Dastlab, u fan sohasida
emas, balki kundalik hayotiy vaziyatlarda ishlatilgan. Biroq, ushbu muammo bir
oz vaqt unutilib, 1950-1960-yillarning boshlarida yana soha mutaxassislari
e’tiborini torta boshlagan. Bu borada birinchi bo‘lib rus psixologi P.P.Blonskiy
tadqiqot olib borgan. Muallif o‘z tadqiqotida deviant xulqli voyaga yetmagan
bolalarni alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganib chiqqan. Xuddi shunday
izlanishlarni mamlakatimiz psixolog olimlari ijodida ham uchratish mumkin.
Voyaga yetmagan yoshlar orasida xulqi og‘ishganlik masalalari hamda,
deviant xulqli o‘smirlar muammosi O‘zbekistonpsixolog va pedagoglari ishlarida
ham o‘ziga xos tadqiq etilgan. Misol uchun, B.Umarov, G.Abduqahhorova,
G.To‘laganova, N.Kamilova, N.Dolimova, U.Qodirov, G.Abduqahharova,
I.Rahimova, L.Nigmatullina, B.Shukurov, F.Rajabova kabi psixolog olimlar, xulqi
og‘ishganlikning turlarini turli yoshdagi obyektlarda o‘rganishga muvaffaq
bo‘lishgan. Mazkur mualliflar guruhining xulosalariga ko‘ra, voyaga yetmagan
yoshlar orasida, xulqi og‘ishganlik paydo bo‘lishini oldini olish asosiy usullari
sifatida sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, ularda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
166
axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z ustida mustaqil ishlash
ko‘nimasi kuchaytirishg, maktabga va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi oshirish,
o‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan kognitiv faollikka undash, deviant xulqli
o‘smirlarni jamoaviy faoliyatga faol aralashtirish orqali, uni bartaraf etish
mumkinligini ta’kidlab o‘tadilar.
Voyaga yetmaganlar orasida namoyon bo‘luvchi deviant xatti-
harakatlarining asosiy sabablaridan biri bu, oiladagi muhitdir. Bizningcha, oila
inson erta ijtimoiylashishning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Bolalar
juda muhim bo‘lgan asosiy qadriyatlarni, me’yorlarni, xatti-harakatlarning hamda
stereotiplarini oiladan o‘rganadi. Va bu orqali ularning emotsional sohasi rivojlana
boradi. Agar ushbu masalada qator tadqiqotchilarning tushunchalariga murojaat
qiladigan bo‘lsak, xulqi og‘ishganlik asosan o‘smir yoshdagi bolalarga xos odatiy
xatti-harakatlardir. Chunki, yoshlar bu harakatlari orqali o‘zlarini ota-onalari,
o‘qituvchilari va tengqurlariga ma’qul ko‘radilar. Ya’ni o‘zini ko‘z-ko‘z qilish,
o‘zlaricha ish tutish, kattalarni tinglamaslik, yomon insonlarga taqlid qilish,
chekish, o‘g‘irlik qilish va hokazo. Bunday xulqi og‘ishgan xatti-harakatlarga
e’tibor bermaslik, o‘z navbatida o‘smirlarni noto‘g‘ri yo‘lga olib boradi, ularni
jinoyat sodir etishga undaydi shuningdek, ularning ma’naviyatini buzadi va oxir-
oqibat ular jamiyatda yoqimsiz, va nafratli insonlarga aylanadi. Voyaga yetmagan
yoshlarda ko‘p narsalarga qiziqish ortadi yoki biror bir narsaga tez moslashadi,
ularning xarakteri boshqa yoshdagi shaxslarga nisbatan boshqacha bo‘ladi, ular
o‘zlarining hayot yo‘llari haqida o‘ylashga harakat qiladilar, o‘rganishning
mazmuni va maqsadini tushunadilar, jamoada o‘z o‘rnini bilishni xohlaydilar.
S.A.Belichevaning yozishicha, voyaga yetmagan yoshlarning deviant xatti-
harakatlarga berilib ketishining asosiy sababi: bilim darajasining pastligi,
madaniyatning yetarli emasligi, eng muhimi, qiziqishning cheklanganligi, ijtimoiy
foydali mehnatga intilmasligidir.
Deviant xulq-atvor ko‘pincha o‘smir yoshlar orasida tez-tez uchraydi.
Chunki, o‘smirlik eng og‘ir davr bo‘lib, har xil noodatiy sodir bo‘ladi va bu davr
do‘stlik me’yorlarini o‘rganish uchun ham, muvaffaqqiyatli davr hisoblanadi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
167
O‘smirlik yoshiga xos xususiyatlar – bu mustaqillikka intilish boshqalarga
bo‘ysunmaslik. Shuning uchun, ular o‘z kuchini va shaxsining ma’nosini
tushunishga intiladilar. Bunday holatni ya’ni, tushunish imkoniyatlarini maktab
ta’limi va mehnat jarayonidagi ishtirokidan ko‘rish mumkin. Buning sababi
shundaki, deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan bolalar o‘zlarining tipik xususiyatlari
tufayli, hayotda qiyinchiliklarga duch kelishadi va ularning aqliy imkoniyati, to‘siq
bo‘layotgan muammoni bartaraf etish yo‘lini topa olmaydi. Bundan tashqari,
deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan bolalar, o‘zini hech kimga kerak emasdek his
qilishga o‘rganib qoladi, biroq aybni kattalarning zimmasiga yuklaydi, atrofdagilar
bilan tez-tez nizolashib turadilar. Shu bilan birga, ularda bo‘sh vaqtdan maqsadsiz
foydalanish, maktab tartibini saqlamaslik, qonun-qoidalarni buzish, jinoyatga qo‘l
o‘rish kabi harakatlar ham ba’zida uchrab turadi.
Deviant xulq - bu ijtimoiy me’yordan chetga chiqish. U jamiyatda qabul
qilingan me’yorga zid bo‘lgan xatti - harakatlar tizimi sifatida ta’riflanadi. Deviant
xatti-harakatlar ikkita keng toifaga bo‘linadi. Avvalo, bu psixologik salomatlik
me’yoridan og‘ishdir. Ikkinchidan, bu ba’zi ijtimoiy-madaniy me’yorlarni,
ayniqsa, huquqiy normalarni buzuvchi jamiyatga zid faoliyatdir. Shuningdek,
deviant xulqli yoshlar bu – “muntazam ravishda ma’muriy jazo qo‘llanilishiga olib
keladigan huquqbuzarliklarni sodir etishi orqali, misol uchun, ataylab maktabdan,
uydan qochishi yoki maxsus ta’lim muassasalarini muntazam tark etishi,
shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bo‘lmagan jinoyatlar belgilariga
ega bo‘lishidir”. V.A.Nikitina deviant xulq-atvorni guruh me’yoridan chetga
chiqish, deb hisoblaydi, bu esa mazkur huquqbuzarliklar uchun alohida profilaktik
ishlar hamda qonuniy jazo qo‘llash kabilarga olib keladi. Hozirgi kunda, ko‘plab
tadqiqotchilar deviant xulq-atvor va uni oldini olish muammosiga katta qiziqish
e’tibor bermoqda. Xulqi og‘ishganlikni ilmiy tadqiq qilish psixologiya,
kriminologiya, psixopatologiya, sotsiologiya, pedagogika kabi fanlarda o‘ziga xos
tarzda amalga oshirilib, bundan asosiy maqsad shuki, yoshlar orasida xulqi
og‘ishganlikni erta profilaktika qilishdir.
Xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilish – bu ijtimoiy muhitning salbiy
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
168
omillarining shaxsga ta’sirini erta bartaraf etish va yoshlarda normal hayot tarzini
qaror toptirishga qaratilgan psixologik, ijtimoiypsixologik, pedagogik va tibbiy
chora-tadbirlar majmuidir. Deviant xulq-atvorning oldini olish choralari umumiy
va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy profilaktik choralar – bu shaxsning
ijtimoiylashuv jarayonini baqaror kechishi uchun psixologik-pedagogik, ijtimoiy-
psixologik shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan, bir qator ogohlantirish tadbirlari
majmuidir. Maxsus profilaktika choralar – bu aniq vazifalarni hal qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimi bo‘lib, unda giyohvandlik, huquqbuzarlik,
bezorilikka moyil bolalar va ular xulqini profilaktikasini amalga oshirishga doir
psixologik targ‘ibot -tashviqot ishlari turkumidandir.Tadqiqotchi V.D.Komarning
aytishicha, voyaga yetmagan yoshlar orasida xulqi og‘ishganlikni oldini olish
jarayoni, turli ijtimoiy institutlar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Profilaktik
tadbirlar bilan qator ijtimoiy muassasalar, masalan, oila, maktabdan tashqari dam
olish maskanlari (sport seksiyalari, to‘garaklar va boshqalar) shug‘ullanalishlari
mumkin.Bunday profilaktik ishlardan asosiy maqsad shuki, voyaga yetmagan
yoshlarni jamiyat hayotiga jalb etish, ularning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun,
yangi sharoitlar yaratish shuningdek, qiyin hayotiy vaziyatlarda ularga professional
yordam ko‘rsatishdir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, xulqi og‘ishganlikni erta bartaraf etish ishlari o‘ziga
xos murakkab vazifa sanalib, ushbu muammo masalaga boshqacha, yangicha ilmiy
yondashuvni talab etadi. Agarda ta’lim tarbiyada bo‘shliq yuzaga kelsa, u holda
yoshlar o‘z vaqtlaridan unumli foydalanish, yuksak maqsadlar sari intilish, kognitiv
faol bo‘lish, jamiyat hayotiga ijtimoiy faol bo‘lish kabi sifatlardani yiroqlashadilar.
Qolayevrsa, yoshlar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda do‘stlik, hamrohlik,
mehr-oqibatlilik, hurmat va halollik kabi sifatlar o‘z vaqtida shakllantirilsa,
shundagina xulqi og‘ishganlikning oldi olinishi hamda ularni ta’lim muhitiga faol
ijtimoiylashtirish mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
169
1.
Хомич А.В. Психология девиантного поведения: Учебное пособие. –
ЮжноРоссийский Гуманитарный Институт., - Ростов-на-Дону. – 2006 г. – 140
с.
2.
Блонский П. П. Психология и педагогика. Избранные труды / П. П.
Блонский. – 2-е изд., стер. — Москва : Издательство Юрайт, 2024. – 184 с
3.
Беличева С. А. Характеристика современного состояния проблем
девиантного поведения несовершеннолетних и пути их решения / С. А.
Беличева. – М.: Закон и правопорядок, 2009. – 59 с.
4.
Девиантное поведение детей и подростков. Проблемы и пути их
решения. / под ред. В. А. Никитина. – М.: Центр, 2010. – 118 с.
5.
– С. 86.