Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
373
ONA TILI TA’LIMIDA YANGI PAYDO BO’LGAN SO’ZLARNI
O’QITISH USULLARI
Tursunmurodova Umida
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo‘nalishi
III bosqich talabasi
tursunmurodovaumida828@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada ona tili ta’limida yangi paydo bo‘layotgan
so‘zlardan qayerda, qay paytda va qanday qilib o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shunungdek, maqolada yana yangi paydo
bo‘lgan so‘zlarning kelib chiqishi va ularning ta’lim jarayoniga moslashuvchanligi
tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Neologizm, zamonaviy lug‘at, ta’lim, moslashuvchanlik, ona
tili, lug‘at boyligi.
Annotatsion: This article provides detailed information on the specifics of
where, when, and how to teach newly emerging words in native language education.
This article also analyzes the origin of newly emerging words and their adaptability
to the educational process.
Keywords: Neologism, modern vocabulary, education, adaptability, mother
tongue, vocabulary.
Jamiyat rivojlanishi bilan til ham rivojlanib boraveradi. Bu esa tilda
yangidan yangi so'zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Nutqimizga yaqin kunlarda
kirib kelgan so‘zlar yangi paydo bo‘lgan so'zlar
(neologizmlar)
deb ataladi. Hozirgi
zamonaviy dunyoda axborot texnolagiyalarning jadal rivojlanishi va texnologik
taraqqiyotning rivojlanishi natijasida yangi so‘zlar ya’ni neologizmlar paydo
bo‘lishi jaddalashib bormoqda. Neologizmlar – yunoncha, ‘‘neos – yangi”, ‘‘logos
– so‘z” so‘zlarining jamlanmasi bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji
bilan paydo bo‘lgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi so‘zlardir.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
374
Neologizmlar avvaliga noodatiy so‘zdek bo‘ladi, lekin ko‘p qo‘llanilishi hisobiga –
yangilik xususiyatini yo‘qotadi va faol so‘zlar qatoriga o‘tadi.
Ona tili tizimida yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘qitish jarayoni natijasida
o‘quvchilarni ona tilida ham nutqiy ko‘nikmalarini ham yozma ko‘nikmalarini
shakllantirishga, lug’at boyligini oshirishga,o‘quvchilarning ham til madaniyatini
shakllantirishga yordam beradi. Yangi so‘zlarni paydo bo‘lishi ijtimoiy,siyosiy
o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘ladi. Hozirgi paytda yangi so‘zlar a) – so‘z yasash
orqali; b) – qardosh tillarni o‘zlashtirish orqali; d) – axborot texnalogiyalarni
rivojlanishi natijasida ham yangi so‘zlar paydo bo‘la boshlamoqda. Ushbu so‘zlar
nafaqat leksikani boyitibgina qolmay, jamiyat tafakkuri va ma’naviy dunyosini ham
kengaytirishga yordam beradi. O‘quv jarayonida yangi so‘zlarni qo‘llash
o‘quvchilarning yangi so‘zlarga moslashishiga, tafakkurining kengayishiga,
tanqidiy fikrlay va tahlil qila olishiga katta yordam beradi. Yangi paydo bo‘lgan
so‘zlar ta’lim jarayonida qo‘llash uchun turli xil metod va usullatdan foydalanish
zarur. Bunda o‘quvchilarga matn berilishi va buni o‘quvchilar o‘sha matndagi yangi
so‘zlarni topib ularni ma’nosi bilan birlashtira olishi lozim.
1-topshiriq. Matnni o‘qing va yangi so‘zlarni ajratib ko‘rsating.
Sanjar darsga shoshilib ketayotganida telefoniga bildirishnoma keldi:
“Bugun soat 18:00 da yangi podkast chiqadi!” U avtobusda ketayotib bloger Iroda
Diy o‘zining yangi vlogini joylashtirganini ko‘rdi. Qiziqib ko‘ra boshladi. Videoda
u o‘zining “influencer” sifatidagi hayoti, TikTok trendlari va sun’iy intellekt
yordamida tahrirlangan selfilar haqida gapirardi. Sanjar hayron qoldi: “Hamma
narsa zamonaviy, lekin ko‘p so‘zlarni tushunmayapman. Nega endi
“eslatma”
emas, notifikatsiya? Nega chatbot, nega reel, nega QR-kod? Ona tilim bor-ku!
Shularning o‘zbekchasini bilmaymizmi?” U uyga borib bu so‘zlarni daftariga yozdi.
Har biriga tushunarli izoh va o‘zbekcha muqobil topishga harakat qildi. Unga
shunday tuyuldiki, til o‘zgarayotgan bo‘lsa ham, uni asrab qolish va rivojlantirish
aynan o‘zidan boshlanishi kerak.
Podkast
Video formatida olib boriladigan blog; bloger o‘z hayoti,
safarlari yoki mavzuli chiqishlarini videoga olib, internetga
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
375
joylaydi.
Bloger
Internet orqali audio formatda uzatiladigan eshittirish;
foydalanuvchi istalgan vaqtda tinglashi mumkin bo‘lgan suhbat,
intervyu yoki ma’lumotlar to‘plami.
Vlog
Internet orqali audio formatda uzatiladigan eshittirish;
foydalanuvchi istalgan vaqtda tinglashi mumkin bo‘lgan suhbat,
intervyu yoki ma’lumotlar to‘plami.
Influencer
Inson aqliga taqlid qiluvchi dasturiy ta’minot yoki texnologiya;
mashinalarning o‘rganish, mantiq yuritish va qaror qabul qilish
qobiliyatidir.
TikTok
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p obunachilarga ega, o‘z auditoriyasiga
ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega shaxs (ta’sirchan shaxs).
Sun’iy intellekt Odamning o‘zini (yoki o‘zini boshqalar bilan) telefon yoki
kamera orqali suratga olishi.
Selfi
Avtomatik tarzda yozma yoki og‘zaki muloqot olib boruvchi
dasturiy vosita; ko‘pincha xizmat ko‘rsatish tizimlarida
qo‘llaniladi.
Notifikatsiya
Inson aqliga taqlid qiluvchi dasturiy ta’minot yoki texnologiya;
mashinalarning o‘rganish, mantiq yuritish va qaror qabul qilish
qobiliyatidir.
Chatbot
Maxsus kvadrat shaklida yaratilgan grafik kod, skanerlash orqali
ma’lumotga tezkor kirish imkonini beradi (masalan, sayt
havolasi, to‘lov sahifasi).
Reels
Avtomatik tarzda yozma yoki og‘zaki muloqot olib boruvchi
dasturiy vosita; ko‘pincha xizmat ko‘rsatish tizimlarida
qo‘llaniladi.
QR-kod
Instagram yoki boshqa tarmoqlarda qisqa, odatda musiqali,
montaj qilingan videorolik.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
376
Yuqorida keltirilgan jadvaldagi neologizmlarni ma’nosini topib
birlashtiring.
Mana shunga o‘xshash topshiriqlar orqali o‘quvchilarga o‘rgatishimiz
mumkun.
2-topshiriq. Quyida berilgan yangi so‘zlar asosida gap tuzish.
(Ushbu topshiriq asosida o‘quvchilarning so‘z boyligi oshadi fikrlash
doirasi ham kengayadi)
Onlayn …………………………………………………………………….
Bloger………………………………………………………………………
Mobilograf…………………………………………………………………
Trend………………………………………………………………………
Xulosa shuki, yangi paydo so‘zlarni – ya’ni o‘zbek tilidagi neologizmlarni
ona tili darslarida o‘qitish – faqatgina bu o‘quvchilarning lug‘at boyligini
oshirishgagina xizmat qilmaydi, balki til va tafakkur uyg‘unligini ham
shakllantiradi. Buni esa ta’lim jarayonida o‘qituvchining darsga nisbatan yangi
metodlardan foydalanish deb hisoblash mumkin. Bu yangi so‘zlar orqali o‘quvchlar
nafaqat tilni, balki zamonaviy hayotdagi hodisalarni ham anglashga o‘rganadi.
Shuning uchun zamon bilan hamnafaslikda ta’lim olishi va o‘qituvchilar ham
bilimlarini yangilab turishlari doimiy ilmiy izlanishda bo‘lishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. // – Toshkent:
Ma‗naviyat, 2008. B. – 87.
2. Hamrayeva Y. O‘zbek tilining o‘quv ideografik lug‘atini yaratish
tamoyillari: Filologiya fanlari nomzodi....diss. avtoref. – T., 2010. 6-b.
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 jildli; O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli,
–T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi; 2006-2008.
4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – T., O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi. 12
tomli. 2000-2006.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
377
REFERENCES:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. // – Toshkent: Ma‗naviyat,
2008. B. – 87.
2. Hamrayeva Y. O‘zbek tilining o‘quv ideografik lug‘atini yaratish tamoyillari:
Filologiya fanlari nomzodi....diss. avtoref. – T., 2010. 6-b.
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 jildli; O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli, –T.:
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi; 2006-2008.
4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12
tomli. 2000-2006.