Mualliflar

  • IBRAGIMOV ABDURAKHIM RASHIDOVICH

Muallif biografiyasi

  • IBRAGIMOV ABDURAKHIM RASHIDOVICH

    Fizika va texnoligik ta'lim fakulteti

    Texnologik ta'lim va tasviriy san'at  fanlari

    kafedrasi o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90143

Kalit so‘zlar:

Kongnitiv grafika texnologiya dinamika vizual interfaol interaktiv mexanizm.

Annotasiya

Ushbu maqolada chizmachilik fani va uni o'qitish metodikasining hozirgi kundagi ahamiyati, talabalarda ushbu fanni o'zlashtirishga ko'maklashuvchi turli pedagogik yondashuvlar, olimlarning fanni o'qitish usullari haqidagi bir nechta pedagogik tasniflari keltirilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

363

CHIZMACHILIK FANI NIMA? FANNI O'QITISHNING

METODIK KO'RSATMALARI

IBRAGIMOV ABDURAKHIM RASHIDOVICH

Fizika va texnoligik ta'lim fakulteti

Texnologik ta'lim va tasviriy san'at fanlari

kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada chizmachilik fani va uni o'qitish

metodikasining hozirgi kundagi ahamiyati, talabalarda ushbu fanni o'zlashtirishga

ko'maklashuvchi turli pedagogik yondashuvlar, olimlarning fanni o'qitish usullari

haqidagi bir nechta pedagogik tasniflari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kongnitiv, grafika, texnologiya, dinamika, vizual, interfaol,

interaktiv, mexanizm.

Annotatsion: In three articles, several pedagogical classifications of the

science of drawing and methods of teaching it, various pedagogical systems that

help students master this science, and methods of teaching science are given.

Keywords: Cognitive, graphics, technology, dynamics, visual, interactive,

interactive, mechanism.

Аннотация: В трех статьях дано несколько педагогических

классификаций науки рисования и методики ее преподавания, различных

педагогических систем, помогающих учащимся овладеть этой наукой, и

методов преподавания науки.

Ключевые слова: Когнитивная, графика, технология, динамика,

визуальный, интерактивный, интерактивный, механизм.

Hozirgi paytlarda ta'lim muassasalarida "chizmachilik" fanining

mazmuni va roli muhim ahamiyatga ega. Masalan, umum ta'lim muassasalarida

"chizmachilik" fani o'quvchilarda grafik tasvirlarni o'qish va amaliyotda

qo'llashning samarali usullarini shakllantiradi. Bu ularga grafik ma'lumotlarning


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

364

keng dunyosida harakat qilish, grafik madaniyat bilan tanishish, turli xil odamlar

bilan muloqot qilish vositasi sifatida grafik tilni o'zlashtirish imkonini beradi. Kasb-

hunar kollejlarida esa oliy ta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirishga, amaliy

faoliyatda ishtirok etishga moslashtiradi. Ularda grafik axborot vositalari to'g'risida

bilimlari shakllanadi, insonning turli xil amaliy faoliyatida, masalan, dizayn,

texnologik va ijodiy faoliyat, badiiy dizayn kabi ko'plab sohalardagi ko'nikmalari

rivojlanadi. Har qanday o'qitish usulida o'qituvchi va talabalarning faoliyati o'zaro

bog'liq bo'lib, u o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga,

o'quv jarayonida talabalarni tarbiyalash va ularning bilim,ko'nikma va malakalarini

rivojlantirishga qaratilgan. Texnika, pedagogika universitet (institut, kollej) larining

talabalari chizmachilik dasturida belgilangan majburiy yakka tartibdagi grafik

vazifalar va tekshirish maqsadida beriladigan ishlami bajarishlari lozim. Grafik

vazifa, ya'ni yakka tartibda bajariladigan ish deganda, o'tilgan mavzu asosida uyda

(darsdan tashqari) mustaqil bajariladigan chizma tushuniladi. Grafik ish ma'lum

format (bichim) da standart qonun- qoidalariga amal qilingan holda bajariladi.

Talabalarda grafik bilimlarni shakllantirish murakkab jarayon

hisoblanib, o'quv jarayoni bilan chambarchas bog'langan. o'quv jarayonida hamma

talabalaming o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dars o'tish imkoniyati o'quv-

grafik ishlarni bajarishda yakka tartibda yondashishdek yuqori bo'lmaydi. Shuning

uchun o'qituvchi talabalar bilan dars jarayonida foydalana olmagan imkoniyatlami

mustaqil grafik ishlarni chizayotganida amalga oshirishi mumkin. Ko'p yillik

kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, talabalar asosan bilim va ko'nikmalarini yakka

tartibdagi o'quv grafik ishlarni bajarish orqali olmoqdalar. Chunki dars jarayonida

beriladigan nazariy bilimlar asosan grafik ishlar orqali amalda mustahkamlanadi.

Pedagogikada o'qitish usullarining bir nechta tasnifi qabul qilingan.

Masalan, mashhur rus pedagogi V. I. Xarlamov o'qitish usullarini besh guruhga

ajratadi:

l.O'qituvchi tomonidan bilimlarni og'zaki taqdim etish va o'quvchilarning

bilim faoliyatini faollashtirish usullari.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

365

2.Ma'ruza, suhbat, materialni og'zaki taqdim etishda tasvirlash va ko'rsatish

usuli;

3.O'rganilayotgan materialni birlashtirish,suhbat, o'quv qo'llanmalari bilan

ishlash, talabalarning yangi materialni tushunish va o'zlashtirish bo'yicha mustaqil

ishlash ko ' nikmalari.

4.Bilimlarni amalda qo'llash, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish bo'yicha

amaliy mashgu'lotlar.

5. Talabalarning bilimlari, ko'nikma va malakalarini tekshirish va baholash

usullari, talabalarning ishini kuzatish, og'zaki so'rov, test ishlari, dasturlashtirilgan

nazorat, uy vazifalarini tekshirish va boshqalar.

Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida

turli qarashlar mavjud bo'lgan: u texnik vositalar haqidagi ta'limot deb hamda

o'qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb

talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta'riflari mavjud.

V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan

pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab

chiqish uchun asos bo'ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o'quv-pedagogik

jarayonni oldindan loyiqalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o'qitish

texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o'quv

jarayonini loyihalash g'oyasini ilgari suradi.

Ta'limning tizimliligi va ketma - ketlik prinsipi, o'quv mashg'ulotlarining

ma'lum bir chastotasini belgilashni o'z ichiga oladi. Bu esa o'z navbatida boshqa

didaktik prinsipni, fanni o'rganish ketma-ketligini amalga oshirishga imkon beradi.

Chizmachilik fani boshqa fanlar (matematika, geometriya,mehnat ta'limi, tasviriy

san'at) tizimida chizma elementlarini ko'rsatish, uning tarqalish sohasini ochish

(mashinalar, mexanizmlar ishlab chiqarish va h.k) orqali amalga oshiriladi.

Bilimlarni izchil ifoda etish-bu materialni qismlarga bo'lib o'rganish, undagi asosiy

fikrlarni ajratib ko'rsatish va o'rganilayotgan faktlarni tahlil qilish va umumlashtirish

bilan tanishtirib, umumiy g'oyani aniq ko'rsatish. Chizmachilikni o'qitishda eng

muhim omillaridan biri sifatida ong va faollik printsipi o'qituvchini o'quvchilarda


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

366

grafik bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishni, ularning mohiyatini o'rganish

qobiliyatini shakllantirishga yo'naltiradi. Ilg'or o'qituvchilar darslarni talabalar

o'rganilayotgan

materialni

faol

idrok

etadigan,

tahlil

qiladigan

va

umumlashtiradigan tarzda tashkil etishga intilishadi. Talabalarga ushbu darsda

shakllangan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlashga hissa qo'shadigan

o'rganilayotgan mavzuga mos keladigan turli xil muammolarni hal qilish taklif

qilinishi kerak. Talabalar tomonidan materialni yaxshiroq o'zlashtirishni

ta'minlaydigan vizualizatsiya, interfaol va interaktiv metodlardan, shuningdek,

jadvallar, plakatlar, dinamik qo'llanmalar, elektron doskalar yordamida amalga

oshiriladi.

Chizmachilikni o'qitish metodikasi quyidagi asosiy muammolarni o'rganadi:

1. Chizishni o'rganishning aniq maqsadlarini, uning o'quv predmeti sifatida

kognitiv va tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash (nima uchun o'rgatish kerak?)

2. Ta'limning mazmuni va tuzilishini aniqlash (nimani o'rgatish kerak?)

3. Talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkam egallashini

ta'minlaydigan eng oqilona o'qitish usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish

(qanday o'qitish kerak?)

4. Talabalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish jarayonini o'rganish.

(talabalar materialni qanday o'zlashtiradilar?) (1-sxema).

Fanning nazariy asoslaridagi masalalarini ko'rib chiqadi; fanning mazmuni

va tuzilishini aniqlaydi; o'qitish usullari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi;

o'qitish usullarini tanlaydi, tahlil qiladi va o'rganadi; o'qitish vositalari. Dastur

mavzularini o'rganish; grafik ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligini (tartibini)

tushunish va amaliyotda qo'llash, tushunchalarni shakllantirish; ko'rgazmali

qurollardan foydalana olish; grafik va amaliy ishlarning mazmunini ko'rib chiqish;

ADABIYOTLAR

1. Rahmonov I. "Chizmalarni chizish va o'qish", Toshkent, O'qituvchi, 1992-y.

Abdurahmonov A."Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi" Cho'lpon nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2005


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

367

3. Sayidaxmedov N.S. A.Ochilov. "Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va

zamonaviy loyixasi'-Toshkent: RTM, 1999.

4. Ro'ziyev E.I. A.O.Ashirboyev "Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi" Fan

va texnoogiyä, toshkent-2010y

5. Беженарь Ю.П."! мени П.М. Машерова 20