Mualliflar

  • To’ychiyeva Nilufar
  • Yo’ldosheva Sevinch

Muallif tarjimai holi

  • To’ychiyeva Nilufar

     

    O‘zbekistan xalqaro islom akademiyasi

    Ilmiy rahbar:PHD

  • Yo’ldosheva Sevinch

    Islomshunoslik yo‘nalishi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90144

Kalit so‘zlar:

tasavvuf axloq sabr shukr ruhiy taraqqiyot hikmat qalb

Annotasiya

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari, tasavvufiy adabiyotning o‘ziga xos namunasidir. Asar, Navoiyning insoniy his-tuyg‘ular, ma’naviyat va axloqiy tamoyillarni yuksaltirishga bo‘lgan intilishlarini aks ettiradi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

359

‘‘ALISHER NAVOIY “MAHBUB UL-QULUB” ASARIDAGI INSON

KAMOLOTIGA QARATILGAN MAVZULARNING YORITILISHI’’

O‘zbekistan xalqaro islom akademiyasi

Ilmiy rahbar:PHD To’ychiyeva Nilufar

Islomshunoslik yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Yo’ldosheva Sevinch

+998880018998

ysevinch65@gmail.com

Annotasiya: Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari, tasavvufiy

adabiyotning o‘ziga xos namunasidir. Asar, Navoiyning insoniy his-tuyg‘ular,

ma’naviyat va axloqiy tamoyillarni yuksaltirishga bo‘lgan intilishlarini aks ettiradi.

Kalit so‘zlar: tasavvuf, axloq, sabr, shukr,ruhiy taraqqiyot, hikmat, qalb.

Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi

murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga

ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Yurtboshimiz

ham ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot

yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratilganini ko‘p bora ta’kidlaydilar.

Xazrat Alisher Navoiy o‘zining betakror g‘azallari, buyuk “Xamsa”si bilan

o‘z davrida juda katta shon-shuxrat qozongan edi. Ulug‘ shoir umr so‘ngida

avlodlarga aytadigan pand-nasixatlarini, dil dardlarini, qalb hayqiriqlarini, hayot

saboqlarini, jamlab, o‘zining “Mahbub ul-Qulub” asarini bayon qilgan.

Navoiyshunos Shuhrat Sirojiddinov hazrat Mir Alisher Navoiyning

“Mahbub ul-qulub” asari haqida shunday yozadi: “Hazrat Navoiy nafaqat ulug‘

mutafakkir, ulug‘ shoir, balki o‘z xalqi, millati taqdiriga befarq bo‘lmagan buyuk

murabbiy ham edi. U o‘z umri intihosida ham millat va xalq dardi bilan yashadi.

“Mahbub ul-qulub” asarida jamiyat bilan bog‘liq orzu-umidlarini ifodaladi. Unda

jamiyat hayotini yuksaltirish, uni to‘g‘ri yo‘lga solish va shaxs ma’naviyatini


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

360

tarbiyalash kabi o‘zining so‘nggi armonlarini vasiyat qilib qoldirdi”

1

“Mahbub ul-qulub” – “Qalblarga sevimli bo‘lgan kitob” ma’nosini bildiradi.

Uni “Dillarga oshno asar” yoki “Qalblarga yaqin kitob” deb tarjima qilish ham

mumkin.

“Mahbub ul-qulub” asari Alisher Navoiy tomonidan 1500-yilda yozilgan.

Asar o‘zaro uch qismdan iborat:

Birinchi qism: Turli odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida.

Ikkinchi qism: Yaxshi fe’llar hosiyati va yomon fe’llar kasofati haqida.

Uchinchi qism: Turli foydali narsalar va turli misollar (hikmatlar) haqida.

Birinchi qism 40 fasldan iborat bo‘lib, jamiyatni tashkil qiluvchi tabaqa va

toifalar haqida batafsil yoritib beradi. Bu o‘quvchida jamiyat haqida yaxlit tasavvur

uyg‘otishga yordam beradi. Birinchi qismda tijorat ahli, munajjimlar, dehqonlar,

hofizlar, shoirlar, faqihlardan tortib vazir-u podshohgacha har birining aslida qanday

fazilatlarga ega bo‘lishlari talab etilishi va o‘sha davrda ularning tabiatlarida zohir

bo‘layotgan illatlar tilga olinadi. Misol qilib:

Bayt:

Hoziq tabibi xushgo‘y tan ranjig‘a shifodur,

Omiy-u tund-u badxo‘y el jonig‘a balodur.

Sharx: shirinso‘z tabib tan dardiga davodir, omiyu qo‘pol va badfe’l tabib,

el joniga balodir.

Ushbu baytda tabiblar Iso payg‘ambarga o‘xshatiladi. Iso chiqqan jonni duo

bilan inson tanasiga qaytargan bo‘lsa, tabiblar chiqayotgan jonga davo bilan tanani

tark etishga monelik qiladi, deyiladi. Tabib o‘z fanida nihoyatda mohir, kasbiga

sadoqatli, bemorga marhamatli va shafqatli bo‘lishi lozim. Bunday tabibning yuzi

bemorga mahbub, so‘zi bemor joniga marg‘ubdir.

2

Ammo o‘z kasbini yaxshi

egallamagan, yomon fe’lli, beparvo va dag‘al muomalali bo‘lsa, bemorni bir

tomondan davolagan bo‘lsa, boshqa tarafdan ko‘nglini jarohatlaydi. Agar tabib

o‘qimishli, ilmli bo‘lmasa, u jallod shogirtidir. Jallod tig‘ bilan o‘ldirsa, u davo

1

Sirojiddinov Shuhrat. 2020. Amir Alisher. – T.: Adabiyot. – B. 200.

2

Marg’ub- yoqimli


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

361

o‘rniga zaharlaydi.

Jamiyatning faol a’zolariga aylanib borayotgan yoshlar o‘ziga xos o‘rin

egallashlari uchun qanday hislatlarga ega bolmog‘ligi kerak? Ushbu kishilik

jamiyatida ezgulik va to‘liq saodat hukm surishi uchun jamiyat a’zolari qanday

tamoyillarga asoslanishlari haqida ushbu asarning ikkinchi qismida 10 ta bob

doirasida tahsinga sazovor fe’l-atvor, yuksak xulqga erishish tamoyillari orqali

ochib beradi. Bular tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze va adab, zikr, rizo,

tavajjuhva ishqdir. Mana shu fazilatlar inson qalbini tug‘yon va isyondan saqlaydi,

unga huzur va halovat baxsh etadi, xulqini go‘zal qiladi, bardoshini oshiradi.

Irodasining baquvvat bo‘lishiga yordam beradi.

Masalan, zuhdga bag‘ishlangan bobiga nazar tashlaylik.

Zuhd arab tilida “bee’tiborlik”, “moddiy manfaatga befarq bo‘lish” –

tarkidunyochilik, Xudoning marhamatiga musharraf bo‘lish, jannatga tushish uchun

tarkidunyo qilish.

3

Navoiy esa zuhdni shunday tushintiradi:

Zuhd – bo‘lar-bo‘lmas orzulardan kechmoq, molu mansab ketidan

quvmaslik, nomahram yuzdan ko‘zni asrashlik va yomon so‘zlardan tilni tiymoqlik.

4

Kimki bu maqomni qo‘lga kiritsa, uning ko‘nglida bir nur paydo bo‘ladi va

ko‘nglini hamisha shod etadi.

Navoiy har bir inson qalban zohid bo‘lishini, zuhd maqomini egallashini

orzu qiladi. Bunday zuhd insonning ko‘ngil halovati, qalb osudaligini ta’minlaydi.

“Mahbub ul-qulub”ning uchinchi qismida Navoiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri

o‘quvchiga murojat etadi va turli tanbeh, pand-nasihatlar vositasida ularga ma’naviy

komolot sirlarini o‘rgatadi.

Misol qilib, 63-tanbex “Shukr va uzr boisi” to‘g‘risida:

Masnaviy:

Har zuhdki, ujub anga erur zam,

Ko‘nglim haramig‘a qilma mahram.

Har fisqki, uzur anga berur yor,

3

Tasavvuf atamalari izohli lug’at:Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. – Toshkent: Movrannahr, 2015. -360 b.

4

Alisher Navoiy. Mahbubul – qulub. – T.: Sano-standart. 2018. – B. 192.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

362

Ul yon meni moyil ayla zinxor.

Sharxi:

Har zuhdu taqvo o‘zga bino qo‘yishga ollib kelsa,

Ko‘nglim uyiga uni yaqinlashtirma.

Har gunohki tavba unga yor bo‘lsa,

Meni shu tomonga, albatta, moyil qil.

Ushbu tanbehda Navoiy nadomat qilmaydigan fosiq – shum, nadomat

qilmaydigan saodat ahli yonida mazlum (ya’ni nafs tufayli o‘ziga o‘zi zulm qilgan).

Taqvoyu, fisq elga Xudoninng taqdiridir, ammo ikkalasini birdek ko‘rmoq

nodonlikdir.

Taqvodor bo‘lsa hamma narsaga shukr qiluvchi, isyonkor bo‘lmasligi kerak,

uzr so‘rashni ham bilishi kerak. Tavfiqqa erishganlarning nadomat belgisi shudir

deb aytiladi.

Gunoh qilib pushaymon bo‘lish, tavfiqning nishonasi, zuhd-u taqvo qilib,

shunga mag‘rurlansa, bu shaytonning afsonasi deb sharxlaydi.

Xulosa qilib, xazrat Navoiy nafaqat ulug‘ mutaffakir, ulug‘ shoir, balki o‘z

xalqi, millati taqdiriga befarq bo‘lmagan buyuk murabbiy ham edi. U o‘z umri

intihosida hammillat va xalq dardi bilan yashadi. “Mahbub ul-qulub” asarida jamiyat

bilan bog‘liq orzu-umidlarini ifodalaydi. Unga jamiyat hayotini yuksaltirish, uni

to‘g‘ri yo‘lga solish va shaxs manavoiyatini tarbiyalash kabi o‘zining so‘ngi

armonlarini vasiyat qilib qoldirdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Sirojiddinov, Shuhrat. 2020. Amir Alisher. – T.: Adabiyot. – B. 200.

2.

Tasavvuf atamalari izohli lug‘at:Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi.-

Toshkent: Movrannahr, 2015. -360 b.

3.

Alisher Navoiy Mahbubul – qulub. – T.: Sano-standart. 2018. – B. 192.