Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
353
AKMALUDDIN MUHAMMAD BOBARTIY HAYOTI VA
FAOLIYATI
Rahmonova Muslima Murodillo qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Palvanov O‘ktam Bazarbayevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish
ICESCO” kafedrasi dosenti, PhD
Annotatsiya: Ushbu maqola islom ilmlarining bir necha sohalarida beqiyos
hissa qo‘shgan olim Akmaluddin Muhammad Bobartiyning hayoti va faoligati
haqidagi ma’lumotlar joy olgan bo‘lib, uning ustozlari, shogirdlari hamda ilm
yo‘lida kechgan safarlari batafsil bayon etib o‘tilgan.
Tayanch iboralar: Akmaluddin, Abu Abdulloh, “Bobart” qishlog’i,
ustozlari, shogirdlari, Shayxuniyya madrasasi.
Hanafiy mazhabi jahonda keng tarqalgan. Bu mazhabning taraqqiyotida
ko‘plab zabardast olimlar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Shunday olimlardan biri
Akmaluddin Bobartiy bo‘lib, u VIII/XIV asrda faoliyat yuritgan. Akmaluddin
Bobartiy 710/1310-yillarda tug‘ilgan
1
. Shuningdek, uning 714/1314-yilda
tug‘ilganligi haqida ham ma’lumot mavjud
2
. Uning to‘liq ismi Akmaluddin Abu
Abdulloh ibn Mahmud ibn Ahmad al-Bobartiy ar-Rumiy al-Hanafiy bo‘lib, u usul
al-fiqh, furu’ al-fiqh, hadis, kalom kabi sohalarida muhaqqiq olimdir.
Imom Bobartiyning hayoti haqida ma’lumot berganlarning ba’zisi olimning
otasi ismi va bobosining ismi borasida birlamni manbalarga xilof tarzida shunday
1
Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-Imam Abi Hanifa. – Ummon: Dor al-fath, 2009. – B. 9.
2
Al-Laknaviy. Favaid al-bahiyya. – Bayrut: Lubnan, 1998. – B. 320-321.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
354
bergan: U “Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad”. Lekin
manbalardagi yuqoridagi shakli to‘g’ri: Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad ar-
Rumiy al-Bobartiy al-Hanafiy
3
.
Xossatan, Imom Bobartiyning ilmga bo‘lgan katta qiziqish hamda ishtiyoqi
sababli unga otasi va bobosi tomonidan “Kamoluddin”, “Sirojuddin”, “Jamoluddin”
kabi laqablar berilgan. Bu esa, uning zehni yuqoriligiga isbotdir. Bobartiyning
ismiga “Akmaluddin” laqabining qo‘shib aytilishi ham, uning ilmdagi martabasi
yuqori ekanligiga dalolatdir
4
. Imom Bobartiyning laqibi “Akmaluddin”
5
va kunyasi
esa “Abu Abdulloh” bo‘lgan.
Allomaga “Bobartiy” nisbasi berilishi borasida manbalarda ikki xil
ma’lumot mavjud:
Birinchi: Bog’dodning Dujayl shahri atrofidagi “Bobart” qishlog’i nomidan
olingan;
Ikkinchi: Turkiyadagi “Bobart” degan joy mavjud bo‘lib, u Rum diyoriga
tegishli bo‘lgan. Shuningdek, az-Zirikliy ham mana shu ikkinchi fikrni ma’qullagan.
Imom Bobartiy yoshligidan ilm-fanga qiziqib, avvalo, o‘z diyoridagi
olimlardan ilm-fan asoslarini egallagan. U aqida va fiqhni Muhammad ibn
Muhamammad al-Kokiydan o‘rgangan. So‘ng, Halabga safar qilgan. Qozi
Nosiruddin ibn al-Adim uni “Sadiyya” madrasasiga jo‘natgan. U o‘sha yerda bir
muddat istiqomat qilib, madrasa olimlaridan saboq olgan.
U 740/1339-yildan keyin Qohiraga safar qilib, Abu Hayyon al-Andalusiydan
hamda “Muxtasar ibn al-Hojib” asarining shorihi Abu al-Sano Shamsuddin al-
Isfahoniydan ham saboq olgan
6
.
Imom Bobartiy go‘zal qobiliyatlar, teran aql va kuchli iroda sohibi, qat’iyati
buyuk, mahobatli, sersavlat, pokiza, fazilatli inson edi. Akmaluddin Bobartiyga bir
necha marotaba qozilik lavozimi taklif qilinishiga qaramay, u bu lavozimni rad
3
Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Ad-duror al-kamina. – Bayrut: Dor al-jiyl, 1993. – B. 250.
4
Akmaluddin Muhammad Bobartiy. Sharh at-Talxis /Tahqiq muallifi: Doktor Muhammad Mustafo Ramazon Sofiyh.
– Tripoli: Jamahiriyyatul arobiyya al-labiyya ash-sha’biyya al-istirokiyya. 1983. – B. 27.
5
Akmaluddin (arabcha) – iymoni komil bo‘lgan banda.(Muslima.uz/index.php/uz/mening-oilam/farzand/ismlar/288-
a. Murojaat sanasi: 26.01.2025)
6
Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-mIam Abi Hanifa. – Ummon: Dor al-fath, 2009. – B. 9.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
355
etgan. Uning eshigi oldida mansabdorlar qoim bo‘lib, olimning biror yumushi
bo‘lsa-yu, uning ehtiyojlarini qondirishga shoshilishar va sha’y turishardi.
Shuningdek, Sulton az-Zohir Barquqning ham unga bo‘lgan hurmati beqiyos edi
7
.
Imom Bobartiyning ustozlari va shayxlari ko‘p sonli va turli sohalarda
bo‘lganligi uning ko‘plab ilmlarni o‘rganganligiga dalolat qiladi. Bu esa, olimning
ilmiy asarlarida o‘z isbotini topgan. Jumladan, muarrixlar Bobartiy ko‘plab
ustozlardan tahsil olganligini aytishadi. Shuningdek, Hofiz Shamsuddin Dovudiy
“Tabaqot al-mufassirin” asarida u haqida shunday deydi: “U ilmni Abu Hayyon Al-
Isfahoniydan olgan. Hadisni Dalusiy va Ibn Abulhadiydan eshitgan. Umarolarning
huzurida ham juda aziz edi. Hattoki, Sulton az-Zohir Barquq Imom Bobartiy ulov
minib kelsalar u zot bilan suhbatlashar va xonaqohga kirib ketgunlaricha kutib turar
edi”
8
.
Imom Bobartiyning ilmga intilishi, ishtiyoqi va shuningdek, Halabga,
so‘ngra Qohiraga borib, u yerda qo‘nim topishi – uning ilk tarbiya davrida ilmiy
muhitda ulg‘ayganligiga, ilm olish va izlanishdagi qiyinchiliklarga qaramay
bilimlarni puxta egallashga mehr qo‘yganligiga dalolat qiladi.
Imom Bobartiyning mashhur ustozlaridan quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulhadiy ibn
Abdulhamid ibn Abdulhadiy ibn Yusuf ibn Muhammad ibn al-Qudoma Maqdisiy
al-Hanbaliy (vaf. 744/1343)
9
. 705/1305-yilda tug’ilgan. U “Tanqih at-tahqiq”, “Al-
masodir al-mankiy”, “Tabaqot ulamo al-hadis”, “Al-muharror” kabi kitoblarning
muallifi hisoblanadi. 744/1343-yilda vafot etgan
10
.
2. Asiruddin Abu Hayyon Muhammad ibn Yusuf ibn Ali ibnYusuf ibn
Hayyon al-G’ornatiy al-Andalusiy (vaf. 745/1344). U mufassir, nahv ilmi olimi
bo‘lib, 654/1256-yil G’ornatoda tug’ilgan. Alloma, avvalo, o‘zi tug’ilgan diyorda
qiroat, nahv hamda lug’at ilmlarini o‘rgangan. U 677/1278-yil Mag’rib (Marokash),
Misr va Shomga safar qilgan. Abu Hayyon al-Andalusiy 645/1247-yilda vafot etgan.
7
Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Ad-duror al-kamina. – Bayrut: Dor al-jiyl, 1993. – B. 250.
8
Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-imam Abi Hanifa. – Ummon: Dor al-fath, 2009. – B. 10.
9
As-Sofdiy. Al-vafa bil-vifyat. – Bayrut: Lubnan, 2000. – B. 113.
10
Akmaluddin Bobartiy. Sharh at-talhis. – Liviya: Tarois, 1983. – B. 20
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
356
3. Shamsuddin Abu as-Sano Mahmud ibn Abdurrohman ibn Ahmad al-
Isfahoniy (vaf. 749/1348). U usul al-fiqh sohasida mashhur olim bo‘lib, 674/1274-
yilda Isfahonda tavallud topgan. Avval, Damashqqa, so‘ngra Qohiraga safar qilgan.
Imom al-Isfahoniy shunday deydi: “U fikr yuritishda mohir, e’tiqodi mustahkam,
fiqh ilmini yaxshi biluvchi, solih kishilarni sevuvchi, ilmda rag’bati kuchli bo‘lgan
kishilardan edi”. Shamsuddin al-Isfahoniy 749/1348-yilda vafot etgan
11
.
4. Qovamuddin Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad as-Sinjariy al-
Kakiy (vaf. 749/1371). U faqih olim bo‘lib, Abdulaziz al-Buxoriyga “Hidoya”ni
o‘qib bergan. Hasomuddin as-Sig’naqiydan ham ilm olgan. “Mi’roj ad-diroya sharh
al-Hidaya” kitobining muallifi hisoblanadi. 749/1348-yilda Qohirada vafot etgan
12
.
5. Sadruddin Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Robia Sulaymon ad-Dalosiy
al-Misriy (vaf. 756/1355). 670-1271-yillardan keyin dunyoga kelgan. Ibn Hatib al-
Mazzo va Muhammad ibn Abdulxoliqdan ilm olgan. 756/1355-yil vafot etgan
13
.
Imom Bobartiy ko‘plab talabalarga ham dars berib, shogirdlar
chiqargan. Ular ichida mashhurlaridan quyidagilarni keltorish mumin:
1. Badruddin Muhammad ibn Xos at-Turkiy (vaf. 813/1420) .
2. Sayyidushsharif Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Ali al-Jurjoniy (vaf.
826/1423).
3. Badruddin Mahmud ibn Isroil ibn Abdulaziz – u Ibn Qozi Simovna nomi
bilan mashhur bo‘lgan. (vaf. 823/1420).
4. Sirojuddin Abu Hafs Amr ibn Ali ibn Faris al-Misriy – “Qoriul hidaya”
nomi bilan tanilgan (vaf. 829/1426).
5. Shamsuddin Muhammad ibn Hamza ibn Muhammad ibn Muhammad ar-
Rumiy al-Fanariy (vaf. 834/1430)
14
.
Shayx Dovudiyning “Tabaqot al-mufassirin” asarida ta’kidlanganidek,
Shayxuniyya madrasasida Akmaluddin Bobartiy yuksak e’tirof etilgan. Bu,
shubhasiz, murakkab ilmiy jarayondir. U ilm-fanni yoyishni o‘z oldiga maqsad qilib
11
Ahmad ibn Ali Ibn Hajar al-Asqaloniy. Ad-duror al-kamina. – Bayrut: Dar al-jiyl,
1972. –J. IV. – B. 327.
12
Al-Laknaviy. Favaid al-bahiyya. – Bayrut: Lubnan, 1998. – B. 186.
13
Ahmad ibn Ali Ibn Hajar al-Asqaloniy. Ad-duror al-kamina. – Bayrut: Dar al-jiyl,
1972. – J. III. – B. 318.
14
Al-Laknaviy. Favaid al-bahiyya. – Bayrut: Lubnan, 1998. – B. 274.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
357
qo‘ygan ilmiy maktablardan biri – Shayxuniyya madrasasida rahbarlik qilgan.
Shubhasiz, bu lavozimni faqat o‘sha paytda katta bilimga ega bo‘lgan insongina
egallashi mumkin edi. Shuningdek, Imom Bobartiy ushbu ilmiy muassasaga rahbar
bo‘lguniga qadar talabalarga ilm berib mudarrislik qilgan. U Shayxuniyya
maktabida faoliyat yuritishi davomida ko‘plab olimlar bilan uchrashgan. Bu esa,
olimning ilmiy faoliyati yanada yuksalishida muhim bir omil deya e’tiborga
olinadi
15
.
Imom Bobartiy insonlar qalbida saqlanib qoldi, garchi ba’zi narsalar kitobga
bitilish yoki bitilmasligidan qat’iy nazar, u Shayxuniyya maktabida raislik qilganida
ana shunday ilmiy ta’sir ko‘rsata oldi desa, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Akmaluddin Muhammad Bobartiy Ramazon oyining o‘n to‘qqizinchi sanasi
juma kuni hijriy 786-yili (milodiy1384-yil) Misrda vafot etgan. U Shayxuniyya
xonaqohiga dafn qilingan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Akmaluddin Bobartiy islom
ta’limotida o‘ziga xos o‘rin tutgan olimlardan biri bo‘lib, u aqida, usul al-fiqh, furu’
al-fiqh va hadis kabi sohalarning rivojiga o‘z asarlari bilan katta hissa qo‘shgan.
Uning ilmiy faoliyati nafaqat nazariy bilimlar, balki ilm-fan rivojida amaliy
jihatlarni ham o‘z ichiga olgan. Bu, o‘z navbatida, talabalarga va keyingi avlod
olimlariga islom ta’limotini chuqurror tushunishga imkon yaratdi. Olimning
asrlarida islom aqidasining asosiy tamoyillari aniq va ravshan bayon etilgan bo‘lib,
bu ularni keng auditoriyaga yetkazishda muhim rol o‘ynagan. Uning ilmiy faoliyati
va ta’limotlari islom aqidasini zamonaviy muammolar bilan bog’lab, yosh avlodga
sof e’tiqodni shakllantirishda o‘rni beqiyosdir. Imom Bobartiyning hayoti va
faoliyatini o‘rganish davomida olimning ilmga bo‘lgan rag’bati va ishtiyoqi, o‘z
davrining bir necha olimlaridan ilm olib, ilm ulashganligidan hamda turli sohalarda
o‘z hissasini qo‘shganligidan uning ilmga nisbatan naqadar kuchli muhabbat egasi
ekanligini ko‘rish mumkin.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
15
Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-Imam Abi Hanifa. – Ummon: Dor al-fath, 2009. – B. 18.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
358
1.
Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-Imam Abi Hanifa. – Ummon: Dor
al-fath, 2009. – 155 b.
2.
Akmaluddin Muhammad Bobartiy. Sharh at-Talxis/Tahqiq muallifi:
Doktor Muhammad Mustafo Ramazon Sofiyh. – Tripoli: Jamahiriyyatul arobiyya
al-labiyya ash-sha’biyya al-istirokiyya, 1983. – 244 b.
3.
Ibn Hajar al-Asqaloniy. Ad-duror al-kamina. – Bayrut: Dar al-jiyl, 1972. –
J. IV. – 327 b.
4.
Akmaluddin Bobartiy. Sharh at-talhis. – Liviya: Tarois, 1983. – 791 b.
5.
Al-Laknaviy. Favaid al-bahiyya. – Bayrut: Lubnan, 1998. – 606 b.
6.
As-Sofdiy. Al-vafa bil-vifyat. – Bayrut: Lubnan, 2000. – 284 b.