Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
343
BOLALAR VA O’SMIRLAR SOG’LOM TURMUSH TARZINING
SHAKLLANISHIDA GIGIYENIK BILIMLARNING
PROFILAKTIKANING ILMIY ASOSLARI
Andijon davlat chet tillar instituti
Ilmiy rahbar:
Aliyeva R. A.
Talaba:
Adxamova Ruxshona Kamoldin qizi
Baxtiyorova Moxlaroyim Baxodir qizi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza
qilishda gigiyenik bilimlarning ahamiyati, sog‘lom turmush tarzining
shakllanishidagi roli hamda profilaktikaning ilmiy asoslari tahlil qilingan.
Gigiyena talablariga amal qilish odatlari yoshligidanoq shakllantirilsa, turli
kasalliklarning oldi olinishi, organizmning barqaror rivojlanishi va psixofiziologik
holatning normallashuvi ta’minlanadi.
Kalit so‘zlar:
gigiyena, sog‘lom turmush tarzi, profilaktika, bola sog‘lig‘i,
o‘smirlar, odat, tarbiya.
Sog‘lom turmush tarzining shakllanishi bolalik davridan boshlanadi.
Gigiyenik bilimlar, kundalik hayotdagi oddiy sanitariya qoidalariga amal qilish,
to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena – bularning barchasi bola va
o‘smir salomatligini asrash va mustahkamlashda asosiy vositadir. Bugungi kunda
sog‘lom turmush tarziga amal qilish nafaqat individual, balki jamiyat miqyosida
dolzarb ahamiyatga ega. Gigiyenik bilimlarning mazmuni va ahamiyati. Gigiyena
– bu sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy
faoliyat tizimidir. Bolalar gigiyenasi esa ularning yoshiga xos rivojlanish
bosqichlariga qarab sog‘liqni saqlash choralarini o‘z ichiga oladi. Gigiyenik
bilimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tananing tozaligi (yuvinish, tish tozaligi,
kiyim-kechak gigiyenasi) To‘g‘ri ovqatlanish va ichimlik suvi sifati. Xonalarni
shamollatish, shaxsiy buyumlarning tozaligi O‘rindiq, yotoq va dars qilish joyining
sanitariya holati. Bolaning odatlari aynan kichik yoshdanoq shakllanadi. O‘rgatish
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
344
va doimiy eslatish orqali gigiyenik ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Bu orqali:
Kasalliklarning oldi olinadi (gripp, ichak infeksiyalari, teri kasalliklari) Ijtimoiy
muhitga moslashuv osonlashadi. Psixologik barqarorlik ta'minlanadi. Sog‘lom
turmush tarzi – bu to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu, jismoniy faollik, gigiyenaga
rioya qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Har bir omil bir-
biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, bola organizmining to‘laqonli rivojlanishini
ta’minlaydi. Kasalliklarni davolashdan ko‘ra, ularning oldini olish oson va
samaralidir. Gigiyenik bilimlarga ega bola: Qo‘l yuvishni biladi va doim amal
qiladi Jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyatiga ega bo‘ladi. Toza suv va toza
ovqat iste’mol qiladi. O‘zi va atrofdagilarning salomatligini qadrlaydi. Gigiyenik
bilimlar oilada asoslanadi, maktabda chuqurlashadi, jamiyatda mustahkamlanadi.
Ota-onalar o‘rnak bo‘lishi, o‘qituvchilar esa doimiy tushuntirish va monitoring olib
borishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida esa sog‘lom turmush targ‘iboti kuchli
bo‘lishi zarur.
Sog‘lom turmush tarzining shakllanishi – bu uzoq muddatli va bosqichma-
bosqich jarayon bo‘lib, u gigiyenik bilimlarga asoslanadi. Bolalarda to‘g‘ri
ko‘nikmalar shakllantirish orqali ularning nafaqat hozirgi, balki kelajakdagi
salomatligi, jismoniy va aqliy rivoji mustahkamlanadi. Bu borada ota-ona, pedagog
va jamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Bolalar va oʻsmirlar gigienasi – gigiyenaning bir sohasi boʻlib, goʻdaklikdan
boshlab to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini
saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquv-
tarbiya va mehnat oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday
taʼsir qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga
hamda har tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini
ishlab chiqish bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari
shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqli boʻlishi
mumkin. Bolalar va oʻsmirlar gigienasi tashqi muhit omillarining bola
organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlim-tarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi,
oʻsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
345
rivojlanishi uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bolalar va
oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy
omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar
organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning
kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish chora tadbirlarini
belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning
sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan
birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi
aniqlanadi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi
zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar – uyqu, uygʻoqlik, ovqatlanish
(emish)ning oʻz vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta
ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash bolaning
oʻsishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani
hamisha maʼlum vaqtda (har 2—3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim.
Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqtda uygʻonishi uchun qulay
sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʻyish, uygʻoqligida esa koʻruv va eshituv
aʼzolariga turli yoʻllar bilan taʼsir etish (kattalarning gap soʻzlari, rangli, jarangdor
oʻyinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʻzgartirib turish
(bolani vaqti-vaqti bilan qoʻlga olish yoki qorni bilan yotqizib qoʻyish) kerak. Bola
nechogʻli yosh boʻlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʻp ehtiyoj
sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish,
oʻynatish zarur. Shunda qon kislorodga toʻyinib, organizmdagi almashinuv
jarayonlari bir maromda kechadi. Bolalar va oʻsmirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda
bolalarning sogʻligʻiga qarab ish faoliyatini belgilash va asta-sekin oshira borish
hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koʻrish asosiy masala hisoblanadi.
Shunga asosan bogʻcha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga mos keladigan kun
tartibi joriy qilinadi. Oʻsib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan
holda, maktab oʻquvchilarining mashgʻulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha
belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1sinf oʻquvchilari uchun 1—
1,5 soat, 3—4 sinf oʻquvchilari uchun 1,5—2 soat, 5—6 sinf oʻquvchilari uchun 2
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
346
soat, 7—8 sinf oʻquvchilari uchun 2,5—3 soat, 9—10 sinf oʻquvchilari uchun 3—
4 soat boʻlishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40—45 min.dan keyin 10—
15 min. dam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun
mashgulotlardan keyin turli oʻyin, sport, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari
yaxshi natija beradi. Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining
bu qismida bolalar va oʻsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va kurishda gigiyena
tadbirlarini koʻzda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish,
xonalar yorugʻ va issiq boʻlishi, sanitariyatexnika inshootlari toʻgʻri qurilishi, toza
havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi
kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Murodova G. “Gigiyena asoslari” – Toshkent, 2021.
2. Sharipova D. “Bola sog‘lig‘i va fiziologiyasi” – Samarqand, 2020.
3. SSV gigiyena bo‘yicha metodik qo‘llanmalari – 2022 yil.
4. WHO. Child Health and Hygiene Guidelines. 2023.
5. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash kodeksi.