Mualliflar

  • Aliyeva Mahliyo Murodxo’ja qizi
  • Begimqulova Sevinch Asqarovna
  • Soatov Bahrom Baxtiyorovich

Muallif tarjimai holi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90148

Kalit so‘zlar:

toksin xivchin anaerob spora patogen vegetativ semptom.

Annotasiya

Botulizm kasalligini qo‘zg‘atuvchisi harakatchan, anaerob, spora hosil qiladigan va tashqi muhitga chidamli Clostridium botulinum bakteriyalari hisoblanadi. Bu kasalikni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni 7 ta serologik turlari mavjud bo‘lib, ular konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarida, juda uzoq vaqt davomida issiq yoki muzlatgichsiz qoldirilgan oziq-ovqatlar mahsulotlarini iste’mol qilish orqali va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, insonda nafas olishda qiyinchiliklar, hira ko‘rish, qo‘llar va oyoqlarda falajlanishiga hamda o‘tkir yuqumli kasalliklarga olib keladi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

340

OZIQ - OVQATDAN ZAXARLANISHDA BOTULIZM

KASALLIGINI TUTGAN O'RNI

Aliyeva Mahliyo Murodxo’ja qizi

Begimqulova Sevinch Asqarovna

Soatov Bahrom Baxtiyorovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy

universitetining Jizzax Filiali

E.mail:

maxliyoaleyiva@gmail.com

Sevinchbegimqulova2002@gmail.com

Annotatsiya:

Botulizm kasalligini qo‘zg‘atuvchisi harakatchan, anaerob,

spora hosil qiladigan va tashqi muhitga chidamli

Clostridium botulinum

bakteriyalari hisoblanadi. Bu kasalikni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni 7 ta serologik

turlari mavjud bo‘lib, ular konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarida, juda uzoq

vaqt davomida issiq yoki muzlatgichsiz qoldirilgan oziq-ovqatlar mahsulotlarini

iste’mol qilish orqali va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, insonda

nafas olishda qiyinchiliklar, hira ko‘rish, qo‘llar va oyoqlarda falajlanishiga

hamda o‘tkir yuqumli kasalliklarga olib keladi.

Kalit so’zlar

: toksin, xivchin, anaerob, spora, patogen, vegetativ, semptom

.

Botulizm

- bakteriyalari va ularning toksinlari natijasida yuzaga keladigan

o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining o‘choqli xarakterga ega

bo‘lgan og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Botulizm

qo‘zg‘atuvchilari bakteriya-

Clostridium botulinum

hisoblanadi. U tayoqchasimon

shaklda bo‘lib, 0,6 - 0,9 mkm kattalikka ega. Xivchinlari bilan harakatchan,

anaerob bo‘lib, spora hosil qiladi, tashqi muhitga chidamli. Uning 7 ta serologik

turlari farq qilinadi — A,B,C,D ,E,F va G. Odam uchun A, В va E turlari ayniqsa

patogen hisoblanadi. Botulizm bakteriyasining vegetativ shakllari juda kuchli

zahar – ekzotoksin hosil qiladi[1].


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

341

Botulizm mikrobi faqat anaerob (havosiz) sharoitda rivojlanadi. Shu

sababdan konserva qilingan, tuzlangan, dudlangan mahsulotlar va kolbasaga tushib

qolgan sporalar anaerob sharoitda oʻsib, vegetativ shakl (bakteriyalar)ga aylanadi.

Ular ana shu sharoitda kuchli zahar (ekzotoksin) hosil qiladi. Bu mahsulotni

isteʼmol qilgan odam kasal boʻladi[2].

Botulotoksin qizdirilganda buziladi, 100°C da qaynatilganda toksin

faolligini juda tez yo‘qotadi. Botulizm mikroblari noqulay tashqi muhit sharoitiga

tushganda sporalar hosil qiladi, sporalar tashqi muhitning noqulay sharoitiga juda

chidamli bo‘lib, ular qaynatganda 5 soatgacha, 105°C da esa 2 soatgacha chidaydi,

120°C dagina 20 minutdan keyin halok bo‘ladi. Sporalar quritilganda bir yilgacha

saqlanishi mumkin. Botulizm qo‘zg‘atuvchilari tuproqda yashaydi va u yerdan suv,

sabzavotlar, mevalar va oziq-ovqatlarga tushadi. Sporalar anaerob sharoitida,

masalan, uy sharoitida noto‘g‘ri konservalaganda vegetativ shakllarga aylanadi va

ekzotoksin ishlab chiqaradi. Ekzotoksin odamning ichak shirasi ta’sirida

buzilmaydi[3].

Oziq-ovqat botulizmi odatda uy sharoitida konservalari noto‘g‘ri

saqlanganda sodir bo‘ladi. Kamdan-kam holda, noto‘g‘ri konservalangan

mahsulotlarni do‘konda sotib olinib, iste’mol qilinganida botulizm kasaligiga olib

kelishi mumkin. Oziq-ovqat botulizmining boshqa manbalariga quyidagilar kiradi:

• Alyuminiy folga ichida pishirilgan kartoshka.

• Konservalangan pishloqli soslar.

• Shishaga solingan sarimsoq.

• Konservalangan pomidorlar.

• Sabzi sharbati.

• Oziq-ovqatlar juda uzoq vaqt davomida issiq yoki muzlatgichsiz

qoldirilgan.

Katta yoshdagi bolalar va kattalardagi botulizm belgilari odatda yuz, ko‘z

va tomoq mushaklarida boshlanadi. Davolashsiz alomatlar tananing boshqa

qismlariga tarqalishi mumkin. Belgilar botulizm sporalarini qabul qilgandan keyin

bir necha soatdan bir necha kungacha paydo bo'lishi mumkin. Semptomlarga


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

342

quyidagilar kiradi:

• Ko‘z qovoqlarining tushishi (ptozis).

• Ikki marta yoki hira ko‘rish.

• Quruq og‘iz (kserostomiya).

• Xiralashgan nutq.

• Yutishda qiyinchilik (disfagiya).

• Nafas olishda qiyinchilik.

• Qo'llar yoki oyoqlar falajligi.

• Ko'ngil aynishi va qayt qilish[4].

Xullosa o‘rnida botulizm kasalligini qo‘zg‘atuvchisi harakatchan, anaerob,

spora hosil qiladigan va tashqi muhitga chidamli

Clostridium botulinum

bakteriyalari hisoblanadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, insonda

nafas olishda qiyinchiliklar, hira ko‘rish, qo‘llar va oyoqlarda falajlanishiga olib

keluvchi o‘tkir yuqumli kasallik hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Bayjanov A.Q., Musaboyev E.I., Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va

parazitologiya Toshkent Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. yil.

2.

Isroilov A.M., Qaxxorova M.O’., Yunusov R.M., BOTULIZM

KASALLIGINING AHAMIYATI ISSN: 2835- 3196.

3.

Uzakova G.Z., Shodieva D.A., Dzhumaeva N.S., Bahrieva Z.D., Botulizm

kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati "Science and Education"

Scientific Journal / Impact Factor 3.848.

4.

Tursunaliyeva V.U., Sulaymonova G.T., Oziq ovqatdan zaharlanishda

botulizm kasalligini tutgan o‘rni va uni zamonaviy davolash usullari.

O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalr va ilmiy tadqiqotlar jurnali 18-son.