«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UO’K: 904.913.
ABU RAYHON BERUNIY MEROSI
Z.R.Tajiyev, H.Z.Rajabov, H.Z.Rajabov, Z.M.Egamyarova, D.Soburova
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti,
TOSHMI urganch filiali talabasi, xasanboyuz2002@gmail.com
UrDU geografiya yo’nalishi talabasi, husanrajabov77@gmail.com
Urganch shahar 6-maktab o’qtuvchisi, egamyarovazumrad@gmail.com
Urganch shahar 10-maktab o’qtuvchisi, dsoburova@gmail.com
Annatatsiya:
ushbu maqola Abu Rayhon Beruniyning hayot yo‘li, ijodiy
faoliyati. Allomaning yozgan asarlari. Abu Rayhon Beruniy, tanlangan asarlar VI tom,
“Tafhid”. Kitob as-Saydana fit-tib asarida Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda
o‘sadigan dorivor o’simliklarning to‘la tavsifini bergan. Jumladan “Saydana” asarida
Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o‘zi alohida fan bo’lishligini ta’kidlab, shu bilan
farmokologiya fanini asoslaydi.
Kalit so’zlar:
Qomusiy olim, Geograf, Mutafakkir, Tabiatshunos, Faylasuf,
“As-Saydana”, “Tafhid”, G‘azna, Yogasutra Patandjal, Sano, Qarafs, Mavrak, Jut.
Аннотация:
статья о жизни и творчестве Абу Райхана Беруни. Труды,
написанные ученым. Абу Райхан Беруни, Избранные труды, том VI,
“
Тафхид
”
. В
труде
“
Китаб ас
-
Сайдана фит
-
тиб
”
Беруни дал полное описание лекарственных
растений, произрастающих на Востоке, особенно в Средней Азии. В частности, в
труде
“
Сайдана
”
Абу Райхан Беруни подчеркнул, что медицина
—
это отдельная
наука, тем самым положив начало науке фармакологии.
Ключевые слова
: Энциклопедист, Географ, Мыслитель, Натуралист,
Философ,
“
Ас
-
Сайдана
”
, “
Тафхид
”
, Газна, Йогасутра Патанджали, Сано, Карафс,
Маврак, Джут.
Abstract:
this article is about the life and creative work of Abu Rayhan Beruni.
The works written by the scholar. Abu Rayhan Beruni, Selected Works, Volume VI,
“Tafhid”. In the work Kitab as-Saydana fit-tib, Beruni gave a complete description of
medicinal plants growing in the East, especially in Central Asia. In particular, in the
11
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
work “Saydana”, Abu Rayhan Beruni emphasized that medicine is a separate science,
thereby founding the science of pharmacology.
Keywords
: Encyclopedist, Geographer, Thinker, Naturalist, Philosopher, “As-
Saydana
”
, “Tafhid
”
, Ghazna, Yogasutra of Patanjali, Sano, Qarafs, Mavrak, Jut.
Kirish.
Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Xorazmning asl farzandi,
ulug‘ allomaning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta’sir qiladiki, uning asarlarini
o’qigan kitobxon o‘zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi
ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi
Beruniy o‘z hovlisida turli gullarni parvarishlashni yoqtirgani uchun unga
Rayhon laqabini ham berishadi. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda
islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va
va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan
xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy vasuryoniy tillarini bilgan va 50
yoshida sanskrit tilini
oʻrgandi.
Beruniyning ilmiy merosi matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya,
tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir 150 ta asarni o‘z ichiga olgan.
Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini
aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Al-Beruniy — Xorazmning buyuk
allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya,
mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy
asarlar muallifidir.
Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya
va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya
va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan
bo‘lardi” degan.
To‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr
kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kat (Ayrim manbalar Kot) shahrida dunyoga
kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma’lumot kam, faqat chin yetim
bo’lganligi ma’lum. Burni katta bo‘lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan. Biroq,
ko‘rimsiz tashqi ko‘rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo‘lib, vaziri va
amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog‘ida Beruniy
12
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
shunday yozadi: “... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi...”
U mukammal matematik va falsafiy bilim egasi bo’lgan. Beruniyning birinchi
ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo‘yicha tayanch asarlar muallifi
Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo‘lgan.
Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi,
bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy
asarlari matematika va astronomiyaga bag‘ishlangan, Xorazmning xo‘jalik hayotida
ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan - yer sug‘orilishi va savdo sayohatlari haqida
bayon qilgan
U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish
hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan.
Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga
engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik
doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani
rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq
belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi.
Beruniyning bu sohalardagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq
bo‘lib xizmat qildi. Beruniy Yer radiusini uning aylana shaklga egaligidan kelib
chiqqan holda, deyarli aniq belgilagan (6000 km dan ortiq). Beruniy Yerning tortish
kuchini o‘rgangan. Beruniy Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida
aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma’qullashga doir
barcha gumonlarga nuqta qo‘ygan.
U shafaq va kun botishi ufq orqasida yashiringan quyosh nurlaridagi chang
zarralarining chiqishi oqibatida yuzaga kelishini tushuntirib bergan. Quyosh tutilishi
vaqtida (Quyosh toji) atrofida paydo bo‘luvchi yorqin tarovat haqida “Tutunga
o‘xshash” tabiat fikrini aytgan. Beruniy geodezik o‘lchovlarning astronomik usullarini
ishlab chiqqan. V.Snelliusdan 600 yil avval masofada trigonometrik o‘lcham usulini
taklif qilgan. O‘sha davrlarda foydalanilgan (astrolyabiya, kvadrant, sekstant) asosiy
astronomik asboblarni mukammallashtirgan. 400 yil davomida dunyodagi eng katta
hisoblangan radiusi 7,5 metrlik birinchi siljimas kvadrantni Quyosh va sayyoralarni
kuzatish uchun ixtiro qilgan. U tomonidan olib borilgan ekliptikaning ekvatorga
13
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
egilganligini o‘lchash ishlari aniqligi bo‘yicha ko‘p asrlar davomida tengsiz bo‘lgan
“Qadimiy xalqlar xronologiyasi” nomli ilk asarida (1000 yil) Beruniy o‘sha
davrlarda ma’lum bo‘lgan barcha xalqlarga tegishli solnoma tizimlarini ta’riflab
chiqqan. U tomonidan qilingan astronomik tadqiqotlar va boshqa ilmiy ishlar
“Astronomiyaning asosiy boshlanish sharhlari kitobi”da keltirilgan.
Abu Rayhon Beruniy “Tafhim” asarida “olam tuzilishini hamda osmon bilan yer
shakllarining va ular orasidagilarning qay kayfiyatda ekanligini takrorlash bilan olingan
malumotlar yordamida bilish munajjimlik san’atida juda foydalidir. Chunki shu tariqa
olayotgan tajriba orttiriladi va bu san’at ahli orasida so’zlarga o’rganadi. Shunday qilib
unga bu so‘zlarni tasavvur qilish ma’nolarni anglash osonlashadi. Agarda u bu
tushunchalarga ularni ma’nosini bilgan holda ularning sabab va isbotlarini o’rganib
qaytsa, u bu kishiga erkin fikr bilan har narsani o’zlashtirishda charchamagan holda
yondashadi. Shuning uchun men bu eslatma (kitob)ni bu san’atning tolibasi Xorazmlik
Rayhona Al Hasanning qizi uchun savol-javob tarzida tuzdim. Alloh o’z rahmati bilan
haqiqatga yo’llovchidir”
Kot va Qo‘rg‘on shaharlarida mahalliy boshqaruvchilar saroylarida, keyinroq
shoh Ma’mun saroyida Xorazmda yashagan, taniqli olimlar jamlangan akademiyani
boshqargan. Unda Ibn Sino hamda al-Xorazmiylar algebra fani asoschilari bo‘lishgan.
Ibn Sino bilan o‘zaro yozishmalari saqlanib qolgan. Unda Arastu kitobi haqida
mulohazalar keltirilgan.
1017 yildan boshlab, ya’ni Xorazm sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib
olingach, G‘azna shahrida sulton Mahmud va uning vorislari Ma’sud hamda Ma’dudlar
saroyida yashaydi, Mahmudning Hindistonga qilgan safarlarida qatnashib, bir necha yil
shu yerlarda yashaydi ham. Al Beruniy ijodida “G‘azna” bosqichi eng sersamara
bosqich bo‘lgan. Shu yillar Hindistonga qilingan safarlari uning tayanch asari bo‘lmish
“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi” dan joy
olgan. Sulton Mahmudning o‘limidan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud egallaydi. U
Beruniyga juda iltifotli bo‘lgan. Beruniy Ma’sud haqida shunday deydi: “U menga
butunday ijod bilan shug‘ullanishim uchun sharoit yaratib berdi, meni o‘z
rahnamoligiga oldi...”
Bu yillar Beruniy umumiy jahon xaritasi keltirilgan eng asosiy asari
“Ma’sudning astronomiya va yulduzlarga oid qonuni” asarini yozadi.
14
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Sharq manbalariga tayangan holda H.Hasanovning yozishicha, «Abu Rayhon
yozgan kitob va risolalar qopga solinganida bir tuyalik yuk bo’lar ekan». XIII asr
geografi Yoqut Hamaviy Marv shahridagi (hozirgi Turkmaniston hududida) Jome’
masjidining vaqfnomasida Beruniy asarlarining 60 sahifaga mayda qilib yozilgan
ro’yxatini ko’rgani haqida yozadi. Olim bu ro‘yxatni 65 yoshida tuzgan bo‘lib, u
«Fixrist» nomi bilan mashhurdir. Unda Beruniyning 113 asari ko‘rsatilgan bo’lib, har
bir asar kim va nima uchun yozilgani keltiriladi. Shuningdek, 70 asarning hajmi ham
ko‘rsatilgan. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asar muallifidir, ba’zi
mutaxassislar esa olim 180 tacha kitob yozgan, degan fikrdalar
Sharqshunos Olimlarning ohirgi ma’lumotlariga ko’ra, Beruniy asarlari
quyidagicha taksimlanadi: astronomiyaga oid -70 ta; matematikaga -20 ta; geografiya-
geodeziyaga -12 ta; kartografiyaga -4 ta; iqlim va ob-havoga -3 ta; mineralogiyaga -3
ta; falsafaga - 4 ta; fizikaga -1 ta; dorishunoslikka -2 ta; tarix etnografiyaga -15 ta;
adabiyotga oid asari esa 28 tadir
Islom olamida astronomiya, matematika va geografiya sohalarida qimmatli
asarlar bergan Al-Beyruniyning dunyoda birinchi dorixona kitobi sifatida tanilgan
Kitob as as-Saydana Fit-Tib deb nomlangan ushbu asari bilan birga taqdim etildi. uning
faksimili va turkchasi nafaqat dorixonada, balki til jihatidan ham qimmatlidir. Bu san’at
asaridir. Ish o'simlik dori vositalariga qaratilgan bo‘lsa-da, mineral va hayvonlardan
kelib chiqqan dori vositalari haqida ham muhim ma‘lumotlarni o'z ichiga oladi
1030 yil yakunlangan “Hindiston” asarida hindlarning yashash tarzi, madaniyati
va ilm-fanlari haqida batafsil ma’lumot bergan, ularning diniy-falsafiy tizimlarini
bayon qilgan. Al Beruniy o‘z ishlarida taqqosiy usuldan foydalangan: “Men
hindlarning borlik nazariyasini keltirmoqdaman, bir vaqtning o‘zida yunonlar
nazariyasini ham keltirib o‘tmoqdamanki, bu ikki xalqning o‘zaro bog‘liqligini
yoritmoqchiman”, deb yozadi. Shu bilan birga u Gomer, Platon, Arastu, Galen va
boshqa yunon olimlarini ham eslab o‘tgan, hind va islom fikrlarini taqqoslagan,
ayniqsa, so‘fiychilik ta’limotini alohida ajratib, hindlardagi sankxi va yoga
nazariyalariga juda yaqinligini aytgan. Turli xalqlar an’analarini taqqoslar ekan,
slavyanlar, tibetliklar, xazar, turk va boshqa xalqlarning turmush tarzi an’analari haqida
aytib o‘tgan.
15
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Al Beruniy tomonidan arab grafikasi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi ko‘p
jihatdan hind tilidagi so‘zlarni urdu tiliga o‘girish bo‘yicha zamonaviy tizimidan
ilgarilagan.
Abu Rayhon Beruniy hayoti so‘ngida tibbiyotga oid asarlar yozdi. Ulardan
“Mineralogiya” va “Kitob as-Saydana fit-tib” asarlari hisoblanadi. Mineralogiya
asarida madanlar va ularni ishlatilishi haqida dastlabki ma’lumotlarni berib o‘tgan.
“Kitob as-Saydana fit-tib”
asari “Saydana”, “Kitob as-Saydana” va hozirda
“Farmakognoziya” nomi bilan mashhur. Asarda Beruniy Markaziy Osiyo, Osiyo,
Sharqda o‘sadigan dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar bergan. “Saydana” asarida
1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Jumladan 750 turi o‘simliklardan, 101 turi hayvonlardan
va qolgan 255 turi minerallardandir. “Saydana” asarining asosiy ahamiyatlaridan biri
shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy bu asari orqali dorishunoslik o’zi alohida fan
bo‘lishligini aytib, shu bilan “Farmakognoziya” fanini asoslaydi. Beruniyning ushbu
asarida keltirilgan dorilari hozirda tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda.
“Saydana” asarida keltirib o‘tilgan ba’zi dorivor o‘simliklar Mavrak, Qarafs
Jut, Sano mazkur dorivor o’simliklar Beruniy davrida tabobatda iste’molda bo’lgan va
tibbiyotda keng qo‘llanilgan, hozir ham dorishunoslikda muhim axamiyat kasb etadi
. A.R.Beruniy butun umri davomida bilim olishni va tabiatni o’rganishni
kanda qilmagan. Bu haqda “Saydana” asarida shunday hikoya qiladi: “Yoshligimdanoq
qandoq bo’lsa ham ma’rifat olishga qattiq berilgan va shundan lazzatlangan edim.
Shohid keltirish yuzasidan shuni aytish kifoya: yerimizga bir rumlik kelib qolgan edi.
Men unga donlar, urug’lar, mevalar, o‘simliklar va boshqa narsalar keltirib nomlarini
so‘radim va ularni yozib oldim”. “Saydana” asari 1927 yili Turkiyaning Bursa
shahridagi kutubxonadan topilgan. 1973 yili rus tiliga tarjima qilinib, izohlar bilan
nashr etilgan
Abu Rayhon Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan. Uning
ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo’r qobilyati
uning ko’pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonodan e’tirof etilgan. Beruniy
yozgan kitob va risolalari ko’rsatilgan. Allomaning eng yirik asarlari “Mas’ud qonuni”,
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”; “Mineralogiya”,
“Geodeziya”, kabilardir. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon
fani va madaniyati xazinasiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi. Beruniyning
astranomiyaga oid “Al- Qonun al- Mas’udiy” (“Mas’ud qonuni”), asarini Sulton
16
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Mas’udga bag’ishlaydi. Bu asar falakiyotga doir bo’lib, olimlar tomonidan juda yuksak
bahoga sazovor bo’lgan.
Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoldirgan xizmati shundaki, u o‘zining
ilmiy tadqiqot ishlarida o‘zi ishlab chiqan ilmiy tadqiqot metodiga, tajriba va
kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodikasini misli ko‘rilmagan darajada
yuqori ko‘tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo‘r yutig‘idir. Olim o‘z oldiga
fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish, nazariyalarni ishlab chiqish, yangi usul va
qonunlarini ochish vazifalarini qo‘ygan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar
O’zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining nihoyatda
boyligidan dalolat beradi. Beruniyning ilmiy merosi O‘zbekiston va undan tashqarida
ham chuqur o‘rganilmoqda. Bugungi kunda ham allomaning ilmiy merosi
jamiyatimizning ko’plab sohalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima
qilinmoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni
jonlantirib, yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga
aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy
dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p
bo’lgan. Shunday buyuk qomusiy bilim egasi bo‘lgan Beruniyning olamshumul
kashfiyotlari, ko‘plab fan sohalariga qo’shgan hissasi va u yozib qoldirgan buyuk
asarlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.
Foydalaningan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, Davlat ilmiy nashriyoti, 2000
2.
А
bu Rayxan Beruniy, Kitob as-saydana, tarjima U.Karimova «Farmakognoziya»,
doktorskaya dissertatsiya, Tashkent, 1971
3. Abu Rayhon Beruniy “Tafhim” (Astrologiya). Tanlangan asalari, VI qism,
Toshkent-Urganch-Xiva 2006, 16-bet.
4.
http://geografiya.uz/dunyoni-urganish/386-abu-rayhon-beruniy.html
5.
https://shosh.uz/uz/mutafakkirlar-abu-rayhon-beruniy-973-1048-2/
6.
https://cyberleninka.ru/article/n/abu-rayhon-beruniyning-hayoti-va-ijodi
7.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu_Rayhon_Beruniy
8.
https://arboblar.uz/uz/people/abu-rajkhan-beruni
9.
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/453
17
