Authors

  • Mansurbek Shomurodov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.102157

Keywords:

O’rta Osiyo

Abstract

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning geografiya faniga qo’shgan hissasi va olib borgan ilmiy izlanishlari , geografiyaga oid asarlari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan

background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

ABU RAYHON BERUNIY - O’RTA ASR GEOGRAFI

Shomurodov Mansurbek Jonibek o’g’li
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

mansurbekshomurodov8@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning geografiya faniga

qo’shgan hissasi va olib borgan ilmiy izlanishlari , geografiyaga oid asarlari haqida
ma’lumotlar berib o’tilgan

Аннотация:

В статье представлена информация о вкладе Абу Райхана

Беруни в географическую науку, его научных исследованиях и трудах по

географии.

Abstract:

This article provides information about Abu Rayhan Beruni's

contribution to the science of geography, his scientific research, and his works on
geography

Kalit so’zlar:

O’rta Osiyo, globus, geodeziya, minerologiya, kartografiya

Ключевые слова:

Центральная Азия, глобус, геодезия, минералогия,

картография

Key words:

Central Asia, globe, geodesy, mineralogy, cartography

O’rta Osiyo ko’plab olim-u fuzalolar yetishib chiqqan yurt hisoblanadi.

Allomalarimizning qoldirgan boy madaniy merosi haligacha butun dunyoni olimlari
tomonidan o’rganilib, ularni hayratga solib kelmoqda. O’rta Osiyo yirik mutafakkir
allomalar orasida Abu Rayhon Beruniy o’zining qoldirgan boy ilmiy merosi va ilm
fanda tutgan o’rni bilan ajralib turadi.[4] Uning qoldirgan ilmiy merosi jahon olimlari
tomonidan yuksak baholanadi. Olimning to’liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn
Ahmad al-Beruniy 973-yil 4- sentabrda Xorazmning Kat shahrida tavallud topgan.
Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy yoshligidan astranomiya, matematika,
geodeziya, geografiya va mineralogiya fanlariga qiziqqan. Abu Rayhon Beruniynining
birinchi ustozi astronomiya va trigonomertiya fanlariga oid bir qator asarlar muallifi
bo’lgan Abu Nasr ibn Iroq Mansur bo’lgan. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari
bilan shug’ullangan.Sharqning boy fan va madaniyatini o’rganib, yunon ilmi bilan ham
tanishib, yetuk olim bo’lib yetishib chiqqan. Abu Rayhon Beruniyning yuksak ilmiy
salohiyati va geografiya fanlariga qo’shgan hissasini O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Yer
quyosh atrofida aylanish mumkinligini aytib, yerning aylana o’lchamini o’lchaganligi

33


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

hamda yerning kichraytirilgan modeli ya’ni globusni yasaganligini ham ko’rishimiz
mumkin.[1] Beruniyning 150 dan ortiq ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib
kelganiga qaramasdan, alloma qo’lyozmalarining qo’limizdagi ana shu to’liq
bo’lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi.
Ushbu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va
24 geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga bag’ishlangan. Beruniyning ilmiy merosida
geografiya, geodeziya va geologiyaga oid asarlarini alohida ta’kidlab o’tishimiz
mumkin. Ularning 12 tasi geodeziya – geografiya, 4 ta kartografiyaga, 3 ta
minerologiyaga, 3 ta iqlim va ob-havoga oid asarlardir.Olim geografiya oid
ma’lumotlarning ko’pchiligi Sharq adabiyotida birinchi manba bo’lib hisoblanadi.

Abu Rayhon Beruniy o‘rta asr Sharq olamining eng buyuk olimlaridan biri

bo‘lib, geografiya sohasida chuqur iz qoldirgan. U yer shakllari, iqlim zonalari,
geodeziya, joy nomlari va masofalarni aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib
borgan.[2] Ayniqsa, Hindiston geografiyasi, Orolbo‘yi, Xorazm va boshqa hududlar
haqidagi tavsiflari alohida ahamiyatga ega. Beruniy Yerning sharsimonligini aniqlagan,
geografik koordinatalarni hisoblab chiqqan va o‘z davrida eng ilg‘or xaritalar tuzgan.
Uning “Hindiston”, “Geodeziya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi
asarlari geografik bilimlarning rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Abu Rayhon Beruniy asarlarida bevosita Oʻzbekiston tabiati haqida toʻliq

maʼlumotlar berilmaga

n bo‘lsa-da, uning ilmiy ishlari O‘rta Osiyo, jumladan,

O‘zbekistonga tegishli hududlar geografiyasi va tabiati haqida umumiy maʼlumotlarni

oʻz ichiga oladi.[3] Beruniy davrida Oʻzbekistonning bugungi hududlari ilmiy

tadqiqotlar uchunmuhim manzil bo‘lgan va u bu hududlarning geografiyasi haqida

bilishga qiziqqan. Oʻrta Osiyoning tabiiy sharoitlari togʻlar, choʻllar, daryolar, iqlim va

boshqa tabiiy xususiyatlar Beruniyning kuzatuvlari va ilmiy tadqiqotlarida muhim oʻrin

tutgan. U Amudaryo va Sirdaryo kabi k

atta daryolar haqida maʼlumotlarga ega bo‘lgan

va bu daryolarning geografik oʻrni, ularning oqimi, suvning harakati va foydalanilishi

haqida yozgan.

Beruniy hayoti o’ta sermaxsul o’tgan. U avlodlarga katta ilmiy meros qoldirib,

shogirdi Abul Fadl as Seraxs

iy maʼlumoti boʻyicha 1048 yil 11 dekabr sanasida vafot

etgan.


34


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1. G. M. Xoldorova,M. Nizomiddinova,D. Begbo‘tayev “Abu Rayhon Beruniyning
tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi” Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA
Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon
Beruni and its role in the development of science
2. G. K. Xudaykulova, Sh. A. Abdurashitova, M. M. Muyassarova “Abu rayhon
muhammad ibn ahmad beruniy o`rta asrlarning buyuk qomusiy olimi” Tashkent
Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022The significance of the
scientific, culturalheritage of Abu Rayhon Beruni and its role inthe development of
science
3. S.S. Saidxonova “O‘zbekiston tabiatining geografik õrganilish tarixi” “Journal of
science-innovative research in Uzbekistan” jurnal volume 2, issue 10, 2024.
OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
4. Xolmatova Zahro O'ktam qizi “Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning Ilmiy va

madaniy merosini oʻrganish, azaliy qadriyatlarimiz sifatida” I

lm-fan va

innovatsiyailmiy-amaliy konferensiyasi in-academy.uz/index.php/si

35

References

G. M. Xoldorova,M. Nizomiddinova,D. Begbo‘tayev “Abu Rayhon Beruniyning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi” Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

G. K. Xudaykulova, Sh. A. Abdurashitova, M. M. Muyassarova “Abu rayhon muhammad ibn ahmad beruniy o`rta asrlarning buyuk qomusiy olimi” Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022The significance of the scientific, culturalheritage of Abu Rayhon Beruni and its role inthe development of science

S.S. Saidxonova “O‘zbekiston tabiatining geografik õrganilish tarixi” “Journal of science-innovative research in Uzbekistan” jurnal volume 2, issue 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

Xolmatova Zahro O'ktam qizi “Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning Ilmiy va madaniy merosini oʻrganish, azaliy qadriyatlarimiz sifatida” Ilm-fan va innovatsiyailmiy-amaliy konferensiyasi in-academy.uz/index.php/si