Authors

  • Jumaniyazova Sh.I
    “Ekologiya va XFX”kafedrasi dotsenti
  • Farxadova M.U
    Ekologiya va Atrof - muhitni muhofaza yo’nalishi 4-bosqich 211- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.106072

Keywords:

Atmosfera

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan muamolardan biri atmosferani ifloslantiruvchi moddalar va ularning turlari haqida ma’lumot keltirilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

ATMOSFERANI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR VA ULARNING

TURLARI

Jumaniyazova Sh.I., Farxadova M.U.

“Ekologiya va XFX”kafedrasi dotsenti

Ekologiya va Atrof - muhitni muhofaza

yo’nalishi 4-bosqich 211- guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan

muamolardan biri atmosferani ifloslantiruvchi moddalar va ularning turlari haqida
ma’lumot keltirilgan.

Аннотация:

В статье представлена информация о загрязнителях

атмосферы и их типах, что является одной из проблем, которая в настоящее время

беспокоит человечество.

Annotation:

This article provides information about atmospheric pollutants and

their types, one of the problems that currently concern humanity.

Kalit so’zlar:

Atmosfera, tabiiy va sun’iy omillar, avtomobil transporti,

oltingugurt oksidi, azot oksidi, chang va qurum.

Ключавой слов:

Атмосфера, естественные и искусственные факторы,

автомобильный транспорт, оксиды серы, оксиды азота, пыль и сажа.

Keys word:

Atmosphere, natural and artificial factors, road transport, sulfur

oxides, nitrogen oxides, dust and soot.

Atmosferaning ifloslanishi insoniyat tufayli yuzaga kelgan va tabiatning

muvozanati izdan chiqgan. Buyuk allomamiz Beruniy o‘z asarlarida inson va tabiat
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’kidlagan. U atrof-muhitni inson hayoti va salomatligi
uchun muhim omil deb bilgan. Uning fikricha, inson o‘z faoliyati orqali tabiatga ta’sir
ko‘rsatadi, va agar bu ta’sir me’yoridan oshsa, atrof-muhitga zarar yetkazishi, bu esa
insonning o‘ziga qaytishi mumkin. Masalan, "Geodeziya ilmi haqida" asarida Beruniy
suv, havo va tuproqning inson hayotidagi o‘rnini alohida ta’kidlaydi. U tabiat hodisalari
va ekologik muvozanatni saqlash zarurligini tushuntiradi. Beruniy shuningdek, yerning
sferik shakli, dengiz va quruqlik almashinuvi, va havo tarkibi haqida ham ilmiy
asoslangan fikrlar bildirgan.Uning qarashlari, hozirgi ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish konsepsiyalarining ilk falsafiy asoslaridan biri, deb aytish mumkin.

195


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Atmosferaning ifloslanishi deb, atmosfera havosi tarkibida yot modda va
qo'shimchalaming me’yordan ortiq to'planishi hisobiga uning tarkibi va
xususiyatlaridagi barcha turdagi o'zgarishlari tushuniladi. Atmosferani ifloslantiruvchi
asosiy manbalar quyidagilar hisoblanadi:

1.Avtotransport vositalari.

2. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari.

3. Sanoat korxonalari.

4. Qishloq xo‘jaligi tannoqlari.

5. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari

Bugungi kunga kelib atmosfera sun’iy omillar bilan ifloslanishi kuchayib bormoqda
O’zbekistonda ham kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda ham sun’iy
manbalar bilan ifloslanish aniqlangan .
Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga:

• avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%),
• energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%),
• korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o'rinni (14%),
• qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqalar
zimmasiga ifloslanishning (26%) to'g'ri keladi.
O‘zbekistonda 4 mln. avtomobil yiliga 1,3 mln. tonna zararli moddalar

tashlamalarinichiqaradi, ularning eng ko‘pi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga
to‘g‘ri keladi. Avtomobillar soni kun sayin ortib bormoqda.

Atmosferani ifloslantiruvchi moddalar - atmosferada mavjud bo‘lib, atrof-

muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalardir. Atmosfera
havosidagi moddalarning sifat va miqdoriy tarkibi antropogen va tabiiy omillarga

bog‘liq. Havo tarkibiga taʼsir etuvchi tabiiy

omillar qatoriga birinchi navbatda

meteorologik sharoit va hududning relyefi (shamol yoʻnalishi va tezligi, harorat

inversiyasi, barometrik bosim, havo namligi, relyefi kabi) kiradi.
Atmosfera havosining tarkibini belgilovchi antropogen omillarga quyidagilar kiradi:

Sanoat korxonalari chiqindilarining tarkibi va hajmi.

Chiqaradigan moddalarning toksikligi.

Ifloslanish manbasidan masofa (ular tarqaladigan makon hajmi) va uning balandligi.

196


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Atmosferani ifloslantiruvchi moddalar va havodagi boshqa moddalar o‘rtasidagi

o‘zaro ta’sirning ta’siri (sinergik ta’sir va antagonistik ta’sir).

Bu rasmda Atmosfera havosining sifati va tashlamalarga ta’sir qiluvchi

omillar (O‘zb. Res. Atrof-muhit holati to‘g‘risida Milliy ma’ruza, 2023 yil)

Ma’lumotlarga ko'ra, 1 tonna ko’mirtir yoqilganda atmosferaga taxminan 35 tonna
SO2 va SO3, 6-7 tonna qattiq zarrachalar (chang va qurum), 10 tonnagacha NO2 ni
chiqarmoqda. O‘zbekistonda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaalar
chiqindiarining tarkibiva salmog‘i quyidagicha: uglerod oksidi - 40 %, oltingugurt
oksidi -20 %, azot oksidi - 9%, uglevodorodlar - 20 %, qattiq moddalar - 6,5 % va
boshqa moddalar - 4,5 % ni tashkil etadi. Tosbkent shahrida bir sutkada 20 mln m3
ishlangan, iflos va tarkibida 4% CO 2 boigan gazlar atmosfera havosiga chiqariladi
slanishi dan ustunlik qilmoqda. Avtomobil, samolyot, kosmik kema, teplovoz, qishloq
xo'jaligi mashinalari nihoyatda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosfera havosini is
gazi, azot oksidi, uglevodorodlar, qo‘rg‘oshin birikmalari, chang va boshqa kanserogen
moddalar bilan iflosiantirmoqda. AQSH da atmosfera havosining ifloslanishida
avtotransport vositalarining hissasi 73 % ni, sanoat esa 17 % ni tashkil yetadi.
Atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtotransportning hissasi juda katta. Yer
yuzasidagi barcha avtomobillar bir sutkada atmosferaga 0,7 r/iln. tonna C 0 2, 110 tonna

197


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

CH4, 30000 tonna NO2 va benzin bug’lari chiqaradi. Bundan tashqari ular havoga
ko‘plab SO2 va qo‘rg‘oshin birikmalari chiqaradi. Respublikamizda atmosfera
ifloslanishida transport vositalarining ulushi 40 %, ayrim shaharlarda (Toshkent,
Samarqand, Andijon, Buxoro) esa 80 % ga teng. Sanoat korxonalarida ko'mir, neft, gaz
yoqilg‘ilari chala yonishi tufayli atmosferaga juda ko‘p chala yongan zarralar (qurum,
kul, chang) va zararli gazlar CO, CH, S birikmalari, SO, NO lari chiqadi. Ayniqsa
kimyo, metallurgiya, neftni qayta ishlash va qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarining tashlamalari juda xavfli.

Xulosa

Tabiiy kelib chiqadigan changga quyidagilar kiradi: tuproq eroziyasi natijasida hosil
bo‘lgan chang, tog‘ jinslarining parchalanishi natijasida paydo bo‘ladigan chang va
kosmik kelib chiqadigan chang. Hajmi 5 mikron va undan kichik bo‘lgan chang
zarralari o‘pkaga, alveolalargacha chuqur kirib borishi mumkin. 5-10 mkm hajmdagi
chang zarralari asosan yuqori nafas yo‘llarida saqlanadi, deyarli o‘pkaga kirmaydi.
Sanoat changlari ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi va materiallarni qayta
ishlash (kesish, maydalash va boshqalar), ularni saralash va tashish (yuklash, tushirish
va boshqalar) jarayonida hosil bo‘ladi. Sanoat gazlari chiqindilaridagi noorganik chang
konlarni qazib olish, rudalarni, metallarni, mineral tuzlarni va o‘g‘itlarni, qurilish va
boshqa materiallarni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladi. Organik kelib chiqadigan
sanoat changiga ko‘mir, yog‘och, torf, kuyik va boshqalar kiradi.

Atmosfera havosining ifloslanish darajasi butun dunyo sog‘likni saqlash

tashkiloti tomonidan 4 guruhlarga bolingan:
1. Atmosfera havosining zararsiz tarkibi.
2. Kasallik qo'zg'atuvchi darajasi.
3. Surunkali kasalliklami keltirib chiqaruvchi darajasi.
4. o’tkir kasalliklami keltirib chiqaruvchi darajasi. Bu guruhning barchasi tiriklik
olamiga kuchli tas’ir ko’rsatadi va bunga qarshi chora tadbirlar ham ko’rilmoqda .

Foydalangan adabiyotlar ro’yhati

1. Molles. Manuel C. «Ecology: Concepts and Applications» Fourth edition, Published
by McGraw - Hill, a business unit of The Me Graw-Hill Companies, Inc., New York,
2008.
2. Sultonov P.S. «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari» Toshkent,
2007.

198


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

3. Saloxiddinov A.T, Valiev X.I., Xolmirzaeva M. «Ekologiya»Toshkent, 2014.
4. Mustafoyev S, 0 ‘roqov S, Duvonov A. «Umumiy ekologiya» Toshkent, 2006.
5. Hamdamov J, Bobomurodov Z, Mamdamova E. «Ekologiya» Toshkent, 2009

199

References

Molles. Manuel C. «Ecology: Concepts and Applications» Fourth edition, Published by McGraw - Hill, a business unit of The Me Graw-Hill Companies, Inc., New York, 2008.

Sultonov P.S. «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari» Toshkent, 2007.

Saloxiddinov A.T, Valiev X.I., Xolmirzaeva M. «Ekologiya»Toshkent, 2014.

Mustafoyev S, 0 ‘roqov S, Duvonov A. «Umumiy ekologiya» Toshkent, 2006.

Hamdamov J, Bobomurodov Z, Mamdamova E. «Ekologiya» Toshkent, 2009