«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
MATRICARIA CHAMOMILLA L. (ASTERACEAE) TURINING
SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI
I.Sh. Umurova, M.R. Nasriddinova
Qarshi davlat universiteti,
Annotatsiya.
Maqolada
Matricaria chamomilla
L. turining botanik tavsifi,
tarqalishi, kimyoviy tarkibi, manzaralilik va farmakologik ahamiyati tahlil qilingan. Bu
turning dorivorlik xususiyatlaridan turli kasalliklarni davolovchi vosita sifatida
tabobatda keng foydalanish
toʻgʻrisida ma'lumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
manzarali, dorivor, tabobat, damlama, dorivor preparat.
Аннотация.
В статье проанализировано ботаническое
описание,
распространение,
химический
состав,
декоративная
ценность
и
фармакологическое значение вида
Matricaria chamomilla
L.. Приведены сведения
о широком использовании лечебных свойств этого вида в медицине в качестве
средства от различных заболеваний.
Ключевые слова:
декоративный, лекарственный, медицина, настойка,
лекарственный препарат.
Abstract.
The article analyzes the botanical description, distribution, chemical
composition, ornamental value and pharmacological significance of the species
Matricaria chamomilla
L.. Information is provided on the widespread use of the
medicinal properties of this species in medicine as a remedy for various diseases.
Key words:
decorative, medicinal, medicine, tincture, medicinal preparation.
Bugungi kunda mamlakatimizda o‘simliklaridan tayyorlangan dori-darmonlarga
talab yildan-yilga ortib bormoqda. Darhaqiqat, bu talabni to‘liq qondirish uchun
o‘simlik resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, ulardan ko‘proq dori vositalari
tayyorlashga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda dorivor
o‘simliklarning ko‘plab turlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, tibbiyotda keng
qo‘llanilmoqda. Ushbu dorivor turlardan biri
Matricaria chamomilla
L. – dorivor
moychechak.
Ilmiy tadqiqotlarimizda koʻkalamzorlashtirishda keng qoʻllanilayotgan, ham
manzaralilik, ham dorivorlik xususiyati muhim ahamiyatli boʻlgan
M. chamomilla
turining shifobaxshlik
xususiyatlarini oʻrganish maqsad qilindi.
238
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
M. chamomilla
manzarali oʻsimlik sifatida Qarshi vohasining
deyarli barcha
hududlarida oʻstiriladi. Shuningdek, bu oʻsimlikning dorivor xomashyolari tabobatda
turli kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi
.
Asteraceae (qoqio’tdoshlar) oilasiga mansub
M. chamomilla
– dorivor
moychechak, boʻyi
15–50 sm, yaxshi sharoitda 70 sm gacha boradigan bir yillik
oʻtsimon oʻsimlik
[1, 2]
. Tabiiy holda Oʻrta Osiyoda
tog‘li hududlarda, vodiylarda,
quruq dashtlarda,
boʻsh yotgan
yerlarda
, dalalarda, yoʻl chetlarida uchraydi.
Rossiya,
Polsha, Germaniya, Italiya, Ispaniyada asosan qishloq xo‘jaligi yerlari va iliq iqlimli
mintaqalarda uchraydi. Marokash, Misr, Tunisning qurg‘oqchil sharoitlarga
moslashgan. AQSh, Kanada sun’iy ekilgan plantatsiyalar mavjud. O‘zbekistonda
Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi hududlarda
yovvoyi holda uchraydi. Ko‘pincha ekin maydonlarida, yo‘l yoqalarida va tog‘ oldi
hududlarda uchraydi [2].
Asosiy ildizi ingichka, tarvaqaylab rivojlangan yon ildizlarga ega, bu esa uni
qurg‘oqchilikka chidamli qiladi. Poyasi silindrsimon shaklda, mayin tukchalar bilan
qoplangan, tik o‘suvchi, ba’zan yon shoxchalar hosil qiladi. Barglari mayda, patsimon
bo‘lingan, cho‘zinchoq shaklda. Barglarning har bir qismi ingichka bo‘lib, o‘simlikka
yengil ko‘rinish beradi. Barg yuzasida efir moy ajratuvchi bezlar mavjud. Gullari
murakkab savatcha shaklida to‘plangan. Har bir gul savatchasi 1.5–3 sm diametrga ega.
Savatchaning chetidagi oq rangli tilcha gullar ko‘payishda ishtirok etmaydi, sariq
naychasimon gullar esa urug‘ hosil qiladi. Mevasi uzunchoq shakldagi donacha.
Urug‘lari juda mayda, yengil bo‘lib, shamol yordamida uzoq masofalarga tarqaladi[ 3].
O‘simlikning savatchasida to‘plangan gullar tarkibida 0,22-0,8% efir moyi,
kversimeritrin, apiin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 tagacha birikmalar)
flavonoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik
halqali poliin laktonlar, proxamazulen, qumarinlar, karotin, vitamin C, achchiq
moddalar ham uchraydi. Efir moyi tarkibini xamazulen, terpen, sekviterpen, spirtlar,
kadinen, shuningdek kaprilat, nonilat va izovalerianat kislotalar tashkil etadi [4].
Tibbiyotda moychechak gullaridan tayyorlangan xamazulen hamda galen
preparatlari yalligʻlanishga qarshi, ogʻriqni qoldiruvchi, oʻt haydaydovchi, shuningdek,
qon toʻxtatuvchi, tinchlantiruvchi, talvasalarga qarshi va spazmolitik ta'sir koʻrsatuvchi
vosita tariqasida qoʻllaniladi, yara
-jarohatlarning bitishini bir muncha tezlashtiradi.
Damlamasi mikroblarga qarshi ichakda bijgʻish jarayonini kamaytiradi, allergik
239
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
reaksiyalarni susaytiradi, safro ajralishini me'yorlashtiradi. Yaralarni yuvish, vannalar,
klizma qilish uchun sirtga ham ishlatiladi [5].
Buyuk olim Beruniy o‘zining "Kitob as-Saydanah fit-Tibb" asarida moychechak
haqida batafsil ma’lumot berib, o‘simlikni tabiatning ajoyib ne’mati deb atagan va uni
turli kasalliklarni davolashda ishlatgan. U o‘simlikning isitma tushiruvchi,
yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarini aniqlagan. Beruniy moychechak
damlamasini isitmani tushirish va gripp, shamollashni davolash uchun tavsiya qilgan
va tomoq yallig‘lanishida chayqash, burunga tomizish va inhalatsiya qilish uchun
ishlatgan [6].
M. chamomilla
m
anzarali o‘simlik sifatida ham koʻpgina hududlarda ekiladi
. Bu
turning ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati katta bo‘lib, ular landshaft dizaynini
yaratish, ekologik muvozanatni saqlash va insonlar uchun qulay yashash muhitini
shakllantirishda yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar va kuzatishlar
natijalari
M. chamomilla
turining bioekologik xu
susiyatlarini chuqurroq oʻrganish va
samarali koʻpaytirish usullarini ishlab chiqish zarurligini koʻrsatadi.
Shuningdek,
o‘simlik shamolga va qishning sovuqligiga chidamli ekanligi, yorug‘sevar o‘simlik
boʻlishiga qaramasdan soyada ham yaxshi o‘sishi mumki
nligini inobatga olib, bu turni
respublikamizning turli hududlariga ekish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Флора Узбекистана. Том 6.
–
Ташкент,
1962. – 577
с.
2.
Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас
-
определитель
растений.
https://powo.science.kew.org/
3.
Энциклопедия лекарственных растений, возделываемых в России.
–
Москва,
ОАО "Щербинская типография", 2013.
–
560 с.
4.
El Mihyaoui A, et al. Chamomile (Matricaria chamomilla L.): A Review of
Ethnomedicinal Use, Phytochemistry and Pharmacological Uses. Life (Basel). 2022
Mar 25; 12(4): 479. doi:10.3390/life12040479. PMID: 35454969; PMCID:
PMC9032859.
5.
Zohidov, F. D. Asteraceae oilasining tibbiyotda qo‘llanilishi va dorivor
xususiyatlari. Tibbiyot fanlari jurnal, 30(2), 2022. – 67-80 b.
6.
Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV.
-
Фармакогнозия в
медицине (Китаб ас
-
Сайдана фи
-
т
-
тиб(б)//Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер.,
240
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
прим. и укз. У.И. Каримова.
-
Ташкент: Фан, 1974.
241
