«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ARTISHOK CYNARA SCOLMYMUS L. O‘SIMLIGINING SISTEMATIKASI
VA MORFOLOGIYASI
I.Ismayilova., M.U.Odilbekova
dotsent, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universiteti,
magistrant, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universiteti,
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Artioshok o‘simligining sistematikasi va uning
morfologiyasi ya’ni barglari, guli, urugʻi, mevasining tuzilishi va kimyoviy tarkibi
haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
tikanli, curcundulus, yassi, tukli, bezchali, shohlangan, ispan, etli,
tukchalar, sharsimon.
Аннотация.
В диссертации представлена информация о систематике
растения артишок и его морфологии, т. е. структуре и химическом составе его
листьев, цветков, семян и плодов.
Ключевые:
колючий, курчавый, плоский, железистый, чешуйчатый,
ветвистый, испанский, мясистый, волосатый, шарообразный.
Abstract.
This thesis provides information on the systematics of the artichoke
plant and its morphology, i.e. of its leaves, flowers, seeds, and fruits the structure and
chemical composition.
Keywords:
spiny, curcundulous, flat, hairy, scaly, kingly, Spanish, fleshy, hairy,
spherical.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli
“Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko`rsatkichlari xalqaro
standartlarga muvofiqligin
i taʼminlashga doir qo`shimcha chora
-tadbirlar
to`g`risida”gi, 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli ”O`zbekiston Respublikasi
qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo`ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to`g`risida”gi, 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda o`suvchi
dorivor o`simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va
mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi, 2020-yil 26-
noyabrdagi PQ-4901-son “Dorivor o`simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning
275
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
urug`chiligini yo`lga qo`yishni rivojlantirish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar ko`lamini
kengaytirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmon va qarorlari hamda boshqa
meʼyoriy hujjatlarda ko`rsatilgan.
“Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-
sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog`lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni
2 baravar ko`paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSH dollariga oshirish”
muhim strategik vazifalaridan biri qilib belgil
ab berilgan. Bu borada noanʼanaviy
sabzavotlarni oziqaboplik va dorivorlik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni
yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo`yicha ilmiy tadqiqot
ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Artishok o‘simligining sistematikasi.
Bo‘lim: Magnoliyatoifa (gulli, yopiq uru
gʻ
li) o ‘simliklar -Magnoliophyta
Sinf:
Magnoliyasimonlar (ikki uru
gʻ
pallalilar)
-
Magnoliopsida
Qabila: Asterales
Oila: - Qoqio‘tdoshlar-Astraceae
Turkum: Artishok-Cynara
Tur: Tikanli artishok-
Cynara Scolmymus
L.
O‘simlik morfologiyasi.
O‘simlikning gullarining morfologiyasiga
to‘xtaladigan bo‘lsak, savatchalari yirik, sergulli, gomogamiyali, gomoxromli, shakli
sharsimon, tashqi tomondan o‘rama bargchalari ko‘p qatorli, pastki qismi toraygan,
deyarli t
o‘gʻ
ri, patsimon, uchki qismi ingichkalashib boradi va tikancha hosil qiladi,
ba’zi hollarda tikansiz chekkalari yumaloq, gul o‘rni yassi, biroz etli, uzun tukchalari
bor. Ko‘k rangli, bir boshining diametri 8 smdan 25 smgacha, o
gʻ
irligi esa 200 g gacha
bo‘lishi mumkin. Uru
gʻ
chilari bir-biriga teng bo‘lmagan qismlarga bo‘lingan bo‘lib,
t
o‘gʻ
ri besh parrakli; y
o‘gʻon naycha uzunligining yarmigacha yеtadi. Changchi iplari
bezchali, changdonning pastki o‘simtasi qisqa, yuqoridagi o‘simtasi to‘mtoq bo‘ladi.
Birinchi yili 5-7 ta to‘pgul, ikkinchi yilida 12-15 ta to‘pgul xosil qiladi.
Urugʻi:
y
o‘gʻ
onlashgan, teskari tuxumsimon, birmuncha shishgan va bilinar -
bilinmas to‘rt qirrali, tuksiz, qattiq, silliq, deyarli t
o‘gʻ
ri yoki birikib turgan joyiga
tomon еngilgina egilgan va yuqorisi qiyasiz boladi. Tojchasi k
o‘p qatorli, ko‘p sonli,
qariyb bir xil uzunlikda, pastki qismi birmuncha pardasimon kengaygan tukli, pastki
qismidagi birga to‘kiladigan halqalar bilan birikkan bo‘ladi. y
o‘gʻ
onlashgan, teskari
tuxumsimon, birmuncha shishgan va bilinar -bilinmas to‘rt qirrali, tuksiz, qattiq, silliq,
deyarli t
o‘gʻ
ri yoki birikib turgan joyiga tomon y
еngilgina egilgan va yuqorisi qiyasiz
276
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
boladi. Tojchasi ko‘p qatorli, ko‘p sonli, qariyb bir xil uzunlikda, pastki qismi
birmuncha pardasimon kengaygan tukli, pastki qismidagi birga to‘kiladigan halqalar
bilan birikkan bo‘ladi.
Poyasi:
mustahkam t
o‘gʻ
ri o‘sgan poyalari y
o‘gʻ
on, tik, tukli, kulrang yoki
oqimtir, yuzasi biroz qobir
gʻ
achali. tik o‘suvchi, kulrang- yashil, shohlangan, bo‘yi 2
m
gacha еtadi
Barglari:
yirik, enli patsimon barglari mavjud Barglari poya asosida yi
gʻ
ilib
to‘pbarglarni hosil qiladi. Bargi yirik, yashil, tikanli, 50 sm uzunlikda, 20 sm kenglikda.
Gullari koʻk
-binafsha rangda, yirik
toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli ogʻirligi 100
-
200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi.
Artishokda qand, oqsil
(2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), B,B
2 vitaminlari, karotin, urugʻida 30%
gacha moy bor. Xom va konservalangan,
qaynatilgan Artishok souslar bilan isteʼmol
etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali
boʻlgan inulin bor.
Su
gʻ
orilgan sharoitda su
gʻ
orilmaganga qaraganda o‘simlik
xomashyosi tarkibida makro-mikroelemetlar miqdor jihatidan farq qilishi mumkin.
Artishokning navlarning gul o‘rni tarkibida 86,5% suv, 2,5% azotli moddalar, 1% qand,
2% dekstrin, 1,3% kletchatka va 1,3% kul moddasi mavjud. Savatcha o‘rama
bargchalarining etli qismida 2,2% qand moddasi to‘planadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sobirova M.B, Qiryigitov X.B Artishok (cynara scolymus l.) dorivor o‘simligini
o‘sishi va rivojlanishida barqaror agrotexnik tadbirlar Xorazm ma’mun akademiyasi
axborotnomasi –1/2020 66-68b
2. Mirzakarimov Hayotbek Xosilbekovich, Ismoilova Ma’mura Rahmonjon qizi,
Saksonboyeva Mushtariybegim Lochinbek Qizi, To‘xtasinova Rayhongul Avazbek
qizi “Artishok o‘simligini biologiyasi, foydali xususiyati va yetishtirish texnologiyasi”
Academic research in modern science 228-230-b
3. Isomov, E. E., & Nomozova, Z. B. (2022). Chemical composition of cynara scolymus
L. at different vegetative phases. Academic research in educational sciences, 3(Speical
Issue 1), 75-77.
277
