Authors

  • S.T.Negmatova
    Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
  • M.Sh.Nururllaeva
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti
  • D.G‘.Quvondiqova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti
  • G’.Q.Yoqubov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.106102

Keywords:

Crotalaria juncea

Abstract

mazkur maqolada Orol bo‘yi hududi tuproq-iqlim sharoitida krotalariya urug‘ini ekish oldidan 1,0 t/l me’yorida Geogumat stimulyatori bilan ishlov berib ekib, amal davri davomida NPK-20% o‘g‘itini suspenziya shaklida shonalash va gullash davrlarida gektariga 1,5 kg me’yorda qo‘llaganda o‘simlikni o‘sib rivojlanishi jadallashishi hisobiga gektaridan 7,8-15,8 sentnergacha yuqori poya hosili yetishtirish ilmiy asoslab berilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

OROL BO‘YI HUDUDLARIDA TOLALI EKIN – KROTALARIYANI

PARVARIShLASh

1

S.T.Negmatova,

2

M.Sh.Nururllaeva, D.G‘.Quvondiqova, G’.Q.Yoqubov

1

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot

instituti,

surayonegmatova606@gmail.com

2

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti


Annotatsiya:

mazkur maqolada Orol bo‘yi hududi tuproq-iqlim sharoitida

krotalariya urug‘ini ekish oldidan 1,0 t/l me’yorida Geogumat stimulyatori bilan ishlov
berib ekib, amal davri davomida NPK-20% o‘g‘itini suspenziya shaklida shonalash va
gullash davrlarida gektariga 1,5 kg me’yorda qo‘llaganda o‘simlikni o‘sib rivojlanishi
jadallashishi hisobiga gektaridan 7,8-15,8 sentnergacha yuqori poya hosili yetishtirish
ilmiy asoslab berilgan.

Аннотaция:

в статье рассмотрено в почвенно

-

климатических условиях

Приаралья научно доказано, что при обработке семян кроталярии стимулятором

Геогумат из расчета 1,0 т/л перед посадкой и внесении в период бутониз

atsi

и и

цветения удобрения NPK

-

20% в суспензии из расчета 1,5 кг на гектар можно

получить высокую урожайность стеблей 7,8

-

15,8 ц/га за

счет ускоренного роста

и развития растений.

Abstract

: the article examines the soil and climatic conditions of the Aral Sea

region and scientifically proves that when treating crothalaria seeds with a Geohumat
stimulator at the rate of 1.0 t/l before planting and applying NPK-20% fertilizer in
suspension at the rate of 1.5 kg per hectare, a high yield of 7.8-15.8 c/ha can be obtained.
due to the accelerated growth and development of plants.

Kalit so‘zlar:

Crotalaria juncea, Geogumat va Fertilayf stimulyatorlari

,

NPK-

20%, poya hosili, tola hosili.

Ключевые слова:

Crotalaria juncea, стимуляторы Геогумат и Фертилайф

,

NPK-

20%, урожайность стеблей, урожайность волокна.

Keywords:

Crotalaria juncea, Geohumat and Fertilife stimulants, NPK-20%,

stem yield, fiber yield.

Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining ahamiyati juda katta bo‘lib, o‘simlik

tolasidan to‘qimachilik sanoatida uning mayin va dag‘alligiga qarab, har xil gazmollar

310


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

ishlab chiqiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan paxta tolasi hisoblanib, undan mayin
gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga
nisbatan dag‘al bo‘lganligi sababli undan uy jihozlarida ishlatiladigan dag‘al
gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga o‘xshash har xil mahsulotlar tayyorlash uchun
ishlatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023 yil 23

noyabrdagi PF-199-sonli “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «yashil
makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni 8-ilovasida Krotalyariya (

Crotalaria

juncea

) va boshqa sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni Orolning

qurigan tubida introduksiya qilish asosida yuqori kaloriyali ozuqa yetishtirishning
arzon, resurs-tejamkor usullarini ishlab chiqish, hududning tuproq-iqlim sharoitidan
kelib chiqqan holda ularni sanoat usulida yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab
chiqish, o‘simlik xom-ashyosidan tola (sellyuloza), dori vositalari, yuqori kaloriyali
ozuqa birikmalari ishlab chiqarishni amaliyotda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator
vazifalar belgilangan.

Ushbu farmonlar ijrosini ta’minlash borasida bir guruh olimlarimiz tomonidan

tuproq sho‘rlanishiga, qurg‘oqchilikka chidamli, turli tuproq sharoitiga
moslashuvchan tola xom-ashyosi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan noan’anaviy
tolali ekin – krotalariya o‘simligi Respublikamiz turli tuproq-iqlim sharoitlariga
moslashtirib introduksiya qilindi, parvarishlash agrotexnikasi ishlab chiqildi.

Krotalariya

keng qamrovli ekin hisoblanib, chet elda asosan tola sifatida

ishlatiladi.

Bir necha xorijiy olimlar

[1, 2] undan tabiiy tola va yashil go‘ng sifatida

ishlatilishi ustida tadqiqotlar olib borishgan.

krotalariya

dan tola olish uchun ekishdan

keyin 75-80 kunda to‘liq gullash davrida hosil yig‘ishtiriladi. Tola hosili - 2 o‘rimdan
gektaridan 4-6 tonna quruq poya olinib, undan 3-6 s/ga tola olinadi.

M. Tripathi va boshqalar [3] ning ma’lumotlariga ko‘ra, krotalariya ko‘plab

mamlakatlarda, xususan Hindistonda yuqori sifatli tolasi uchun yetishtiriladigan ko‘p
maqsadli tropik va subtropik dukkakli o‘simlik hisoblanadi.

Krotalariya

o‘simligidan

olinadigan toladan harbiy materiallar uchun shnur ishlab chiqariladi. Shuning uchun
ikkinchi jahon urushi davrida bu o‘simlikka qiziqish yanayam ortgan [4].

Krotalariya o‘simligi tolasidan kanop tolasi singari arqon, ip va baliq to‘rlari

ishlab chiqarishda ishlatiladi. 2000 yillarning oxirida

krotalariya

ga qiziqish yanada

311


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

ortgan, chunki uning tolasi sintetik tolalarga qaraganda ekologik jihatdan toza va
qog‘oz sanoati uchun qimmatli xom-ashyo hisoblanadi [5]

.

Respublikamizda ushbu ekin bilan S.Negmatova, M.Nurullaeva, X.Berdiqulov va

boshqalar [6, 7] ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan bo‘lib, ular asosan krotalariyadan
ko‘k massa va don hosili yetishtirish agrotexnologiyasi, tuproq unumdorligi bo‘yicha
shug‘ullanishgan.

Respublikamizning turli mintaqalarida tolali ekin krotalariyani parvarishlash

hamda tola ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, import va eksport hajmini

ошириш

давлатимиз олдида турган долзарб масалалардан биридир.

Dala tajribalari Qoraqalpog‘iston respublikasining Orol bo‘yi hududlari Mo‘ynoq

tumani allyuvial o‘tloqi tuproqlari sharoitida olib borildi.

Tajribada urug‘lar ekishdan

oldin Geogumat (1,0 l/t) va Fertilayf stimulyatorlari bilan tavsiya qilingan me’yorlarda
ishlov berib ekilib, o‘suv davrida shonalash va gullash fazalarida NPK (20%) o‘g‘iti
suspenziya shaklida bargdan oziqlantirilganda krotalariyaning tola xom-ashyosi (poya)
hosildorligiga ta’siri o‘rganildi.

Krotalariya ko‘p o‘rimli o‘simlik bo‘lib, amal davri davomida 2-3 marta tola

xom-ashyosi – poya hosilini yetishtirish mumkin. Orol bo‘yi hududlarida 2 marta
poyasi o‘rib olindi.

Krotalariya tola uchun yetishtirilganida poyalarni yig‘ishtirib olish gullash va

keyingi fazalarida o‘tkazilishi kerak. Shunda tuproqni azotga boyitish darajasi yuqori
bo‘ladi. Shuning uchun birinchi o‘rim krotalariya ekilganidan 2 oy o‘tgach ya’ni,
o‘simlik to‘liq gulga kirganida o‘rildi. Mo‘ynoq sharoitida krotalariyadan 2 marta ko‘k
massa hosili yig‘ishtirib olindi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, variantlar bo‘yicha
umumiy ko‘k massa hosili 12,0-24,3 s/ga ni tashkil etib, yuqori hosildorlik Geogumat
stimulyatori bilan ishlov berib ekilgan hamda amal davri davomida NPK-20% o‘g‘iti
gektariga 1,5 kg me’yorda suspenziya shaklida qo‘llangan 4-variantda 24,3 ts/ga bo‘ldi.
Ushbu variantda nazorat variantiga nisbatan 12,3 ts/ga qo‘shimcha ko‘k massa hosili
yetishtirilgan (jadval).

jadval

Krotalariya poya hosiliga stimulyatorlar va ma’dan o‘g‘itlarning ta’sir

Urug‘ga

stimulyatorlar

NPK o‘g‘itini

qo‘llash me’yorlari,

kg\ga

Ko‘k massa

hosili, ts/ga

Poya hosili,

ts/ga

312


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

bilan ishlov berish,

l\t

1

-

-

12,0

7,8

2

Geogumat (1,0)

NPK – 0,5

20, 8

13,5

3

NPK – 1,0

23,0

14,9

4

NPK – 1,5

24,3

15,8

5

Fertilayf (7,0)

NPK – 0,5

18,4

12,0

6

NPK – 1,0

20,2

13,1

7

NPK – 1,5

21,7

14,1


Etishtirilgan ko‘k massadan 60-65% tola xom-ashyosi – poya olish mumkin.

Variantlar bo‘yicha 7,8-15,8 ts/ga poya hosili olinib, yuqori ko‘k massa olingan
krotalariya urug‘i Geogumat stimulyatori bilan ishlov berib ekilgan hamda amal davri
davomida NPK-20% o‘g‘iti gektariga 1,5 kg me’yorda suspenziya shaklida qo‘llangan
4-variantda 15,8 ts/ga poya hosili yetishtirildi.

Ushbu variantdan stimulyator va o‘g‘it qo‘llanmagan nazorat variantiga nisbatan

8,0 ts/ga; NPK-20% o‘g‘iti gektariga 0,5 kg me’yorda qo‘llangan 2-variantga nisbatan
2,3 ts/ga; NPK-20% o‘g‘iti gektariga 1,0 kg me’yorda qo‘llangan 3-variantga nisbatan
0,9 ts/ga va Fertilayf stimulyatori qo‘llangan hamda NPK-20% o‘g‘iti gektariga 1,5 kg
me’yorda qo‘llangan 7-variantga nisbatan 1,7 ts/ga qo‘shimcha poya hosili olishga
erishilgan.

Xulosa.

Respublikamizning shimoliy mintaqasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Orolbo‘yi hududlari allyuvial o‘tloqi tuproqlari sharoitida noan’anaviy tolali ekin
krotalariya (

Crotalaria juncea

) dan tola ishlab chiqarish uchun yuqori xom-ashyo

(poya) hosili olishda urug‘ni ekish oldidan 1,0 t/l me’yorida Geogumat stimulyatori
bilan ishlov berib ekish hamda amal davri davomida NPK-20% o‘g‘itini suspenziya
shaklida shonalash va gullash davrlarida gektariga 1,5 kg me’yorda qo‘llash tavsiya
etiladi.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати

1.

Hargrove W.L. Winter legumes asa nitrogen sourse for no-till grain sorghum.
Argon. 1986. Pp. 70-74. 77

313


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2.

Orwa C., Mutua A., Kindt R., Jamnadass R., Anthony S. Agroforestree Database:
a tree reference and selection guide version 4.0. World Agroforestry Centre, Kenya.
2009. 112

3.

Tripathi M. K., Chaudhary B., Sarkar S. K., Singh S. R., Bhandari H. R., Mahapatra
B. S. Performance of sunn hemp (

Crotalaria juncea

L.) as a summer season crop

for fibre. J. Agric. Sci., 5 (3): 2013.

РР

. 236-242. 125

4.

Nishlag Kh.D., Nelson G.Kh., Wolf I.A. and. Purdue R.E. Search for new fibrous
crops. TAPPI 43: 1960.

Рр

. 193-201.110

5.

Sarkar S. K., Hazra S. K., Sen H. S, Karmakar P. G., Tripati M.K. Sunnhemp in
India. ICAR-Central Research Institute for Jute and Allied Fibres (ICAR),
Barrackpore, West Bengal. 2015.

Рр.140. 118

6.

Negmatova S., Yakubov G., Nurullaeva M., Shichiyakh R., and Kukhar V. “Effect
of sowing time and rate on growth, development and productivity of crotalaria
juncae. L.”. //BIO Web Conf.

Volume

82. International Scientific and Practical

Conference “Methods for Synthesis of New Biologically Active Substances and
Their Application in Various Industries of the World Economy – 2023”. 2024

. Р.

674-682.

7.

Nurullaeva M. Sh., Negmatova S. T. “The effect of sowing methods on the growth,
development and productivity of forage growth”

. //

International Scientific Journal

Science and innovation. 2022.

Р.167

-172.

314

References

Hargrove W.L. Winter legumes asa nitrogen sourse for no-till grain sorghum. Argon. 1986. Pp. 70-74. 77

Orwa C., Mutua A., Kindt R., Jamnadass R., Anthony S. Agroforestree Database: a tree reference and selection guide version 4.0. World Agroforestry Centre, Kenya. 2009. 112

Tripathi M. K., Chaudhary B., Sarkar S. K., Singh S. R., Bhandari H. R., Mahapatra B. S. Performance of sunn hemp (Crotalaria juncea L.) as a summer season crop for fibre. J. Agric. Sci., 5 (3): 2013. РР. 236-242. 125

Nishlag Kh.D., Nelson G.Kh., Wolf I.A. and. Purdue R.E. Search for new fibrous crops. TAPPI 43: 1960. Рр. 193-201.110

Sarkar S. K., Hazra S. K., Sen H. S, Karmakar P. G., Tripati M.K. Sunnhemp in India. ICAR-Central Research Institute for Jute and Allied Fibres (ICAR), Barrackpore, West Bengal. 2015. Рр.140. 118

Negmatova S., Yakubov G., Nurullaeva M., Shichiyakh R., and Kukhar V. “Effect of sowing time and rate on growth, development and productivity of crotalaria juncae. L.”. //BIO Web Conf. Volume 82. International Scientific and Practical Conference “Methods for Synthesis of New Biologically Active Substances and Their Application in Various Industries of the World Economy – 2023”. 2024. Р. 674-682.

Nurullaeva M. Sh., Negmatova S. T. “The effect of sowing methods on the growth, development and productivity of forage growth”. //International Scientific Journal Science and innovation. 2022. Р.167-172.