«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UO‘T:633.11
XORAZM VILOYATI SHAROITIDA SHOLINING (ORYZA SATIVA L)
TURINING YETISHTIRISHNING AHAMIYATI.
1
Yakubova N.B.,
2
Fayzullayeva O.
3
Matqurbonova Ch.
1
UrDU mustaqil tadqiqotchisi,
2.3
UrDU talabasi,
Annatotsiya:
Xorazm viloyati iqlimi quruq va tuproq muhiti (pH) ishqori
bo‘lgan sharoitda sholining (Oryza Sativa L) turini yetishtirish ilmiy xodimlar,
fermerlar va magistrlar uchun fundamental manbai bo’la oladi. Bundan tashqari
tarkibida temir, E vitamini, antioksidantlar, qalsiy, magniy va sink manbaiga boyligi
bilan ahamiyatlidir.
Kalit so‘zlar:
Xorazm viloyati sharoiti, quruq iqlim, ishqoriy muxit, sholining
(Oryza Sativa L) turi, yetishtirish.
Аннoтация:
В условиях сухого климата и щелочной почвенной среды (
pH)
Хорезмской области выращивание риса
(Oryza Sativa L)
может стать
основополагающим ресурсом для ученых, фермеров и мастеров. Он также важен
как богатый источник железа, витамина Е, антиоксидантов, кальция, магния и
цинка.
Ключевые слова:
Условия Хорезмской области, сухой климат, щелочная
среда, сорт риса
(Oryza Sativa L)
, возделывание.
Annotation:
In the dry climate and alkaline soil (pH) conditions of the Khorezm
region, the cultivation of rice (Oryza Sativa L) can be a fundamental resource for
scientists, farmers, and masters. In addition, it is important for its rich content of iron,
vitamin E, antioxidants, calcium, magnesium, and zinc.
Key words:
Conditions of Khorezm region, dry climate, alkaline environment,
rice (Oryza Sativa L) type, cultivation.
Sholi o‘simligi qimmatbaho yorma ekini bo'lib ekin maydonlari bo'yicha
dunyoda bug'doy ekinidan keyingi ikkinchi o'rinda va yalpi hosili bo'yicha bug'doydan
yuqori o'rinda turadi. Yer yuzidagi ko'pgina mamlakatlarda sholi eng qadimgi oziq-
ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Sholi Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Pokiston,
351
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Indoneziya, Vetnam va ayniqsa tropik iqlimli mamlakatlarda yashovchi aholining
asosiy oziq-ovqat mahsulotidir. Sholi namga talabchan (gigrofit) o‘simlik. Sholining
O‘zbekistonda rayonlashtirilgan Lazurniy, Alanga, Avangard, Arpa sholi, Nukus-2,
Avangard kabi navlari keng maydonlarga ekilib kelmoqda [1;179-b].
Shu jumladan, sholining (Oryza Sativa L) turini Avstraliyaning issiq hududlarida
ko‘p yillik yoki sovuqroq hududlarda bir yillik o‘simlik sifatida o‘stirilishi mumkin
bo‘lgan ajoyib o‘simlikdir. Sholining (Oryza Sativa L) turini tez o‘sadigan o‘simlik
bo'lib, u nam tuproqni yaxshi ko‘radi. Lekin gullab-yashnashi uchun suvda bo‘lishi
shart emas! Shu jihati bilan Xorazm viloyati quruq iqlimiga va suv tanqis hududlarda
juda ahamiyatli hisoblanadi. Uning tarkibida yuqori miqdorda antioksidantlar, tolalar,
oqsillar va sekin ajralib chiqadigan uglevodlar mavjud. Qora guruch – to‘q rangli to‘liq
donli guruch, ta’mi yumshoq va yong‘oq ta’mli. Qora guruch dastlab “Taqiqlangan
guruch” deb nomlangan, chunki u qadimgi Xitoyda faqat yuqori sinf uchun yoqimli
ta’mli oziq bo‘lib kelgan [2].
Sholining (Oryza Sativa L) turi bo‘tqa, shirinlik, an’anaviy xitoyliklar qora
guruch keksi, non va noodle tayyorlash uchun ishlatishadi. Bugungi kunda sholining
(Oryza Sativa L) turi mashhurlikka erishmoqda va sog‘lom oziq-ovqat do‘konlarida
ko'proq sotilmoqda. Qora guruch o‘zining yuqori ozuqaviy qiymati bilan mashhur va
temir, E vitamini, antioksidantlar, kaltsiy, magniy va sink manbai hisoblanadi [3;4].
Sholining (Oryza Sativa L) turini antosiyaninlar kuchli yallig‘lanishga qarshi,
antioksidant, saratonga qarshi xususiyatlarga ega ekanligiva asab tizimiga yaxshilashi
to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlandi. Bundan tashqari olimlar tadqiqotlar natijasida yurak
salomatligini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda yaxshi natijalarga erishilgan [5].
Mana shu manbalarga asoslangan holatda sholining (Oryza Sativa L) turini Xorazm
viloyati iqlimi quruq, suv tanqisligi va tuproq muhiti (pH) ishqori bo‘lgan sharoitda
yetishtirish muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kungacha Xorazm viloyati sharoitida sholining Lazurniy, Alanga,
Avangard, Nukus-2, Guliston kabi navlari an’anaviy usullarda keng maydonlarda
ekilib kelinmoqda. Bilamizki, Xorazm viloyati iqlimi quruq, qumoq tuproq va
yog’ingarchiligi yiliga 200 mm dan kam. Shunday sharoitida sholining turini ekish,
yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va ilmiy muammolarni yechish Xorazm
viloyati uchun muhim ahamiyatga egadir. Dunyoda bu asosan Xitoy, Tailand va
352
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Hindiston kabi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yetishtiriladi. Qora guruchning
62% Xitoy hissasiga to'g'ri keladi.
Ishlab chiqarish dunyoda, undan keyin Hindiston, Indoneziya va Filippin.
Tailand 9-o'rinni egallab turibdi. Xorazm viloyati sharoitida bu turni yetishtirish
to‘g’risida ilmiy xodimlar va fermerlar uchun fundamental bilim manbai yo‘qligi
xozirgi kunda ilmiy muammodir.
Prezidentimizning “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorida 2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida sholini
ko‘chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunalari yordamida yer tekislash tizimini joriy
etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish, 2022 yilda esa bu
ko‘rsatkichlarni yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 100-110 ming gektar maydonda sholi ekilib,
o‘rtacha hosildorlik gektariga 35-38 senterni, yalpi hosil 395 ming tonnani tashkil
etmoqda. Ushbu miqdor mamlakatimizning kun sayin ortib borayotgan aholisining
asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan guruchga bo‘lgan talabini minimal
darajada qondira olmoqda, xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aholi talabini to‘liq
ta’minlash uchun har yili 55 ming tonna atrofida guruch mahsuloti import qilinmoqda
(1-rasm). Ayniqsa qora guruch (Oryza Sativa L) turini Xorazm viloyati sharoitida
yetishtirish va dunyo miqyodisga chiqish muhim ahamiyatga egadir.
1-rasm. O'zbekiston Respublikasi hududlarida 2023 yil yakunlariga ko'ra
guruchga bo'lgan talabning o'sishi (ming tonnada).
0
50
100
150
200
250
300
350
400
450
1
№
2013
2024
2030
353
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Respublikamizda sholidan yuqori hosil olish, aholining guruch mahsulotiga
bo‘lgan talabini qondirish, import qilinayotgan miqdorini kamaytirib valyuta tejash
maqsadida va ularni yetishtirishda yuqori samarali resurstejamkor agrotexnologiyalarni
ishlab chiqish va joriy etish, eng muhim maqsadlardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, sholining (Oryza Sativa L) turini Xorazm viloyati iqlimi
quruq, tuproq muhiti ishqoriy bo’lgan muhitda ekish va yuqori hosildorlik olishdan
iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
S. Tursunov “O‘simlikshunoslik” darslik “Ijod-Press” nashiryoti , 2019. 176- b.
https://www.sciencedirect.com/topics/agricultural-and-biological-sciences/black-
rice
4.
Kumar N, Murali RD (2020) Black Rice: A Novel Ingredient in Food Processing.
JÂ Nutrition & Food Sci 10: 1-7.
5.
https://srcyrl.underfungus.com/organice-product/black-rice-anthocyanin.html
6.
Inacio Mateus Mugabe “Manual on rice cultivation” Japan International
Cooperation Agency (JICA) 2014 26-33 bet.
354
