«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UO‘T:633.11
TAKRORIY KO‘CHAT USULIDA EKILGAN SHOLI NAVLARINING O‘SUV
DAVRI.
1
Urazmetov K K.,
2
Yakubova N B.,
3
Rajabova SH Z.
1
UrDU dotsenti,
2
UrDU mustaqil tadqiqotchisi,
3
UrDU talabasi.
Annatotsiya:
Sholi o’simligini hosildorligini oshirishda, “Iskandar” va
“Guliston” navlari tanlab, takroriy sholi navlari ko‘chat usulida ekish, dala tajribalarni
joylashtirish va kuzatish jarayonlarini olib borish.
Kalit so’zlar:
Sholi navi, hosildorlik, ko‘chat, dala tajribalari, fenologik
kuzatuvlar.
Аннотация
:
Для повышения продуктивности растений риса провести
селекцию сортов «Искандар» и «Гулистон», высадку повторных сортов риса
рассадным способом, проведение полевых опытов, проведение технологических
наблюдений.
Ключевые слова
:
Сорт риса, урожайность, всходы, полевые опыты,
фенологические наблюдения.
Annotation:
To increase the productivity of rice plants, select the varieties
"Iskandar" and "Guliston", plant the main and repeat rice varieties in seedlings, conduct
field experiments and conduct observation processes.
Key words:
Rice variety, yield, seedlings, field experiments, phenological
observations.
Hozirgi kunda jahon aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish uchun boshoqli don ekinlari, jumladan, sholi hosildorligini yanada oshirish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo bo‘yicha sholi 2019 yilda 165 mln gektar
maydonda yetishtirilib, deyarlik 95 foizi ko‘chat usulida ekilgan. Ekin maydoni
bo‘yicha birinchi o‘rinni Hindiston (43,4 ming/ga), ikkinchi o‘rinni Xitoy (30,8
ming/ga), uchinchi o‘rinni Indoneziya (13,8 ming/ga), to‘rtinchi o‘rinni Bangladesh
393
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
(11,8 ming/ ga), beshinchi o‘rinni Tailand (10,8 ming/ga), oltinchi o‘rinni esa Vetnam
(7,8 ming/ga) egallaydi.
Prezidentimizning “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorida 2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida sholini
ko‘chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunalari yordamida yer tekislash tizimini joriy
etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish, 2022 yilda esa bu
ko‘rsatkichlarni yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 100-110 ming gektar maydonda sholi ekilib,
o‘rtacha hosildorlik gektariga 35-38 senterni, yalpi hosil 395 ming tonnani tashkil
etmoqda. Ushbu miqdor mamlakatimizning kun sayin ortib borayotgan aholisining
asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan guruchga bo‘lgan talabini minimal
darajada qondira olmoqda, xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aholi talabini to‘liq
ta’minlash uchun har yili 55 ming tonna atrofida guruch mahsuloti import qilinmoqda.
O‘zbekistonning tuproq va iqlim sharoitida ko‘chat usulida asosiy ekin sifatida
ekish uchun “UzROS 7-13”, “Mustaqillik”, “Marvarid”, takroriy ekin sifatida “O‘zbek-
5”, “Nukus-2” va iqtidorli “3205-86” navlarini ekish tavsiya qilingan. Sholini ko‘chat
qilib ekish muddatlarining sholi navlariga bog‘liqligini o‘rganish davomida kechpishar
navlar erta muddatlarda, ertapishar navlar kech muddatlarda ekilganda yuqori hosil
berishi, kechpishar navlar esa kech muddatlarda ekilganda hosildorlikning pasayish
qonuniyati aniqlangan. Sholini ko‘chat usulida yetishtirish natijasida an’anaviy usulga
nisbatan o‘rta hisobda 5-6 ming kubometr suvni tejash mumkinligi, urug‘ sarfi 3-4
marta kam bo‘lishi haqida aytilgan. Olimlar yana shuni alohida ta’kidlaydiki, ko‘chat
usulida sholini takroriy ekin sifatida ekish usulida ishlab chiqarilgan mahsulotning
sifati oddiy usulda yetishtirilganga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Sholining o‘suv davri navning tez, o‘rta yoki kechpisharligini belgilaydigan
asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, bu ayniqsa mineral o‘g‘itlar miqdoriga katta
ta’sir ko‘rsatadi [1. 68-68b, 2. 123-126 b].
Tadqiqot natijalarida sholining o‘rtapishar Iskandar hamda ertapishar Guliston
navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida ko‘chatidan yetishtirilganda o‘simlikning
o‘suv davriga ekish sxemalarining ta’siri o‘rganildi. O‘rtapishar Iskandar navini asosiy
ekin sifatida iyun oyining 1-dekasida ekilganda 3 xil ekish sxemasida (30x10x1,
30x10x2, 30x10x3) sholi ko‘chatlarini 30 kunlik maysalarini ochiq dalaga olib chiqib
394
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ekildi. Ekish sexemasi (30x10x1) o‘simlikning tuplash fazasiga 26 iyul sanasida,
naychalash fazasiga 8 avgust sanasida, ruvaklash fazasiga 20 avgust sanasida, gullash
fazasiga 25 avgust sanasida va pishish davriga 28 sentabr sanasida kirganligi aniqlandi.
Ekish sxemalarida (30x10x2, 30x10x3) mazkur ko‘rsatkichlar tuplash fazasiga
5-9 iyul, naychalash fazasiga 19-22 iyul, ruvaklash fazasiga 7-9 avgust, gullash fazasiga
11-12 avgust va pishish fazasiga 7-9 sentabr sanasida o‘tganligi kuzatildi.(1-jadval)
1-jadval
Takroriy ekin sifatida ko‘chat usulida yetishtirishda sholining Guliston navining
o‘suv davri.
Var
№
Ekish
sxemasi
Ko‘chat
soni
ko‘chatlari
yoshi, kun
Tuplash Naychalash Ro‘vaklashgacha Gullash Pishish
1 3
4
5
6
7
8
9
10
Guliston navi (takroriy ekin sifatida)
1 30x10x1 333
30
13.VII 26.VII
11.VIII
14.VIII 13.IX
2 30x10x2 666
30
9.VII
22.VII
9.VIII
12.VIII 9.IX
3 30x10x3 999
30
5.VII
19.VII
7.VIII
11.VIII 7.IX
M.Sattarov va boshqalar takroriy ekin sifatida ko‘chat usulida ekish uchun sholining
o‘rtapishar “Ilg‘or”, “Istiqbol”, “Iskandar” va ertapishar “Nukus 2”, “Gulzor”,
“Jayxun”, “Guljaxon”, “Sitora”, “Navbaxor” navlari tavsiya etiladi. Ko‘chatlarni
ko‘chirib olinishidan 4,5 kun oldin gektariga 50 kg sof holda azot bilan oziqlantirilsa,
ular baquvvat bo‘lib yangi yerga tezroq o‘rnashib ketishi aniqlangan. Takroriy ekin
sifatida ko‘chat ekish qo‘lda ekilganda o‘rtapishar navlar uchun 15x15, ertapishar
navlar uchun 15x10sm ni tashkil qilib, xar bir uyaga 2-4 donadan ko‘chat, mashina
bilan ekilganda mos ravishda 30x12, 30x10 sm qilib ekiladi. Bunda ko‘chat yoshiga
aloxida etibor berish kerak. Chunki ko‘chat yoshining oshib borishi bilan o‘simlikning
o‘suv davri oshib boradi. Natijada sholi pishmay qoladi. O‘simlikni tuplash
ko‘rsatkichlari pasayib ketadi.ko‘chat yoshi, ya’ni ko‘chirib asosiy dalaga
o‘tkaziladigan sholi maysalarining ko‘chatzorda turish davri ertapishar navlarida 25-
30, o‘rtapishar navlarida 30 kungacha bo‘lishi maqsadga muvofiq tajribada aniqlangan
[6 B.14].
Xulosa:
O‘rganilgan sholi navlarining o‘suv davriga ekish sxemalari sezilarli darajada
ta’siri borligi aniqlandi. Takroriy ekin sifatida ertapishar Guliston navini 24 iyun kuni
ochiq dalaga ko‘chatlari ekilganda sholi urug‘larini ko‘chatxonaga ekilganda to pishish
395
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
davrigacha 111-105 kunni, ochiq dalaga ko‘chatlari ekilganda to pishish davrigacha 81-
75 kunni tashkil qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
D.Saitxanova “Turli ekish usullari va bargdan oziqlantirishning sholini o‘sishi,
rivojlanishi hamda don hosildorligiga ta’siri” qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa
doktori uchun yozilgan dissertatsiyasi 65-68 b. Toshkent-2021 y
2.
X.Atabaeva “O‘simlikshunoslik” darslik 123-126 b. Toshkent-2022
3.
Q.O‘razmetov “Sholichilik” darslik 68-74 b Toshkent-2020
4.
Dospexov B.A «Metodika polevogo op
ы
ta» Moskva «Kolos» 1985 g, s 350-423
5.
Sattarov M.A. va boshqalar “O‘zbekistonda sholidan yuqori hosil olish bo‘yicha
tavsiyanoma” // Toshkent. 2019. 24 b.
6.
Sattarov M, Otamirzaev N., Qalandarov B. “Takroriy sholi yetishtirish”
O‘zb
ekiston qishloq xo‘jalik jurnali. Toshkent 2013 y №7 14 bet.
396
