Authors

  • G.Q.Raximova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
  • T.R.Matqurbonov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
  • M.X.Masharipov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.106125

Keywords:

Iqlim o‘zgarishi kuzgi bugʻdoy navlari DSSAT modeli modellashtirish hosildorlik fenologik fazalar

Abstract

Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga, ayniqsa don ekinlari, jumladan, kuzgi bug‘doyning o‘sishi va hosildorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqotda DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer) modeli asosida iqlim o‘zgarishi sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining o‘sishi va rivojlanish ko‘rsatkichlarini modellashtirilgan, shuningdek, hosildorlikka ta’sir etuvchi omillarni baholangan. Tadqiqot natijalari agrotexnologiyalarni rejalashtirish, hududiy sharoitga mos va iqlim o‘zgarishiga chidamli navlarni tanlash, samarali resurslar boshqaruvini amalga oshirish, hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

UOʻK:633.11:631.5:551.583

IQLIM O‘

ZGARISHI SHAROITIDA KUZGI BUGʻDOY

NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIK

KO‘RSATKICHLARINI DSSAT MODELI ASOSIDA MODELLASHTIRISH

G.Q.Raximovaˡ, T.R.Matqurbonovˡ, M.X.Masharipov²

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

raximovaguzaloy@gmail.com

Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi

Annotatsiya.

Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga, ayniqsa don ekinlari,

jumladan, kuzgi bug‘doyning o‘sishi va hosildorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ushbu tadqiqotda

DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer)

modeli asosida iqlim o‘zgarishi sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining o‘sishi va
rivojlanish ko‘rsatkichlarini modellashtirilgan, shuningdek, hosildorlikka ta’sir etuvchi
omillarni baholangan. Tadqiqot natijalari agrotexnologiyalarni rejalashtirish, hududiy
sharoitga mos va iqlim o‘zgarishiga chidamli navlarni tanlash, samarali resurslar
boshqaruvini amalga oshirish, hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda amaliy
ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar

: Iqlim o‘

zgarishi, kuzgi bugʻdoy navlari, DSSAT modeli,

modellashtirish, hosildorlik, fenologik fazalar.

Аннотация.

Изменение климата оказывает серьезное влияние на сельское

хозяйство, особенно на рост и урожайность зерновых культур, в том числе

озимой пшеницы. В данном исследовании на основе модели

DSSAT (Decision

Support System for Agrotechnology Transfer

) были смоделированы показатели

роста и развития сортов озимой пшеницы в условиях изменения климата, а также

оценены факторы, влияющие на урожайность. Результаты исследования имеют

практическое значение при планировании агротехнологий, подборе сортов,

подходящих для региональных условий и устойчивых к изменению климата,

внедрении

эффективного

управления

ресурсами

и

обеспечении

продовольственной безопасности.

Ключевые слова:

Изменение климата, сорта озимой пшеницы, модель

DSSAT

, моделирование, урожайность, фенологические фазы.

388


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Abstract.

Climate change is having a serious impact on agriculture, especially

on the growth and yield of grain crops, including winter wheat. In this study, the growth
and development indicators of winter wheat varieties under climate change conditions
were modeled based on the DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology
Transfer) model, and the factors affecting yield were assessed. The results of the study
are of practical importance in planning agrotechnologies, selecting varieties suitable for
regional conditions and resistant to climate change, implementing effective resource
management, and ensuring food security.

Keywords:

Climate change, winter wheat varieties, DSSAT model, modeling,

yield, phenological phases.

Kirish.

So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi

tizimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining
ortishi, haroratning oshishi va yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi kabi omillar g‘alla
yetishtirish, ayniqsa kuzgi bug‘doy kabi asosiy don ekinlarining hosildorligiga tahdid
solmoqda [1]. Iqlim o‘zgarishining bu ta’sirlarini baholash va moslashuv choralarini
ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Kuzgi bug‘doy –
O‘zbekiston hududida, xususan Xorazm viloyatida keng yetishtiriladigan muhim
qishloq xo‘jaligi ekinidir. Ushbu mintaqada bug‘doy yetishtirish agroiqlimiy
sharoitlarga bevosita bog‘liq bo‘lib, iqlim o‘zgarishlari bu jarayonlarga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun, iqlim o‘zgarishining turli kuzgi bug‘doy
navlarining rivojlanishiga bo‘lgan ta’sirini chuqur o‘rganish va bashorat qilish dolzarb
ahamiyat kasb etadi [2]. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, o‘simliklar o‘sishini
modellashtirishga ixtisoslashgan DSSAT (Decision Support System for
Agrotechnology Transfer) modeli orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi va
hosildorligini aniq prognoz qilish imkoniyati mavjud. Ushbu modellashtirish usuli
yordamida turli agrotexnik tadbirlarning samaradorligini baholash, navlarni solishtirish
va iqlim ssenariylariga moslashish choralarini ishlab chiqish mumkin [3]. Shuningdek,
Lobell tomonidan olib borilgan tadqiqot global hosildorlikning iqlim tendensiyalariga
bog‘liqligini statistik modellar yordamida isbotlaydi. Bu esa modellashtirish
yondashuvining dolzarbligini mustahkamlaydi [4]. Rosenzweig esa DSSAT va boshqa
ekin modellarini solishtirgan holda, XXI asrda qishloq xo‘jaligi ta’sirlarini tahlil qilgan.
Bu model asosida ishlab chiqilgan prognozlar real siyosiy qarorlar qabul qilishda
yordam beradi [5]. Tao va Zhang tomonidan olib borilgan tadqiqotda esa DSSAT va

389


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

AquaCrop modellarini birgalikda tahlil qilgan holda, suv resurslarining tejamkorligi va
iqlimga moslashuv mexanizmlarini o‘rganadi [6]. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim
o‘zgarishiga moslashish uchun ekin tanlovi, texnologiya va ilmiy yondashuvlar muhim
vositalardan biridir. DSSAT modeli bu borada o‘zini ishonchli vosita sifatida namoyon
qilmoqda [7]. Ushbu tadqiqotda iqlim o‘zgarishi sharoitida Xorazm viloyatida
yetishtirilayotgan kuzgi bug‘doy navlarining rivojlanishini DSSAT modeli asosida
modellashtirish orqali baholash va optimal navlarni aniqlash maqsad qilingan. Tadqiqot
obyekti sifatida Xorazm viloyatidagi

“Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

Xorazm viloyat tajriba stansiyasi”

dalalarida ekilgan turli kuzgi bug‘doy navlari

tanlab olindi. Tajribalar 2023-2024 yilgi vegetatsiya davrida olib borildi.

Dala taqdqiqot materiallari.

Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti

Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida viloyat sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari
iqlim sharoitiga chidamli kuzgi bug‘doy navlarini aniqlash borasida ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilmoqda. Stansiyada mahalliy va xorijdan olib kelingan kuzgi bug‘doy
nav namunalarining Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarni tanlash va
amaliyotga joriy qilish maqsadida 45 ta (Krasnodarskaya 99 nazorat nav, Andijon-2,
Nodir, ASR, Navbahor, Qadr, Aziz, O‘zbekiston-25, Davr, Durdona, Bobur, Mars-1,
Yog‘du, Andijon-4, Yuka, Drujba, Grom, Gurt, Vexa, Zimnitsa, Antonina,
Timiryazevka 150, Soberbash, Pervitsa, Vassa, Tanya, Velena, Brigada, Elanchik,
Kroshka, Alekseich, Bezostaya-100, Ultra, Starshina, Zvezda, Gomer, Graf, Step, Jiva,
Karavan, Ravnaq, Andijon-3, Qoradaryo, Grat va Oq-daryo) bug‘doy nav namunasi
2023 yil 30 sentyabr hamda 7 oktyabr kunlari LEMKEN Saphir 9 rusumli seyalka
yordamida ekildi.

Uslublar.

Xorazm viloyati iqlim sharoitiga mos mahalliy va xorijiy kuzgi

bug‘doy navlarini o‘rganishda nav namunalari tizimli shaklda joylashtirildi va
Krassnodar 99 navi nazorat varianti sifatida tanlab olindi. Barcha ekish
texnologiyalarda urug‘, o‘g‘it va sug‘orish me’yorlari kabi agrotexnik tadbirlar bir
xilda olib borildi. Tadqiqot dalasidan ekin ekishdan oldin tuproq namunalari olinib,
laboratoriya sharoitida tahlil qilindi.

Kuzgi bug‘doy navlarining o‘sib rivojlanishini o‘rganish uchun tajriba tuzilmasi

asosida biometrik ko‘rsatkichlar va fenologik kuzatishlar olib borildi. O‘simlikning
rivojlanish fazalari bo‘yicha namunalar olinib laboratoriya sharoitida biometrik
ko‘rsatkichlari o‘rganildi. O‘simlik biometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish daladan 50 sm

390


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

uzunlikdagi maydondan o‘simlik namunasi olib kelishga asoslanadi. Dala va
laboratoriya sharoitida olingan ma’lumotlar statistik tahlil qilinib ekin modeli DSSAT
asosida modellashtiriladi. DSSAT ekin modelini ishga tushirish uchun talab qilinadigan
minimum talablar 1 - jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Fenologik ma’lumotlarning oʻrtacha koʻrsatkichlari

Kodlar

Birligi

Izoh

HWAM

Don hosil, kg/ga

Ma’lum yuzadan olingan, pishib yetilgan

kuzgi bug‘doy don hosili

HWUM

Og‘irlik, g/birlik

1000 ta don og‘irligi asosida hisoblangan

bitta don og‘irligi

H#AM

Don soni, son/m²

Don yetilib pishgan davrda 1 m.kv yuzadagi

donlar soni

H#UM

Don soni,

son/boshoq

Har bir boshoqda mavjud donlar soni

CWAM

Yer usti jami

biomassa, kg/ga

Yer usti jami biomassa miqdori

BWAH

Yer usti biomassa,

kg/ga

Yer usti jami biomassasining don og‘irligi

ayirmasiga teng

LAIX

Barg sathi,

maksimum

Mavsumiy maksimal barg sathi

ADAT

Gullash davri, yil

kuni

Gullash davri, yil kuni

MDAT

Pishish davri, yil

kuni

Pishib yetilish davri, yil kuni

GN%M

Don tarkibidagi N,

%

Pishish davrida don tarkibidagi mavjud azot

%

SNAM

Poya tarkibidagi N,

kg/ga

Pishish davrida poya tarkibida mavjud azot,

kg/ga

GNAM

Don tarkibidagi,

kg/ga

Pishish davrida don tarkibidagi azot, kg/ga

CNAM

Jami biomassa

tarkibidagi N, kg/ga

TOPS N, kg/ha

HIAM

Hosil indeksi

Jami yer usti biomassaga nisbatan don

hosili

391


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Natijalar.

Tajriba maydoni tuproqlarini yengil qumoq tuproqlar tashkil etadi.

Yer osti sizot suvi 1.0 metr atrofida o‘zgarib turadi. Tuproq gorizonti bo‘yicha
qatlamlarga bir-biridan keskin ajralib turadi. Tuproq muhiti bevosita qatlamlar bo‘yicha
pH-8.1-8.5, elektr o‘tkazuvchanligi 0.66-2.3 mS ni tashkil etadi. Tuproq hajm massasi
1.47-1.63 g/sm

3

, solishtirma og‘irligi 2.38-2.63 g/sm

3

va g‘ovakligi 32.35-44.1 %

atrofida o‘zgarib turadi. Tajriba dalasiga ekilgan navlar urug‘lari 8-9 oktyabr kunlari
to‘liq unib chiqdi. Erta bahorda qishgi tinim davridan keyin 27 martda olib borilgan
fenologik kuzatuvlarga asosan, ba’zi navlarda masalan, “Krasnodarskaya 99”, “Nodir”,
“Qadr”, “Timiryazevka-150”, “Alekseich”, “O‘zbekiston 25”, “Grat” poya soni 800-
1000 dona oralig‘

ida, “Andijon 2”, “Andijon 3”, “Navbahor”, “Aziz”, “Yogʻdu”,

“Drujba”, “Tanya”, “Bezostaya 100” kabi navlarda o‘rtacha 600-800 dona, “Bobur”,
“Mars 1”, “Yuka”, “Gurt”, “Zimnitsa”, “Elanchik”, “Starshina” navlarida esa 600 va
undan kam bo‘lganligi kuzatildi. Navlarning poya hosil qilish darajasi ularning
hosildorlik potentsialini belgilaydi, shuning uchun har bir navni hududiy iqlim va
tuproq sharoitlariga moslashishini DSSAT modeli yordamida prognozlash muhim.

Xulosa.

Ushbu tadqiqotda DSSAT modeli yordamida Xorazm viloyati sharoitida

kuzgi bugʻdoy navlarining iqlim oʻzgarishiga moslashuvchanligi va hosildorligi

oʻrganildi. 2

023-

2024 yillardagi dala tajribalari va modellashtirish natijalariga koʻra

haroratning oshishi, yogʻingarchilikning oʻzgarishi bugʻdoyning fenologik

bosqichlariga va hosildorligiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. DSSAT modeli turli

navlarning agroiqlimiy sharoitlarga reaksiyasini aniq bashorat qilish imkonini berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati

[1]

M. Yanagi, “Climate change impacts on wheat production: Reviewing

challenges and adaptation strategies,” vol. 4, no. 1, pp. 89–107, 2024, doi:
10.50908/arr.4.1.

[2]

K. M. Kienzler, I. Rudenko, J. Ruzimov, N. Ibragimov, and J. P. A.

Lamers, “Winter wheat quantity or quality? Assessing food security in Uzbekistan,”
Food Secur., vol. 3, no. 1, pp. 53–64, 2011, doi: 10.1007/s12571-010-0109-9.

[3]

J. W. Jones, G. Hoogenboom, C. H. Porter, and K. J. Boote, “The DSSAT

cropping system model,” Eur. J. Agron., vol. 18, no. 3–4, pp. 235–265, 2003, doi:
10.1016/S1161-0301(02)00107-7.

[4]

D. B. Lobell, W. Schlenker, and J. Costa-Roberts, “Climate trends and

global crop production since 1980,” Science (80-. )., vol. 333, no. 6042, pp. 616–620,

392


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2011, doi: 10.1126/science.1204531.

[5]

C. Rosenzweig et al., “Assessing agricultural risks of climate change in

the 21st century in a global gridded crop model intercomparison,” Proc. Natl. Acad.
Sci. U. S. A., vol. 111, no. 9, pp. 3268–3273, 2014, doi: 10.1073/pnas.1222463110.

[6]

F. Tao and Z. Zhang, “Climate change, wheat productivity and water use

in the North China Plain: A new super-ensemble-based probabilistic projection,” Agric.
For. Meteorol., vol. 170, pp. 146–165, 2013, doi: 10.1016/j.agrformet.2011.10.003.

[7]

V. Martos, A. Ahmad, P. Cartujo, and J. Ordoñez, “Ensuring agricultural

sustainability through remote sensing in the era of agriculture 5.0,” Appl. Sci., vol. 11,
no. 13, 2021, doi: 10.3390/app11135911.

393

References

M. Yanagi, “Climate change impacts on wheat production: Reviewing challenges and adaptation strategies,” vol. 4, no. 1, pp. 89–107, 2024, doi: 10.50908/arr.4.1.

K. M. Kienzler, I. Rudenko, J. Ruzimov, N. Ibragimov, and J. P. A. Lamers, “Winter wheat quantity or quality? Assessing food security in Uzbekistan,” Food Secur., vol. 3, no. 1, pp. 53–64, 2011, doi: 10.1007/s12571-010-0109-9.

J. W. Jones, G. Hoogenboom, C. H. Porter, and K. J. Boote, “The DSSAT cropping system model,” Eur. J. Agron., vol. 18, no. 3–4, pp. 235–265, 2003, doi: 10.1016/S1161-0301(02)00107-7.

D. B. Lobell, W. Schlenker, and J. Costa-Roberts, “Climate trends and global crop production since 1980,” Science (80-. )., vol. 333, no. 6042, pp. 616–620, 2011, doi: 10.1126/science.1204531.

C. Rosenzweig et al., “Assessing agricultural risks of climate change in the 21st century in a global gridded crop model intercomparison,” Proc. Natl. Acad. Sci. U. S. A., vol. 111, no. 9, pp. 3268–3273, 2014, doi: 10.1073/pnas.1222463110.

F. Tao and Z. Zhang, “Climate change, wheat productivity and water use in the North China Plain: A new super-ensemble-based probabilistic projection,” Agric. For. Meteorol., vol. 170, pp. 146–165, 2013, doi: 10.1016/j.agrformet.2011.10.003.

V. Martos, A. Ahmad, P. Cartujo, and J. Ordoñez, “Ensuring agricultural sustainability through remote sensing in the era of agriculture 5.0,” Appl. Sci., vol. 11, no. 13, 2021, doi: 10.3390/app11135911