Authors

  • S.Y. Babajanova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti
  • Ch.Sh.Ko`palova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yo`nalishi 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.106129

Keywords:

zazarkunanda hasharotlar

Abstract

Qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunanda organizmlarini oldindan bashorat qilishning ahamiyati va zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurashish usularini samaradorligi, ekologik toza mahsulot hamda yuqori va sifatli hosil olishning agrotexnik tadbirlari.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

UDK: 632.5.01/.08

ZARARKUNANDA HASHORATLARNI BASHORAT QILISH VA ULARGA

QARSHI KURASHISHNING AHAMIYATI.

S.Y. Babajanova, Ch.Sh.Ko`palova

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot

faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va atrof

muhit muhofazasi” yo`nalishi 4-bosqich talabasi


Annotatsiya:

Qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunanda organizmlarini

oldindan bashorat qilishning ahamiyati va zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurashish
usularini samaradorligi, ekologik toza mahsulot hamda yuqori va sifatli hosil olishning
agrotexnik tadbirlari.

Kalit so`zlar:

zazarkunanda hasharotlar, oldindan bashorat qilish, zararli

hashorotlarga qarshi kimyoviy va biologik kurash,sifatli va yuqori hosil.

Абстрактный:

Значение прогнозирования появления вредителей

сельскохозяйственных культур и эффективность методов борьбы с вредителями,

агротехнических мероприятий для получения экологически чистой продукции и

высококачественных урожаев.

Ключевые слова:

Вредные насекомые, прогнозирование, химические и

биологические меры борьбы с вредными насекомыми, качественные и

высокоурожайные сельскохозяйственные культуры.

Annotation:

The importance of predicting the occurrence of pests of agricultural

crops and the effectiveness of methods for combating pests, agrotechnical measures for
obtaining environmentally friendly products and high and quality yields.

Keywords:

pests, prediction, chemical and biological control of harmful insects,

high-quality and high yields.

Respublikamizda mustaqillikka erishganimizdan keyingi paytlarda

viloyatlarning deyarli barcha tumanlarida qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish
bilan shug`ullanib kelinmoqda. Qishloq xo`jalik ekinlaridan ayniqsa: paxta, bug`doy,
sholi va turli xil sabzavot ekinlari asosiy o`rinni egallaydi. Bularni hosildor bo`lishi

399


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

uchun juda ko`p agrotexnik tadbirlar amalga oshirilishi kerak.Aks holda ulardan yuqori
va sifatli hamda ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonsizdir [1].

Hozirgi kunda butun dunyoda shu jumladan O`zbekiston Respublikasida ham

oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga bo`lgan talab kundan -kunga oshib
borayotganini hisobga oladigan bo`lsak qishloq xo`jaligi ekinlari kasallik va
zararkunandalar, begona o`tlarga qarshi kurashishda imkon darajasida kimyoviy kurash
usullaridan kamroq foydalangan holda aksincha biologik kurash usullaridan keng
miqyosda samarali tarzda foydalanish ayni muddao bo`lar edi [2]. Qishloq xo`jaligida
ekologik toza,arzon, yuqori va sifatli hosil yetishtirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Buning uchun esa qishloq xo`jalik ekin maydonlarida
zararli hashoratlarni tarqalishini oldindan bashorat qilish,ularga qarshi o`z vaqtida
kurashish muhim hisoblanadi. Qishloq xo`jalik ekinlarini zararli hashorotlariga qarshi
kurashishda to`g`ri o`tkazilgan monitoring ishlari juda muhim hisoblanadi. Olib
borilgan tadbirlar zararli hashorotlarni paydo bo`lishini, rivojlanishini,tarqalishini
oldindan bashorat qilishni asosini tashkil etadi. To`g`ri qilingan bashorat natijasi,
zararli hashoratlarga qarshi kurash ishlari,chora tadbirlari o`z vaqtida tizimli ravishda
amalga oshirilishini ta`minlaydi [3].

Kuzgi bug`doy o`simlik navlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya

qilmasdan turib, ulardan sifatli va yuqori mo`l hosil olib bo`lmaydi. Kuzgi bug`doy
o`simligining asosiy zararkunandalariga -zararli xasva

(Eurygaster integriceps Put)

Scutelleridae

— skutelleridlar oilasi hamda o

ʻ

simlik bitlari, shiralar — tengqanotli

xartumli hashortlar kenja turkumi vakillarini aytish mumkin.O`simlik bitlarini mingga

yaqin turi maʼlum. Masalan, 6 dona voyaga yetgan xasva 0,30 m.kv maydondagi

bug‘doy yoki arpani boshoq chiqarishi davrida batamom nobud qilishi mumkin [4].
Xozirgi kunda yer yuzida ekologiya va iqlim o`zgarishi tufayli zararkunanda
hasharotlarning bir qancha yangi turlari paydo bo`la boshlagan. Bundan tashqari qishda
havoning keskin sovuq bo`lmaganligi tufayli yerning yuza qatlamidagi va daraxtlar
po`stlog`i ostida o`rnashib qolgan zararkunandalar nobud bo`lmay erta bahordan
o`simliklar va daraxt mevalariga o`rnashib oladi. Shu tufayli erta bahorda daraxtlarning
pastki qismi ohak eritmasi bilan oqlanadi. Bunda daraxt po`stlog`i ostida o`rnashib
qolgan zararkunanda hasharotlarning tuxumi ohak eritmasi tarkibidagi ishqor ta`sirida
nobud bo`ladi [5]. Erta bahorda amalga oshirilgan bu agrotexnik tadbir daraxt
mevasining sifatli va hosilining yuqori bo`lishiga zamin yaratadi.

400


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Qishloq xo`jaligi tarmoqlarining rivojlanishi bugungi kunda insonlar hayotiga

ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Yangi texnika va tehnologiyalar kirib kelishi esa dehqonlar
va fermerlar mushkulini osonlashtirish bilan qatorda ish sifatini yaxshilanishiga olib
keldi. Qishloq xo`jaligida ko`p yillardan beri o`simliklar orasidagi begona o`t va
zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish asosiy muammolardan bo`lib hisoblanadi.
Chunki, o`simliklardagi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishni bir kunga
kechiktirish butun ekinni nobud qilishi mumkin. Bunday holatda zararkunanda
hasharotlarga qarshi kurashda tarkibida kimyoviy zaharli modda bo`lgan turli
pestitsidlardan foydalaniladi. Pestitsidlar bu o`simlik zarakunandalari va kasalliklari,
begona o`tlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalardan biridir.
Ularni zararkunandalarga qarshi ishlatganda, albatta, shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanish shart. Chunki, ular tarkibidagi kimyoviy moddalar nafas yo`lini zaharlab,
butun organizmga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bundan tashqari bu preparatlar
zararkunandalarning tabiiy dushmani, ya`ni foydali hasharotlarni ham qirib tashlaydi.
Shu sababli bu pestitsidlardan faqat o`ta zararlangan xududga so`ngi chora sifatida
foydalanish mumkin, aks holda o`simlik organizmiga ham salbiy ta`sir ko`rsatishi
mumkin. Pestitsidlarni umumiy holda qo`llash tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari bu
pestitsidlarning narxi juda qimmat, bu esa ekinning ya`ni hosilning tannarxi oshishiga
olib keladi. Biroq, zararkunanda hasharotlarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida
qo`llanilmasa hosildorlik kamayishiga olib kelishi mumkin. Hozirda dunyo miqyosida
“qopqon” agrotexnologiyalari ishlab chiqilayotgani bejizga emas. Bu jarayonda dalada
zararkunanda hasharotlar oziqlanishi uchun ataylab maxsus hududlar barpo etilmoqda.
Chunki ular o`simliklar bilan emas shu yerga yoyilgan chirindilar bilan oziqlanadilar.
Shu bilan katta iqtisodiy samaraga erishiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi
kurshaganimiz yangi kimyoviy usullar qo`llaganimiz sayin ular ham unga chidamli
bo`lib bormoqda. Demak, biz zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurarishning tabiiy
yo`llarini izlashimiz va takomillashtirishimiz kerak. Biz bunga mavjud iqlimiy
vaziyatdan kelib chiqib yondashishimiz va havoning kechasi sovib ketsihi va kunduzi
juda isib ketishini inobatga olib yangi innovatsion dastur yaratishimiz lozim. Buni har
bir o`simlik uchun alohida ishlashimiz va ilmiy yondashgan holda amalga oshirishimiz
kerak. ajribalardan ma`lumki,kelgusi yildagi zararli hashorotlarni miqdori va kasallik
tarqatuvchilarning rivojlanishi,faqatgina ularning o`tgan yilgi zahiralari miqdori bilan
emas, balki o`sha zararkunandalarni yashash tarzi, fiziologik xususiyatlariga ham

401


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

bog`liqdir.Shuningdek bashorat qilishda zararli organizmlarni o`tgan yildagi va kelasi
yildagi yashash muhitini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun ham zararli
hashorotlarni miqdori va tarqalishini oldindan bashorat qilish uchun ularning o`tgan yil
oxiridagi zaxiralarini bilibgina qolmasdan,balki ularni rivojlanish sharoitlarini ham har
yili muntazam ravishda monitoring qilib borish zarur hisoblanadi.

Shundagina biz qishloq xo`jalik mahsulotlaridan ayniqsa kuzgi bug`doy

navlaridan yuqori hosil olishimiz va sohaning iqtisodiy o`rnini mustahkamlashimiz
mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1)

Q.Sh.Tursunov va boshqalar “Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil
olishda zararli organizmlarni tarqalishini prognozlash va monitoring qilishning
ahamiyati” 2022 y tezis.

2)

H.Kimsanboyev va boshqalar “Entomologiya” T.-2006.

3)

X.X. Kimsanboyev,B.A.Sulaymonov va boshqalar “Entomologiya va
fitopotologiya”-T. -2017.

4)

Sh.T. Xo‘jaev “Entomologiya, qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va
agrotoksikologiya asoslari” – T. - 2010.

5)

Babajanova, S. Y., Matkarimov, N. B., & Ibadullyeva, S. M. (2019). The influence
offertilizer standardson the grain quality of fresh and perspective wheat
sort.

Central Asian Problems of Modern Science and Education

,

4

(2), 110-117.

402

References

Q.Sh.Tursunov va boshqalar “Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda zararli organizmlarni tarqalishini prognozlash va monitoring qilishning ahamiyati” 2022 y tezis.

H.Kimsanboyev va boshqalar “Entomologiya” T.-2006.

X.X. Kimsanboyev,B.A.Sulaymonov va boshqalar “Entomologiya va fitopotologiya”-T. -2017.

Sh.T. Xo‘jaev “Entomologiya, qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari” – T. - 2010.

Babajanova, S. Y., Matkarimov, N. B., & Ibadullyeva, S. M. (2019). The influence offertilizer standardson the grain quality of fresh and perspective wheat sort. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 4(2), 110-117.