Mualliflar

  • N.S.Yangibayeva
    Xorazm Ma’mun Akademiyasi tayach doktoranti
  • R.S.Ro‘zmetov
    Xorazm Ma’mun Akademiyasi katta ilmiy xodimi
  • Sh.A.Matsopayeva
    Xorazm Ma’mun Akademiyasi kichik ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.106134

Kalit so‘zlar:

Bug‘doy

Annotasiya

Ushbu maqolada bug‘doyning asosiy zararkunandasi (Haplothrips tritici kurd) vakilining bioekalogiyasi morfologiyasi va ularga qarshi kurashishda entamafaglarning ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

XORAZM VILOYATI BUG‘DOY EKINIGA ZARAR BERUVCHI

TRIPSLARGA (HAPLOTHRIPS TRITICI KURD) QARSHI KURASHIDA

BIOAGENTLARDAN FOYDALANISH

N.S.Yangibayeva

1

R.S.Ro‘zmetov

2

Sh.A.Matsopayeva

3

Xorazm Ma’mun Akademiyasi tayach doktoranti

1

Xorazm Ma’mun Akademiyasi katta ilmiy xodimi

2

Xorazm Ma’mun Akademiyasi kichik ilmiy xodimi

3

Annatotsiya:

Ushbu maqolada bug‘doyning asosiy zararkunandasi

(Haplothrips

tritici kurd

) vakilining bioekalogiyasi morfologiyasi va ularga qarshi kurashishda

entamafaglarning ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar :

Bug‘doy, fenologiya, entamafag, zararkunanda, ekologiya,

morfologiya, himoya chorasi, individ, lichinka , imogo, nimfa

Аннотация

:

В данной статье представлена общая информация о

биоэкологии и морфологии основного вредителя пшеницы

Haplothrips tritici

Kurd

, а также о значении энтомофагов в борьбе с ним.

Ключевые слова:

Пшеница, фенология, энтомофаг, вредитель, экология,

морфология, защитная мера, особь, личинка, имаго, нимфа

Abstract:

This article provides general information about the bioecology and

morphology of the main pest of wheat,

Haplothrips tritici Kurd

, as well as the

importance of entomophages in controlling them.

Keywords:

Wheat, phenology, entomophage, pest, ecology, morphology,

protective measure, individual, larva, imago, nymph.

Bozor munosabatlari davrida don ekinlari, ayniqsa, bug‘doy mahsulotlari,

millionlab insonlarning farovonligi asosini tashkil etadi. Biroq, don ekinlariga zarar
yetkazuvchi ba’zi hasharotlar guruhlari hali yetarlicha o‘rganilmagan. Zararkunandalar
butun dunyo bo‘ylab bug‘doy ishlab chiqarishiga jiddiy xavf soladi, bu esa katta
iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi.O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ko‘plab
tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligi hamon zararli hasharotlardan,
jumladan, bug‘doy tripsidan aziyat chekmoqda. Shu sababli, ekinlar uchun zararli
bo‘lgan barcha turlarni aniqlash, eng zararli turlar ekologiyasi va biologiyasini batafsil
o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bu esa ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va
takomillashtirishni osonlashtiradi.

424


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Bug‘doy ekiniga eng ko‘p zarar beruvchi turlardan biri bu bug‘doy tripsi

(

Haplothrips tritici kurd

) hisoblanadi. Tripslarning yer yuzida 250 ga yaqin turi bor [1]

qishloq xo‘jaligida ahamiyatga molik bo‘lgan

Haplothrips tritici kurd

zarari tufayli

deyarli har yili don 10-30% ga kamayadi [2].

Trips turlari har doim kuzgi bug‘doy ekinlarining asosiy zararkunandalaridan biri

bo‘lgan. Ushbu turning zarari to‘g‘ridan-to‘g‘ri barglarning gullari yoki mevalari bilan
oziqlanishi yoki bilvosita viruslarning tashuvchisi sifatida ishlaydi [3]

Tripsning bo‘yi urg‘ochi individlarda uzunligi 1,5-2,2 mm, erkak individlarda

esa - 1,2-1,3 mm keladi. Tanasi ingichka, qornining oxirgi segmenti naysimon
cho‘zilib, orqa uchi biroz toraygan. Imogolarining rangi qora-jigarrangdan qora
ranggacha . Ko‘zlar to‘q jigarrang, deyarli qora, katta, bosh uzunligining 1/3 dan 1/2
qismini egallaydi. Mo‘ylovi 8 bo‘g‘imli, uning tanasi qora, 3 ta bo‘g‘imi oqish, uchi sal
qo‘ng‘ir bo‘lib , qanotlari shaffof,qanoti asos qismi qoraygan, qanotining chetlarida
uzun qilchalar bor. Old ko‘kragining o‘rta qismi biroz toraygan. Tuxum rangi och sariq,
cho‘zinchoq oval, uzunligi 0,5-0,6 mm. Voyaga yetgan lichinka yorqin qizil rangga
ega, qorin oxirida ikkita to‘siq bor. Yiliga bir avlod rivojlanadi. Lichinkalar tuproqda
va somonda qishlaydi. Bahorda ular yuzaga ko‘tariladi. Lichinkalarida murakkab
metamorfoz sodir bo‘ladi (pronimfa, nimfa I, nimfa II, Imogo). Tripsning lichinkasi
ingichka, bo‘yi 2 mm gacha, mo‘ylovi 7 bo‘g‘imli, qornining oxirgi bo‘g‘imidagi
qilchasi kaltaroq. Bug‘doy tripsi yosh lichinkalik davrida bedapoyalarda tuproq
kesaklari ostida, yer yoriqlarida qishlaydi. Erta bahorda harorat 8°C ga yetganda,
lichinkalar harakatlanib oziqlana boshlaydi. Aprel oyida voyaga yetgan tripslar paydo
bo‘ladi. Ular may oyining o‘rtalariga kelganda juda ko‘payib ketishi kuzatiladi va bu
vaqtda tuxum qo‘yishi avjiga chiqadi. Urg‘ochi trips boshoq bandiga, ba’zan qobig‘iga
bittadan, ba’zan bir nechtadan tuxum qo‘yadi. Zararkunada lichinkalari tuxumdan 1
hafta ichida chiqadi. Bug‘doyning qobiqlari orasiga kirib o‘simlik shirasini so‘ra
boshlaydi. Lichinkalar birinchi navbatda gul pardalaridan olingan sharbat bilan, so‘ngra
donalarning sharbati bilan oziqlanadi. Lichinkalarning maksimal soni sutli pishib yetish
davrida sodir bo‘ladi. Mum pishishining boshlanishi bilan lichinkalar bug‘doyni tark
eta boshlaydi. Imogo bosqichiga yetganda esa ekinlarning poya uchlarini va barg qinini
so‘rishi tufayli bug‘doy boshoqlari qurib qoladi. bazan uchki qismi qurib, barglari
yozilmaydi. Zararlangan bug‘doy donining vazni va sifati past bo‘ladi. Ayrim hollarda
bitta donda tripsning bitta lichinkasi bo‘lsa, hosil 11%ga, uchta bo‘lganda 34—35%
gacha, 5 ta bo‘lganda 50% gacha nobud bo‘lishi kuzatilgan.

Yozning oxirida issiq, quruq ob-havo ham noqulay bo‘lib, donning tez pishishiga

yordam beradi va shunga mos ravishda lichinkalarning oziqlanish muddatini
qisqartiradi. Shu sababdan Trips populatsiyasining o‘zgarishi yog‘ingarchilik ko‘p
bo‘lgan yillari kamayadi[4].

425


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Taqiqotlar Xorazm viloyati Xiva shaharida bug‘doy dalasida o‘tkazildi .

Bug‘doy tripsini tur darajada aniqlashda qiyosiy adabiotlardan foydalanildi .[5]

Bug‘doy tripsini yetuk vakillarini hisobga olishda entomologik matrabdan

foydalanildi matrabning aylana diametri 30 sm bo‘lib u 50 sm

2

maydonni egallaydi.

Matrap dastagi uzunligi - 120 sm; matrab teshigining diametri - 0,057 mm. Hisoblash
may oyining birinchi o‘n kunligidan avgust oyining uchinchi o‘n kunligigacha bo‘lgan
davrda hosilning rivojlanish bosqichlariga ko‘ra har 2-3 haftada bir marta o‘tkazildi.
Har bir maydonda uchta takrorlashda 10 ta zarba amalga oshirildi. Tadqiqotlarda bir
kishi tomonidan ertalab soat 9 dan 11 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshirildi.Shu bilan
birgalikda tripsning tabiiy dushmanlari ham hisobga olindi. So‘ngra tadqiqotlar natijasi
tahlil qilindi va zararkunandalarni rivojlanish fazasi (imoga, lichinka, tuxum)o‘rganildi.
Entomofaglar soni ham tahlil qilindi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki: Xorazm viloyati sharoitida tripslarning

eng ko‘p rivjlanish davri may oyining birinchi dekadasidan iyun oyining oxirgi
dekadasigacha muddatda keng tarqalishi aniqlandi. Iyul oyida zararkunandalar son
jihatdan kamaydi, buning asosiy sababini donning qattiqlashib borishi va haroratning
keskin qizib ketishi bilan baholash mumkun. Zararkunandlarini sonini nazorat qilishda
entamafaglar alohida ahamiyat kasb etdi. Zararkunandalar soni oshgan paytlarda
ularning tabiiy dushmanlarini ham soni oshib boradi. Zararkunandaning keng tarqalgan
entamafaglaridan

Aeolothripidae

oilasiga mansub

Aeolothrips intermedius Bagn

.turi;

Anthocoridae oilasiga mansub

Orius niger Wolf

.,

Orius albidipennis Reut., Orius

minutes

turlari;

Nabidae

oilasiga mansub

Nabis ferus L., Nabis palifer Seid.

turlari;

Miridae

oilasiga mansub

Deraeocorus punctulatus Fall., Campylomma diversicorne

Reut, Campylomma verbasci Mey

. turlari; va shu bilan birga yirtqich entomofaglar

ichida xonqizi qo‘ng‘izlari barcha tabiiy kushandalarga nisbatan dominant tur sifatida
qayd qilindi. Xonqizi, oltinko‘zlar, sirfid pashshalari va yirtqich tripslar bug‘doy
tripsini sonini kamaytirshi kuzatildi.Tadqiqotlar davomida may oyining boshlarida
bug‘doyning bir poyasida 2 ta entomofag , iyun oyi boshlarida 3 donadan to‘g‘ri kelishi
aniqlandi.

Zararkunandaga qarshi himoya choralaridan donni o‘z vaqtida, qisqa muddatda

alohida yig‘ib olish, erta kuzda shudgorlash, almashlab ekish qoidalariga rioya qilish;
bug‘doyning ertapishar navlarini etishtirish; qator ekinlarini kengaytirish. Agar juda
zarur bo‘lsa, kimyoviy dorilaridan foydalanish zarur .

Xulosa sifatida shuni aytish mumkunki, tripslarga qarshi kurashishda kimyoviy

pereparatlardan foydalaniishni atrof muhit muhofazasini o‘zgarishga olib keladi.

426


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Muqobil biologik usullardan foydalanish orqali ekologik muvozanatni saqlash va
xosildorlikni 30%ga pasayishini oldini olish imkoniyatini beradi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:

1.Li-Hong Dang, Laurence A. Mound, Ge-Xia Qiao. Conspectus of the Phlaeothripinae
genera from China and Southeast Asia (Thysanoptera, Phlaeothripidae) (

англ

.)

Zootaxa

:

Журнал

. -

Auckland

,

New Zealand

: Magnolia Press, 2014.-Vol.3807,no. 1.-

P.1—82.-

ISSN

1175-5326

.-

doi

:

10.11646/zootaxa.3807.1.1

.

2. ( Пшеничний трипс (

Haplothrips triticiKurd

.) и устойчивость пшеницы озимой

кданному фитофагу УДК 633.11:632.938 С.А. Трибель 1, А.А. Стригун 1, Ю.Н.

Судденко 21 Институт защиты растений НААН Украины, г. Киев 2Мироновский

институт пшеницы имени В.Н. Ремесло НААН. Украины, с. Центральное,

Киевская облРецензент: канд. с.

-

х. наук Бойко С.В.).

3.M.Asiye Uzun yiğit*, Ozan demirözer population fluctuations of Haplothrips tritici

(Kurdjumov, 1912) (thysanoptera: phlaeothripidae) in wheat and barley fields in
Isparta, Turkey http://dergipark.org.tr/trkjnat Trakya University Journal of Natural
Sciences, 23(1): 65-69, 2022 ISSN 2528-9691
DOI: 10.23902/trkjnat.1008271.

4. Ana Maria Vîrteiu, Ramona Ștef1, a. cărăbeț, Ioana grozea thrips (Thysanoptera:

insecta) on wi

nter wheat in timiș county, Romania Research Journal of Agricultural

Science, 50 (3 ), 2018.
5.

Traditional and modern methods for the identification of thrips

(Thysanoptera) species Natasˇa Mehle Stanislav Trdan Received: 8 September 2011 /

Accepted: 24 February 2012 / Published online: 10 March 2012_Springer-Verlag
2012.
6.Kambiz Minaei*, and Laurence A. Moundlar Taxonomic problems in character state
interpretation: variation in the wheat thrips Haplothrips tritici (Kurdjumov)
(Thysanoptera, Phlaeothripidae) in Iran . Dtsch. Entomol. Z. 57 (2) 2010, 233–241 /
DOI 10.1002/mmnd.201000020.
7. Seasonal Population Dynamics and Harmfulness of Wheat Thrips in Agrocenoses of
Grain Crops Lyudmila N. Zhichkina , Vladimir V. Nosov * and
Kirill.A.Zhichki.https://doi.org/10.3390/agriculture13010148.

https://www.mdpi.com/journal/agriculture

8.O

ʻ

simliklar karantini va himoyasi agentligi.O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-

tadqiqot instituti. Bug‘doyni zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash
tizimida boshqarish (IPM) Toshkent-2022.

427

Bibliografik manbalar

Li-Hong Dang, Laurence A. Mound, Ge-Xia Qiao. Conspectus of the Phlaeothripinae genera from China and Southeast Asia (Thysanoptera, Phlaeothripidae) (англ.) Zootaxa :Журнал. - Auckland, New Zealand: Magnolia Press, 2014.-Vol.3807,no. 1.-P.1—82.-ISSN 1175-5326.-doi:10.11646/zootaxa.3807.1.1.

( Пшеничний трипс (Haplothrips triticiKurd.) и устойчивость пшеницы озимой кданному фитофагу УДК 633.11:632.938 С.А. Трибель 1, А.А. Стригун 1, Ю.Н. Судденко 21 Институт защиты растений НААН Украины, г. Киев 2Мироновский институт пшеницы имени В.Н. Ремесло НААН. Украины, с. Центральное, Киевская облРецензент: канд. с.-х. наук Бойко С.В.).

M.Asiye Uzun yiğit*, Ozan demirözer population fluctuations of Haplothrips tritici (Kurdjumov, 1912) (thysanoptera: phlaeothripidae) in wheat and barley fields in Isparta, Turkey http://dergipark.org.tr/trkjnat Trakya University Journal of Natural Sciences, 23(1): 65-69, 2022 ISSN 2528-9691

DOI: 10.23902/trkjnat.1008271.

Ana Maria Vîrteiu, Ramona Ștef1, a. cărăbeț, Ioana grozea thrips (Thysanoptera: insecta) on winter wheat in timiș county, Romania Research Journal of Agricultural Science, 50 (3 ), 2018.

Traditional and modern methods for the identification of thrips

(Thysanoptera) species Natasˇa Mehle Stanislav Trdan Received: 8 September 2011 / Accepted: 24 February 2012 / Published online: 10 March 2012_Springer-Verlag 2012.

Kambiz Minaei*, and Laurence A. Moundlar Taxonomic problems in character state interpretation: variation in the wheat thrips Haplothrips tritici (Kurdjumov) (Thysanoptera, Phlaeothripidae) in Iran . Dtsch. Entomol. Z. 57 (2) 2010, 233–241 / DOI 10.1002/mmnd.201000020.

Seasonal Population Dynamics and Harmfulness of Wheat Thrips in Agrocenoses of Grain Crops Lyudmila N. Zhichkina , Vladimir V. Nosov * and Kirill.A.Zhichki.https://doi.org/10.3390/agriculture13010148. https://www.mdpi.com/journal/agriculture

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi.O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti. Bug‘doyni zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM) Toshkent-2022.