«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
EKISH ME’YORI, KO‘CHAT QALINLIGI VA MA’DAN O‘G‘ITLAR
ME’YORLARINING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA
TA’SIRI
D. B.Holiqova
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-
tadqiqot instituti
Annotasiya:
Ushbu maqolada turli ekish va ma’dan o‘g‘it me’yorlarining
tuproqning agrokimiyaviy xossalariga ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, natijalarga ko‘ra, amal
davri oxirida gektariga 10 kg ekilgan va turli darajada o‘g‘it qo‘llanilgan variantlarda
gumus miqdorining 0,005-0,002 ga, azot 0,001-0,005 ga kamaygan bo‘lsa, gektariga
14 va 18 kg ekilgan turli me’yorlarda o‘g‘it qo‘llanilgan variantlarga nisbatan gumus
miqdori 0,001-0,008 %, azot miqdori 0,003-0,005 % ga oshganligi ilmiy izohlab
berilgan.
Аннотaция:
В статье изучается влияние различных норм посадки и
внесения минеральных удобрений на агрохимические свойства почвы. Согласно
результатам, к концу периода внесения количество гумуса уменьшилось на 0,005
-
0,00
2%, а азота на 0,001
-
0,005% в вариантах с посевом 10 кг/га и внесением
разных норм удобрений, в то время как количество гумуса увеличилось на 0,001
-
0,008%, а азота на 0,003
-
0,005% по сравнению с вариантами с посевом 14 и 18
кг/га и внесением разных норм.
Abstract:
The paper studies the effect of different planting rates and mineral
fertiliser application on soil agrochemical properties. According to the results, by the
end of the application period, the amount of humus decreased by 0.005-0.002% and
nitrogen by 0.001-0.005% in the variants with 10 kg/ha sowing and different fertiliser
rates, while the amount of humus increased by 0.001-0.008% and nitrogen by 0.003-
0.005% compared to the variants with 14 and 18 kg/ha sowing and different rates.
Kalit so‘zlar:
Crotalaria juncea L., ko‘chat qalinligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yori,
gumus, azot, fosfor, nitratli azot, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliy.
Ключевые слова:
Crotalaria juncea L., густота стояния всходов, норма
минеральных удобрений, гумус, азот, фосфор, нитратный азот, подвижный
фосфор, обменный калий.
487
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Key words:
Crotalaria juncea L., sprouting density, mineral fertiliser rate,
humus, nitrogen, phosphorus, nitrate nitrogen, mobile phosphorus, exchangeable
potassium.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tuproq unumdorligini saqlab
qolish va oshirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada o‘g‘itlash tizimi
va ekish me’yorining o‘zaro uyg‘unligi katta ahamiyatga ega. O‘g‘itlar tuproqning
agrokimyoviy xossalarini o‘zgartirish orqali o‘simliklarning oziqlanish rejimini
yaxshilaydi, ekish me’yori esa o‘simliklar orasidagi raqobatni belgilaydi.
Dehqonchilikda qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahsuldorligi va sifatini oshirish uchun
albatta tuproq unumdorligini tiklash va yaxshilash eng dolzarb vazifa hisoblanadi.
Ma’lumki, qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar (NPK) tuproqdagi chirindi miqdorini
oshirmaydi, balki uning zahirasini parchalanishi va saqlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Krotalariya (Crotalaria juncea L.) tropik o‘simlik bo‘lib, tuproqqa azot va
organik moddalar qo‘shish, begona o‘tlarning o‘sishini oldini olish va almashlab
ekishda samarali hisoblanadi. O‘simlik gullari changlatuvchilar uchun nektar manbai
hisoblanadi [5; 343-350-b]. O‘simlik turli xil almashlab ekishda ham sinab ko‘rilgan.
Eng yaxshi natija krotalariyadan keyin bug‘doy ekilganda kuzatilib, uning
hosildorligini 10-15 % oshganligi kuzatilgan [1].
Shuningdek, J.D.Junior, F.Coelho [3] kabi tadqiqotchilar o‘simlikning havo
biomassasida gektariga 320 kg azot to‘plashini aytishgan.
A.Clark Editor [2] kabi xorijiy olimlarning ta’kidlashicha, krotalariya tuproq
eroziyasini kamaytirish va namligini saqlash, begona o‘tlarning o‘sishini kamaytirish
va tuproqqa azot miqdorini ko‘paytiradi degan xulosaga kelishgan. Shuningdek,
krotalariya begona o‘tlarni bostirishga va zarakunandalarni kamaytirishga yordam
beradi. U tuproqni azotga boyitadi hamda yashil go‘ng sifatida ishlatsa bo‘ladi [4.
Yuqorida keltirilgan ilmiy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki, krotalariya o‘simligi
tuproqning agrokimyoviy xossalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyotlarda
qayd etilganidek, krotalariya ekinini ekish orqali tuproqning unumdorligini barqaror
saqlash va yuqori hosildorlikka erishish mumkin.
Tajribalar 2022-2024 yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish
agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba maydonida olib borilgan.
2023 yilda olingan ma’lumotlarga qaraganda, tadqiqotlar o‘tkazilgan dalaning amal
davri boshida 0-30 sm tuproq qatlamidagi gumus miqdori 0,844%, azot 0,042 %, fosfor
488
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
0,150 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 30-50 sm qatlamda ushbu ko‘rsatgichlar, gumus
0,520%, umumiy azot 0,040%, umumiy fosfor 0,121 % oralig‘ida bo‘ldi. Oziqa
elementlarini amal davri boshidagi harakatchan shakllari bo‘yicha olingan
ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning haydov qatlamida nitratli azot miqdori 17,59
mg/kg ni, haydov osti qatlamida esa 15,20 mg/kg oralig‘ida, harakatchan fosfor miqdori
tegishlicha 9,66 mg/kg va 7,39 mg/kg oralig‘ida bo‘lganligi aniqlangan bo‘lsa,
almashinuvchi kaliy miqdori esa tuproqning 0-30 sm qatlamida 144,0 mg/kg ni, 30-50
sm qatlamida esa 115,5 mg/kg ni tashkil etdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotlar o‘tkazilgan tajriba uchastkasining tipik
bo‘z tuproqlari klassifikasiya bo‘yicha azot va fosfor bilan juda kam va almashinuvchi
kaliy bilan esa kam darajada ta’minlanganligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlarga
qaraganda, tadqiqotlar o‘tkazilgan dalaning 0-30 sm tuproq qatlamidagi gumus miqdori
mavsum boshiga nisbatan mavsum oxirida Crotalaria juncae ni ekish me’yori va
o‘g‘itlash me’yoriga bog‘liq holda taqqoslanganda oziqa elementlarini o‘zlashtirilishi
turlicha bo‘lganligi aniqlandi. Jumladan, gektariga 10 kg dan urug‘ ekilgan
variantlardan nazorat va N
60
P
90
K
60
kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 2-variantda
gumus miqdori tuproqning 0-30 sm qatlamida 0,005% ga, umumiy azot 0,005-0,002 %
ga, umumiy fosfor 0,015-0,007 % ga kamaygan bo‘lsa, N
90
P
135
K
90
kg/ga ma’dan
o‘g‘itlar qo‘llanilgan 3-variantda gumus miqdori 0,001% ga, umumiy azot 0,001 % ga
, umumiy fosfor 0,006 % ga kamayganligi kuzatildi. Xuddi shu ekish me’yorida N
120
P
180
K
120
kg/ga
ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 4-variantda esa aksincha amal davri
boshiga nisbatan gumus miqdori 0,002 % ga ko‘paygan, umumiy azot miqdori
o‘zgarmagan, umumiy fosfor miqdori 0,004 % ga kamayganligi kuzatildi. Gektariga 14
kg dan urug‘ ekilgan variantlarda esa gumus miqdori tuproqning 0-30 sm qatlamida
nazorat variantida amal davri boshiga nisbatan 0,001 % ga, umumiy azot miqdori 0,004
% ga, umumiy fosfor 0,015 % ga kamayganligi kuzatilgan bo‘lsa, N
60
P
90
K
60
kg/ga
ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 6-variantda gumus 0,001 % ga umumiy azot 0,003 % ga
ko‘paygan bo‘lsa, umumiy fosfor 0,006 % ga kamayganligi kuzatildi.
Tajribaning 7-variantida gumus 0,003 % ga, umumiy azot 0,005 % ga ko‘paygan
bo‘lsa, umumiy fosfor 0,002 % ga kamayganligi, 8-variantda gumus miqdori
tegishlicha 0,005 % ga, umumiy azot 0,006 % ga ko‘payganligi, umumiy fosfor miqdori
esa 0,002 % ga kamayganligi aniqlandi. Gektariga 18 kgdan urug‘ ekilgan variantlarda
489
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
gumus miqdori 0,003-0,008 % ga, umumiy azot 0,007 % gacha ko‘payganligi, fosfor
0,001-0,004 % oralig‘ida kamayganligi aniqlandi.
Oziqa elementlarining harakatchan shakllari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga
ko‘ra, amal davri oxirida nitratli azot, harakatchan fosfor va almashnuvchi kaliy
shakllarini tuproqning haydov (0-30 sm) va haydov osti qatlamida amal davri boshiga
nisbatan kamayganligi aniqlandi. Tuproqni haydov qatlamida (0-30 sm) ekish me’yori
turlicha bo‘lgan (10, 14, 18 kg/ga) o‘g‘it qo‘llanilmagan, nazorat 1-variantda nitratli
azot 1,15 mg/kg ga, 5-variantda 1,06 mg/kg ga, 9-variantda 1,11 mg/kg ga amal davri
boshiga nisbatan kamayganligi aniqlandi. Ma’dan o‘g‘itlarni N
60
P
90
K
60
kg/ga me’yori
qo‘llanilgan 2, 6, 10-variantlarda mos ravishda nitratli azot miqdori 0,72-0,79 mg/kg
ga, N
90
P
135
K
90
kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan
-jadval
Ekish va ma’dan o‘g‘it me’yorlarining tuproqdagi oziqa moddalar
miqdoriga ta’siri, %. (2023 y)
var
Tupro
q qatlamlari,
sm
Umumiy shakli,
%
Harakatchan shakli,
mg/kg
Гумус
N
P
N-NO
3
Р
2
О
5
К
2
О
Amal davri boshida
0-30
0,844
0,042
0,150
17,59
9,66
144,0
30-50
0,520
0,040
0,126
15,20
7,40
115,5
Amal davri oxirida
0-30
0,839
0,037
0,135
16,44
9,03
136,1
30-50
0,516
0,036
0,119
14,69
7,14
112,4
0-30
0,839
0,040
0,143
16,80
9,32
142,5
30-50
0,521
0,039
0,123
15,73
7,31
112,1
0-30
0,843
0,041
0,144
16,96
9,41
143,2
30-50
0,524
0,039
0,113
15,79
7,30
110,7
0-30
0,846
0,042
0,146
16,85
9,45
143,0
30-50
0,524
0,038
0,123
15,74
7,27
110,0
0-30
0,843
0,038
0,135
16,53
9,08
136,8
490
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
30-50
0,517
0,037
0,120
14,74
7,16
112,6
0-30
0,845
0,045
0,144
16,87
9,26
141,0
30-50
0,523
0,038
0,123
15,74
7,26
113,6
0-30
0,847
0,047
0,148
16,03
9,22
142,6
30-50
0,523
0,039
0,123
15,82
7,21
109,7
0-30
0,849
0,048
0,148
16,92
9,23
141,6
30-50
0,526
0,040
0,127
14,77
7,20
109,7
0-30
0,847
0,038
0,146
16,48
9,05
136,4
30-50
0,518
0,037
0,127
15,39
7,13
112,4
0
0-30
0,849
0,048
0,147
16,83
9,14
140,4
30-50
0,523
0,039
0,126
15,74
7,21
110,7
1
0-30
0,851
0,049
0,149
16,99
9,43
140,1
30-50
0,525
0,039
0,126
15,80
7,48
108,2
2
0-30
0,852
0,048
0,150
16,89
9,37
139,6
30-50
0,525
0,040
0,125
15,76
7,46
109,1
3, 7, 11-variantlarda 0,63-1,56 mg/kg ga, N
120
P
180
K
120
kg/ga ma’dan o‘g‘itlar
qo‘llanilgan 4, 8, 12-variantlarda esa 0,67-0,74 mg/kg ga kamayganligi aniqlandi. Bir
xil me’yor qo‘llanilgan, lekin o‘g‘it me’yori turlicha bo‘lgan variantlarni
solishtiradigan bo‘lsak, gektariga 18 kg urug‘ ekilgan variantlardan ma’dan o‘g‘itlarni
N
90
P
135
K
90
kg/ga me’yori qo‘llanilgan 11- variantda yuqori natija kuzatilib, bu amal
davri boshiga nisbatan 0,6 mg/kg ga kam ekanligi aniqlandi va xuddi shu qonuniyat
boshqa ekish me’yorlarida xam kuzatildi.
Amal davri oxirida harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori amal
davri boshiga nisbatan kamayganligi kuzatildi. Ekish me’yori 10, 14, 18 kg/ga bo‘lib,
o‘g‘it qo‘llanilmagan 1, 5, 9-variantlarda harakatchan fosfor miqdori 0,58-0,63 mg/kg,
almashinuvchi kaliy 7,2-7,9 mg/kg, N
60
P
90
K
60
kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 2,
491
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
6, 10-variantlarda harakatchan fosfor miqdori 0,34-0,52 mg/kg, almashinuvchi kaliy
esa 1,5-3,6 mg/kg ga, N
90
P
135
K
90
kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 3, 7, 11-
variantlarda harakatchan fosfor 0,25-0,53 mg/kg ga, almashinuvchi kaliy 0,8-3,9 mg/kg
ga, N
120
P
180
K
120
kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 4, 8, 12-variantlarda harakatchan
fosfor miqdori 0,21-0,44 mg/kg, almashinuvchi kaliy 1-4,4 mg/kg ga kamayganligi
aniqlandi.
Crotalaria juncea o‘simligi tuproqdagi umumiy fosfor miqdorini kamaytirishini
o‘simlik o‘suv davrida ko‘proq ushbu unsurni o‘zlashtirishi bilan izohlashimiz
mumkin.
Xulosa.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki,
tuproqning haydov va haydov osti qatlamlarida amal davri oxirida amal davri boshiga
nisbatan tuproqdagi gumus va azot miqdori ma’dan o‘g‘itlar yuqori me’yorda
qo‘llanilishi va ekish me’yorini oshirilishi bilan ko‘paygan bo‘lsa, umumiy fosfor
miqdori barcha variantlarda kamaydi. Shuningdek, amal davri boshiga nisbatan nitratli
azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari kamaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Chaudhury D.P., Singh, Hazra S.K. Sunnhemp (Crotalaria juncea, L). Central
research institute for jute & allied fibres (icar) barrackpore 743, \Bengal, -India. 1976-
78. -P.1-36.
2.
Clark A. Editor . Sunn hemp: Crotalaria juncea. In: Managing cover crops
profitably. //Sustainable Agriculture Research and Education, College Park, MD.
2012, 6 June. -P.9-22.
3.
Duarte J., Coelho F. Green fertilizers and their effects on the yield of
sugarcane in no-till system. //Brazilian Agricultural Research. 2008. Volume 67. -
P.723-732.
4.
Koon-hui W., Sipes B.S., Schmitt D.P. Crotalaria as a cover crop for nematode
management: a review. //Nematropica. 2002. Volume 32(1). -P.35-57.
5.
Robert J., Kristal M., Shelby J., Rodney N., James T., Bowers K., Miller N,
Stephen D., Jesusa C., John K. Documenting Potential Sunn Hemp (Crotalaria juncea
L.) (Fabaceae) Pollinators in Florida. //Environmental Entomology. 2019. Volume
48(2). -P.343-350
492
