Authors

  • Pardayeva Ashirgul Botirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.110211

Keywords:

: raqamli texnologiyalar ta’lim sog‘liqni saqlash internet innovatsiya Raqamli iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) iqtisodiy o‘sish xizmat ko‘rsatish sohasi korrupsiyaga qarshi kurash kadrlar tayyorlash samaradorlik O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi va korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli yoritilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasida axborot texnologiyalari kundalik vazifalarni soddalashtirishi orqali samaradorlikni oshiradi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

210

RAQAMLI TEXNOLOGIYANING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI

Pardayeva Ashirgul Botirovna

Anotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri,

mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi va korrupsiyaga
qarshi kurashdagi roli yoritilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasida axborot texnologiyalari
kundalik vazifalarni soddalashtirishi orqali samaradorlikni oshiradi. Raqamli iqtisodiyot
dunyo miqyosida yangi yo‘nalish bo‘lib, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu borada
sezilarli yutuqlarga erishmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida
mamlakat raqamli iqtisodiyot sari jadal qadamlar tashlamoqda. Shu bilan birga, malakali
kadrlar tayyorlash va o‘quv adabiyotlarining yetishmasligi kabi muammolar mavjud.
Muallif raqamli texnologiyalarni oqilona va samarali foydalanish lozimligini, ular
yordamida innovatsion iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, internet, innovatsiya,

Raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT),
iqtisodiy o‘sish, xizmat ko‘rsatish sohasi, korrupsiyaga qarshi kurash, kadrlar tayyorlash,
samaradorlik, O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.
Har kuni ertalab uygʻonganimizdan boshlab, kechqurun uxlagunimizcha, bu
texnologiyalar bizni oʻrab oladi. Ular orqali biz bilim olamiz, doʻstlarimiz bilan
bogʻlanamiz, xarid qilamiz, hatto oʻqituvchilar bilan masofadan turib muloqot
qilamiz.Raqamli texnologiyalar keng ko‘lamli bo‘lib, kompyuterlar, internet, mobil
telefonlar, planshetlar, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash tizimlari va boshqa ko‘plab
vositalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ular inson hayotining har bir jabhasida faol
qo‘llanilmoqda. Masalan, uyda o‘tirib turib onlayn xarid qilish, ish joyidan masofadan
ishlash yoki onlayn ta’lim olish — bularning barchasi raqamli texnologiyalar yordamida
amalga oshadi. Ta’limda raqamli texnologiyalar – o‘quv jarayonini sezilarli darajada
yaxshiladi. Endilikda o‘quvchilar darsliklarni elektron shaklda o‘qiy oladi, videodarslar


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

211

yordamida murakkab mavzularni tushunish osonlashadi. Masofadan ta’lim tizimi orqali
esa mamlakatning chekka hududlaridagi o‘quvchilar ham sifatli ta’lim olish imkoniyatiga
ega bo‘lishmoqda. Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun elektron baholash tizimlari,
onlayn testlar, darslarni rejalashtirish uchun maxsus dasturlar mavjud. Tibbiyotda raqamli
texnologiyalar – Elektron tibbiy kartalar bemorlarning barcha ma’lumotlarini bir joyda
saqlashga yordam beradi. Telemeditsina orqali odamlar masofadan shifokor bilan
maslahatlashadi, bu ayniqsa qishloq joylarida juda muhim.

Shuningdek, zamonaviy diagnostika uskunalari, sun’iy intellekt yordamida
kasalliklarni aniqlash va davolash samaradorligini oshirish mumkin. Internet va ijtimoiy
tarmoqlar – odamlar orasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqdi. Bugun telefon,
elektron pochta, messenjerlar yordamida butun dunyo bilan bog‘lanish mumkin. Bu
nafaqat do‘stlar bilan muloqot qilish, balki ishbilarmonlik, yangiliklar olish, madaniy
almashinuv imkonini beradi. Ammo, bu sohada ham xavfsizlik masalalariga e’tibor berish
zarur, chunki shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘riligi va kiberhujumlar ko‘paymoqda.Raqamli
texnologiyalar ham kundalik hayotimizda koʻplab qulayliklar yaratdi. Masalan, Click
yoki Paymeda telefon orqali toʻlov qilish,oziq ovqat buyurtma berish,telefon orqali
Yandex taxilarini chaqirish, bankdagi hisobni boshqarish- bularning barchasi
texnologiyalar yordamida amalga oshmoqda. Bularning barchasi vaqtni tejash va
samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Salbiy jihatlar – raqamli texnologiyalardan
ortiqcha foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p vaqtni ekran qarshisida
o‘tkazish ko‘zlar charchashi, uxlash buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya kabi muammolarni
keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, onlayn makonda yolg‘on axborot tarqalishi,
kiberhujumlar xavfi mavjud. Shu sababli, raqamli madaniyatni rivojlantirish, xavfsiz
foydalanish qoidalarini o‘rgatish juda muhim.Ma’lumot uchun artificial intelligence,
ya’ni, sun’iy aql- informatikaning alohida sohasi bo’lib, kompyuter yoki mashinaning
inson ongidagi imkoniyatlarga taqlid qilishi, codda qilib aytganda, sun’iy aql
kompyuterlarni odam kabi o’ylash va yechim topishga yo’naltirilgan texnologiya
hisoblanadi. Big Data — salmoqli ma’lumot atamasi kuniga 100 gigabaytdan ko’p
ma’lumot tushadigan oqimlarga nisbatan qoʻllanib kelingan.Raqamli texnologiyalar
nafaqat davlat va jamiyat Boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada odamlarga
katta qulayliklar yaratadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

212

Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o’sishiga zamin yaratadi:
mahsulot Va xizmatlar sifatini oshiradi, va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir
muhim Afzallik — korrupsiyaga chek qo’yadi.Xizmat ko’rsatish sohasi haqida
gapiradigan bo’lsak, axborot texnologiyalari ko’plab Kundalik vazifalarni hal qiladi,
buning natijasida esa yirik ko’lamdagi amallar tezroq, Arzonroq, qulayroq va o’rtadagi
vositachilarsiz bajariladi.Raqamli iqtisodiyot – dunyo iqtisodiyotida yangi yo’nalish.
Iqtisodiyoti rivojlangan Davlatlar bu yo’nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo’lsa,
boshqalari bu yo’nalishda Ilgarilab borishmoqda.Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2016-
yilda O’zbekiston rahbariyatiga kelishi bilan, Respublikamiz iqtisodiyoti tub
o’zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq,
tan olish kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va Texnologik taraqqiyot sharoitida
O’zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli Iqtisodiyotni rivojlantirmasdan
tasavvur qilish qiyin. Shu sababli, o’z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga
kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli
iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan o’quv va
ilmiy adabiyotlarning etishmasligidir. Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar
zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan. Ular hayotimizni qulay va samarali
qilmoqda. Ammo ulardan oqilona foydalanish, ularga bog‘lanib qolmaslik muhimdir. Har
bir inson, ayniqsa yoshlar, bu texnologiyalarni o‘zini rivojlantirish yo‘lida ishlatishi zarur.
So’nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg’or texnologiyalar va Innovatsiyalarning
ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va Biznes
jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson
Faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an’anaviy
yondashuvlar Va ish uslublari o’zgaradi.

Axborotkommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo Bo’lishi va tarqalishi
global iqtisodiyotga shu qadar ta’sir ko’rsatdiki, yangi bir hodisa – Raqamli iqtisodiyot
paydo bo’ldi.Raqamli iqtisodiyotning o’sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan
bevosita bog’liq Bo’lgan bir qator bozorlarning o’sishi bilan bog’liq. Texnologiyalar
rivojlanishining hozirgi Bosqichida va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli
iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish
vositasi sifatida ko’rib chiqish kerak.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

213

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T.: Ma’naviyat, 2008.

2. Axborot texnologiyalari asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”,

2020.

3. www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali.

4. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi

References

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T.: Ma’naviyat, 2008.

Axborot texnologiyalari asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2020.

www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali.

www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi