ZARMED
UNIVERSITETI
6
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
JADIDCHILIK – MA’RIFAT VA JAMIYAT TAQDIRI
Ergashev Baxtiyar Ergashevich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarixshunoslik va
manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor
Annotatsiya.
Yurtimizdagi islohotchilik harakati murakkab tarixiy yo‘lning
serqirra tomonlarni bosib o‘tdi. XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida mustamlaka tuzum
zamirida xalqimizning ilg‘or ziyoli vatanparvarlari ta’limni isloh qilishda turli
mamlakatlardagi taraqqiyot tajribalarini o‘rgangan holda Turkistonda jadidchilik
harakatiga asos solishdi. Jadidlar ijtimoiy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi sifatida
ta’limni isloh qilish orqali xalqimizni ilg‘or bo‘lishi uchun turlicha qarashlar, g‘oyaviy
to‘qnashuvlar mustamlakachilikka qarshi kurash maydoniga aylandi.
Kalit so‘zlar:
Turkiston, jadidchilik harakati, ma’rifatparvarlik g‘oyasi, ta’lim
islohotlari, “yosh buxoroliklar”, “yosh xivaliklar”, ommaviy matbuot.
Аннотация.
Реформаторское движение в нашей стране прошло сложный
исторический путь со множеством поворотов. Во второй половине XIX – начале XX
века в условиях колониального режима прогрессивные патриоты-интеллектуалы
нашего народа, изучая опыт развития различных стран в деле реформирования
образования, основали в Туркестане движение джадидов. Джадиды, выступавшие
за развитие нашего народа посредством реформы образования как главного
направления социального прогресса, превратили различные взгляды и
идеологические конфликты в арену борьбы с колониализмом.
Ключевые слова:
Туркестан, джадидское движение, просветительские идеи,
образовательные реформы, «молодые бухарцы», «молодые хивинцы», массовая
печать.
Abstract.
The reform movement in our country has gone through a complex
historical path with many twists and turns. In the second half of the 19
th
– early 20
th
centuries, under the colonial regime, progressive patriots and intellectuals of our people,
studying the experience of various countries in the field of educational reform, founded
the Jadid movement in Turkestan. The Jadids, who advocated the development of our
people through educational reform as the main direction of social progress, turned various
views and ideological conflicts into an arena for the fight against colonialism.
Key words:
Turkestan, Jadid movement, educational ideas, educational reforms,
“young Bukharans”, “young Khivans”, mass media.
ZARMED
UNIVERSITETI
7
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximizga boʻlgan e’tibor kuchaydi. Istiqlol
tufayli qaror topgan, hurfikrlik sharoitida haqqoniy tariximizni tiklash va uni xolisona
tahlil etish davr talabiga aylangan, bugungi kunda oshkoralik yuzini koʻrishga va tuhmat
tamgʻalaridan xalos boʻlishga musharraf boʻlgan yaqin oʻtmishimiz – XIX asr oxiri va
XX asrdagi milliy taraqqiyparvarlik harakati boʻlgan – jadidchilik toʻgʻrisida fikr
yuritamiz.
Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati
ma’rifatparvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar boʻlgan murakkab rivojlanish
yoʻlini bosib oʻtdi. Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimoiy-
siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati, xalqning ogʻir
iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda
qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoiy ongdagi turgʻunlik – jadidlarni jahon taraqqiyoti
tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yoʻllarini izlab topishga chorladi.
Jadid» termini «usul-i-jadid» («yangi usul») tushunchasidan iborat boʻlib, gʻarb
namunasidagi yangicha usulda oʻqitishga asoslangan edi. Jadidchilik oʻzidagi qaysi
belgilari bilan favqulodda hodisa edi? Uning fenomeni (noyobligi) nimada? Ularning
jamiyatdagi inqiroz va mutaassiblikni shu darajada aniq koʻrishlariga, diniy, huquqiy va
ahloqiy normalarga amaliy yondashishiga nima yordam berdi? Birinchidan, uning
noyobligi (fenomeni), avvalo, unda gʻoyatda yuqori darajadagi aql-idrokli, ham Sharq,
ham Yevropa madaniyatiga xos bilimlarga ega boʻlgan ziyolilar jamlanganligi bilan
belgilanadi.
Oʻtmishga nazar solib, uni oʻrganib, oʻz davrini tahlil qilgan jadidlar oʻz Vatanining
kelajagi loyihasini tuza bildilar, uning rivojlanish yoʻllarini rejalashtirdilar. Ularning
deyarli barchasi oliy diniy ta’lim olganlari, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy she’riyati, qadimgi
Sharq mutafakkirlarining falsafiy asarlari ruhid tarbiyalanganlari, oʻz bilimlarini chet el
madaniyati, jumladan, ham Sharq, ham Gʻarb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar.
Turkistonda bu harakatning koʻzga koʻringan vakillaridan Mahmudxoʻja Behbudiy,
Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,
Toshpoʻlatbek Norbutayev, Xoji Muin, Abduqodir Shakuriy, Nosirxontoʻra
Kamolxontoʻrayev, Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy, Eshonxoʻja Xonxoʻjayev,
Is’hoqxon Ibrat; Buxoroda – Sadriddin Ayniy, Fayzullo Xoʻjayev, Abdurauf Fitrat, Mussa
Saidjonov, Abdulvohid Burxonov, Usmon Xoʻjayev, Mirkomil Burxonov, Muhitdin
Rafoat, Muhitdin Mansurov, Muxtor Saidjonov, Abduqodir Muhitdinov va boshqalar;
Xivada – Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Xoji Yusupov, Avaz Oʻtar, Husayn
ZARMED
UNIVERSITETI
8
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Matmurodov, Nazar Sholiqorov, Otajon Abdalov, Xudoybergan Devonov, Muhammad
Rasul Mirzo, Matyoqub Pozachi, Otajon Sadayev, Bekjon Raximov, Muhammad
Devonzoda va boshqalar nomlarini alohida tilga olish zarur. Bular nafaqat halq
ommasining ma’rifatli qilishga balki, mustaqillik gʻoyalarini shakllantirishda ham katta
hissa qoʻshdilar.
Jadidchilik asta-sekin rivojlanib borgan. Ma’rifatparvarlik gʻoyasidan boshlangan
bu harakat, keng quloch yozib borgan. Ma’rifatparvarlik bilan birgalikda, jadidlar eski
ijtimoiy va siyosiy tizim taraqqiyotning ilgʻor shakliga oʻzgartirishga intilganlar. Lekin
bu harakatning ikkinchi bosqichi edi. Ma’rifatparvarlik bosqichida, jadidlar oʻzlarining
asosiy vazifasi sifatida yangi tizimdagi ta’limni yaratishni koʻrdilar va bor kuchlarini shu
islohotni amalga oshirishga sarfladilar. Maorif sohasidagi olib borilgan oʻzgarishlar
toʻgʻrisida keyinroq batafsil soʻz yuritamiz.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «Jadidlarning rahbari» deb tan olingan
Mahmudxoʻja Behbudiyning xizmati beqiyos boʻldi. Jadidlar tarkibini yosh jihatdan tahlil
qilish natijasida, jadidlarning Turkistonning boʻlgʻusi davlat qurilishi dasturlarida,
haqiqatan ham, yoshlar dunyoqarashi oʻz aksini topganligiga ishonch hosil qilamiz. 1910
yilda jadidlar safini asosan 19 yoshdan 36 yoshda boʻlgan boʻlsa, keyinchalik yoshlarning
sevimli shoiriga aylangan Choʻlpon, endigina 13 yoshda edi. Ularning hech birlari, siyosiy
ta’qiblar tufayli keksalik yoshigacha yetib yashamaganlar.
Vatanimizdagi bu islohatchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqira yoʻlni
bosib oʻtdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohatlar uchun olib borilgan
harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga
intildi, ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi turli qarashlarning toʻqnashuv maydoni
ham boʻldi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh gʻoyasi, ana shu murakkab
yoʻlda shakllanib yetildiki, bu gʻoyani biz bugungi kunda amalga oshirilayotgan
oʻzgarishlarning gʻoyaviy nishonasi, keng miqyosdagi islohatlarning nasliy asosi sifatida
baholashimiz mumkin.
Markaziy Osiyoda jadidchilik serqirra boʻlib, uning Turkiston, Buxoro, Xiva
jadidchiligiga boʻlish lozim. Xususan Buxoro va Xiva jadidchilik oʻziga xos rivojlanib bu
shu hudud aholisining (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holati bilan bogʻliq edi).
Jadidchilikning asosiy yoʻnalishi boʻlib oqimlaridan biri – Buxoro jadidchiligi boʻlgan.
Buxoro jadidchiligi oʻz xususiyatlari va jamiyatning axloqiy ahvoli bilan bogʻliq edi.
Oʻziga xos tarzda ajralib turadigan va murakkab shaxs boʻlgan Fayzulla Xoʻjayev, uning
maslakdoshlari Buxoro jadidchiligida markaziy oʻrin tutdilar.
Buxoro amirligida jadidlar ikki oqimga – eskicha fikrlaydiganlar va Fitrat
ZARMED
UNIVERSITETI
9
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
boshchiligidagi yoshlarga ajraldi. Natijada, oʻzaro kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan
birlik yuzaga keldi. Bu holat esa kelishib olinmagan harakatlarga sabab boʻldi.
Xiva xonligida ham jadidchilik XX asr boshlarida bir muncha tarixiy sharoitlarda
yuzaga keldi. Xonlikda jadidchilik harakati ikki yoʻnalishda mavjud edi. Uning oʻng
oqimi oʻziga savdo – sanoat korxonalari egalari va yirik mulkdorlarni birlashtirdi. Bu
oqimni Asfandiyorxonning bosh vaziri boʻlgan – Islom Xoʻja boshqargan. Ularning
maqsadi, xonlik hokimiyatini saqlagan holda, ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar oʻtkazgan
holda bozor munosabatlarini rivojlantirish edi. Xiva jadidchiligining chap oqimiga mayda
burjuaziya vakillari, hunarmandlar, ulamolar va aholining oʻrta qatlami kirgan. Bu
oqimning rahbari Xiva xonligi shayxul – islomi, qozi kalon Boboxun Salimov edi. Lekin
Birinchi jahon urushiga qadar Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari
boʻlmagan.
Buxorodagi jadidchilik harakati natijasida «yosh buxoroliklar» partiyasi tuzilgan
boʻlsa, oʻz navbatida Xivada jadidchilikning chap oqimidan «yosh xivaliklar» partiyasi
tuzilib, uni Polvonniyoz Xoji Yusupov (Polyozxoji) boshqaradi. Partiya oʻz dasturiga ega
boʻlib, unga koʻra Xivada konstitutsion monarxiyani oʻrnatib, va unda demokratik
oʻzgarishlarni amalga oshirish lozim edi.
Jadidchilik harakatining eng muhim tomonlaridan biri ma’rifatparvarlik gʻoyalari
bilan bogʻliq boʻlib, bu gʻoyalar oʻqish va oʻqitish usullariga isloh kiritish – yangi usul
maktablarini tashkil etish, oʻquvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va Gʻarb
tillarini oʻrgatish, darsliklar yaratishda, ayniqsa, yorqin koʻrinadi. Ular yangi tashkil
etilgan maorif tizimi orqali shakllanib kelayotgan yoshlarga ijobiy ta’sir koʻrsatishga
intilganlar. Yangi usul maktablari Turkistonda jadid ma’rifatchiligining dastlabki qadami
boʻlishi bilan birga to bu harakat siyosiy tus olguncha, ahamiyatini yoʻqotmadi.
1884 yilda Boxchasaroyda Ismoilbek Gasprinskiy “usuli jadid” maktabini ochgan
boʻlib, bu maktablarda oʻqigan musulmon bolalari oz vaqt ichida dono va savodli, asta-
sekin esa bilimli boʻlib yetishar edi. Uningcha, eng muhimi musulmonlarning eski
tartibdagi yodlab oʻqishlariga asoslangan ruhoniy ilmlarni oʻrganishini isloh etib,
tovushlar asosida oʻzlashtirilgan alifbo bilan oz fursatda xat-savod chiqarishni joriy qilish,
ma’naviy ilmlar qatoriga zamonaga xos dunyoviy ilmlarni qoʻshish, huquq-tartibotlar
asosini egallash, boshlangʻich sinflar uchun alohida oʻqituvchilar tayyorlanishi lozim;
oʻqituvchilar oylik maosh bilan ta’minlanishi lozim; oʻqitish ma’lum bir dastur asosida va
darsliklar vositasida olib borilishi kerakligi va hokazo. Oʻzining bu qarashlarini u 1883
yildan chop etiladigan «Tarjumon» gazetasi orqali targʻib eta boshladi. Bu masalaga keng
doirada ahamiyat berib, «Vatanni sevmoq, menimcha, uning maorifi uchun qaygʻurmoq,
ZARMED
UNIVERSITETI
10
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
unga yordam etmoqdir», - deb aytgan va maktab-maorif haqidagi yangicha nuqtai nazarni
bevosita hayotga tatbiq etish yoʻlida tinimsiz xizmat qilgan. Shu maqsadda «Shirkati
Buxoroi Sharif» Usmonxoʻja va Hamidxoʻjalarni Boxchasaroy va Istambulga yuboradi,
Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov,
Abdulla Avloniy Qozon, Orenburg, Istambulga tashrif buyurdilar. Ular u yerdagi jadid
maktablari tajribasi, matbuot, adabiyot va teatr bilan tanishishni koʻzlagan edilar.
Shunday qilib, Mahmudxoʻja Behbudiy, Gʻozi Olim Yunusov, Abdurauf Fitrat va
boshqalar Istambul va Qohira universitetlarida, Mirmoʻhsin Shermuhammedov,
Moʻminjon Muhammadjonov, Lutfulla Olimi, Shokir Sulaymonlar Ufa va Orenburg
madrasalarida oʻqiganligi haqida ma’lumotlar bor. U yerda ular Ismoilbekbek
Gasprinskiy, Abdurashid Ibrohimov, Fotih Karimi va boshqa ma’rifatparvarlar
faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatlariga ega boʻldilar.
XIX asr oxiri – XX asr boshidan Turkiston va Buxoro jadidlarining buyuk
namoyandalari Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla
Avloniy, Abdulqodir Shakuriy, Hoji Muyin, Soʻfizoda, Siddiqiy-Ajziy, Salohiddin domla
va boshqalar “usuli jadid” maktablarini ochishga, yoshlarni dunyoviy bilimlarni
egallashga, “millat ravnaqi”ga harakat qila boshladilar. Jadidlar yangi usuldagi
maktablarda oʻqigan, ilmli va zamon talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalash
uchun kurashdilar. Bu bilan ularni oʻlkaning ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy
taraqqiyotida muhim oʻrinlarda boʻlishi, Turkistonning ravnaq etishiga salmoqli hissa
qoʻshishlariga ishonganlar. Munavvarqori Abdurashidxonov oʻz oʻquvchilari uchun
darsliklar ham yaratdi. U 1907 yilda “Adibi avval”, “Adibi soniy”, «Yer yuzi”
darsliklarini yaratib, oʻquvchilarning bilim saviyasini oshirishda fidokorona mehnat qildi.
Bu darsliklar 1901-1917 yillar oraligʻida eng kami 2-3, koʻpi bilan 9-10 martagacha
alohida-alohida holda nashr etilgan. 1905 yilda Behbudiy yangi usul maktabini
Samarqandning “Kaftarxona” qishlogʻida ochdi. Bu maktabda 40 ga yaqin oʻquvchi
oʻqitilgan. Oddiy maktablarda 3-4 yil ichida oʻrganiladigan bilimlarni bu yangi maktabda
oʻquvchilar bir yil ichida oʻzlashtirib olardilar. Bunday dalillar esa jadidlar tomonidan
ochilayotgan yangi usul maktablari obroʻyining yanada oshayotganligini koʻrsatardi.
Jadidchilik harakati shunday ogʻir sharoitda, hayotiy zaminda shakllana bordi,
jamiyatning yosh, ilgʻor, eng taraqqiyparvar qatlamlarini eski konservativ tartibotlariga,
chor hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash jarayonida voyaga yetkaza
boshladi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy jihatdan oʻsishini ta’minladi.
Jadidlar oʻz faoliyatlarida ma’rifatparvarlik bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-
siyosiy gʻoyalarni ham ilgari surdilar. Ularning vazifasi Turkistonni chor hukumati
ZARMED
UNIVERSITETI
11
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
mustamlakachiligidan ozod etish edi. Oʻzlarining gʻoyalari, maqsadlari, vazifalarini
targʻib etish yoʻlida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Fargʻona, Andijon
shaharlarida gazeta va jurnallar chiqara boshlaganlar. Munavvarqori Abdurashidxonov
boshchiligida 1906 yilning sentyabrida Toshkentda “Xurshid” gazetasi chiqarila
boshlandi. Bu gazeta oʻsha davrdagi Turkistonning hayoti va mahalliy xalqlarining
yashashlari toʻgʻrisida, chor hukumatining olib borayotgan mustamlakachilik siyosatini
tanqidiy tomondan yoritib berardi. Natijada, bu gazeta hukumat tomonidan qattiq siquv
ostiga olinib, Munavvarqori Abdurashidxonov “Xurshid” gazetasi muharrirligidan
boʻshatilib, oʻrniga Abdulla Avloniy tayinlandi.
1907 yilda esa Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida
Toshkentda jadidlarning “Shuhrat” gazetasi chiqarildi. Haftada bir marta chiqadigan bu
gazetada jadidlardan Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori
Abdurashidxonov, Mulla Qoʻshoq, Tursunxoʻja Hamidxoʻja oʻgʻli va boshqalar oʻz
maqola va she’rlari bilan ishtiroq etganlar. Bu gazeta eskilikka, haqsizlikka, zulm-
zoʻrlikka qarshi kurash boshladi va A.Avloniy ta’rif berganidek, «bir yoqdan ilmiy islohot
uchun mafkura hozirlagʻon boʻlsa, ikkinchi yoqdan el orasigʻa oʻzgarish tuxmini sochdi».
Abdurashidxonov “Sadoi Turkiston”da (1914-1915 yy.) boʻlim muharriri, “Najot”
(1917), “Kengash” (1917), “Hurriyat” (1917), “Osiyo”, “Sur’at”, “Haqiqat”, “Turon»da
bosh muharrir boʻlib ishlagan vaqtlarida ham xalq taraqqiyotiga halaqit berayotgan
jarayonlarni, zararli urf-odatlarni roʻyi-rost ochib tashladi. Mahmudxoʻja Behbudiy ham
oʻsha davrdagi vaqtli matbuot sahifalarida Turkistondagi zulm va mahalliy istibdodga
qarshi erk va ma’rifat, madaniyat, milliy ozodlik va adolat uchun kurash gʻoyalarini
targʻib etuvchi maqolalari bilan chiqishlar qilgan va bu kurashda hamma jadidlarni
birlashishga chaqirgan. Uning publisistik chiqishlari 1917 yilga qadar Turkistonda
Behbudiydan oldin turadigan ikkinchi bir kishining yoʻqligini koʻrsatdi. Shuning uchun
ham davlat va jamoat arbobi F.Xoʻjayev “oʻsha davrdagi Turkiston jadidlari orasida ham
siyosiy, ham ijtimoiy faoliyat va bilimi kengligi jihatdan Mahmudxoʻja Behbudiyga teng
keladigani topilmasa kerak”, - deb yozgan edi.
Jadidchilik harakatining dargʻasi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy
1875-yilning 19-yanvarida Samarqandda ruhoniy oilasida tugʻildi.
Togʻasi Muhammad Siddiq yordamida xat-savod chiqaradi. Eski maktab-
madrasada oʻqiydi. Arab tilini oʻrganadi. Qozixonalarda mirzalik, qozilik vazifalarida
ishlaydi. 1893-1900-yillarda Makkaga haj safariga boradi.
1903-1904-yillarda Moskva, Peterburg, keyinroq Qozon, Ufa shaharlariga boradi.
1914-yilda Arabiston, Misr, Turkiya kabi bir qator mamlakatlarda boʻladi.
ZARMED
UNIVERSITETI
12
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
U oʻz davrining yirik islomshunoslaridan biri, muftilik rutbasiga erishgan zot edi.
Behbudiy shu bilan birga hamisha bid’atga qarshi kurash olib bordi va oʻz asarlarida dinni
toʻgʻri tushunishga va targʻib etishga da’vat etdi.
Vaqtli matbuot sahifalarida zamonasining dolzarb mavzulariga bagʻishlangan
ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-adabiy maqolalari bilan faol ishtirok etadi. Uning 10-yillar
Turkiston matbuotida 300 dan ortiq maqolalari e’lon qilingani ma’lum. Ushbu
maqolalarning markazida maktab, maorif, madaniyat, ma’rifatparvarlik gʻoyalarining
targʻiboti turadi.
1913-yilda u Samarqandda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini tashkil
etadi. Har ikkala nashrming asosini ma’rifat-madaniyat, millat va ozodlik gʻoyalari tashkil
qiladi. U 1911-yili «Padarkush» dramasini yaratdi.
Behbudiy yangi usuldagi maktablarning ilk targʻibotchi va asoschilaridan biri
shuningdek, ana shu maktablar uchun darsliklar ham yaratgan yirik ma’rifatparvardir.
Behbudiy 1917-yilgi fevral va oktabr voqealaridan keyin Turkistonning mustaqil,
ozod boʻlishi uchun tinmay kurashdi va shu yoʻlda oʻz jonini fido qildi. U Turkistonning
milliy davlat qurilishi masalasini oʻrtaga tashladi. Oʻz xalqi taraqqiyotini nafaqat
ma’rifatda, balki uning siyosiy maqomining keskin oʻzgarishida, oʻz mustaqilligini qoʻlga
kiritishida deb bildi. Uning Haq olinur, berilmas!» degan soʻzlari jadidlarning shioriga
aylandi. U Turkiston Muxtoriyatini olqishladi. Uning hukumatiga a’zo sifatida saylandi.
Turkiston Muxtoriyati qonga botirilgandan soʻng u siyosatdan bosh tortdi va
Samarqandda maorif boʻlimi mudiri boʻlib ishladi. Lekin mustaqillik umidlaridan voz
kechmadi. Sovetlar hukumatining qirgʻinlari, adolatsizliklari avjiga kelganda, bu holni
jahonga ma’lum qilish uchun yoʻlga otlangan Behbudiy Buxoro amiri tomonidan hibsga
olinib, 1919-yilning bahorida Qarshi shahrida qatl etiladi. M.Behbudiy qabrining
qayerdaligi noma’lum.
Jadidlar oʻz asarlarida asosan Turkiston va Buxorodagi mavjud urf-odatlar, eski
madrasa ta’limi, xurofot va jaholatni, mahalliy boylarning savodsizligini tanqid ostiga
oldilar. Ular oʻlkani madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikdan qutqarish uchun
dunyoviy va diniy ilmlarni oʻrganuvchi yoshlar kerakligini oʻqtirdilar. Bunday yoshlar
rivojlangan mamlakatlarning shaharlari Moskva, Sankt-Peterburg, Istambul, Berlin,
London, Parij oliy maktab va madrasalarida ta’lim-tarbiya, savod va ma’rifat olganligi,
ularning Turkistonga kerakligini ommaga targʻib qildilar. Jadidlarning bu gʻoyaviy
qarashlari shu davrdagi qator maqola va asarlarda, ayniqsa, Mahmudxoʻja Behbudiyning
“Padarkush” (“Otasini oʻldiruvchi”) (1911) pyesasida ziyolining savodsiz boyga oʻgʻlini
diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor qilish zarurligi borasida bergan nasihatlarida ochiq-
ZARMED
UNIVERSITETI
13
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
oydin koʻrinadi. Kundan kunga bu gazeta va jurnallarning soni koʻpaya bordi. 1917 yilgi
fevral inqilobiga qadar “Taraqqiy” (1906), “Xurshid” (1907), “Tujjor” (1907), “Shuhrat”
(1907), “Osiyo” (1908), “Samarqand” (1913), “Sadoi Turkiston” (1914), “Sadoi
Fargʻona” (1914) gazetalari, “Oyna” (1914), “Al-isloh” (1915) jurnallari xalq ommasi
orasida keng tarqaldi. Manbalar guvohlik berishicha, jadid gazetalari mahalliy xalqni
madaniyat va ma’rifatga chorlagan. Bu gazetalar asta-sekin boʻlsa-da, barcha eskirgan
aqidalarga qarshi mahalliy xalqning koʻzini ochishga harakat qildi.
Turkistonda ma’rifatchilik Ovroʻpo ma’rifatchiligidan farqli oʻlaroq ikki asosiy
yoʻnalishda kechdi. Agar Ovroʻpo ma’rifatchiligi ilgʻor qarashlar mahsuli boʻlib
maydonga chiqqan boʻlsa, Sharq ma’rifatchiligi unga yonma-yon antikolonial kayfiyatni
ham ifoda etdi. Mohiyatan ilgʻor va antikolonial negizga ega boʻlgan ma’rifatchilik ilk
pallalarda, asosan qoloq tartibotlarga qarshi kurash xususiyatini namoyon qildi. Chunki
mustamlaka hukmronligiga qarshi quruq diniy ehtiroslar va faqat xususiy fidoyilik bilan
kurashish mumkin emasligi qator stixiyali qoʻzgʻolon va isyonlarning achchiq
tajribasidan, qolaversa, jahon tarixi saboqlaridan yaxshi ma’lum edi. Shu bois, avvalo
ijtimoiy-milliy ong shakllanmogʻi uchun eng katta toʻsiq boʻlib turgan diniy mutaassiblik,
jaholat, qoloq turmush tarzi, iqtisod, madaniyat va ma’naviyatning zaharli koʻrinishlariga
qarshi kurash joriy maqsadga aylandi. Oʻquv jarayoni, diniy hamda boshqa mafkuraviy
institutlarni isloh qilish harakati keng miqyos kasb etdi.
Yangi davr oʻzbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan bin, bolalar adabiyoti,
oʻzbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, oʻzbek milliy pedagogikasining tamal
toshini qoʻygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir ( 1878-1934).
Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi
Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng
shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada
oʻz davrining savodxon, ma’rifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida
oʻlkamizda avj olgan Jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini
savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish,
farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda
faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U
mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usuli jadid» maktablari uchun toʻrt qismdan
iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim»,
«Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi.
Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi.
«Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.
ZARMED
UNIVERSITETI
14
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Abdulla Avloniy oʻzbek teatrining taraqqiyotida ham alohida xizmat koʻrsatdi. Uning
«Turon» truppasi (1913) oʻlkamizda tashkil etilgan birinchi professional teatr truppasi edi.
Adib dramaturgiyada ham unumli faoliyat olib bordi. Tatar, ozarbayjon dramaturglarining
asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi, oʻzi ham «Pinak», «Advokatlik osonmi», «Biz va
siz» nomli pyesalar yozib, sahnaga qoʻydi.
Fevral va oktabr voqealaridan soʻng Avloniy «Turon» nomli gazeta nashr etib, unda
ilgʻor qarashlarni ilgari surdi.
1919-1920-yillarda Afgʻoniston elchixonasida bosh konsul vazifasida ishladi.
Xizmatdan qaytgach, ma’rifatparvarlik faoliyatini davom ettirdi. Harbiy oʻquv yurtida,
Oʻrta Osiyo davlat universitetida Oʻzbek tili va adabiyotidan dars berdi, professor
darajasiga koʻtarildi. Ma’rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi
Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkina
qabristoniga dafn etilgan.
Adib, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori
Abdurashidxon oʻgʻli 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi
Darxon mahallasida mudarris oilasida tugʻildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida
oʻqidi, soʻngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida
imomlik vazifasini bajaradi.
Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab Jadidchilik harakatlarida faol ishtirok
eta boshladi. 1901-yilda oʻz hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid
maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda «Adibi avval», «Adibi soniy1’
darsliklarini yaratadi. «Tajvid al-Qur’on», «Yer yuzi» singari qoʻllanmalarni tuzib, nashr
etadi. Bolalar uchun qator she’riy va nasriy hikoyalar yozadi.
U 1909-yili Toslikentda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tuzadi va «Turon» nomli
jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906-yilda dastlabki oʻzbek matbuoti namunalaridan
biri «Xurshid» gazetasini nashr etdi. Keyinchalik «Najot», «Kengash» gazetalarida bosh
muharrir, «Sadoyi Turkiston»da esa boʻlim muharriri boʻlib xizmat qiladi.
Munavvar qori 1917-yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda demokratik milliy
davlatchilikni tuzish gʻoyasini ilgari surdi. U Qoʻqonda tashkil topgan Turkiston
Muxtoriyatini qoʻllab-quvvatladi.
Shoʻro davrida u oʻzining ochiq ma’rifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini
davom ettirdi. 1918-yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori
etib saylanadi. uning sa’y-harakati bilan 1918-yil 2-iyunda dorilmuallimin ish boshlaydi.
U 1918 yilda «Turk oʻchogʻi» ilmiy-ma’rifiy jamiyatini tashkil qiladi.
Munavvar qori 20-yillarda oʻzbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini
ZARMED
UNIVERSITETI
15
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
oʻz oldiga qoʻygan «Milliy ittihod» va «Milliy istiqlol» yashirin tashkilotlariga rahbarlik
qilgan.
20-yillarning oʻrtalarida milliy ziyolilarni ta’qib qilish kuchayishi natijasida
Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatagʻon ham
Munavvar qori Abdurashidxon oʻgʻlini istiqlol gʻoyalaridan qaytara olmadi.
U 1929-yilda qamoqqa olinadi va 1931-yilda otib oʻldiriladi. Uning xoki
Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir.
Davlat, jamoat va siyosat arbobi, Turkistonning yirik sarmoyadorlaridan biri.
Obidjon Abdulxoliq oʻgʻli Mahmudov Fargʻona taraqqiyparvarlarining peshqadam
vakilidir. U Peterburg universitetini tamomlagan, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan
birinchi togʻ-kon muhandisi edi.
Uning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1914-yili Qoʻqonda bosmaxona
tashkil qilinadi va Fargʻona jadidlarining «Sadoyi Fargʻona» gazetasi nashr etila
boshlaydi. Mazkur bosmaxonada «Sadoyi Fargʻona» bilan birga rus tilida «Ferganskoye
exo» gazetasi ham nashr etiladi. «Sadoyi Fargʻona» gazetasi nafaqat Turkistonda, balki
Rossiya musulmonlari orasida ham mashhur boʻlgan.
Obidjon Mahmudov jadid matbuotida dolzarb maqolalari bilan qatnashib, ma’rifat,
ozodlik, hurlik gʻoyalarini targʻib etishga, xalqning ongini, saviyasini koʻtarishga intildi.
O.Mahmudov Turkistonning mustaqil respublika boʻlishi tarafdori va bunga
yetishish uchun faol harakat qilgan jadidlardan biri edi.
1917-yilda Turkiston Muxtoriyati hukumati tashkil etilgach, O.Mahmudov Oziq-
ovqat noziri vazifasiga saylanadi. Oradan koʻp oʻtmay, 1918-yil fevral oyida Turkiston
Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan zoʻrlik bilan agʻdariladi. Shundan soʻng jadidlarning
bir qismi oʻz gʻoya va maqsadlarini sovet hokimiyati idoralariga joylashgan holda amalga
oshirmoqchi boʻladilar. O.Mahmudov ham shu kezlarda sovet davlati idoralarida xizmat
qilib, millatparvarlik, taraqqiyparvarlik faoliyatini davom ettirdi.
Atoqli ma’rifatparvar Obidjon Mahmudov 1936-yilning 21-noyabrida vafot etdi.
Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875-yilda Samarqandning
Rajabamin qishlogʻida bogʻbon oilasida tugʻildi.
Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi
madrasaga oʻqishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari
va oʻqitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda oʻz xalqining bolalari
uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo boʻladi.
Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida koʻrgan va oʻzi orzu qilgan yangi
oʻqitish usullari Rossiyaning turli joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham
ZARMED
UNIVERSITETI
16
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
mavjudligini gazetalardan bilib oladi.
Shakuriy doʻstlari yordamida Qoʻqon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi
oʻqitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, oʻz qisblogʻi Rajabaminda
1901-yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, oʻrta Osiyodagi boshqa
ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Shakuriy faqat oʻqituvchilik qilish bilangina cheklanib qolraagaa, u oʻz maktabi
uchun darsiiklar yozib, ularni oʻz mablagʻIari hisobiga nashr qildirgan. Masalan. uning
«Rahnamoyi savod» («Savod chiqarish qoʻllanmasi») deb atalgan kitobi shu tariqa chop
etilgan. Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda
oʻzi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik oʻgʻil va qiz bolalar guruhini
hirlashtirib oʻqita boshlagan.
1921-yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni
tarbiyalash, oʻqitishga katta gʻayrat bilan kirishdi. koʻp yillar davomida shu maktabning
mudiri hamda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi vazifalarida ishladi.
1925-yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi oʻz mablagʻlari
hisobiga toʻrt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi. Abduqodir Shakuriy 1943-yilda
vafot etadi.
Is’hoqxon Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk
oʻzbek matbaatchilaridan boʻlib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi Toʻraqoʻrgʻon
qishlogʻida tugʻilgan.
Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq
Qoʻqonga borib madrasaga oʻqishga kiradi.
Ishoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, Toʻraqoʻrgʻonga qaytib keladi. U oʻz
faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. oʻsha yili eski
mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.
Ishoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. Soʻng u Sharq mamlakatlari
boʻylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina, Rim kabi
markaziy shaharlarida boʻldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va
Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda koʻp ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va
ingliz tillarini mukammal oʻrgandi. U 1896-yilda oʻz vataniga qaytib keldi. 1901-yilda
«Lugʻati sitta-alsina» asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lugʻat jadid maktablarida sharq
va rus tillarini oʻrganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi.
Ishoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bagʻishlangan «Tome ul-xutut»
(«Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va oʻz matbaasi «Matbaayi Is’hoqiya»da
ZARMED
UNIVERSITETI
17
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
bosmadan chiqardi.
Ibrat chin qalbdan oʻz xalqining ilmli, ma’rifatli boʻlishini istadi. Keyingi 20-yil
ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi
boʻlmish «Devoni Ibrat» she’rlar toʻplamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi
Fargʻona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlarini yaratdi.
Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali oʻtdi.
1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75
yoshli keksa shoir va ma’rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi.
Ishoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma’lum.
Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilshunos, lugʻatshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist
va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining koʻzga koʻringan namoyandalaridan
biri Ashurali Zohiriy 1885-yili Qoʻqonda tugʻilgan. U dastlab Qoʻqondagi Madalixon
madrasasida tahsil koʻradi, arab va fors tillarini puxta egallaydi, oʻzbek va fors-tojik
mumtoz adabiyotini oʻrganadi. Har tomonlama bilim sohibi boʻlgan A.Zohiriy 1907-
yildan boshlab rus-tuzem maktabida, shuningdek, jadid maktabida oʻzbek tili va
adabiyotidan dars beradi. 1912-1919-yillarda esa pedagogik faoliyat bilan birga jurnalist
sifatida ham qizgʻin ish olib boradi. 1917-1918-yillarda Turkiston Muxtoriyati
hukumatining barpo etilishi A.Zohiriy faoliyatiga yangicha yoʻnalish bagʻishlaydi. U «El
bayrogʻi» gazetasiga muharrirlik qilib, Muxtoriyat gʻoyalarining keng xalq ommasi
oʻrtasida tarqalishiga munosib hissa qoʻshadi.
A.Zohiriy faoliyatining 1917-yildan keyingi asosiy yoʻnalishi ma’rifatparvarlik
bilan bogʻliq. U Qoʻqondagi birinchi dorilmualliminning tashkilotchisi va dastlabki
zamonaviy maktablarning muallimi sifatida Fargʻona vodiysi uchun koʻplab
oʻqituvchilarni yetishtirib berdi. U asos solgan dorilmuallimin keyinchalik pedagogik
texnikumga aylantirildi. 1930-yili esa shu texnikum bazasida Fargʻona davlat pedagogika
instituti tashkil etildi.
A.Zohiriy erkparvar gʻoyalari uchun 1929-yil noyabrida hibsga olinib, oʻn yil
muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoq muddatini tugatgach, alloma yana sevimli
kasbi ma’rifatparvarlik bilan shugʻullanadi. Ammo 1937-yilda qatagʻon boʻroni avj
olgach, u yana qamoqqa olinib, oʻsha yilining 4-dekabrida otib tashlanadi. A.Zohiriy
qabrining qayerdaligi noma’lum.
Toʻlagan Xoʻjamyorov - Tavallo XX asr boshlari Toshkent adabiy muhitining
koʻzga koʻringan namoyandalaridan edi.
U 1882-yili Toshkentning Koʻkcha dahasida ziyoli oilada tugʻildi. Avval eski
maktabda, soʻng Beklarbegi madrasasida tahsil oldi. Beklarbegi madrasasi bu davrlarda
ZARMED
UNIVERSITETI
18
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Toshkent adabiy hayotining markazlaridan biri edi. Tavallo shu yerda Karimbek Kamiy,
Miskin, Xislat, Yusuf Saryomiy kabi zamonasining atoqli shoirlari bilan tanishadi.
Ayniqsa, Yusuf Saryomiy bilan yaqin aloqaga kirishib, uni oʻzining piri, ustozi sifatida
e’tirof etadi. «Tavallo» deb taxallus olishi ham mazkur ustoz davlati bilan boʻladi.
Tavallo oʻzi yashab turgan voqelik mohiyatini, Turkistonning chor istibdodi ostida
huquqsiz, zabun bir qismatga mahkum ekanligini anglagan pallada, ya’ni 1905-yillardan
boshlab Jadidchilik harakatlariga qoʻshiladi. Bu harakatning barcha muhim jabhalarida
ishtirok etadi. Xususan, milliy matbuotimizning ilk namunalari hisoblangan «Taraqqiy»,
«Shuhrat», «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Fargʻona» gazetalarida uning she’r va
maqolalari muntazam chiqib turadi. 1914-yil avgustida toshkentlik taraqqiyparvar yoshlar
tomonidan tashkil etilgan «Nashriyot» shirkati muassislari qatorida Toʻlagan
Xoʻjamyorov nomi ham uchraydi. 1913-yilning oʻrtalarida Toshkentda birinchi milliy
teatr truppasi faoliyat boshlaydi. 1914-yilning 27-fevralida «Kolizey» teatr binosida
namoyish etilgan «Padarkush» spektakli shu truppaning ilk milliy teatr tomoshasi edi.
Tavallo bu harakatning ham tashkilotchilari va jonkuyarlari qatorida koʻrinadi. Ana shu
voqeaga bagʻishlab maxsus she’rlar yozadi.
1916-yili Tavallo oʻzining matbuotda e’lon qilingan va bosilmagan she’rlarini
toʻplab, «Ravnaq ul-islom» nomi bilan chop ettiradi. Toʻplamda yetmishga yaqin she’r
jamlangan boʻlib, ularning deyarli barchasi ma’rifatparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan.
Tavallo 1917-yil oktabr toʻntarishidan soʻng turli idoralarda ishladi. «Mushtum»
jurnalida hajviy she’rlar bilan faol ishtirok etdi.
Shoir 1937-yili koʻplab safdosh hammaslaklari qatori haqsizlik qurboni boʻldi.
Hibsga olinib, qamoqda vafot etdi. Tavallo qabrining qayerdaligi noma’lum.
Atoqli ma’rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli
namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan.
Yoshligidan oʻta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash boʻlgan Saidnosir tujjorlik
faoliyatini kichik bir gazlama doʻkonini ochishdan boshlagan. Koʻp oʻtmay u Turkistonda
birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914-yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning
taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.
S.Mirjalilov 1917-yil siyosiy faoliyatga oʻtadi. Fevral inqilobidan soʻng u
Toshkentda tashkil etilgan «Shoʻroyi islomiya» tashkilotining faol a’zolaridan biriga
aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi
sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan
kurashga bagʻishladi.
Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat
ZARMED
UNIVERSITETI
19
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
a’zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari ta’qib ostiga olingach,
S. Mirjalilov xorijga ketishga majbur boʻldi va dastlab Samaraga borib, Turkistonda roʻy
berayotgan xunrezliklarga chek qoʻyish yoʻllarini axtardi, soʻng Turkiya va Tiflisda bir
muddat yashadi. Bolsheviklar e’lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921-yili vataniga
qaytdi. U «Turkiston» savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga
«Koʻmak» jamiyati orqali iste’dodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga
oʻqishga yuborish, «Nashri maorif jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga oʻz ulushini
qoʻshdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozod boʻlmagan S.Mirjalilov 1925-yil 12-dekabr
kuni hibsga olinib, Solovetsk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini
oʻtaganidan keyin 1932-yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937-yil 21-iyul
kuni takror hibsga olinib, oʻsha yilning 25-oktabrida otib tashlandi. Saidnosir Mirjalilov
qabrining qayerdaligi noma’lum.
Milliy uygʻonish davrining yirik vakillaridan biri, shoir Saidahmad Siddiqiy - Ajziy
1864-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlogʻida hunarmand oilasida
tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qoʻlida voyaga yetdi. Yangasi qoʻlida
savod chiqardi. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsilni davom ettirdi. Sharq
klassik adabiyotini qunt bilan oʻrganadi, arab, fors, ozarbayjon va keyinchalik rus tilini
oʻzlashtiradi.
1880-yillardan oʻzi ham an’anaviy usuldagi she’rlar mashq qila boshladi. Biroq
zamonasining buyuk kishilaridan biri sifatida e’tirof etilishiga uning ma’rifatchilik
faoliyati va ijodi sababdir.
1901-yil haj safariga otlanadi. Bir qator Sharq mamlakatlarida boʻlib, islom
dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi, bir necha muddat Jiddada Rusiya elchixonasida
tilmochlik qiladi. Soʻng Moskva, Peterburg shaharlarini aylanib, Tiflisga oʻtadi. Nihoyat
Samarqandga qaytib, 1903-yil Halvoyi qishlogʻida yangi maktab ochadi.
Shoir keyingi butun hayotini ana shu muqaddas ishga sarf etdi. Oʻzi ochgan
maktabda tabiiy fanlar, arab hamda rus tillaridan saboq berdi, darsliklar tuzdi.
Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi. Vatan, ilm-ma’rifatga
bagʻishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham
qatnashdi. 1914-yili oʻz tashabbusi bilan «Zarafshon» nomli kutubxona ochdi.
1910-yillarda shoir «Ayn ul-adab» («Adab koʻzi») va «Ganjinayi hikmat»
(«Hikmatlar xazinasi») nomli oʻzbek va tojik tillaridagi ikki she’riy toʻplamini hamda
«Mir’oti ibrat» («Ibrat oynasi»), «Anjumani arvoh» («Ruhlar yigʻini») nomli dostonlarini
yaratdi. Siddiqiy 1917-yili «Ittifoq» tashkiloti tomonidan shahar dumasiga vakil qilib
saylandi. Samarqand musulmon shoʻrosining rais muovini, viloyat adliya noziri boʻlib
ZARMED
UNIVERSITETI
20
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ishlaydi. Lekin u 1921-yildan barcha rasmiy ishlardan voz kechib, qishlogʻida, oʻzi
ochgan maktabda muallimlikni davom ettiradi. 1926-yili qattiq kasallanib, 1927-yilning
iyul oyida Samarqandda vafot etadi.
Ma’rifatparvar ziyoli, shoir Muhammadsharif Soʻfizoda oʻzbek madaniyati tarixida
yorqin iz qoldirgan zotlardandir.
Muhammadsharif Egamberdi oʻgʻli 1869-yil 29-yanvarda Chustda tugʻildi uning
otasi pichoqchi - hunarmand edi. U mahallasidagi qoʻshnisi Manzura otinda savod
chiqardi. 1893-1898-yillarda u Qoʻqonda yashadi va madrasada ta’lim oldi. Qoʻqon
adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan
yaqin munosabatda boʻldi. Boʻlajak shoir dastlabki she’rlariga Muqimiy tavsiyasi bilan
«Vahshiy» taxallusini qoʻlladi.
Soʻfizoda 1893-yilda ona shahri Chustda boyonlami, chor amaldorlarini,
mutaassiblarni hajv qiluvchi she’rlari uchun «badasl», «beadab», «dahriy» deb ayblanadi
va oʻlimga hukm qilinadi. Shoir oʻz vatanini tark etishga, 14 yil turli mamlakatlarda
istiqomat qilishga majbur boʻldi.
Soʻfizoda 1900-1913-yillarda Oʻrta Osiyoning turli shaharlarida, Tiflis, Boku,
Arabiston, Hindiston, Turkiyada boʻldi. U qayerda yashamasin, Toshkent, Kavkaz, Qrim,
Orenburg, Turkiyada chop etiladigan gazetalar bilan aloqasini uzmadi. Uning maqolalari,
she’rlari «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Fargʻona»
gazetalarida muntazam chiqib turdi.
1913-yilda Soʻfizoda chet el safaridan Chustga qaytib keladi va usuli jadid maktabi
ochadi. Kamarsada qishlogʻida yetim bolalar uchun «Dorulaytom» («Yetimlar uyi») va
kattalar uchun kechki maktab tashkil qiladi. Bu maktablarda u ona till, handasa kabi
fanlarni oʻqitdi.
Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda
qoloq iqtisodiy va madaniy sharoitda yashayotgan halqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat
hayotida ijtimoiy va madaniy islohatlar oʻtkazish, pirovardida, milliy mustaqillik
gʻoyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini oʻz oldiga qoʻygan harakat sifatida, tarixiy
vaziyat taqozosi bilan vujudga keldi. Bu harakat oʻzining shakllanish yoʻlini bosib oʻtar
ekan, asr boshlaridan 1917 yil fevral inqilobiga qadar boʻlgan birinchi bosqichda, milliy
ozodlik harakati sifatida uzil – kesil rasmiylashdi. Jadidlar paydo boʻlgan ilk kunlardanoq
boshlaboq, ular ham chor hokimiyati, ham mahalliy hukmdorlarning qarshiliklariga duch
keldilar. Binobarin, ular halqni shu ikki zulm oʻchogʻidan, shu ikki qoloqlik botqogʻidan
xalos etmoqchi boʻlgan edilar. Abdulla Badriy «Yosh buxoroliklar kimlar» degan
risolasida jadidlarni koʻzda tutib, bunday yozgan edi: «…..Onlarning fikri xayollari va
ZARMED
UNIVERSITETI
21
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
muddaolari biz, bechora va qashoqlarni gʻurbatdan, ya’ni amirlar, beklar va boylarning
zulmlaridan ozod qilmoq va bizlarning rohatimiz va tinchligimiz uchun harakat va
taraddud qilmoqdir».
Fevral inqilobining roʻy berishi va chor hokimiyatining falajlanishi bilan u oʻzining
piravard siyosiy maqsadi – mustaqil davlatni barpo etish gʻoyasini amalga oshirishga
kirishdi.
Jumladan,
jadidchilikning
koʻzga
koʻringan
vakillardan
M.Behbudiy,
Munnavarqori Abdurashidxonov, U Xoʻjayev va boshqalar Toshkent, Orenburg,
Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Rossiyadagi musulmon halqlarining ijtimoiy-siyosiy yigʻinlarida,
masalan I Butun Rossiya musulmonlar syezdi, Butun Qozoq qurultoyi va Butun Turkiston
musulmonlar se’zdlari shu jumlasidandir. Bu uchrashuvlarda ular birinchi marta boshqa
xududlardagi muxtoriyatchilik harakati vakillari bilan hamkorlik qiladilar. Keyinchalik,
jadidlarning davlat tizimi haqidagi qarashlarining hayotda amalga oshmay qolishga,
bolsheviklarning hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallashlari toʻsiq boʻldi.
Shunga qaramay, jadidlar oʻz faoliyatlarini toʻxtatmadilar. Turkiston mustaqilligi
yoʻlidagi kurashda M.Abdurashidxonov, U Xoʻjayevlar oʻzlarining gʻoyaviy doʻstlari
taniqli boshqird siyosiy arbobi Ahmad Zaki Validiy va boshqalar bilan «Milliy istiqlol
(ittihod)» maxfiy tashkilotida hamkorlikni olib borganlar. 1920 yilda Buxoroda «milliy
ittihod tashkil topib» Buxoro shahrida Zakiy Valiydining kelishi bilan bu tashkilot oʻz
faoliyatini kengaytirdi. Uning a’zolari butun Turkiston tuprogʻi boʻyicha harakat qildilar.
Tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro jumhuriyati va umuman, Turkistonni
«Sovetlashtirish-ruslashtirish» ta’siridan saqlab qolish chin ma’nodagi mustaqillik va
taraqqiyotga erishishi edi. Tashkilotda F.Xoʻjayev, Otaulla Xoʻjayev, Fitrat, Muinjon
Aminov, Mukomil Burhonov, Ibod Xoʻjayev va boshqalar faol ish yuritganlar.
M.Behbudiy vafotidan keyin Munavvarqori jadidchilik harakatining ayniqsa, uning
maxfiy faoliyati («Milliy Ittihod»)ning birdan bir yirik raxbariga aylanadi. Bu tashkilot
ham, Turkistonning milliy birligi, komfirqa siyosatini fosh qilish, kishilarga istiqlol
gʻoyasini singdirish uchun kurashdi.
Maxfiy tashkilot – «Milliy istiqlol» 1929 yil oktyabrning 12 yillik bayrami
arafasida OGPU tomonidan fosh etiladi. 6 noyabrdan 26 kishi, keyinroq, jami 87 kishi
qoʻlga olinib, rosa bir yilu besh oy oldin Toshkent, keyin Moskva avaxtaxonalarida qattiq
azob bilan tergov qilindi. Nihoyat, 1931 yil 25 aprelda ularning ustidan SSSR Birlashgan
Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollegiyai «oliy hukm» chiqardi. Buning
uchun bor yoʻgʻi bir necha daqiqa vaqt sarflandi. Ayzenterg degan kimsa ma’ruza qildi.
Shu kollegiyada yana boshqa 19 ta vatandoshimizning «jinoiy ishi» toʻgʻrisida ham u
ZARMED
UNIVERSITETI
22
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ma’ruza qiladi. Ularga ham tegishli «oliy jazo» belgilandi. Kollegiya «milliy istiqlol» ishi
boʻyicha ayblanganlarning 15 tasiga otuv, 25 tasiga 10 yillik, 21 tasiga 5 yillik, 15 tasiga
3 yillik konslagerga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta belgilangan shaharlarida yashash
huquqidan mahrum qilingan holda, qamoqdan ozod qilinishi haqida qaror qabul qiladi.
Tarixiy tajribaning koʻrsatishicha, milliy oʻzlikni anglashning oʻsishiga muhim
turtki boʻlgan va milliy ozodlik gʻoyasini shakllantirib, oʻz faoliyati bilan uni amalga
oshirishga uringan – jadidchilik harakati – jahondagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
asoslanib, Mustaqillik yillarida jadidchilik boʻyicha juda koʻplab tadqiqotlar olib borildi.
Tarixchi, faylasuf, adabiyotshunos tadqiqotchilar jadidchilik harakati va uning
namoyondalari faoliyati haqida koʻplab kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar
yaratdilar. Bularning qatoriga Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov,
Dilorom Alimova va boshqalar nomini keltirib oʻtish zarur .
Jadidchilik harakatiga boʻlgan qiziqishning toboro keng qanot yozganligini, bu
mavzu bilan Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va Turkiya singari mamlakatlardagi
olimlarning ham shugʻullanganligini aytish joizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Жадидчилик: ислоҳот, янгиланиш, мустақиллик ва тараққиёт учун
кураш. Даврий тўплам. №1. –Т.: Университет. -1999.
2.
Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. – Т.:
Маънавият, 2002.
3.
Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. Миллий – демократик
давлатчилик қурилиши тажрибаси. –Т.: Маънавият, 2000.
4.
Холбоев С. Миллий университетнинг тарихий илдизлари ва ташкил
топиши [Жадидларнинг миллий университетга асос солганлиги ҳақида
монография] –Т.: «Шарқ», 2003.
5.
Холбоев С; Эгамов Б. Туркистон жадидчилиги - миллий уйғониш
даврида география фани ва таълими. – Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси нашрийти, 2010.
6.
Дўстқороев Б. Ўзбекистон журналоистикаси тарихи (1-қисм. 1870 –
1917 ноябр). Дарслик.-Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт – матбаа ижодий уйи, 2009.
7.
Алимова Д.А. Джадидизм в Средней Азии. Пути обновления, реформы,
борьба за независимость. –Т.: Узбекистан, 2000.
8.
Абдурашидхонов М. Хотираларимдан. (Жадидчилик тарихидан
лавҳалар). –Т.: Шарқ. 2001.
9.
Абдурашидхонов М. Танланган асарлар. –Т.: «Маънавият», 2003.
ZARMED
UNIVERSITETI
23
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
10.
Долимов У. Туркистонда жадид мактаблари. – Т.: “Университет”, 2006.
11.
Беҳбудий М. Танланган асарлар. Тузатилган ва тўлдирилган 2 нашри. –Т.:
Маънавият. 1999.
12.
Гаспринский (Гаспрали). Ҳаёт ва мамот қиссаси. Танланган асарлар – Т.,
“Маънавият”, 2006.
13.
Ризаев Ш. Жадид драмаси. –Т.: «Шарқ», 1997.
14.
Фитрат А. Танланган асарлар 1-жилд. Шеърлар, насрий асарлар, драмалар. –
Т.: Маънавият. 2000.
15.
Фитрат А. Танланган асарлар. 2-жилд. Илмий асарлар. -Т.: Маънавият. 2000.
