Authors

  • Sapura Yernazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113333

Keywords:

Qoraqalpog‘istonda jadidchilik ma’naviyat madaniyat adabiyot

Abstract

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonda jadidchilik namoyandalari ularning adabiyot, teatr, ma’rifat sohalaridagi faoliyatlari orqali xalq orasida jaholatga, savodsizlikka qarshi kurash olib borganligi ko‘rsatilgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

91

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

JADIDCHILIKNING QORAQALPOG‘ISTONDA TARQALISHI VA UNING

MA’NAVIY MANBALARI

Yernazarova Sapura Keulimjaevna

NDPI, Milliy gʽoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi v.v.b.dotsenti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonda jadidchilik namoyandalari

ularning adabiyot, teatr, ma’rifat sohalaridagi faoliyatlari orqali xalq orasida jaholatga,
savodsizlikka qarshi kurash olib borganligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

Qoraqalpog‘istonda jadidchilik, ma’naviyat, madaniyat adabiyot,

teatr, ma’rifat

Аннотация.

В данной статье показано, как представители джадидизма в

Каракалпакстане вели борьбу с невежеством и неграмотностью среди народа
посредством своей деятельности в области литературы, театра и просвещения.

Ключевые:

слова: джадидизм в Каракалпакстане, духовность, культура,

литература, театр, просвещение.

Abstract.

This article examines the representatives of the Jadid movement in

Karakalpakstan, demonstrating how they fought against ignorance and illiteracy among
the people through their activities in the fields of literature, theater, and education.

Key words:

Jadidism in Karakalpakstan, spirituality, culture, literature, theater,

education.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridagi xalqning savodxonlik darajasini

o‘rganishdan so‘ng, 1917-yilga kelib, xalq savodxonlik darajasi 10-15 foizga, ba’zi
joylarda esa undan ham yuqori bo‘lganligi isbotlanmoqda. Sovet davridagi
adabiyotlarda qoraqalpoq xalqining savodxonlik darajasi atigi 0,2 foizga teng bo‘lgan,
deyilgan edi. Bunda faqat rus-tuzem maktablarida o‘qib, ruscha biladiganlar hisobga
olingan.

Xalqning tafakkur olamida uyg‘onish uchun ijtimoiy-iqtisodiy manbalar paydo

bo‘la boshladi. Rus mustamlakachiligining salbiy tomonlari ko‘p bo‘lishiga qaramay,
turli madaniyat maskanlari, nashriyot tashkilotlari amalga oshdi.

Gazeta, jurnallarning mamlakatdagi ma’rifiy qarashlarning rivojlanishiga ta’siri

kuchli bo‘ldi. Natijada Turkiston, shu jumladan Qoraqalpog‘iston keng ko‘lamdagi
iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy hayot oqimiga aralasha boshladi. Obyektiv ijtimoiy


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

92

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

qonuniyatlar natijasida podsho hukumatining ixtiyoriga qaramasdan o‘lkaga rus, tatar,
ozarbayjon ziyolilari orqali siyosiy madaniy ta’sirlar, yangi ijtimoiy fikrlar turli yo‘l
bilan tarqaldi.

Jadidlarimiz millatning yashamog‘i, taraqqiy qilmog‘i uchun, birinchi navbatda,

ozod, mustaqil bo‘lmog‘i lozimligini anglab etdilar va keng xalqni uygıotishga alohida
e‘tibor berdilar [1,4].

Qoraqalpog‘istonda jadidchilik namoyandalari qatorida Seyfulg‘abit Majitov,

Xo‘jaahmet Axmedov, Qosim Avezov, Abdiraman Utepovlarni qayd etish mumkin.
Ular o‘z asarlari, adabiyot, teatr, ma’rifat sohalaridagi faoliyatlari orqali xalq orasida
jaholatga, savodsizlikka qarshi kurash olib borgan, odamlarni ilm-fan o‘rganishga,
yangilikka intilishga chorlagan.

Qoraqalpog‘istonda dastlabki «Yangi usul» maktabi 1907-yili Petro-

Aleksandrovsk shahrida ochiladi. Deyarli shu vaqtning o‘zida Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot
shaharlarida ham ochiladi. Ba’zi yangi maktablar eski masjidlar yonida ham ochiladi.
Madaniy hayotini yaxshilash orqali, barcha turkiy tilli xalqlarni birlashtirib, jahon
sahnasiga olib chiqish edi. Ular bu borada xalq ta’limi masalasiga katta ahamiyat berdi.

Bu davrda tarixiy-ijtimoiy vaziyat ta’sirida Turkiston bo‘ylab ma’rifatparvar

jadidchilik oqimi vujudga keldi. Ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy oqim - jadid
falsafasi mamlakatda milliy uyg‘onish mafkurasi vazifasini bajarib, mustaqillik,
ozodlik uchun kurash olib bordi. Ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi barcha
sohalarni o‘z ichiga jamladi. Siyosatdagi, san’atdagi g‘oyani yangilab, yangi maktab
konsepsiyasini vujudga keltirib, ilg‘or fikrdagi ta’lim islohotini amalga oshirdi.
Ma’rifatparvar-jadid falsafasi o‘zlarining xalqchil demokratik, adolatparvarlik, milliy
ozodlik g‘oyalarini ijtimoiy taraqqiyotga, ma’rifatparvarlik ishlariga bog‘ladi.

Jadidlarning hammasining asosiy masalasi bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlarining

ozodlik borasidagi qarashlari bir-biriga mos edi. Jadidchilik oqimini, ularning siyosiy,
huquqiy, madaniy va boshqa g‘oyalarini tarixiy nuqtayi nazardan baholash zarur.
Jadidlarning harakatlari, g‘oyalari avvalo ma’rifat masalalaridan boshlanadi.
Mustamlakachilik va ijtimoiy zulmning asosiy sababi, jadidlar fikricha, xalqning
nodonligidadir. Xalqning bunday holatini boshqaruvchilar mahkam saqlab turishga
qiziqadi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-madaniy masalalarning yechimi ma’rifat yo‘li deb,
jadidlar diqqat markaziga ta’lim islohotlarini qo‘ydilar.

So‘z yuritayotgan ma’rifatchilik va jadidchilik oqimi qoraqalpoq xalqining

siyosiy ongining ijtimoiy fikrlari rivojida sezilarli o‘zgarishlarni, milliy ozodlik
harakatlarining ma’rifatchilik davrini vujudga keltirdi. Ular XX asr boshidagi yuzaga


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

93

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kelayotgan rus inqilobining mazmunidan o‘z xalqining mustaqilligi, ozodligini nazarda
tutib fikr yuritdi. Natijada so‘z yuritayotgan davrdagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy
fikrlar tarixi milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchasining va undan kelib chiqqan milliy
ozodlik harakatlari va qo‘zg‘olonlarining rivojlangan davrini yuzaga keltirdi [2.168].

So‘z yuritayotgan davrda mamlakatdagi iqtisodiyotning, madaniyatning

rivojlanishdan orqada qolishining ba’zi bir sabablari ma’rifatparvar shoir Sayfulg‘abit
Majitovning (1867-1938) ijtimoiy-siyosiy tushunchalarida alohida o‘rin egallaydi.
Shoir ma’rifat, ta’lim ishini xalqni ozodlikka erishish yo‘lidagi vosita deb hisobladi va
odamlarning hayotga faol ishtirokini yuzaga keltiruvchi manba sifatida tushundi.

Shu sababli: «O‘qi, bilim ol, nodonlikdan qoch, kurash, chin bilan yetib olarsan»

deb yozdi. Elning gullab-yashnashi, rivojlanishi, ta’lim, ilm-fan yutug‘iga chambarchas
bog‘liq ekanligini aytib, shoir ma’rifat falsafasining o‘zagi ostida bilim, ilm egallashni
talab etdi. Bular odamlarning dunyoqarashini kengaytiradi, mazmunli qiladi, milliy
istiqlol g‘oyalarini boyitadi, degan qarashlarni bayon etdi.

Xalqni tenglikka, adolatga erishtirishning yo‘li ma’rifat, ta’lim deb o‘ylagan

shoir inqilobdan oldin bo‘lishlik jadid maktablarini ochishni, elning rahbari yoshlarning
odob-ikromiga ham rahbarlik qilishi kerakligini, yoshlarni hunarga o‘rgatishni bayon
etdi. S.Majitov ilmsiz jamiyat taraqqiyoti, dunyoni anglash bo‘lmasligini, ilmli bo‘lish
uchun yoshlarning zehni, e’tiborini tarbiyalash lozimligini aytdi. Ilm-tafakkur
psixologik jarayonlar yordamida shakllanishini, o‘qishni yoshlikda sifatli egallash
mumkinligini, o‘yin bilan o‘qishni bog‘lab olib borishni, o‘yinning ham aql-idrokni
takomillashtirishini, aqliy bilimni tajribada, amaliy ish bilan birgalikda o‘zlashtirishni
aytishi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Qoraqalpoq xalqining atoqli ma’rifatparvari X.Axmetov ham jamiyat hayotida

ta’lim ishlarining ahamiyati katta ekanligiga alohida e’tibor qaratdi. U o‘z she’rlarida
eski urf-odatdan qutula olmagan dehqonlarga madaniyat va ma’naviyatning maqsadi,
kelajagini tushuntirish, dehqonning kim ekanligini tanitishni bosh vazifa qilib qo‘ydi.
«Jamoyim» degan she’rida she’rlarida xalqni madaniyatli, bilimli bo‘lishga chaqirdi
[3,90.].

Xalqni qiyinchilikdan qutqarib, iqtisodiy jihatdan farovonlashtiradigan asosiy

kuch ilm-fan va texnikaning takomillashuvi, odamlarning hunar-bilim egallashi
ekanligini bayon qilib, «Bilim bilan yonsin sham» nomli she’rini yaratdi. Bunda:

Bilim taom ilm non.
Bilimsizning ishi xom.
O‘rgan hunar-bilimni,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

94

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Bilim bilan yonsin sham -deb yozgan edi [4,100].

X.Axmetov shu davr qiyinchiliklariga bardosh berdi. Shoirning yurtda ilm-fanni,

insonparvarlik va odob-axloqni yuksaltirish g‘oyalari hozirda muhim ahamiyatga ega.

Tariximizning qaysi davrini olmang, yurtimizda ilm-ma’rifat va yuksak

ma’naviyatga intilish hech qachon to‘xtamaganini, xalqimiz jasoratining o‘lmas timsoli
sifatida eng og‘ir va keskin davrlarda ham yaqqol namoyon bo‘lib kelganini ko‘ramiz.
J

adidlarning boy ilmiy va ijodiy merosi O‘zbekistonda o‘z mustaqil fikriga ega hamda

fidoyi va vatanparvar avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma‘rifat, fidoyilik. -T.: Ma‘naviyat. 2002.
2. АлеуовЎ. Қоракалпоғистонда жадидчилик ғоялари. //Ўзбекиетоннинг янги
тарихи. Концептуал-методологик муаммолар. Т,; «Академия»,, 1998, 168-6.
3. С.Мәжитов. Таңламалы шығармалары. Н.: «Қарақалпақстан»1965, 90-бет
4. Bazarbaev J. Ruwxıyat tiykarları. N.; Qaraqalpaqstan. 2008.

References

Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma‘rifat, fidoyilik. -T.: Ma‘naviyat. 2002.

АлеуовЎ. Қоракалпоғистонда жадидчилик ғоялари. //Ўзбекиетоннинг янги тарихи. Концептуал-методологик муаммолар. Т,; «Академия»,, 1998, 168-6.

С.Мәжитов. Таңламалы шығармалары. Н.: «Қарақалпақстан»1965, 90-бет

Bazarbaev J. Ruwxıyat tiykarları. N.; Qaraqalpaqstan. 2008.