Authors

  • Fazilat Kuchkarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113341

Keywords:

madaniyat suhbat axloq tarbiya

Abstract

Ushbu maqolada pedagogik ta'lim jarayonida muloqot  madaniyatini shakllantirish muhim omili sifatida koʻriladi. Bu pedagogik faoliyatda  odob-axloq, oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi sogʻlom muhit, madaniyatli tinglash,  samimiy suhbatlarni yaratishga xizmat qiladi. bu muloqot madaniyati oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi sogʻlom psixologik muhit yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini 
oshirishda asosiy va vosita sifatida koʻrib chiqiladi. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

107

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISH

Kuchkarova Fazilat Xonkeldiyevna

Samarqand Zarmed Universiteti "Ijtimoiy fanlar"kafedrasi mudiri, dotsent

Asrorova Madina Orzuyevna

Negmatova Dilora Abdug

ʻ

aforovna

Zarmed Universiteti talabalari

Annotatsiya.

Ushbu maqolada pedagogik ta'lim jarayonida muloqot

madaniyatini shakllantirish muhim omili sifatida koʻriladi. Bu pedagogik faoliyatda
odob-axloq, oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi sogʻlom muhit, madaniyatli tinglash,
samimiy suhbatlarni yaratishga xizmat qiladi. bu muloqot madaniyati oʻqituvchi va
oʻquvchi oʻrtasidagi sogʻlom psixologik muhit yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda asosiy va vosita sifatida koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar:

madaniyat, suhbat, axloq, tarbiya, faoliyat, muhit, ta'lim jarayoni,

muloqot madaniyati, pedagogik muloqot, tinglash madaniyati, oʻzaro hurmat, didaktik
muloqot.

ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматривается формирование культуры

общения в процессе педагогического образования как важный фактор. Эта
педагогическая деятельность направлена на создание этикета, здоровой
атмосферы между преподавателями и студентами, цивилизованного слушания и
искренних бесед. Такая культура общения считается основой и инструментом
создания здоровой психологической среды между преподавателями и
студентами, повышения качества и эффективности образования

.

Ключевые слова:

культура, беседа, этика, воспитание, деятельность,

среда, образовательный процесс, культура общения, педагогическое общение,
культура слушания, взаимоуважение, дидактическое общение.

FORMATION OF A CULTURE OF COMMUNICATION IN THE PROCESS

OF PEDAGOGICAL EDUCATION

Abstract.

This article examines the formation of a communication culture in the

process of pedagogical education as an important factor. This pedagogical activity is


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

108

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

aimed at creating etiquette, a healthy atmosphere between teachers and students,
civilized listening and sincere conversations. Such a communication culture is
considered the basis and tool for creating a healthy psychological environment between
teachers and students, improving the quality and effectiveness of education.

Key words:

culture, conversation, ethics, education, activity, environment,

educational process, culture of communication, pedagogical communication, culture of
listening, mutual respect, didactic communication.


Kirish.

Zamonaviy ta'lim tizimida oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi sog'lom,

madaniyatli muloqot ta'lim samaradorligini asosiy sifatida qaralmoqda. Muloqot
shunchaki gapirish, suhbatlashish yoki axborot almashish emas, balki tarbiyaviy
ijtimoiy va psixologik ta'sirga ega boʻlgan murakkab jarayondir. Shuning uchun
pedagogik ta'lim jarayonida muloqot madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga
ega. Pedagogik muloqotda oʻqituvchi oʻzining nutq madaniyati, odob axloqiy, kiyinish
madaniyati, tinglash qobiliyati va estetik jihatdan ham oʻquvchiga nafaqat bilim, balki
axloqiy namuna boʻlishi kerak. Oʻqituvchi pedagogik jarayonda oʻquvchilar bilan
hamkorlikda toʻg'ri tashkillashtirilsa oʻzaro tushunishni yoʻlga qoʻya olsagina
koʻzlangan maqsadiga erishadi.

Muloqot kishilarning birgalikdagi faoliyatining muhim shartlaridan biridir.

Muloqot-bu kishilar oʻrtasidagi oʻzaro axborot almashish jarayonidir. Muloqot bu
insonlarning tabiiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi, chunki odamlar bir-biri bilan
gaplashishmasdan, suhbat qilmasdan, axborot almashmasdan yashay olmaydilar.
Muloqot tufayli kishilar bir-birini tushunadilar, mehnat jarayonida hamkorlik,
hamjihatlikka erishadilar oʻzaro fikr va tajriba almashadilar. Lekin bugungi kunda
maktablardagi oʻqituvchi va oʻquvchi munosabati tarbiyaviy ishning eng dolzarb
nuqtalaridan biri boʻlib qolayotgani hech kimga sir emas. Oʻqituvchi va oʻquvchilar
bir-birini yaxshi tushunmasligi turli xil ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Kuzatish va
tadqiqotlar bugungi kunda shunday koʻrsatmoqdaki, oʻquvchilar koʻpincha "yomon
oʻqituvchi" oʻqituvchisini yaxshi koʻrmasliklari bu oʻqituvchilarni oʻz fanini yaxshi
bilmasliklari yoki qattiq qoʻlliklari emas balki oʻqituvchilarning oʻquvchilar bilan
yaxshi munosabati olmasliklari ular bilan qoʻpol munosabat qilishlari bunga misol
boʻla oladi. Oʻqituvchi bilan oʻquvchi oʻrtasidagi muloqotning samarali boʻlishi eng
avvalo muloqot odobiga oʻzaro hurmat bir-birini tushunishga intilishiga bog'liqdir.
Muloqot odobi oʻqituvchiga oʻz fikrlarni oʻquvchilar qanday qabul qilayotganini
kuzatib borish, ularning yuz ifodalaridagi oʻzgarishlarga e'tibor, muloqotning borishiga


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

109

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

oʻz vaqtida tegishli oʻzgarishlar kiritish imkonini ham beradi. Samarali muloqot oʻquv
jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta'minlaydi. Oʻqituvchi muloqot madaniyatga
ega boʻlsa u talabalarda bunday fazilatlarni shakllantiradi [1]. Muloqot madaniyati
oʻqituvchi oʻquvchining erkin fikr bildirishishiga oʻz nuqtai nazarini asoslashga va
boshqalarning fikrni tinglashga yordam beradi [2].

Muloqot madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratishimiz

lozim:

Oʻquv dasturiga axloqiy psixoligik muloqotga oid mashgʻulotlaeni kiritish.

Oʻquvchilar uchun kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun treninglar
tashkil etish oʻquvchilarni bahslashish, tinglash muloqotga yuritishga oʻrgatish[3].
Oʻqituvchining muloqotdagi ovoz ohangi yuz ifodasi tana til kabi omillar bevosita
oʻtuvchining ruhiyatiga ta'sir koʻrsatadi[4]. Muloqot madaniyatini oʻzida
mujassamlashtirgan pedagok-bu madaniyat targʻibotchisidir. Ushbu madaniyatni
shakllantirish oʻqituvchi doimo oʻz ustida ishlashi, kommunikativ kompitensiyalarni
rivojlanririb borishi kerak[5]. Shu boisdan ham, pedagoklar uchun kommunikativ
madaniyatni rivojlanrirish boʻyicha malaka oshirish kurslarini oʻtkazish dolzarbdir[6].

Xulosa.

Muloqot madaniyatini rivojlanrirish-bu faqatgina oʻqituvchi vazifasi

emas, balki bu jamiyatda har birimiz inson boʻlib, yashayotgan ekanmiz, insonlar
munosabatda oʻzaro hurmat, ularni fikrlarini tinglay olish, ochiqlik va samimiylik,
toʻgʻri soʻzlikka, aytayotgan fikrlarni sabr toqat bilan eshita bilish muloqot
madaniyatining eng goʻzal madaniyatidir. Mana shunday insonlarni jamiyatga ota-
onalar, oʻqituvchi ta'lim tarbiya berish shakllantiradilar. Bola tuĝilgandan unga Ota-
onasi asrab-avaylab tarbiya berib, maktab yoshiga yetganida esa, oʻqituvchilar ta'lim-
tarbiya, bilim beradilar. Oʻqituvchi oʻquvchilarga nafaqat bilim beradi, balki oʻz xulqi,
muomalasi va muloqot madaniyati orqali ularga namuna boʻladilar. Muloqotda hurmat,
sabr, toqat, aloqa, adolat va e'tibor koʻrsatgan oʻqituvchi bu qadriyatlarni amaliyotlarga
singdiradi, bu esa jamiyatning madaniy rivojlanishiga xizmat qiladi. Yaxshi muloqot
madaniyatiga ega oʻqituvchi jamiyatda hurmat topadi, bu esa ta'lim tizimining nufuzini
oshiradi. Oʻqituvchi ota-onalar bilan toʻgʻri muloqotda boʻlsa, bolalarning tarbiyasi va
ta'limi yanada sifatli boʻladi. Men uchun muhim boʻlgan narsa pedagogik ta'lim
jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish uchun avvalo oʻzim namuna boʻlar
edim.

Oʻquv jarayonida ularning fikrini qadrlab, hurmatli va ochiq muloqot olib borib,

har bir oʻquvchining soʻziga quloq tutar edim. Oʻquv jarayonida turli xil samarali
metodlardan, guruhli ishlash, bahs-munozaralar, rolli oʻyinlar, klaster usulli,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

110

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

oʻquvchilarni faol ishtirok etishga undardim. Yana men uchun muhim boʻlgan narsa
faqat bilim berish emas, balki ularni madaniyatli muloqot qilishga oʻrgatish. Chunki
kelajakdagi pedagoklar jamiyatda oʻz oʻrnini va ta'siriga ega boʻlishlari uchun avvalo,
toʻgʻri va madaniyatli muloqot qila oladigan shaxs boʻlishlari kerak deb oʻylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gʻoffurov K. , Xasanova M. , Oʻralov B. (2021) Ta'lim psixologiyasi va pedagogik
muloqot Buxoro: "BuxDU" nashriyoti.
2. Karimova N. (2021). Didaktika va pedagogik muloqot asoslari. Toshkent: "Fan va
texnologiya"
3. Ziyayeva M. (2020) Kommunikatsiya va axloq madaiyati. Qarshi "Nafas" nashriyoti.
4. Yusupova I. Oʻqituvchining nutq madaniyati-Toshkent, 2018.
5. Toshpulatova D. Oʻqituvchilar uchun kommunikativ kompitensiyalar-Namangan,
2021.
6. Oʻzbekiston Respubliyasi XTV pedagogik kadrlarni qayda tayorlash va ularning
malakasining oshirib boroshi-Toshkent, 2023.

References

Gʻoffurov K. , Xasanova M. , Oʻralov B. (2021) Ta'lim psixologiyasi va pedagogik muloqot Buxoro: "BuxDU" nashriyoti.

Karimova N. (2021). Didaktika va pedagogik muloqot asoslari. Toshkent: "Fan va texnologiya"

Ziyayeva M. (2020) Kommunikatsiya va axloq madaiyati. Qarshi "Nafas" nashriyoti.

Yusupova I. Oʻqituvchining nutq madaniyati-Toshkent, 2018.

Toshpulatova D. Oʻqituvchilar uchun kommunikativ kompitensiyalar-Namangan, 2021.

Oʻzbekiston Respubliyasi XTV pedagogik kadrlarni qayda tayorlash va ularning malakasining oshirib boroshi-Toshkent, 2023.