Authors

  • Is’hoq Abduraxmonov
  • Rayxona Toshtemirova

Author Biography

  • Rayxona Toshtemirova

     Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi axloqiy-falsafiy, xususan, kasb etikasiga oid g‘oyalarning metodologik tahlili bayon etiladi. Shuningdek, maqolada rahbarga xos xislatlarni bayon etishda ratsional yondashuvning ilmiy ahamiyati yoritib beriladi.  

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113356

Keywords:

Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” axloq odob

Abstract

Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi axloqiy-falsafiy, xususan, kasb etikasiga oid g‘oyalarning metodologik tahlili bayon etiladi. Shuningdek, maqolada rahbarga xos xislatlarni bayon etishda ratsional 
yondashuvning ilmiy ahamiyati yoritib beriladi


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

182

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


RAHBARGA XOS XUSUSIYATLAR YUSUF XOS HOJIB TALQINIDA

Abduraxmonov Is’hoq

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali “Pedagogika

va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi

Toshtemirova Rayxona

Oriyental Universiteti magistranti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”

asaridagi axloqiy-falsafiy, xususan, kasb etikasiga oid g‘oyalarning metodologik tahlili
bayon etiladi. Shuningdek, maqolada rahbarga xos xislatlarni bayon etishda ratsional
yondashuvning ilmiy ahamiyati yoritib beriladi.

Kalit so

zlar:

Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig”, axloq, odob, bilim, idrok, aql,

tafakkur, mantiqiy fikrlash, rahbar, ratsionallik.

Аннотация.

В данной статье представлен методологический анализ

морально-философских идей, в частности, профессиональной этики, из
произведения Юсуфа Хас Хаджиба "Кутадгу билиг." Также в статье освещается
научная значимость рационального подхода в описании качеств, присущих
руководителю.

Ключевые слова:

Юсуф Хас Хаджиб, "Кутадгу билиг," мораль, этикет,

знание, восприятие, интеллект, мышление,

Abstract.

This article presents a methodological analysis of the moral and

philosophical ideas, particularly those related to professional ethics, in Yusuf Khass
Hajib's work "Kutadgu Bilig." The article also highlights the scientific significance of
a rational approach in describing the qualities of a leader.

Key words:

Yusuf Khass Hajib, "Kutadgu Bilig," morality, etiquette,

knowledge, perception, intellect, thinking, logical thinking, leader, rationality.

Kishilik sivilizatsiyasi va madaniyatining ilk o‘choqlaridan hisoblangan

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarning o‘lmas asarlari ming
yillar davomida bashariyat ma’naviy taraqiyotida mayoq vazifasini bajarib kelmoqda.
Ular tomonidan yaratilgan tabiiy, ilmiy fanlarga oid kashfiyotlar zamonaviy ilm-
fanning poydevorini tashkil etgan boʻlsa, sharqona axloq-odobga doir ishlab chiqilgan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

183

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ta’limotlar komil insonni tarbiyalashda hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Ming yillardan buyon sharqona tarbiyaning nazariy asosi bo‘lgan Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilik” asari ham shunday ma’naviy meros sifatida turkiy xalqlar tafakkuri
xazinasining noyob durdonasi, odob-axloq falsafasining qomusi hisoblanadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Turkiy xalqlarning ulug‘ shoiri Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” asarida ham insonning bilim quvvati va aqliy salohiyati behad
ulug‘lanadi”[1.133].

Axloq-odob falsafasining qomusi hisoblangan mazkur asar insoniylikning go‘zal

xislatlari: halollik, diyonatlilik, oqilonalik tarannum etiladi. Bizningcha, asarning ilmiy
ahamiyati uni ratsional mantiqiylik tamoyiliga asoslanganligidadir.

Alloma o‘zining axloqiy-falsafiy qarashlarida kasb etikasiga alohida e’tibor

qaratar ekan, rahbarning xarizmatik xislatlarini batafsil yoritib beradi. Avvalo, Yusuf
Xos Hojib rahbarlik ilmi mavjudligini hamda uning talablarini ratsional o‘zlashtirib
olish lozimligini quyidagicha bayon etadi:

Rahbarlik rahbarga erur kasb-u kor. Rahbarlik bilimin bilsin kim sardor[2.170].
Alloma nafaqat rahbarlar, balki barcha insonlarningg ulug‘ligi bilim bilan

belgilanishini ta’kidlar

ekan, idrok va ma’rifat har qanday jumboq, tugunlarni hal qilish

vositasi ekanligini uqtiradi.

U idrok, bilimli boʻlmog‘i lozim
Xushxulqlik, ahillik qilmog‘i lozim[2.171].
Bilim-la qoʻzg‘atur ish boshin kishi
Uquv-la ish tutsa, boʻlmas tashvishi[2.172].
Kimda-kim boʻlsa gar oqil tadbirkor,
Inson bil, sen uning orqasidan bor[2.173].
Rahbarlar obroʻsiga putur yetkazadigan salbiy illatlar: besabrlik, shoshqaloqlik

- bilimsizlikning oqibati ekanligini quyidagicha bayon etadi:

Besabrlik har ish dushmanidir bil
Bek bo‘lsa besabr, boq yuzi zahil
Shoshqaloq yengil ta’b badfe’l, jahldor
Bari bu belgilar bilimsizda bor.
Toʻg‘ri yur koʻzi toʻq yat-orli boʻl
Soʻz amalda, ochiq, nur yuzli boʻl[2.173].
Darhaqiqat,

Yusuf

Xos

Hojib

ta’kidlaganidek, vazminlik, bosiqlik,

sermulohazalik, vaziyatni dastlab toʻg‘ri baholash va qaror qabul qilishda mantiqiy-
tanqidiy ratsional yondashish rahbar xarizmasiga xos bo‘lgan asosiy xislatdir.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

184

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Andisha kabi axloqiy fazilatlarni rahbar uchun ahamiyatini alohida ta’kidlar

ekan, shunday deydi:

Kim boʻlsa andisha, orli, xulqli, xush,
Qoʻlidan kelmas hech nojoʻya yumush.
Har kimga andisha, fazilat bergay,
U Haqdan baxt- davlat e’zoz ham ko‘rgay.
Yomondan tiyguvchi andisha bilsang,
Andisha yoʻl boshlar, yaxshilik qilsang.
Ko‘ngil, til, fe’lda rost bo‘lmasa rahbar
U eldan baxt qochar, har qancha qaytar[2.176].
Yusuf Xos Hojib rahbarga xos bo‘lgan fazilatlarni alohida bayon etar ekan,

qat’iyatlilik, ziyraklik, irodalilik va bir soʻzli bo‘lish rahbarning asosiy fazilatlaridan
biri ekanligini quyidagicha bayon etadi:

So‘zdan qaytgan bekni rahbar deb yursa,
Hayoting ishonib, so‘ng afsus ko‘rma.
Rahbarga hushyorlik, ziyraklik lozim
G‘ofil bek el-yurt g‘amga mulozim[2.177].
G‘ofillik va zulmni rahbar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan illatlarni bayon

etar ekan, shunday deydi:

Ikki ish-la rahbar el xalqni buzar,
Egri yoʻl tortib, pok, chin yo‘ldan ozar.
Bu ishning biri- zulm, biri - g‘ofillik,
El uchun ikkisi yomon - johillik[2.177].
G‘ofil rahbarning hech ishi bitganmas,
Rahbarligi uzoq zamon ketganmas[2.178].
Rahbar xarizmasiga xos fazilatlarni bayon etar ekan, jismonan sog‘lomlik,

jasurlik hamda muruvvatlilik, saxovat va himmat kabi axloqiy fazilatlar muhim
ahamiyat kasb etishini quyidagicha tushuntiradi:

Uzoq rahbar bo‘lay desang, ey dono,
To‘g‘ri siyosat qil, elga bo‘l oshno[2.178].
Rahbar bo‘lsin dono, jasur, salomat,
Jasurlar dushmanga solar qiyomat.
El boshlar rahbarga muruvvat lozim,
Himmatli bo‘lsin kim topsa lavozim.
Rahbarga himmat-la siyosat kerak,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

185

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Siyosatga puxta rayosat kerak[2.185].
Rahbarlik mas’uliyatli va mashaqqatli, har doim tashvishli ekanligini, kishidan

doim fidoiylikni talab etishini quyidagicha bayon etadi.

Shodligi kam uning, tashvishlari mo‘l,
Rahmat oz, ko‘prog‘i la’natdir butkul.
Rahbarni sevar kam, yomon ko‘rar ko‘p,
Rohati oz, g‘iybat, g‘avg‘osi to‘p-to‘p.
Hech yerda xotirjam bo‘lmaydi sira,
Koʻp g‘amdan hamisha dilvayron, xira[2.187].
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini zamonaviy o‘zbek tiliga o‘girgan

Fazliddin Ravshanov “Milliy rahbarshunoslik: tarix va tajriba “nomli asarini yozdi[3].
Darhaqiqat, alloma asaridagi asosiy g‘oyalardan biri rahbar va unga xos boʻlgan xislat
va fazilatlar mantiqiy ratsionallik tamoyilida bayon etiladi. Asarda alohida maxsus
bob “Rahbarlikka loyiq bek qandoq bo‘lmog‘i haqida” deb nomlanadi. Bundan tashqari
asarda rahbar qanday kishilarni vazir etib tayinlashi, shuningdek, mas’ul lavozimlarga
nomzod tayinlashda qaysi jihatlarga e’tibor berish lozimligi haqida bayon etiladi.
Xususan, eshik og‘asi, tayinlanadigan elchi, kotib, xazinachi, xonsolor(dasturxonchi)
sharobdor va hokazo saroy amaldorlarini tayinlashda ularni qanday fazilatlarga ega
boʻlishlariga e’tibor qaratish lozimligini batafsil bayon etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yusuf Xos Hojibning boy axloqiy-falsafiy merosi

musulmon sharq xalqlari ma’naviyatining nodir namunalaridan biridir.

Ikkinchidan, alloma ilmiy merosining tarbiyaviy ahamiyati uning rastionallik

tamoyiliga asoslanganligi bilan belgilanadi.

Uchinchidan, alloma bayon etgan kasb etikasiga oid tamoyillar zamonaviy rahbar

kadrlarni tayyorlashda hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

To‘rtinchidan, informatsion globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy

ma’naviy ruhda tarbiyalashda alloma ilmiy merosi muhim nazariy manba bo‘lib
xizmat qiladi.








background image

ZARMED
UNIVERSITETI

186

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзиёев, Шавкат Миромонович Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон –
Тошкент: “Oʻzbekiston” нашриёти, 2024й.-560 б.
2. Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг” (“Саодатга элтувчи билим”). – Т,
“Академнашр”., 2015.
3. Равшанов Ф. “Саодатга элтувчи билим”га қизиқиб.../Юсуф Хос Ҳожиб.
“Қутадғу билиг”. Akademnashr. 2015.
4. Равшанов, Фазлиддин. Давлат фуқаролик хизматчисининг маънавий қиёфаси
(Рисола) [Матн] / Ф.Равшанов. – Тошкент: «Маънавият» нашриёти, 2023. – 296 б.

References

Мирзиёев, Шавкат Миромонович Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон Тошкент: “Oʻzbekiston” нашриёти, 2024й.-560 б.

Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг” (“Саодатга элтувчи билим”). – Т, “Академнашр”., 2015.

Равшанов Ф. “Саодатга элтувчи билим”га қизиқиб.../Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг”. Akademnashr. 2015.

Равшанов, Фазлиддин. Давлат фуқаролик хизматчисининг маънавий қиёфаси (Рисола) [Матн] / Ф.Равшанов. – Тошкент: «Маънавият» нашриёти, 2023. – 296 б