ZARMED
UNIVERSITETI
179
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
O‘QUVCHILARNI ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA SPORT
MUSOBOQALARINING AHAMIYATI
Dustov Jonibek Amriddinovich
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi
Annotatsiya.
O‘quvchilarni estetik tafakkurini rivojlantirishda sport
musoboqalarining ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
sport,estetika, vosita, kasbiy, sifat, rivojlantirish, musobaqa,
texnika, trxnologiya.
Аннотация.
Приводится информация
о значении спортивных
соревнований в развитии эстетического мышления учащихся.
Ключевые слова:
спорт, эстетика, средство, профессионализм, качество,
развитие, соревнование, техника, технология.
Abstract.
Information is provided on the importance of sports competitions in the
development of students' aesthetic thinking.
Key words:
sports, aesthetics, means, professionalism, quality, development,
competition, technique, technology.
Bugungi
kunda
ijtimoiy
borliq,
institutitsional
yangilanishlar
va
modernizatsiyalash inson organizmidan o‘zgarishlarga moslashib yashashni taqozo
qilmoqda. Jismonan baquvvat va chaqqon organizm ijtimoiy yukka, o‘zgarishlar
dinamikasiga moslashishi mumkin, aks holda stress va depressiya real voqelikka
aylanadi, inson bu holatlarda uzoq qololmaydi. Maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, stress
va depressiya holatlari kishilar bilan ishlovchi sohalarda, ayniqsa o‘qituvchilar,
rahbarlar, boshqaruvdagi kadrlar orasida keng uchraydi
1
.
Intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish inson organizmida psixologik
zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi, gipodinamiyani avj oldiradi. Texnika va
texnologiyalar asri bo‘lgan hozirgi davr intellektual mehnatni qo‘llab-quvvatlar ekan,
ZARMED
UNIVERSITETI
180
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
shu bilan birga ruhiy zo‘riqishdek stress va depressiyaga mubtalolikni avj oldirmoqda.
Bu salbiy hodisalarning fojialarni keltirib chiqarmasligining eng samarali yo‘li mehnat
turini almashtirib turish, ya’ni aqliy mehnatdan jismoniy mashqlarga, jismoniy
mehnatdan aqliy izlanishlarga o‘tishdir. Intellektual rivojlanish bizning realligimiz,
demak, ushbu reallikni jismoniy madaniyat bilan boyitish salomat yashashimiz va uzoq
umr ko‘rishimiz kafoldatidir.
Milliy o‘yinlarga bolalarning chillak, varak uchirish, kim o‘zdi, kuch sinashish,
bekinmachoq, oq terakmi ko‘k terak, besh tosh, arg‘imchoq uchish kabilar ham kiradi.
Ular bolalarda chaqqonlikni tarbiyalaydi, mushaklarini chiniqtiradi, musobaqalarda
qatnashish ko‘nikmasini shakllantiradi
.
Sport ham oʻz jozibadorligi bilan jamiyat estetik ehtiyojlarini qondirib kelmoqda.
“Sport bu faqatgina biologik funksiya emas, balki estetik tafakkur asosida tahlil
qilinadigan madaniy hodisadir. Sport insoniyat madaniy sivilizatsiyasi davomida oʻz
konsepsiyasini yaratib, jamiyatning muhim birlamchi faoliyati boʻlib ulgurdi”.
Qiziqarli tarixiy sport materiallari, sport hayotidan yorqin holatlar, sport
mavzusidagi taassurot qoldiradigan san’at asarlari, voqealarni qamrab oluvchi
kaleydoskop. Ushbu mavzudagi qiziqarli materiallar o‘smirlarning sport estetikasiga
bo‘lgan qiziqishning manbai bo‘lishi mumkin.
“Jismoniy tarbiya darslari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘smirlarni
estetik tarbiyalashning muhim shartlaridan biri ularda sport estetikasiga qiziqishni
ehtiyoj darajasigacha ko‘tarishdir. Shu bilan birga o‘smirlar hayoti va faoliyati - ning
barcha tomonlarini qamrab olish uchun ma’naviy - estetik va albatta jismoniy
qobiliyatni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi lozim. Zero, jismoniy tarbiya
vositasida estetik tarbiyalash bir yoqlamalikni emas, balki barkamollikni
shakllantirishga qaratilgan barcha omillarni ishga solishni nazarda tutadi.
Sport estetikasiga qiziqishni tarkib toptirish bir qator hissiy omillar - hissiy fon,
hissiy muhit, hissiy bilish, materialni o‘smirlar shaxsining hissiy - bilish sohasiga ta’sir
etishini, birinchi navbatda, ijtimoiy- shaxsni yo‘naltirilganligining hissiy motivatsion
ta’sir etishini talab etadi.
Sport estetikasiga bo‘lgan qiziqish sportning istalgan turida sport estetikasini
idrok etish va baholash, estetik ifoda elementlari bo‘yicha mashqlar, harakatlar
bajarish, egallangan ko‘nikma va malakalrni qo‘llash bilan faollashtiriladi. Bu yerda
ishtiyoq muayyan psixologik-pedagogik ta’sir ostida paydo bo‘lgan qiziqish sifatida
faollashadi va barqarorlashadi.
Qiziqishni ma’no, psixologik va ijtimoiy tushuncha sifatida ko‘rib chiqish, uning
ZARMED
UNIVERSITETI
181
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
xususiyatlari, mazmuni va tavsifi, turlari hamda funksionalligini o‘rganish asosida
sport estetikasiga nisbatan tavsifni shakllantiramiz”
.
Bu sportga yaxlit holda, jumladan, estetik qiziqish ob’ektni yanada chuqurroq
o‘zlashtirishga, o‘zini namoyon etishga, qaror toptirishga bundan kuvonch va rohat
olishga (hissiy - ijtimoy o‘zini namoyon etish) bo‘lgan tashkiliy - irodaviy intilishdir.
Hali jismoniy mashg‘ulotlarda, tanlagan sport turlarida egallagan mahorati sport
bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yanada oshirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatning
mavjudligi ham shaxsni o‘zining tashqi go‘zalligini oshirishga bo‘lgan ongli tarzda
kechuvchi faoliyat turi sifatida sport estetikasining tasnifi tariqasida talqin etishlishi
mumkin.
Ana shunday talqindan kelib chiqqan holda sport estetikasiga bo‘lgan
qiziqishning asosiy ko‘rsatkichlari aniklandi:
hissiy-ijobiy, ijtimoiy — shaxsiy sabab;
topa olish - bilish;
baholovchi- yo‘naltirilgan;
ehtiyojli faoliyatli.
Sport estetikasiga bo‘lgan bunday qiziqish - o‘smirlarning nafaqat jismoniy
madaniyati, balki umumiy madaniyatini ham rivojlantirish uchun muhimdir. Sport
estetikasiga qiziqish ko‘rsatilgan ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, usullarini
qarab chikish, o‘smirlarni mashg‘ulotlar, lavhalar, qiziqish va qobiliyatga oid
topshiriklarning variatlari bilan tanishtirish va faollashtirishdan iborat. Bunda aniq
mazmunli, axborotlarga boy bo‘lgan ishontiruvchi suhbat hamda esda qoladigan
ko‘rgazmali rasmli (illustratsiyali) material muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat a’zolarini sportga boʻlgan qiziqish va unga hissiy munosabatlaridan
kelib chiqib, ularni uch guruhga boʻlish mumkin: birinchi toifadagilar, shaxsiy manfaat
va ehtiyojlari boʻyicha sport bilan bogʻliq boʻlgan tomoshabinlar. Bunday insonlar
oʻyindan zavqlanish uchun kelmaydilar, balki musobaqalarning rasmiy jihatiga oʻz
e’tiborlarini qaratadilar. Ular oʻz ixtiyorlari bilan kelmaydilar. Masalan, sport
oʻyinlaridagi nazorat-xavfsizlik xizmati xodimlari. Ikkinchi toifadagilar esa, tashrif
buyurgan tomoshabinlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ularning sport natijalariga
boʻlgan qiziqishlari musobaqa tomon ixtiyoriy yetaklaydi. Uchinchi toifadagi
tomoshabinlar sportning goʻzalligini anglab, estetik mohiyatini his qiladilar, undan
ruhiy quvvat olib, ma’naviy ehtiyojlarini qondiradilar.
Sport musobaqalari turli ijtimoiy qatlam va yoshdagi insonlarni birlashtiruvchi
ajoyib estetik hodisadir. Sport tomoshabinlar uchun maxsus strategiya va qoidalarga
ZARMED
UNIVERSITETI
182
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
muvofiq amalga oshiriladigan faol harakatlar jamlanmasini oʻz ichiga oladi. Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, sport tomoshasidagi harakatlar oʻz jozibadorligi bilan
bir-biridan ajralib, farqlanib turadi. J.Magnan aytganidek, sport oʻyinlari xotimasi,
oʻziga ma’lum boʻlmagan dramani kuzatib turgan tomoshabinlar koʻz oʻngida hal
qilinadi. Sport musobaqalari natijalarining oldindan nomalumligi va qanday hisob bilan
tugashini aytish imkonsizligi ham tomoshabinlar qalbida hayajonli hissiyotlarni
joʻshqinlantiradi. Sport jozibasi muhim darajadagi noaniqlik natijasidan iborat. Bu
noaniqlik insonlarda ziddiyatli vaziyatlarga nafaqat oʻyinchi, balki muxlis sifatida ham
qatnashishlariga ishtiyoq uygʻotadi. Faol harakat natijalarining oldindan ma’lumligi
translyatsiya faoliyatining jozibadorligini yoʻqotadi. Sport musobaqalarini bevosita
guvohi boʻlib, kuzatish sport estetikasini anglashga olib keladi.
Sport oʻyinlari boshqa tomosha turlaridan nafaqat oʻz estetik jozibadorligi bilan
qolaversa, kommmunikativlik bajarishi bilan ham ajralib turadi. Sport oʻyinlari -
tomoshabinlar oʻrtasidagi munosabat, aloqaviy bogʻliqlik, ya’ni, muloqot vazifasi
malum. Sport faoliyati sohasidagi insonlarning axloqiy-madaniy muloqoti aksariyat
hollarda musobaqalar jarayonida, ularni tomosha qilish davomida sodir boʻladi.
Sportning tarixiy rivojlanishi davomida insonlarning muloqotiga “tashqi (madaniy
mentalitet, ijtimoiy munosabatlar) va ichki (milliy an’analar, umumiy til birligi)
omillarning roli nihoyatda muhim”
2
boʻlib kelgan.
Ma’lum bir jamoa yoki sportchiga muxlislik qilayotgan insonlar, yo gʻalaba
quvonchini, yoinki magʻlubiyat hamdardlagini birgalikda tahlil qiladilar. Ularni
birlashtirib turuvchi umumiylik mavjud va bahsli suhbatlar mavzusi ham aniq boʻladi.
Bundan tashqari sportchilarning oʻzaro va ular bilan tomoshabinlarning munosabatlari
ham sportning kommunikativ vazifasiga taaluqli. Sport turlari, mexanizmlari,
qadriyatlariga koʻra mikro va makro guruhlar shakllanadi hamda ular bir-birlari bilan
muloqotga kirishadilar. Bellashish, raqobat va qarama-qarshiliklarsiz sportni tasavvur
qilolmaymiz. Ammo sportdagi raqobat oʻzining sof koʻrinishi bilan insonlarni
birlashtirib, muloqotga kirishini ta’minlaydigan eng samarali vositalardan biri boʻlib
kelmoqda. Bu jarayon sport paydo boʻlishining dastlabki bosqichlaridayoq namoyon
boʻlgan.
Qadimgi Yunon shahar-davlatlari Olimpiya oʻyinlari vaqtida hatto urushlarni
ham toʻxtatganlar. Sportchilar va Olimpiya oʻyinlari tomoshabinlari esa dushman
davlat hududidan bemalol oʻtib, musobaqaga borishlari mumkin boʻlgan. Dushman
ZARMED
UNIVERSITETI
183
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
davlat fuqarolari yonma-yon turib musobaqalarni kuzatishgan, gʻalaba bilan bir-
birlarini
qutlaganliklaridan
kelib
chiqib
aytishimiz
mumkinki
sportning
kommunikativlik vazifasi tarixdan muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
Sport musobaqalari davomida qatnashchilarda kuzatiladigan gedonistik
tuygʻular bilan estetik quvonch (gʻalaba quvonchi, takrorlanmas natijaning guvohi
boʻlish)ni farqlash lozim. “Ma’lumki, qadimgi yunon olimlari Aristin va Elinur
tomonidan asos solingan gedonizm (yunoncha nedone-lazzatlanish) lazzatlanib umr
kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil etishi lozim, degan qarashga asos
bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilishni ifodalaydi. Gedonizmni mutlaqlashtirish
inson hayotida moddiy boyliklar rolini oshirib, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni
susaytirishga olib keldi.” Sport oʻyinlaridagi gedonistik xohish-istak yoshlarni
ma’naviy-estetik tarbiyalashda oʻz salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Chunki sport
estetikasidan haqiqiy zavqni his qilish uchun inson ishtirokchi boʻladimi, tomoshabin
boʻladimi “manfaatsiz maqsadga muvofiq” munosabatda boʻlishi lozim.
Sportning jozibadorligini his qilish, undagi vazifalarni bajarishning faol-ijodiy
tabiati bilan bogʻliq. “Ma’lumki, estetik zavq bagʻishlaydigan mumtoz tomosha san’ati
jamiyat ma’naviy hayotiga kulguli, axloqiy-intellektual obrazlari orqali ta’sir
koʻrsatadi. Lekin qadimiyligiga qaramay bunday tomoshalarning qatnashchilari ham,
muxlislari ham sport musobaqalarichalik emas.” Sport jamiyat kayfiyatiga oʻziga xos
ta’sir koʻrsata oladigan, xatti-harakatlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldiradigan
madaniy hodisadir. Jismoniy, ruhiy, ma’naviy, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirib, sport
musoboqalarida qatnashayotgan ishtirokchi oʻz empatiyasini oʻta samarali va yuqori
darajada namoyon qiladi.
Sport oʻyinlarida qarama-qarshi ikkala tomonning qanchalik, tezkor, shiddatli
harakat qilishlaridan qat’iy nazar, natija doimo “Sport qonuni” asosida belgilanadi.
Sport qonuni – “eng kuchlilar gʻalaba qozonadi, ojizlar magʻlub boʻladi.” Bu oʻrinda
nafaqat jismoniy kuch, balki ma’naviy-estetik quvvat garmoniyasi ham nazarda
tutilgan. Ammo sportchining mavjud jismoniy va ma’naviy qobiliyatini hisobga
olmasdan turilgan rejalar samara bermaydi. Yani teskari natija koʻrsatib xunuklikka
aylanadi. Sport musobaqalarida harakatlar rejasining umumiy sxemasi mavjud: bu
“kuzatish, dushmanni zarasizlantirish va hujumga oʻtish.” Ushbu sxema asosida
boʻladiga toʻqnashuvlar ajoyib sport oʻyinlarini yaratadi va muxlislar olqishiga sabab
boʻladi. Bu sxemaning har bir elementi oʻziga xos mantiqiy tuzilishga va makon-
zamondagi harakatlar dinamikasiga bogʻliq. Sxema umumiy xarakter kasb etsada, har
bir sport turi boʻyicha farqlanadi.
ZARMED
UNIVERSITETI
184
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Zamonaviy sport turlarining xilma-xilligi, ularga boʻlgan ommaviy qiziqishning
kuchayib borishi musobaqalarni “dasturlash” va bunda tomoshabinlar ehtiyojlarini
inobatga olish lozim. Buning uchun yetarlicha bilim va malaka talab qilinadi.
Lekin sport oʻyinlari esa teatr emas. Yani, sport inson hayotini aks ettirmaydi,
balki u hayotning oʻzidir. Sport oʻyinlarini teatr tomoshalaridan faqr qiluvchi yana bir
tomoni, ikkalasini ham bevosita kuzatuvchi tomoshabinlardin. Tomoshabinsiz teatr
sahna koʻrinishlari bemanilikdir. Teatrda bevosita turib kuzatayotgan tomoshabinlar
uchun sahna koʻrinishlari namoyish qilinadi. Ularsiz tomoshalar qoldiriladi. Sport
oʻyinlari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlarning boʻlish-boʻlmasligi ikkinchi
darajali. Buni biz 2020-2021-yilarda koʻpgina davlatlarda belgilangan qat’iy karantin
(COVID-19) paytida, tomoshabinlarsiz oʻtkazilgan sport musobaqalari misolida
guvohi boʻldik.
Sport oʻyinlari va tomoshalarini tashkil etishda ham asosiy e’tibor musobaqalarni
oʻtkazish uchun qulay boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishga, keyingi navbatda esa
kuzatuvchilar(tomoshabinlar) hamda ularning manfaatlarini koʻzlab yaratiladi. Teatrda
buni teskarisi, asosiy e’tibor tomoshabinlarga va ularning manfaatlariga qaratiladi.
Bolalar rivojlanishini birinchi bo‘lib o‘yin faoliyati bilan boshlaydi. O‘yin
faoliyatida milliy o‘yinchoqlar ta’lim-tarbiya vositasi sifatida nihoyatda keng
qo‘llaniladi. Xalq azaldan bola tarbiyasida turli-tuman o‘yinchoqlardan, ularning ijobiy
tomonlaridan unumli foydalanib kelgan. Shuning uchun ham xalq manbalarida milliy
o‘yinlarni amalga oshirish uchun xalq o‘yinchoqlariga keng o‘rin berilgan. Oilada ota-
onalar, mahallalarda mahalliy hunarmandlar loy, yog‘och, jun, matolar va boshqa
materiallardan bolalar uchun turli xil chiroyli, ularni qiziqtiradigan bezaklar bilan
bezatilgan, bolalarni tezda o‘ziga rom qiluvchi o‘yinchoqlar yasaganlar. O‘yinchoqlar
yashashning takomillashib borishi, bir necha avlodlarning ijodiy faoliyati natijasida
o‘ziga xos, bejirim, takrorlanmas o‘zbek milliy o‘yinchoqlari vujudga kelgan. Bunday
o‘yinchoqlar qatoriga oilalarda bolalarga yasab beriladigan turli o‘zbek milliy
libosidagi qo‘g‘irchoqlar, ertaklarning qahramonlari, mahalliy uy hayvonlari, uy-
ro‘zg‘or va maishiy xizmat buyumlari kabilarni ta’kidlash mumkin.
Xullas insonlarning jismonan sog‘lom bo‘lishi o‘zining ma’lum maqsad asosida
olib borayotgan harakatlari, tabiat bag‘rida yoki chiroyli sport zallari va maydonlarida
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi – bularning barchasi kishidagi estetik his-
tuyg‘ularni, ideallarni, qarashlarni, didini tarbiyalaydi. Bu narsaga ko‘proq o‘quvchilar
e’tibor beradi. Chunki o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslarida o‘zining qiziquvchan,
intiluvchan xislatlari orqali juda chiroyli jismoniy mashqlarni bajaradilar va undan
ZARMED
UNIVERSITETI
185
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
zavq-shavqqa to‘ladilar. O‘qituvchi bolalarni faqatgina jismonan tarbiyalab qolmay,
balki o‘quvchini estetik jihatdan ham tarbiyalaydi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini
chuqur anglab yetgan kishi faqat o‘zining sog‘lom bo‘lishinigina emas, balki doimo
xushchaqchaq, ochiqko‘ngilli, xushmuomalali, chiroyli, go‘zal bo‘lib yurishini ham
ta’minlaydi. Sport insonni jismoniy chiniqtiradi, tarbiyalaydi, uni go‘zallikka va
ezgulikka chorlaydi. Sportchilar ajoyib mashqlarni, harakatlarni bajarib muxlislarda
katta estetik zavq-shavq uyg‘otadilar, ularga quvonch bag‘ishlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.04.2022 yildagi PQ-201-son.
“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish”
chora-tadbirlari to‘g‘risida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.12.2018 yildagi PQ-4063-son.
“Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-
quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish” chora-tadbirlari
toʻgʻrisida.Нурматова М. Шахс камолотида ахлоқий ва эстетик қадриятлар
уйғунлиги. –Т.: Университет, 2009. – 128 б.
3. Самадов А., Эргашева М.Ҳ. Шахс эстетик идеали: шаклланиши ва
ривожланиши муаммолари. –Т.: Zilol buloq, 306 б.
4. Ғайбуллаев О. Эстетик маданият. –Т.: Наврўз, 2020. – 310 б.
5. Mamarasulov U. о‘zbеkistоndа spоrt еstеtikаsini rivоjlаntirishning fаlsаfiy
mаsаlаlаri. Falsafa фанлар доктори (PhD) диссертацияси dissertatsiyasi avtoreferati
2024. 46 б.
6.
https://www.gazeta.uz/ru/2020/12/15/reading/
