Authors

  • Navruza Umirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113360

Keywords:

zamonaviy ta’lim asoslari mustaqil dunyoqarash amaliyot

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalar mustaqil dunyoqarashini kengaytirishda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limning zamonaviy pedagogik jihatlari va asoslari yoritilgan. Shuningdek amaliyotga yo‘naltirilgan 
ta’limda xorijiy va hududiy o‘lchamlarni hisobga olish lozimligi keltirilgan.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

211

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

MUSTAQIL DUNYOQARASHGA EGA BO‘LISH BOSQICHLARI

Umirova Navruza Mamasoliyevna

SamDU “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi tayanch-doktoranti

Annotasiya.

Ushbu maqolada oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalar mustaqil

dunyoqarashini kengaytirishda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limning zamonaviy
pedagogik jihatlari va asoslari yoritilgan. Shuningdek amaliyotga yo‘naltirilgan
ta’limda xorijiy va hududiy o‘lchamlarni hisobga olish lozimligi keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

zamonaviy ta’lim asoslari, mustaqil dunyoqarash, amaliyot,

xalqaro o‘lchamlar, hududiy o‘lchamlar, o‘quv jarayonni amaliyot bilan bogʻlanish
samaradorligi.

Аннотация.

В статье рассматриваются современные педагогические

аспекты и основы практико-ориентированного образования в расширении
самостоятельного мировоззрения студентов в процессе высшего образования.
Также утверждается, что практико-ориентированное образование должно
учитывать зарубежные и региональные аспекты.

Ключевые слова:

основы современного образования, независимое

мировоззрение, практика, международное измерение, региональное измерение,
эффективность связи образовательного процесса с практикой.

Abstract.

This article discusses the modern pedagogical aspects and foundations

of practice-oriented education in expanding students' independent worldviews in the
higher education process. It also highlights the need to take into account foreign and
regional dimensions in practice-oriented education.

Key words:

foundations of modern education, independent worldview, practice,

international dimensions, regional dimensions, effectiveness of linking the educational
process with practice.

Ключевые слова:

основы современного образования, независимое

мировоззрение, практика, международное измерение, региональное измерение,
эффективность связи образовательного процесса с практикой.


Global hayotda insoniyatni oliy mavjudod ekanligini isbotlash va uning

mavqeini ko‘tarish va saqlab qolish uchun juda katta o‘zgarishlar va tadbirlar ishlab
chiqilimoqda. Chunki insoniyat boshqaradigan sohalarda texnika imkoniyatlari


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

212

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

oldinlab bormoqda. Shuning uchun ham yangilanib borayotgan jamiyatdagi insoniyat
roli yangi kasblar bilan yangicha hayot tarziga aylantirish bilan bogʻlamoqda.

Inson tugʻilibdiki o‘zligini anglaydi, xarakteri shakllanadi, ijtimoiylashadi, va

atrofdagilarga nisbattan o‘z qarashlari va tushunchalari paydo bo‘la boshlaydi. Unda
aqliy,axloqiy, estetik tarbiya shakllanib borar ekan o‘zini anglash va o‘znini
boshqalarga borligini bildira boshlaydi. Bu bolada “men”i shakllanayotganligini
anglatadi. Tarbiya berish orqali ularda dastlabki fikrlash qobiliyatini shakllantiramiz.
Bu yoqtirga narsalarini ayta olish va xoxlash va xohlamaslik bilan munosabatini aytadi.
Keyin narsa va buyumlarni turkumlaydi va boshqa narsalarbilan aloqasini va fazodagi
vazifalarini o‘rganadi. Maktab yoshiga kelganda berilgan savollarga olgan bilimlari va
kuzatgan uchratgan hodisalariga qarab munosabat bildiradi va javob beradi. Natijada
mustaqil dunyoqarashi tarkib topa boshlaydi.

Dunyoqarash- insonni tashqi olam, insonlar, narsalar va hodisalarga nisbatan

muayyan fikri. Bu fikr va munosabat uning olgan bilimlari ijtimoiy hayotda
kuzatishlari, guvoh bo‘lgan voqealari natijasida shakllanadi va rivojlanib boradi.
Dunyoqarashni dastlab mifologik, falsafiy, mantiqiy turlari mavjud bo‘lib, bu borada
ko‘pgina alloma va faylasuflar ijod qilishgan va olamni asosini shu fikrlar asosida talqin
qilishgan bugungi kunda har bir yetuk shaxsni mustaqil fikri dunyoqarashi bo‘lishi va
bu ilmiy va ijtimoiy dalillar bilan boyitilishi muhim hisoblanadi. Mustaqil dunyoqarash
yuqoridagi dunyoqarashlarni turmush bilan bogʻlangan (kundalik) dunyoqarash turiga
kirib, ijodda va ijtimoiy hayotda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam
toʻgʻrisidagi oddiy va anʼanaviy qarashlar aks etadi. Dunyoqarashni o‘lchash murakkab
va ko‘p qirrali jarayon, chunki u insonning hayotga, odamlar, jamiyat, ilm-fan, din,
axloq va boshqa sohalarga bo‘lgan qarashlarini o‘z ichiga oladi.

Oliy ta’limga qadam qo‘ygan talabalarni o‘zlashtirish bilan birga ularni bir-biriga

bogʻlash, hayotda nima uchun kerak?, nimada aks etadi?nazariyani hayotga bogʻliqligi
nima?, nima uchun mening fikrim kerak? Degan fikrlarga javob topadi. Chunki fanlarni
o‘zlashtirish faqat kasb vazifalarini, bilimini va maqsadini o‘rganish emas, unda qanday
yangilik qilsa bo‘ladi, qanday yodoshuv samarali bo‘ladi tanqidiy o‘rganishni mohiyati,
samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar haqida mustaqil dunyoqarashi kengayadi.
Mustaqil dunyoqarashi talabada olgan bilimini mohiyatini o‘z o‘lchovlari bilan
baholashi zamirida yotadi.

Shuning uchun, ta’lim sohasi shunday maqsadlarni oldiga qo‘yishi talabalarni

mustaqil dunyoqarashini zamonaviy, mantiqiy va kreativ jihatdan amalda ta’minlashi
lozim. Bu yondashuvlar xorijiy tajribalarni qo‘llay olish, talabalar ta’lim olish


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

213

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

madaniyatini to‘gri yo‘lga qo‘yish, nazariya bilan amaliyotni birga olib borish,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim olishni ta’minlash,
adabiyotlar tahlili bilan ishlash va mustaqil ta’lim ustida real tadqiqotlar asosida
ishlashni taqozo qiladi.

Jahonning eng rivojlangan mamlakatlari oliy ta’lim tizimida tashkil qilingan

o‘quv jarayonlarining asosi bo‘lgan o‘quv dasturlar mazmunan bir xillikni tashkil
qilsada talabalarni mustaqil dunyoqarashini kengaytirish va fikrlash dunyosini o‘stirish
uchun turli usullardan foydalangan hamda ilgʻor ta’limiy yondashuvlarni kiritgan.
Bizning ham oliy ta’lim tizimida ishlab chiqilayotgan o‘quv dasturlar orqali talabalar
mustaqil dunyoqarashini kengaytirish masalalari jahon ilgʻor tendensiyalardan
foydalanilsa ta’lim samaradorligini oshishiga erishishda bir muncha yuqoriroq natijalar
bilan erishgan bo‘lamiz

Globallashuv asrida eng insoniyatni tashvishga soladigan muammo bu “inson

kapitali”ni shakllantirish maqsadi bo‘lib, jamiyat barcha sohalardagi investiriyalarni
insoniyat intellektual salohiyatini o‘stirish va kengaytirishga qaratmoqda. Chunki
insoniyatni intelektual salohiyatini o‘sishi jamiyat rivoji, yangi innovatsiyalarni
hayotga tadbiq qilinishi va yangicha hayot sharoitlarini yaratilishiga asos bo‘lib xizmat
qiladi. Jamiyatga yangliklarni kirib kelishi va shu yangiliklarga munosib tayyor
turishimiz uchun avvalo ta’limni so‘nggi yangiliklar va texnologiyalar bilan
boyitishimiz lozim bo‘ladi.Yangidan yangi kasblarni hayotimizga kirib kelishi, so‘nggi
texnologiyalarni hayotga tatbiq qilishimizning barchasida ta’limning o‘rni va xizmati
beqiyosdir.

Shuning uchun porloq kelajak qurishimizda ham ta’lim asosiy o‘rinda turadi

chunki kelajagimiz yosh avlodlar qo‘lida ekan biz bugundan boshlab ularga yangi
texnalogiyalar orqali ta’lim berishimiz lozim. Jahon hamjamiyatida barcha tengdoshlari
bilan berlash oladigan, fikr almasha oladigan va qolaversa o‘z fikrlarini gʻoyalarini
bemalol bildira oladigan yoshlarni tarbiyalashimizda ham ta’lim birinchi o‘rinda turadi.
Ta’lim sohasidagi barcha yangiliklarni olib kirish va milliy o‘qitish tizimida
hamkorlikda ta’limni tashkil etishimiz ham jahon hamjamiyatida talab qilinadigan
talablarga munosib bo‘lishimiz ham bizning oliy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.

Shunday ekan, biz butun dunyoda eng ta’lim tizimida ko‘p natijalarga erishgan

universitet va institutlar foydalanayotga o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy jarayonlarni
tashkil etishda so‘nggi zamonaviy usullardan foydalanishimiz maqsadga muvofiq
bo‘lar edi. Chunki ta’lim ham rivojlanishda xilma-xil o‘qitish usullarida va
hamkorlikda o‘z natijadorligini isbotlaydi. Shu asnoda jahonda rivojlangan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

214

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

mamlakatlar o‘qitish uslublaridagi o‘quv dasturlarni talabalar dunyoqarashini
kengaytirishga qaratilgan jihatlarini ko‘rib chiqdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2019 yildagi 8-oktabr. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi”

PF-5847-sonli farmoni.

2. Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi
bosqichga ko‘taramiz. – I. – T.: O‘zbekiston , 2017. – 592 b.
3. Nagmetova N.M.Thoretical aspects of the formation of students’worldview in the
process of training in higher education.
4. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari.
ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND
SOCIAL SCIENCES,3, (2023)
5. To‘raqulov O.X. O‘qitishda innovasion usullardan foydalanish// Kasb hunar ta’limi,
2005, 6-son.

References

2019 yildagi 8-oktabr. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” PF-5847-sonli farmoni.

Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz. – I. – T.: O‘zbekiston , 2017. – 592 b.

Nagmetova N.M.Thoretical aspects of the formation of students’worldview in the process of training in higher education.

Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, (2023)

To‘raqulov O.X. O‘qitishda innovasion usullardan foydalanish// Kasb hunar ta’limi, 2005, 6-son.