Authors

  • Xoshim Xidirov
  • Shoxruz Mavlankulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113364

Keywords:

yoshlar tarbiya axborot ta’lim

Abstract

Maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va roli haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.  


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

244

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

YOSHLAR TARBIYASIDA TA’LIM JARAYONI

AXBOROTLASHUVINING O‘RNI VA ROLI

Xidirov Xoshim Ibodullaevich

Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti

E-mail

:

xoshim2021@mail.ru

Mavlankulov Shoxruz Dilshod o’g’li

Samarqand Zarmed universiteti talabasi

Annotatsiya

. Maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan axborotlashgan

jamiyatning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va roli haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, tarbiya, axborot, ta’lim, texnika, fan, rivojlanish,

innvatsiya, texnologiya, sun’iy intellekt va h.k.

Аннотация

.

В статье дается краткий обзор роли и места развивающегося в

настоящее время информационного общества в образовании молодежи.

Ключевые слова

:

молодежь, образование, информация, обучение,

технологии, наука, развитие, инновации, технологии, искусственный интеллект
и т. д.

Abstract

. The article presents opinions on the place and role of the currently

developing information society in the education of youth.

Key words

:

youth, education, information, education, technology, science,

development, innovation, technology, artificial intelligence, etc.

Hozirgi rivojlangan jamiyat muayyan intellektual salohiyatga ega bo‘lgan

taqdirdagina axborot texnikasi ilmiy taraqqiyotga turtki berishi mumkin. Jamiyatning
intellektual salohiyatini shakllantirishda ta’lim tizimi muhim rol o‘ynaydi. O‘z
navbatida, fan ta’lim funksiyasini bajaradi. Binobarin, fan bilan ta’lim o‘zaro aloqa
qiladi. Bu aloqa shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan, fan yangi bilim
ko‘rinishidagi o‘z mahsulini ishlov berish va tarqatish uchun ta’limga taqdim etadi.
Ikkinchidan, ta’lim tegishli tarzda o‘qitilgan va tayyorlangan kadrlarni fanga yetkazib
beradi.

Fan bilan ta’lim o‘rtasida uzviy aloqa mavjudligiga, ular bir- birisiz rivojlana

olmasligiga qaramay, fan va ta’lim inson faoliyatining har xil sohalaridir. Xususan,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

245

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

mazkur tafovut inson faoliyatining bu ikki o‘zaro bog‘langan, lekin har xil sohalarini
axborotlashtirish jarayonida ham namoyon bo‘ladi.

Tarix o‘z ta’lim tizimidan kamdan-kam jamiyat qanoatlanganini ko‘rsatadi. Bu

ta’limning klassik modeli eskirgan bugungi kunda, ayniqsa yaqqol namoyon
bo‘lmoqda. Ta’lim paradigmasini inqilobiy o‘zgartirish, uni demokratlashtirish,
kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz
ta’lim tizimini vujudga keltirish tendensiyasi tobora kuchayib bormoqda.

Hozirgi ta’lim sohasida qarama-qarshi tendensiyalar - jamiyat hayoti va

faoliyatida ta’lim rolining o‘sishi hamda ta’lim sohasida inqiroz kuzatilmoqda.
Mazkur inqiroz faqat moliyaviy taqchillik bilan emas, balki industrial jamiyatga
samarali xizmat ko‘rsatgan ta’lim tizimi axborotlashgan jamiyat talablariga javob
bermasligi bilan ham izohlanadi. Darhaqiqat, axborotlashgan jamiyatda ta’lim
butunlay boshqacha rol o‘ynaydi. D.Bell o‘zining kelajak jamiyati konsepsiyasida
universitetlarni «postindustrial jamiyatning muhim instituti» deb ta’riflagani bejiz
emas. So‘nggi yillarda vujudga kelgan ta’lim sotsiologiyasi S.Lipset, R.Nisbet,
J.Furaste va boshqalarning shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi hozirgi jamiyatni
ichdan qayta qurishiga umid bog‘lamoqda.

Ta’lim sohasidagi inqirozning mohiyati va undan chiqish yo‘llari haqidagi har

xil qarashlar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, bu muammolarga nisbatan ikki asosiy
yondashuvni qayd etishimiz mumkin. Birinchi yondashuv texnokratik xususiyatga
ega. U shakllanayotgan axborot jamiyati yangicha tafakkurni, tez o‘zgarayotgan
axborot-texnik borliqqa nisbatan munosabatning yangi tipini shakllantirishni taqozo
etadi, degan fikrni ilgari suradi.

Bu esa, ta’limning mazmuni va metodikasini o‘quvchilarda axborot bilan oqilona

ishlash, kompyuter texnologiyalarini bilish, professional-pragmatik

fikrlash

ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirishni taqozo etadi. Hozirgi ta’lim tizimida
hukm

surayotgan

inqirozdan

chiqishga

nisbatan

ikkinchi

yondashuvni

insonparvarlikka asoslangan yondashuv deb nomlash mumkin. U inqiroz sabablari va
mazmunini ta’limning noinsonparvarlashuvida, industrial va bozor munosabatlarining
vositasiga aylanib qolganida ko‘radi. Mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, ta’lim
industrial texnokratizm va bozor utilitarizmi (manfaatparastligi) ta’sirida o‘z
insonparvarligini yo‘qotadi va tor kasbiy bilim va ko‘nikmalarga manfaatparastlik
nuqtai nazaridan (utilitar tarzda) o‘rgatishga aylanadi. Ta’lim tizimini isloh qilish
ta’limning mazmunini aktuallashtirish, o‘quv axboroti oqimlarini yaratish, pedagogik
mehnatni taqsimlash va birlashtirishning mutlaqo yangi shakllarini amalga joriy


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

246

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

etishdan tashqari, ta’limni insonparvarlashtirish va kompyuterlashtirishni nazarda
tutgan holda: “Bugun ta’lim tizimida yangi gumanistik qadriyatlar, an’anaviy
gumanitar fanlar joriy etilmoqda

1

”.

Ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari muhandislar tayyorlashda, ayniqsa

yaqqol aks etadi. Ma’lumki, muhandislar mutaxassislarning eng ommaviy guruhini
tashkil etadi. Ular ma’lum sabablarga ko‘ra jamiyat hayotining deyarli barcha sohalari
bilan bog‘liq. Muhandislik ta’limining haddan tashqari texnikaviylashuvi, uning
insonparvarlik jihatiga kam e’tibor berilishi jiddiy kamchiliklardan biridir. Umuman
olganda, “Inson shaxsini, uning qobiliyati va ehtiyojlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan texnik ta’limni noinsonparvarlashgan ta’lim deb bo‘lmaydi. Texnik
faoliyat shaxsning insonparvarlashuvi, unda dunyoga faol ijodiy munosabatni
rivojlantirish omili hisoblanadi

2

”. Texnik mutaxassis andozalarini shakllantiruvchi

tashqi

omillarning

ta’lim

tizimiga

ta’siri

muhandislik

ta’limining

noinsonparvarlashuviga, unda texnokratizm haddan tashqari kuchayishiga olib keldi.

Hozir fan va texnikaning ilg‘or tarmoqlarida sun’iy intellekt yaratish bo‘yicha

ish olib borilmoqda. Ammo tabiiy intellekt nimaligini bilmay turib, sun’iy intellekt
to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Vaholanki, informatika sohasida ishlaydigan
mutaxassislar bu savolga ko‘pincha to‘g‘ri javob bera olmaydilar. Holbuki, bunday
javobni ijtimoiy bilim beradi. U tabiiy intellekt deganda Platon bir paytlar “nus” deb
atagan narsa - inson ongining oqilona fikrlash qobiliyatini tushunadi. Tabiiy intellekt
nimaligini tushunmaslik sun’iy intellekt mohiyati, tabiiy va sun’iy intellektlar
o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar har xil tushunilishiga olib keladi.

Ta’limni axborotlashtirish jarayonining kengayishi natijasida muhandislik

ta’limining ijtimoiylashuvi muammolari dolzarb ahamiyat kasb etdi. Bu muhim va
zarur jarayonning salbiy jihatlari ham yo‘q emas. Ta’limni axborotlashtirish bilimni
axborotga aylantirib, bilimlarni o‘zlashtirishni inson ongining boshqa unsurlari -
emotsiya va kayfiyat, intuitsiya va ko‘p ma’nolilikdan ajratadi, bilimni qat’iy bir
ma’noli va rasmiy qilib qo‘yadi, dialektik fikrlash usuliga amal qilmaydi, “mashinali
fikrlash” tarzini shakllantiradi. Bunday fikrlash tarzi tegishli xulq- atvorni
shakllantiradi: odamlar bir-biri bilan kam aloqa qila boshlaydi, shaxslarning
jamiyatdan ajralishi va, pirovard natijada, insonning virtual olamga kirib ketishi sodir

1

Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Ответственность образования в предупреждение и преодоление вызовов

современности. - Т.: Янги аср авлоди, 2003. - С.13

2

Шульман Е.А. Социальное реагирование на информацию. - Т.: Узбекистан, 1993. - С.45


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

247

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

bo‘ladi. Fikrlash va xulq-atvor shakllari, ularning mazmunidan ustunlik qila
boshlaydi.

Ta’lim sohasida bu uning insonparvarlik unsuri yo‘qolishiga olib keladi. Xullas,

axborotlashtirishning salbiy oqibatlarini tugatish uni insonparvarlashtirishni taqozo
etadi.Ta’lim oluvchilarda obrazli fikrlashni, muayyan qobiliyat va ko‘nikmalarni
rivojlantirish ijtimoiy tayyorlashning muhim muammosidir. Shuni e’tiborga olish
kerakki, muayyan qarorni qabul qilishda inson, nafaqat o‘z ilmiy bilimlarini, balki
xohishi, istagi, qiziqishi, kafiyati, simpatiyalarini ham ishga soladi. “Mehnatni
oqilonalashtirishning bu vositalarini ta’lim jarayonida ijodiy fikrlash tarzini,
izlanuvchanlikni shakllantirish yo‘li bilan rivojlantirish zarur. Bu ta’limning
muammoli, o‘yinli, talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasida muloqot usullarini amalga joriy
etishini taqozo etadi

3

”. Mutaxassislarni ijtimoiy qayta tayyorlash muammolarini hal

qilishning ikkinchi jabhasi ijtimoiy fanlarni o‘qitish sohasidir. Nafsilambrini
aytganda, oliy texnika maktablarida bu fanlarga past nazar bilan qaraladi. Bunda
ijtimoiy tayyorlash muammolarini ba’zan yaxshi tushunmaydigan texnika fanlari
vakillarigina emas, balki muhandis uchun ijtimoiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos
xususiyatlarini, uning professional hayotiy masalalar bilan aloqasini e’tiborga
olmaydigan ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari ham aybdordirlar. Ijtimoiy fanlarning yangi
mazmuniga muvofiq yangi ta’lim usullarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llashni
bilmaslik holatlari uchrab turibdi.

Ayni vaqtda, ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari talabalar o‘rganayotgan tabiiy-

matematika va texnika fanlari haqida hech bo‘lmasa umumiy ma’lumotlarga ega
bo‘lishlari kerak. Kompyuter qanday tuzilganligi va ishlashi, axborot nima ekanligi
va u bilimdan nima bilan farq qilishi, dasturiy ta’minlash, fayl yoki bit nimaligini
bilmasdan informatiklarga falsafani o‘rgatish mumkin emas. Avtomatlashtirishning
rivojlanish bosqichlarini, uning mohiyatini, robotlar avlodlarini va mexatronikaning
rivojlanishini bilmasdan avtomatchi-muhandislarga tarixdan dars berish mumkin
emas. “Inson-mashina” tizimining dialektikasini ochib bermasdan, mexanizm
qismlardan, ya’ni, ma’lum erkinlik darajasiga ega detallardan tashkil topishini
bilmasdan dastgohchi-muhandislarga dialektikani o‘rgatish mumkin emas.

Kompyuter madaniyatining shakllanishi, Internetning roli, virtual olam

to‘g‘risida so‘z yuritmasdan madaniyatshunoslikdan dars berish mumkin emas.
Ijtimoiy fanlar shunday o‘qitilishi kerakki, ijtimoiy bilimlar bo‘lajak muhandisda

3

Ахлиддинов Р. Социально-педагогические основы управлением качества общего и среднего образования:

Автореф

д-ра.пед.наук. - Т.: Янги аср авлоди, 2002. - С.18


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

248

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kasbiy qiziqish uyg‘otsin. Axborotlashgan jamiyat texnologiyasi ta’lim jarayoniga

muayyan talablar qo‘yibgina qolmasdan, balki bu jarayonni o‘qituvchi bilan o‘quvchi
o‘rtasida to‘g‘ri va teskari aloqani ta’minlashga qodir zamonaviy axborot vositalari
bilan ham jihozlaydi. “Ta’lim jarayonida kompyuterlarning roli shu qadar kattaki,
kelajakda elektron mashinalar o‘qituvchilar o‘rnini to‘liq egallaydi va ularning
vazifalarini arzonroq, puxtaroq va samaraliroq bajaradi

4

”, - degan fikrlar

bildirilmoqda. Bunga teskari qarashlar esa, ta’limda kompyuterlardan foydalanish
salbiy oqibatlarga olib keladi, chunonchi, bilimlarni formallashtiradi, o‘qituvchini
o‘quvchi bilan jonli emotsional aloqa qilishdan mahrum etadi, boz ustiga, ta’limni
kompyuterlashtirish, uning standartlashishi va o‘qituvchilar orasida ishsizlikning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, degan fikrlarni ilgari surmoqda

5

. Bu turg‘un

fikrlaydigan o‘qituvchilarning fikrlari bo‘lib, u yangi emas, chunki ta’lim sohasida
yangiliklar doim, hatto ma’rifatli odamlarning ham qarshiligiga duch kelgan. Masalan,
buyuk faylasuf va pedagog Suqrot o‘z vaqtida og‘zaki nutqni ta’lim va tarbiyaning
eng oqilona usuli deb hisoblagan va ta’lim sohasida yozuvning qo‘llanishiga o‘ta
salbiy munosabat bildirgan, bu odamlarning xotirasini o‘tmaslashtiradi, og‘zaki nutq
fikrlarning ma’nosini yozma nutqqa qaraganda yaxshiroq ifodalaydi deb hisoblagan.

Mavjud ta’lim tizimi informatika va avtomatika, robototexnika va mexatronikani

qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish talablariga javob beradigan insonni
shakllantirishga qodir emas. Vaholanki, ishlab chiqarishda ijodiy fikrlaydigan,
an’anaviy echimlarga shubha bildira oladigan, yuqori malakali mutaxassislarga
talab kuchayib bormoqda. Davr ta’limni ishlab chiqarish jarayonining sharti deb
tushunishdan unga ishlab chiqarishning maqsadi deb qarashga o‘tishni taqozo
etmoqda. Bunday o‘tish jarayonida ta’limni axborotlashtirish - uning samaradorligini
oshirishga yo‘naltirilgan yangi axborot texnologiyalarining dasturiy va apparatli
vositalari majmuini va ulardan foydalanish metodikasini ta’lim jarayoniga joriy etish
katta rol o‘ynashi lozim.

Ta’limni kompyuterlashtirish, keng ma’noda esa axborotlashtirish o‘rganish

uchun zarur axborotni tanlash, uni ta’lim shakliga solish, bu axborotni o‘quvchilarga
o‘zlashtirish, tushunish va eslab qolish uchun berish maqsadida axborot
texnologiyasidan foydalanish, mutaxassislarning umumiy ma’lumoti va kasbiy

4

Султонов М. Илмнинг янги йўли.// Тафаккур. -1996. №1. - Б.33

5

Иззетова Э. Проблема взаимоотношения научного знания и гуманистических идеалов: Автореф...д-ра

философ.наук. - Т.: Университет, 2002. - С.15


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

249

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

tayyorgarligining sifatini oshirish uchun jahon andozalariga javob beruvchi axborot
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish demakdir.

Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’limning mazmuni,

shakllari va usullari o‘zgarishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlarning
natijalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:

Ma’lum fanlar to‘plami bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar olishni nazarda tutuvchi

an’anaviy yondashuv o‘rnini, ta’limga integratsion yondashuv egallamoqda.

Dunyoni bilish an’anaviy o‘rganish yo‘li bilan emas, balki uning modelini tuzish

orqali amalga oshiriladi. Shunchaki bilim va ko‘nikma olish emas, balki bilim va
ko‘nikma olish jarayonida o‘quvchining shaxsini shakllantirish ta’limning maqsadiga
aylanadi.

O‘rtacha shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘rnini o‘quvchiga nisbatan

individual psixologik yondashuv egallaydi.

Ta’lim jarayonida axborot texnologiyasidan foydalanish sur’ati, darajasi va

samaradorligi bu texnologiyadan ta’lim jarayonida oqilona foydalanishga
o‘qituvchilarning tayyorligiga hamda o‘quvchilarning kompyuterni bilishiga, bilim
olish, uni tushunish, o‘zlashtirish va eslab qolish uchun informatikadan foydalana
olish intellektual imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Ta’lim tizimini qayta qurish, eng avvalo, ta’lim xodimlarini, o‘qituvchilarni

“qayta qurish”ni taqozo etadi. Axborotlashgan jamiyatga o‘tilishi bilan o‘qituvchilar
faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Axborotlashgan jamiyatning
asosiy boyligi - bilimning ahamiyati, qimmati uning amalda qo‘llanilishiga to‘g‘ri
proporsional bo‘ladi. O‘zining amalda qo‘llanilishi uchun jamiyat a’zolari uni
egallashi, o‘zlashtirishini taqozo etadi. Bilimlarni o‘zlashtirish ta’lim tizimi orqali
amalga oshiriladi.

Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatning axborotlashish

jarayoni qanchalar rivojlanib borar ekan, bunda inson va texnikaning
mujassamlashuvi alohida ahamiyat kasb etib boraveradi. Xususan, hozirda ayni dunyo
masalalari axborotlashib borayotgan bir vaqtda yangidan-yangi atamalar va
tushunchalar kirib kelmoqdaki, bu borada yoshlarning tarbiyasini asrab-avaylash va
ularni etuk insonlar qilib tarbiyalashda ushbu holatlarning oldini olish bevosita
muhimdir.




background image

ZARMED
UNIVERSITETI

250

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Otvetstvennost obrazovaniya v preduprejdenie

i preodolenie vыzovov sovremennosti. - T.: Yangi asr avlodi, 2003. - S.13

2. Shulman E.A. Sotsialnoe reagirovanie na informatsiyu. - T.: Uzbekistan, 1993.

- S.45

3. Axliddinov R. Sotsialno-pedagogicheskie osnovы upravleniem kachestva

obщego i srednego obrazovaniya: Avtoref

d-ra.ped.nauk. - T.: Yangi asr avlodi,

2002. - S.18

4. Sultonov M. Ilmning yangi yo‘li.// Tafakkur. -1996. №1. - B.33
5.

Izzetova

E.

Problema

vzaimootnosheniya

nauchnogo

znaniya

i

gumanisticheskix idealov: Avtoref...d-ra filosof.nauk. - T.: Universitet, 2002. - S.15

References

Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Otvetstvennost obrazovaniya v preduprejdenie i preodolenie vыzovov sovremennosti. - T.: Yangi asr avlodi, 2003. - S.13

Shulman E.A. Sotsialnoe reagirovanie na informatsiyu. - T.: Uzbekistan, 1993. - S.45

Axliddinov R. Sotsialno-pedagogicheskie osnovы upravleniem kachestva obщego i srednego obrazovaniya: Avtoref d-ra.ped.nauk. - T.: Yangi asr avlodi, 2002. - S.18

Sultonov M. Ilmning yangi yo‘li.// Tafakkur. -1996. №1. - B.33

Izzetova E. Problema vzaimootnosheniya nauchnogo znaniya i gumanisticheskix idealov: Avtoref...d-ra filosof.nauk. - T.: Universitet, 2002. - S.15