Авторы

  • Aziza Sodiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113371

Ключевые слова:

integratsion yondashuv texnologiya fani ompetension yondashuv

Аннотация

Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining integratsion yondashuv asosida olib borishning afzalligi keltirib oʻtilgan. Texnologiya fanida integratsion yondashuvni qoʻllanilishi, fanlararo oʻzaro bogʻliqlik, ijodiy yondashuvlar va amaliy ahamiyati kabi koʻrsatgichlar yoritilgan.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

261

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


BOSHLANGʻICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL

QILISHDA INTEGRATSION YONDASHUV

Sodiqova Aziza Hayitovna

Zarmed Universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi, p.f.f.n., (PhD)

E-mail:

azizasodiqova926@.gmail.com

Annotasiya.

Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining

integratsion yondashuv asosida olib borishning afzalligi keltirib oʻtilgan. Texnologiya
fanida integratsion yondashuvni qoʻllanilishi, fanlararo oʻzaro bogʻliqlik, ijodiy
yondashuvlar va amaliy ahamiyati kabi koʻrsatgichlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

integratsion yondashuv, texnologiya fani, kompetension

yondashuv, pedagogik talablar, texnologiya koʻnikmalari, pedagogik ta’lim, tarbiya,
ta’lim metodlari

Аннотация.

В этой статье представлен интеграционный подход в

начальных классах, основанный на науке о технологиях. В нем освещаются такие
показатели, как применимость интеграционного подхода, междисциплинарная
интеграция, творческие подходы и практическая значимость.

Ключевые слова:

интеграционный подход, технологическая наука,

компетентностный подход, педагогические требования, технологические
навыки, инклюзивное образование, методы обучения

Annotation.

In this article, the integrative approach in the elementary grades is

based on the science of technology. In this, indicators such as the application of an
integrative approach, interdisciplinary integration, creative approaches and practical
comprehension are covered.

Key words:

integrative approach, technology science, competence approach,

pedagogical requirements, technology skills, inclusive education, educational methods.


Bugungi kunda zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida integratsion yondashuvlar

asosida dars jarayonlarini tashkil etishga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda.
Integratsion yondashuv, oʻquvchilarning fanlarni chuqurroq tushunishlarini va ular
orasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni anglashlarini ta’minlaydi. Mamlakatimizning ta’lim
sohasidagi islohotlari, jumladan, maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

262

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

rivojlantirish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish, ta’limda integratsion
yondashuvni tashkil etish va oʻquvchilarning ta’lim olish sharoitlarini yanada
yaxshilash kabi tadbirlar bu jarayonni yanada samarali qilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi,

fan va texnika oʻsuvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng
quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi xalqlar
jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va
axborotlar tizimiga kirib bormoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina
tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi”, - degan soʻzlarida kelgusida aynan har
tomonlama integrativ bilimli, intellektual yoshlarni tarbiyalash zarurligi e’tirof etiladi.
Shu bilan birgalikda, bugungi kun yoshlariga ta’lim va tarbiya berishda shugunning
talabiga mos boʻlishi lozimdir. Shuning uchun ham bugun ta’limni rivojlartirish
borasida qanday islohotlar olib borilayotgan boʻlsa hammasi yoshlarning intelektual
rivojlanishi va sifatli ta’lim olishiga qaratilgandir.

Bundan tashqari, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga

oshirilayotgan islohotlar ham ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga
qaratilgan. Ushbu strategiya, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish,
ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash
kabi muhim yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya tizimida
amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan
e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Bu esa oʻquvchilarning jismonan va ma’nan
rivojlanishini ta’minlashda, shuningdek, ularni zamonaviy jamiyatning faol fuqarolari
sifatida shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Ta’lim-tarbiya tizimida amalga
oshirilayotgan ushbu oʻzgarishlar, mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun
mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi va barkamol avlodni tarbiyalashda yangi
imkoniyatlar ochadi.

Ushbu maqolaning asosiy mavzusi integratsion yondashuvli ta’lim va uning

boshlangʻich sinflar ta’limida qoʻllanilishi. Zamonaviy ta’lim jarayonida boshlangʻich
sinflarda darslarni integratsion yondashuvlar asosida tashkil etish tobora ortib
bormoqda. Maqolada, texnologiya fani asosida boshlangʻich sinflarga qoʻllaniladigan
integratsion yondashuvning afzalliklari, uning oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini
rivojlantirishdagi roli hamda amaliyotda qoʻllash usullari muhokama qilinadi.
Boshlangʻich sinflarda texnologiya fani darslariga integratsion yondashuvni qoʻllash,
oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni tushunishda yordam beradi va ularning ijodiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

263

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Integratsion yondashuv tushunchasini shunga oʻxshash talqin qiladi.

L.N.Bakarevaning fikricha, “integratsiya” - fanlarni oʻzaro aloqasi va mazmunan
yaqinlashishidir. Integratsiya fanlararo aloqa, oʻqitishni yangi sifat darajaga
koʻtaruvchi, ya’ni bir butun “bilimlar monoliti”ni yaratishga imkon beruvchi vosita”
deb ta’rif beradi. Integratsion yondashuv, oʻquvchilarni turli fanlarni chuqurroq
tushunishlarini va ular orasidagi bogʻliqliklarni anglashlarini ta’minlaydi. Shuningdek,
bu yondashuv oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirishda ham
muhim ahamiyatga ega.

Fanlararo integratsiya

- bu oʻquvchilarga turli fanlarni birlashtirib, ular

orasidagi bogʻliqliklarni koʻrsatish orqali chuqurroq bilim berish usulidir.
Integratsiyani fanlar orasida qoʻllaganimizda texnologiya fani yuzasidan koʻrib chiqsak
boʻladi.

Texnologiya

fani

darslariga

integratsion

yondashuvni

qoʻllash,

oʻquvchilarning fanlararo tushunchalarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Avvalo, texnologiya fanini qanday yuzaga
kelgani va bizni hayotimizda qanday rol oʻynashi haqida tushuncha bersak.

“Texnologiya”

fani insonlar hayotida muhim oʻrin tutuvchi amaliy mehnat

faoliyatiga tayyorgarlik jarayonidagi bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun
muhimdir. Aytaylik, Texnologiya fandagi bir mavzuni oʻquvchiga tushuntirish uchun
uni shunchaki aytib yoki yozdirib tushuntirish ham mumkin, yoki uni atrof-muhit,
tabiat va boshqa fanlar bilan bogʻlab tushuntirib berish ham mumkin. Bu ikkala
holardan qaysi biri oʻquvchi uchun tushunarli va qiziqarli boʻladi deb oʻylaysiz.
Albatta, ikkinchi usulda tushuntirilgan dars sifati yuqori va samarali boʻladi. Chunki,
bu jarayon integratsion yondashuvga asoslangan. Texnologiya fani darslarida quyidagi
integratsion usullar qoʻllanilishi mumkin:

Amaliy mashgʻulotlar: Oʻquvchilarga turli fanlardan olgan bilimlarini

amaliyotda qoʻllash imkoniyatini berish. Masalan, texnologiya darsida oʻquvchilar
qogʻoz va kartondan biror buyum yoki narsani yasashi uchun uni avvalo tasavvur
qilishi, tushunishi lozim boʻladi, buning uchun oʻqituvchi shu yasashi kerak boʻlgan
buyum yoki narsani oʻquvchilarga atrof-muhit va jamiyatga bogʻlab tushuntirishi ya’ni
shu mavzuni boshqa fanlar bilan bogʻlab oʻtishi lozim boʻladi. Keling, tasviriy san’at
darsiga bogʻlaylik. Yasalishi kerak boʻlgan buyumni koʻrinishi qanday, uni chizish
koʻnikmasi hamda matematika darsida oʻrganilgan hisob-kitob koʻnikmalarini
texnologiya darsida loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirishda qoʻllash.

Texnologiya fani darslarida amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va integratsion

usullardan foydalanish, oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

264

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday mashgʻulotlar,
oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni tushunish va mustaqil ishlash koʻnikmalarini
shakllantirish imkonini beradi. Amaliy mashgʻulotlar quyidagi qadamlarni oʻz ichiga
olishi mumkin:

Loyihalarni rejalashtirish: Oʻquvchilar matematika darsida oʻrganilgan hisob-

kitob koʻnikmalarini qoʻllab, texnologiya darsida loyiha rejasini tuzishadi. Bu
jarayonda ular loyiha uchun zarur boʻlgan materiallar miqdorini hisoblash, xarajatlar
smetasini tuzish va vaqt jadvalini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajaradilar.

Amaliy ishlar: Oʻquvchilar rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok

etadilar. Bu jarayonda ular asbob-uskunalar bilan ishlash, materiallarni qayta ishlash va
loyihani yigʻish kabi amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradilar.

Fanlararo aloqadorlik: Texnologiya darslarida oʻquvchilar matematika, fizika,

kimyo kabi fanlardan olgan bilimlarini qoʻllashadi. Masalan, fizika darsida oʻrganilgan
kuch va harakat qonunlarini texnologiya darsida qurilma yaratishda qoʻllash.

Ijodiy yechimlar: Oʻquvchilarni turli muammolarga ijodiy yechimlar topishga

undash. Ular oʻz loyihalarida yangi gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllash orqali noyob
mahsulotlar yaratishga harakat qiladilar.

Taqriz va baholash: Oʻquvchilar amalga oshirilgan loyihalarni taqriz qilish va

baholash jarayonida ishtirok etadilar. Bu jarayonda ular oʻzaro hamkorlik qilish,
konstruktiv tanqid berish va oʻz ishlarini takomillashtirish koʻnikmalarini
rivojlantiradilar. Amaliy mashgʻulotlar orqali oʻquvchilar nazariy bilimlarni
amaliyotda qanday qoʻllash mumkinligini tushunib, mustaqil fikrlash va ijodiy
yechimlar topish qobiliyatlarini oshiradilar. Shuningdek, bu jarayon ularning
kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga poydevor qoʻyadi va hayotiy muammolarni hal
qilishda zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantiradi.

Oʻquvchilarni turli fanlar boʻyicha bilimlarini birlashtirib, biror muammo yoki

vazifani hal qilish uchun loyihalar yaratishga ragʻbatlantirish. Loyihaviy ishlar,
boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarni turli fanlar boʻyicha bilimlarini birlashtirib,
muammolarni hal qilish va ijodiy yechimlar topish uchun moʻljallangan darslardir.
Ushbu yondashuv, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga va
ularni amaliy vazifalarni hal qilishga tayyorlashga yordam beradi. Natijalarni
Baholashda oʻquvchilar loyiha natijalarini baholash va ularning samaradorligini tahlil
qilish jarayonida ishtirok etadilar.

Loyihaviy ishlar orqali oʻquvchilar oʻz bilimlarini amaliyotda qanday qoʻllash

mumkinligini tushunib, mustaqil fikrlash va ijodiy yechimlar topish qobiliyatlarini


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

265

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

oshiradilar. Shuningdek, bu jarayon ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga
poydevor qoʻyadi va hayotiy muammolarni hal qilishda zarur boʻlgan koʻnikmalarni
shakllantiradi. Fanlararo mavzular va ijodiy yondashuvlar.

Tabiatshunoslik, matematika, ona tili kabi fanlarni texnologiya bilan bogʻliq

mavzular orqali oʻrgatish. Masalan, ekologiya mavzusida texnologiya va
tabiatshunoslikni birlashtirish. Oʻquvchilarni turli fanlardan olgan bilimlarini ijodiy
tarzda ifodalashga undash. Masalan, rassomlik san'ati yoki she’riyat orqali texnologik
gʻoyalarini tasvirlash. Ijodiy yondashuvlar, oʻquvchilarni turli fanlardan olgan
bilimlarini ijodiy tarzda ifodalashga undaydi. Masalan, rassomlik san’ati yoki she’riyat
orqali texnologik gʻoyalarini tasvirlash jarayoni quyidagicha amalga oshirilishi
mumkin. Ushbu yondashuvlar, oʻquvchilarning bilimlarini faqat 5 nazariy emas, balki
amaliy jihatdan ham chuqurroq oʻzlashtirishlariga yordam beradi va ularni hayotda
duch keladigan turli vaziyatlarga tayyorlaydi. Bunday integratsion yondashuvlar,
oʻquvchilarning oʻz bilimlarini turli sohalarda qoʻllay olish qobiliyatini oshiradi va
ularni kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar bilan
qurollantiradi.

Integratsion yondashuvning afzalliklari va texnologiya fanini oʻqitishdagi

ahamiyati. Integratsion yondashuv, turli fanlararo bogʻliqliklarni oʻrnatish orqali
oʻquvchilarning bilimini chuqurroq va amaliyotga yoʻnaltirilgan qilishga yordam
beradi. Bu yondashuv, oʻquvchilarga bilimlarni hayotiy vaziyatlarga qoʻllash imkonini
beradi va shu orqali ularning tushunchalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun texnologiya fanini oʻqitishda integratsion
yondashuvning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin bular koʻnikmalar va bilimlarni
birlashtirishda boshlangʻich sinf oʻquvchilari turli fanlardan olgan bilimlarini
texnologiya fanida qoʻllash orqali oʻzlarining tushunchalarini mustahkamlashadi. Bu
ularning oʻrganish jarayonini yanada samarali va ma’noli qiladi. Ijodkorlik va
innovatsion fikrlashni rivojlantirishjarayonoda integratsion yondashuv oʻquvchilarga
turli fanlararo bogʻliqliklarni koʻrish va yangi gʻoyalar yaratish imkonini beradi.

Bu esa ularning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini oshiradi.

Muammolarni hal qilish koʻnikmalarini shakllantirishda texnologiya fanida
integratsion yondashuv oʻquvchilarga murakkab muammolarni tahlil qilish va ularni
hal qilish uchun turli yechimlarni izlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bundan tashqari oʻzaro hamkorlik va jamoa ishini qoʻllab-quvvatlashda oʻquvchilar
turli fanlar bilan integratsiya qilingan darslar orqali bir-birlari bilan hamkorlik qilish va
jamoa sifatida ishlash koʻnikmalarini oshiradilar va hayotiy koʻnikmalarni oʻrgatishda


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

266

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

integratsion yondashuv oʻquvchilarga hayotda duch keladigan turli vaziyatlarda oʻz
bilim va koʻnikmalarini qoʻllash imkonini beradi.

Maqolaning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, kelajakdagi tadqiqotlar

uchun takliflar. Boshlangʻich sinflarda integratsion yondashuvni qoʻllash,
oʻquvchilarning bilimini yanada chuqurroq va amaliyotga yoʻnaltirilgan qilishda
muhim rol oʻynaydi. Texnologiya fani asosida amalga oshirilgan integratsion
yondashuv, oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni koʻrish va ularni hayotiy
vaziyatlarga qoʻllash imkonini beradi. Bu esa, oʻquvchilarning tushunchalarini
mustahkamlash va ularning ijodiy yechimlar topish qobiliyatlarini rivojlantirishga
yordam beradi. Ilmiy va amaliy ahamiyati haqida keladigan boʻlsak ushbu maqola,
boshlangʻich sinflarda texnologiya fanini oʻqitishda integratsion yondashuvning ilmiy
asoslarini yoritib beradi.

Amaliy jihatdan esa, oʻqituvchilarga dars jarayonini yanada samarali va

oʻquvchilarga qiziqarli qilish boʻyicha aniq yoʻnalishlar taklif etadi. Shuningdek, bu
yondashuv oʻquvchilarning koʻnikma va malakalarini rivojlantirishda yangi metodlar
joriy etish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktablarida texnologiya ta`limi darslarida

mavzularni oʻqitishda va amaliy oʻrgatish jarayonida albatta boshqa fanlar bilan
aloqadorlik asosiy oʻrinni egallaydi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisidagi qonuni. //www.ziyonet.uz
2. Anarkulova G.va boshq. “Texnologiya” ta’limi praktikumi.–Toshkent, 2019
3. “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida ta’lim-tarbiya masalalari

https://yuz.uz/uz

4. Tashpulatova D “Технология” фанини ўрганиш зарурияти. Fargʻona davlat
universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo,
yechimlar va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 18 noyabr 2022
yil
5. Sodiqova.A.H. Boshlangʻich ta’limda integratsiyalashgan ta’limning pedagogik
asoslari va tadqiqot metodlari. Ped.mahorat. 2024 yil, avgust.
6. Sodiqova.A.H. Педагогические основы и научные методы исследования
интеграционного подхода в начальном образовании.

Ped.mahorat. 2025 yil, fevral.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisidagi qonuni. //www.ziyonet.uz

Anarkulova G.va boshq. “Texnologiya” ta’limi praktikumi.–Toshkent, 2019

“Oʻzbekiston-2030” strategiyasida ta’lim-tarbiya masalalari https://yuz.uz/uz

Tashpulatova D “Технология” фанини ўрганиш зарурияти. Fargʻona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 18 noyabr 2022 yil