Authors

  • Dilnoza Nazarova
  • Hadiya Atamuradova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113379

Keywords:

maktabgacha yosh atrof - muhit ta’lim metodi

Abstract

Maktabgacha yoshda bolaning oʻzi haqidagi gʻoyalari hamda atrofni idrok qilishi sezilarli darajada oʻzgarib boradi: u oʻz imkoniyatlarini yanada toʻgʻri tasavvur qilishni boshlaydi, boshqalarning u bilan qanday munosabatda boʻlishini tushunadi, bu esa atrofni idrok etish va bilishni keltirib chiqaradi. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda oʻzini anglashning boshlangʻich shakllari - bolaning bilishi va uning fazilatlari, imkoniyatlarini baholash hamda oʻzi uchun oʻz tajribalarini kashf etish rivojlanadi.  


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

315

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARNI IJTIMOIY

MOSLASHUV JARAYONIDA OʻZ-OʻZINI ANGLASH MUAMMOLARI VA

YECHIMLARI

Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi

Atamuradova Hadiya

Zarmed universiteti 1-kurs talabasi

Annotatsiya.

Maktabgacha yoshda bolaning oʻzi haqidagi gʻoyalari hamda

atrofni idrok qilishi sezilarli darajada oʻzgarib boradi: u oʻz imkoniyatlarini yanada
toʻgʻri tasavvur qilishni boshlaydi, boshqalarning u bilan qanday munosabatda
boʻlishini tushunadi, bu esa atrofni idrok etish va bilishni keltirib chiqaradi.
Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda oʻzini anglashning boshlangʻich
shakllari - bolaning bilishi va uning fazilatlari, imkoniyatlarini baholash hamda oʻzi
uchun oʻz tajribalarini kashf etish rivojlanadi.

Kalit soʻzlar:

maktabgacha yosh, atrof - muhit, ta’lim metodi, ijodiy fikrlash,

tarbiya, bilim, “Men”konsepsiyasi, psixologik yondashuv, kichik guruhlar, ta’lim
texnologiyasi.

Аннотация.

Основными видами дидактических игр являются

интелликтуальные (мысленные), подвижные и смешанные игры. Эти игры
помогают участникам развивать умственные, физические, моральные,
психологические,

естетические,

художественные

предпринимательские,

трудовые и другие навыки. В процессе обучения преимущественно используются
дидактические игры, которые показывают мотивацию учащихся к обучению и их
склонность к профессии, повышающей их способности и интересы в различных
направлениях. В данной статье рассматривается использование интерактивных
методов дидактических игр в образовательном процессе.

Ключевые слова:

дидактические игры, память и даверия, творческое

мышление, компьютерный инструмент, малые группы, творческие игры и игры с
правилами, образовательные технологии, обучение, знания.

Abstract.

In preschool age, the child's ideas about himself and his perception of

the environment change significantly: he begins to more accurately imagine his


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

316

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

capabilities, understand how others relate to him, which leads to perception and
knowledge of the environment. By the end of preschool age, children develop the initial
forms of self-awareness - the child's knowledge and assessment of his qualities,
capabilities, and the discovery of his own experiences for himself.

Key words:

preschool age, environment, educational method, creative thinking,

upbringing, knowledge, "I" concept, psychological approach, small groups, educational
technology.


Bugungi kunda "Men" muammosi tobora dolzarb muammolardan biriga aylanib

bormoqda. Bu insonning ahamiyati darajasini, uning zamonamizning muammolarini
hal qilish qobiliyati, zamonaviy inson qadriyatlari muammolari bilan belgilash zarurati
va nihoyat, oʻzini jamiyatning bir qismi sifatida tarifi bilan chambarchas bogʻliqdir.
Bolani ijtimoiy dunyo bilan tanishtirish, boshqa odamlar bilan munosabatlarni
oʻrnatish, aksariyat psixologlarning fikriga koʻra, oʻzi haqida gʻoyalarni
shakllantirishdan boshlanadi. Oʻzini anglash hamda oʻzini idrok etish muammosi
psixologiyada eng qiyin muammolardan biri hisoblanadi.

Tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, erta yoshdan boshlab bolalar oʻzlari tanasiga,

harakatiga, tashqi koʻrinishiga, shuningdek atrofdagi odamlarga va ularning
munosabatlariga alohida qiziqish bilan qarashadi. Oʻzi haqida shakllangan gʻoyalar
bolaning odamlar bilan (kattalar va tengdoshlar) munosabatlarining shakllanishiga
handa bolalar faoliyatining barcha turlarini rivojlanishiga ta’sir qiladi.

Psixologiyada oʻzini anglash hamda oʻzini idrok qilish muammosiga katta e'tibor

qaratildi. Psixologlar K.A.Abulxanova, B.G.Ananyeva, A.S.Arsentieva, R.Berns,
A.A.Bodaleva,

A.V.Ivaschenko,

I.S.Kon,

K.Levin,

A.Maslou,

K.Rojers,

S.A.Rubinshteyn, A.N.Slavskoy, E.Elkonin va boshqalar shu muammo ustida
tadqiqotlar olib bordilar. Maktabgacha yosh - bu inson hayotidagi oʻziga xos davr. Bu
davr atrofdagi dunyoni faol bilish vaqti, odamlar oʻrtasidagi munosabatlarning ma’nosi,
ob'ektiv va ijtimoiy dunyo tizimidagi oʻzini anglash va idrok etishning rivojlantirish
davridir. Maktabgacha yoshda bolaning oʻzi haqidagi gʻoyalari hamda atrofni idrok
qilishi sezilarli darajada oʻzgarib boradi: u oʻz imkoniyatlarini yanada toʻgʻri tasavvur
qilishni boshlaydi, boshqalarning u bilan qanday munosabatda boʻlishini tushunadi, bu
esa atrofni idrok etish va bilishni keltirib chiqaradi.

Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda oʻzini anglashning boshlangʻich

shakllari - bolaning bilishi va uning fazilatlari, imkoniyatlarini baholash hamda oʻzi
uchun oʻz tajribalarini kashf etish rivojlanadi. D.B.Elkonin ta’kidlashicha maktabgacha


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

317

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

yoshdagi bola oʻzini boshqalar bilan ajratishdan oʻzini anglashga, ichki hayotini kashf
etishga oʻtadi. Bir soʻz bilan aytganda oʻzini idrok eta boshlaydi. Bolani kattalar va
tengdoshlari bilan maxsus tashkil etilgan muloqot jarayoniga qoʻshilishi bolalarning
oʻzlari haqidagi gʻoyalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

Ma’lumki, oʻzini anglash va uning asosida shakllangan oʻzini idrok qilish

tushunchasi insonning oʻzi, uning motivlari, fazilatlari, xususiyatlari va shaxsiyatini,
barqarorligini va vaqt oʻtishi bilan tuzilishining oʻzgaruvchanligini tavsiflovchi boshqa
koʻrinishlarini anglash jarayonidir. Insonning oʻzi haqidagi gʻoyalar yoki ushbu
jarayonning mahsuli boʻlgan “Men” konsepsiyasi oʻtmishdan kelajakgacha oʻz vaqtida
oʻzgarib, rivojlanib boradi. Oʻzini idrok etishni shakllantirish gʻoyasi J.Meadning har
bir inson tugʻilishidanoq boshqa odamlar, birinchi navbatda, uning ota-onasi oʻrtasidagi
munosabatlarning obyekti ekanligi haqidagi gʻoyasiga asoslanadi.

Shuning uchun har bir bolaning oʻzini anglashi hamda oʻzini idrok etishining

dastlabki shakllari, mohiyatiga koʻra, u tomonidan kattalar bilan aloqa qilish va
birgalikdagi faoliyat jarayonida ongsiz ravishda sintez qilinadi. Oʻzining qiyofasi
bolalarda bolaning individual tajribasi va boshqa odamlar bilan aloqa qilish
tajribasining oʻzaro ta’siri sharoitida shakllanadi. Uch yoshga kelib, koʻplab bolalar
oʻzlarining qobiliyatlari toʻgʻrisida juda aniq gʻoyalarga ega boʻladilar, shuning uchun
individual tajriba faqat katta yoshdagina hal qiluvchi boʻladi va maktabgacha yoshdagi
bolalarda ahamiyatsiz rol oʻynaydi, deb hisoblaydigan tadqiqotchilar fikri
tasdiqlanmagan. 3-4 yoshda allaqachon oʻzlarining ayrim imkoniyatlarini mustaqil
ravishda baholay oladigan va oʻzlarining harakatlarining natijalarini boshqalarning
yordamisiz toʻgʻri taxmin qiladigan, faqat individual tajriba asosida ishlaydigan
maktabgacha yoshdagi bolalar bor.

Oʻz-oʻzini anglash tushunchasining oʻzgarishi va rivojlanishi insonning oʻzida,

uning oʻzgarishi va rivojlanishida u yoki bu darajada voqelikda yuz beradigan
oʻzgarishlarni aks ettirishi tubdan muhimdir. Aynan bolalikda, E.Eriksonning fikriga
koʻra, shaxsda oʻzaro munosabat bolada oʻziga xos munosabatni shakllantirish uchun
ayniqsa muhimdir va ularning ahamiyati uchun mezonlarni tanlashda bir qator
cheklovlar mavjud. Bolaligidanoq oʻzini qadrlashning mezonlari inson hayoti
davomida oʻzini qoʻllab-quvvatlaydi va ulardan voz kechish juda qiyin.

E.Erikson nuqtayi nazaridan oʻzini anglash konsepsiyasining rivojlanishining

ikkinchi bosqichi bir yarim yildan uch-toʻrt yilgacha davom etadi. Ushbu davrda bola
oʻzining shaxsiy kelib chiqishi va oʻzini faol harakat qiluvchi mavjudot sifatida
allaqachon biladi. Chunki atrof - muhit, oʻzaro munosabatlar bolada koʻplab


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

318

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

tushunchalarni yuzaga keltirgan boʻladi.

Bunday tushunchalarning idrok etilishi bola hayoti uchun mahim ahamiyatga

ega. Maktabgacha yoshda bola rivojlanishining asosiy ijobiy natijasi mustaqillik
tuygʻusiga erishishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Усманова Саодат Эркиновна Возможности использования мультимедийных
компьютерных программа в развитии детей дошкольного возраста.
https://www.elibrary.ru/item.asp?id=46438589 (16 марта, 2022).
2.

Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi T.: 2022

References

Усманова Саодат Эркиновна Возможности использования мультимедийных компьютерных программа в развитии детей дошкольного возраста. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=46438589 (16 марта, 2022).

Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi T.: 2022