ZARMED
UNIVERSITETI
319
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
INGLIZ TILINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
DIFFERENSIATSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PSIXOMETRIK
TAHLILDAN FOYDALANISH
Doniyorova Yorqinoy Gulomovna
Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish
samaradorligini oshirish yo‘llari bayon etilgan. Differensiatsiyaviy yondashuv asosida
o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olib, psixometrik tahlil asosida o‘qitish
metodikasini rivojlanlashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
xorijiy tillarni o‘qitish, differensiatsiyaviy yondashuv,
psixometrik tahlil, individual yondashuv.
Аннотация.
В данной статье изложены способы повышения
эффективности преподавания иностранных языков в образовательных
учреждениях. Представлены предложения и рекомендации, направленные на
совершенствование методики обучения на основе психометрического анализа с
учетом
индивидуальных
особенностей
учащихся
при
применении
дифференцированного подхода.
Ключевые
слова:
преподавание
иностранных
языков,
дифференцированный подход, психометрический анализ, индивидуальный
подход.
Abstract.
This article deals with effective ways to improve the teaching of
foreign languages in educational institutions. The author presents practical suggestions
and recommendations aimed at enhancing teaching methodology based on
differentiated instruction, taking into account students' individual psychological and
intellectual characteristics through psychometric analysis.
Key words:
English language teaching, differentiated approach, psychometric
analysis, individual approach.
Bugungi globallashuv davrida xorijiy tilni bilish zamon talabi bo‘lib, u har bir
mutaxassis uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarning ajralmas qismiga
aylangan. Oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini samarali o‘qitish
ZARMED
UNIVERSITETI
320
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu borada izchil tadqiqotlar olib borilmoqda va aniq
maqsadlarga yo‘naltirilgan rejalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayonida
differensiatsiyaviy yondashuv hamda psixometrik tahlil asosida har bir talabaga
moslashtirilgan, ularning individual qobiliyatlari, yutuqlari, muammolari va
ehtiyojlarini inobatga oluvchi o‘quv strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga
egadir.
O‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, o‘rganish uslubi, tushunish shakli
hamda psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘qitish metodikasini
moslashtirish tamoyili bu -
differensiatsiyaviy yondashuv
. Ayniqsa, ingliz tilini
o‘rgatishda ushbu yondashuv quyidagi asosiy jihatlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Talabalarning individual darajasiga mos topshiriqlar berish: kuchli va sust
o‘zlashtiruvchi talabalarga alohida yondashuv asosida maxsus topshiriqlar
tayyorlanadi. Bu orqali har bir o‘rganuvchining o‘ziga xos o‘rganish sur’ati e’tiborga
olinadi.
Dars materiallarining turli uslub va formatlarda tanlanishi: ta’lim jarayonida turli
manbalar asosida shakllantirilgan materiallardan foydalanish, o‘quvchilarning o‘ziga
mos ta’lim usullarini topishlariga yordam beradi.
Mustaqil ta’limga rag‘batlantirish: o‘quvchilarda mustaqil o‘rganishga qiziqish
uyg‘otuvchi metodlarni joriy etish orqali ularning bilim olishdagi faolligi va
mas’uliyatini oshirishga erishiladi.
Psixometrik tahlil – bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma hamda qobiliyatlarini
aniqlashga xizmat qiluvchi ilmiy o‘lchovlar tizimidir. Mazkur yo‘l bilan aynan
o‘quvchilarning o’ziga xos fazilat va xususiyatlari o‘rganilib, aynan ta’lim olish
jarayoniga moslashtiriladi. Ushbu tahlil orqali quyidagi jihatlarni ichiga oladi:
talabalar guruhlar bo‘yicha saralanadi;
individual yondashuv strategiyasi ishlab chiqiladi hamda o‘quv natijalari nazorat
qilinadi va baholanadi.
Psixometrik tahlil asosida o‘qitish jarayonining bosqichlari va amaliy
tavsiyalari bir necha shaklda namoyon boʻladi.
Diagnostika bosqichi
: O‘quv jarayoni boshlanishida talabalar psixometrik
testlar orqali baholanadi. Ushbu testlar natijalari tahlil qilinib, har bir talabaning
individual o‘quv ehtiyojlari aniqlanadi.
O‘quv rejalashtirish
: Psixometrik testlar natijasiga asoslanib, ta’lim jarayonida
qo‘llaniladigan o‘qitish usullari va topshiriqlar differensiyalanadi. Har bir talaba uchun
mos metodlar tanlanadi.
ZARMED
UNIVERSITETI
321
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Monitoring va tahlil
: Ta’lim jarayonining oraliq va yakuniy baholash natijalari
asosida o‘quv faoliyatining samaradorligi o‘lchanadi. Olingan natijalar tahlil qilinib,
baholash mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi va o‘quvchilarning rivojlanish darajasi
aniqlanadi.
Psixometrik tahlildan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar:
a)
Semestr boshida psixometrik testlarni o‘tkazish
– bu orqali talabalar bilim
darajasi aniqlanadi va semestr davomida erishilgan natijalar bilan taqqoslash
imkoniyati yaratiladi.
b)
Differensiatsiyalangan
topshiriqlarni
guruh
mashg‘ulotlariga
integratsiya qilish
– mashg‘ulotlar davomida turli formatdagi topshiriqlar orqali
talabalarning individual xususiyatlari chuqurroq o‘rganiladi.
c)
O‘qituvchilarning psixopedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish
–
psixometrik yondashuvdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning psixologik
bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirish muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tilini samarali o‘qitishda
differensiatsiyaviy yondashuv hamda psixometrik tahlilning qo‘llanilishi
o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi, shuningdek,
har bir talabaning individual xususiyatlariga moslashtirilgan ta’limni amalga oshirish
imkonini yaratadi. Natijada o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi,
ta’lim samaradorligi ortadi. Ushbu yondashuvlar ta’lim tizimining modernizatsiyasi va
o‘rganuvchilarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, har bir talabaga mos o‘quv strategiyasi ishlab chiqilishi natijasida
o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiya oshadi.O‘quvchilarda mustaqil fikrlash,
muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalari shakllanadi.
Ta’lim jarayonida o‘zaro tushunish va ijobiy psixologik muhitni yaratish
imkoniyati kuchayadi.O‘qituvchining metodik yondashuvi yanada tizimlashtiriladi va
samarali rejalashtirishga asos bo‘ladi. Umuman olganda, bu kabi innovatsion
yondashuvlar xalqaro ta’lim standartlariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Tomlinson, C. A. (2014). The Differentiated Classroom: Responding to the Needs of
All Learners.
2. Kaplan, R. M., & Saccuzzo, D. P. (2012). Psychological Testing: Principles,
Applications, and Issues.
3. Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition.
ZARMED
UNIVERSITETI
322
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
4. Brown, H. D. (2004). Language Assessment: Principles and Classroom Practices.
5. Luckin, R. et al. (2016). Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education.
Pearson Education.
6. Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Syntactic Units, Word
Combinations and Sentences
// Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal.
– 2023. – T.11. – № 4 – C. 361-363.
7. Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Translating Syntactic
Units and Word Combinations from English into Uzbek
// Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal
– 2023. – T.11. – № 4 – C. 359-360.
8. Shavqiyeva M. S., Tursunova O. T., Shamsiyeva X. SH. General Characteristics of
English Nouns //
BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AN
DEVELOPMENT
– 2023. – T.3. – № 6 – C. 524-527.
9. Tursinova K.N., Maxmudova M.M., Shavqiyeva M. S. O‘quvchilarning
kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda integrativ o‘quv metodlar va axborot
texnologiyalardan foydalanish // SCIENCE AND INNOVATION IDEAS IN
MODERN EDUCATION – 2025. – № 3 – C. 33-37.
