Authors

  • Sevara Abdusalomova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113396

Keywords:

til bola ongi Maktabgacha yosh xalq og’zaki ijodi

Abstract

insoniyat taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning ahamiyati katta. Til, ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla olamaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Nutq til bilan bogʻliq hodisa boʻlib, uning takomili tildagi leksik birliklarning insonning tezkor xotirasidan oʻrin olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olish qobiliyatiga bogʻliq.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

377

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Abdusalomova Sevara Dilshod qizi

Samarqand davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Insoniyat taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning ahamiyati

katta. Til, ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini
taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla olamaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda
til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong va tafakkur bilan chambarchas
bogʻliq. Nutq til bilan bogʻliq hodisa boʻlib, uning takomili tildagi leksik birliklarning
insonning tezkor xotirasidan oʻrin olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olishi
va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olish qobiliyatiga bogʻliq.

Kalit so‘zlar:

til, bola ongi,Maktabgacha yosh, xalq og’zaki ijodi, harakatlar

strategiyasi, tevarak-atrof, ilm-fan, jamiyat, ijtimoiy moslashuv, nutq, tafakkur.

Аннотация.

Язык, речь и мышление имеют огромное значение в развитии

человечества. Язык тесно связан с сознанием и мышлением. Эти два понятия
являются взаимоисключающими и одно не может существовать без другого.
Мыслительный процесс происходит в нашем сознании в форме языковых
элементов. Поэтому язык тесно связан с сознанием и мышлением. Речь - явление
языковое, ее развитие зависит от способности человека быстро припоминать и
использовать лексические единицы языка в процессе речи.

Ключевые слова:

язык, сознание ребенка, дошкольный возраст, народное

устное творчество, стратегия действия, среда, наука, общество, социальная
адаптация, речь, мышление.

Abstract.

Language, speech and thinking are of great importance in the

development of humanity. Language is closely related to consciousness and thinking.
These two concepts require each other and one cannot exist without the other. The
process of thinking takes place in our minds in the form of language elements.
Therefore, language is closely related to consciousness and thinking. Speech is a
phenomenon related to language, and its perfection depends on the fact that lexical units
in the language are taken from a person's working memory and can be quickly used in
the speech process.

Key words:

language, child's consciousness, Preschool age, folk oral creativity,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

378

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

action strategy, environment, science, society, social adaptation, speech, thinking.


Kirish.

Keying yillarni jamiyatimizda tub oʻzgarishlar, islohotlar davri

deyishimiz uchun yetarli asoslar bor. 2017 yilda qabul qilingan “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar Strategiyasi” 2017-2021
yillarda mamlakatamizni kompleks rivojlantirish, shuningdek, yurt taraqqiyotini
ta’minlashning ustuvor jihatlarini belgilab bergan dastur boʻlib xizmat qildi. Shubhasiz,
2017-2021 yillar mamlakatimiz tarixida “Yangi Oʻzbekiston” jamiyatini barpo etish va
“Uchinchi Renessans” poydevorini qoʻyishdek ulugʻvor maqsadlarga kirishilgani bilan
qoladi. Islohatlar kontekstida ta’lim va fan sohasida boʻlayotgan e’tibor alohida
e’tirofga loyiq. Keyingi besh yil davomida barcha turdagi ta’lim bosqichlarini tubdan
takomillashtirish boʻyicha bir qator Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bola
nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogikaning asosiy muammolaridan
boʻlib kelgan.

Darhaqiqat, bolalar nutqining shakllanashi bir qancha omillari bogʻliq va ularni

tahlil qilish mazkur muammoning yechimiga nisbatan toʻgʻri yondashuvni ta’minlaydi.
Mazkur omillar sifatida oila va ta’lim muassasasidagi muhit, bolaning ruhiy holati,
imkoniyatlari, jismoniy salomatligi, faolligi, axloqiy va estetik sifatlarini keltirish
mumkin. Olib borilgan ilmiy ish va tahlil hamda tavsif etish boshlangʻich ta’lim
yoshidagi bolalar nutqini takomillashtirishning ilmiy asoslari va tadqiq etish darajasini
aniqlash imkoniyatini beradi. Boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini
rivojlantirish masalalarini tadqiq etish mamlakatimizda oʻtgan asirning 50-yillarida
boshlangan.

Xalq ogʻzaki ijodi, shubhasiz, bola tarbiyasida, xususan, ularning nutqini

rivojlantirishda katta imkoniyatlar va juda boy qadriyatlarga ega soʻz san’ati turidir.
Xususan, uning ertak, afsona, rivoyat, tez aytish, topishmoq, maqol kabi janirlari
oʻquvchi-yoshlarning dunyoqarashini, tasavvurini, tafakkur imkoniyatlarini, xotirasini,
ruhiyatini, nutqini tarbiyalashda bemisl ahamiyatga ega ekanligi mazkur janrlarning
oʻziga xosligi va ichki imkoniyatlarida namoyon boʻladi. Insoniyat taraqqiyoti tadrijida
til, nutq va tafakkurning ahamiyati katta. Til, ong va tafakkur bilan chambarchas
bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla
olamaydi.

Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong

va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Nutq til bilan bogʻliq hodisa boʻlib, uning
takomili tildagi leksik birliklarning insonning tezkor xotirasidan oʻrin olishi va uning


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

379

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

nutq jarayonida tezkor qoʻllay olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olish
qobiliyatiga bogʻliq. Bu esa soʻzga e’tibor, badiiy mutola, turli ijtimoiy munosabatlar
vosiyasida hosil boʻladigan lingvo-psixologik koʻnikmalar boʻlib, unga ichki va tashqi
omillar vositasida ta’sir qilish mumkin. Nutqni egallashning asosiy bosqichi
boshlangʻich ta’lim davriga toʻgʻri keladi va keyinchalik u muntazam rivojlanish
xususiyatiga ega.

Boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish maktabgacha ta’lim

muassasalarida shu yoʻnalishda olib borilgan amaliy ishlarga asoslanadi. Bolalar
nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilgan nazariy va amaliy
tadqiqotlar nutqiy faoliyatning yaxshilanishida ragʻbatning kuchaytirishiga sabab
boʻlmoqda. Nutqiy faoliyat nutqiy harakatlar bilan yaxlitlik kasb etganda samarali
muloqot jarayoni qaror topadi. Ularda verbal va noverbal muloqot shakllaridan oʻrinli
va unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshirishi isbotlangan. Oʻzbek
ma’rifatparvarlaridan biri Abdulla Avloniyning serqirra ijodiy faoliyatida ta’lim va
tarbiya masalasi alohida oʻrin egallaydi. Abdulla Avloniy oʻz asarlarida ilm olish
muammosini birinchi oʻringa qoʻyadi. Avloniy ilm tarbiya jarayonida oʻzlashtiriladi, u
yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi,
deb hisoblaydi.

Oʻqish va oʻqitish uslubiga isloh kiritishi, yangi maktablarning tashkil qilinishi,

oʻquvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va gʻarb tillarini oʻrgatish kabi
masalalarning ta’lim amaliyotiga kiritilishi Abdulla Avloniy nomi bilan bogʻliq. R.M.
Qodirovaning tadqiqotlarida esa 5-6 yoshli bolalar nutqini rus tilini oʻqitish jarayonida
rivojlantirishning omillari tadqiq etilga. Hususan, bolalarning nutqini rivojlantirishning
pedagogik-psixologik omillari, bolalarga rus tilini diologik nutq vositasida oʻqitishning
uslubiyati, rus tilini oʻqitish jarayonida bolalarda baynalminallik va vatanparvarlik
fazilatlarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur tadqiqotchilar
tomonidan bolalar nutqini rivojlantirishning amaliy jihatlari, xususan, bolalar
hikoyalarini tasniflash, hikoya oʻqish (tinglash) jarayonining nutqni shakllantirishdagi
roli, tevarak-atrofdagi predmetlarni tavsiflash, adabiy asoslarni hikoya qilib berish,
rasmga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya
qilish kabi omillar tavsiflangan.

Shunday ekan, maktabgacha va boshlangʻich ta’limda nutqni shakllantirish va

rivojlantirish borasidagi ishlarning integratsiyasini ta’minlash, dasturlardagi uzviylik
masalalarini qaytadan koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Bunda, maktabgacha ta’limda
nutqni shakllantirish bilan bogʻliq: fikrni ifodalay olish, bogʻliqli nutq koʻnikmalari,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

380

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

boshlangʻich ta’limda esa uni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratish maqsadga
muvofiq. Boshlangʻich ta’limda yana rasm asosida hikoya tuzish, badiiy matnni qayta
hikoya qilib berish, til elementlarining grammatik tabiatiga ham e’tiborni qaratish qoʻl
keladi.

Yuqorida bildirilgan fikrlarga koʻra, Avloniyning pedagogik qarashlarida bolalar

nutqiy faoliyatini rivojlantirish masalasi badiiy adabiyot bilan bogʻliqlikda qaraladi. U
pedagog sifatida badiiy adabiyotning lingvistik va kommunikativ imkoniyatlarini
bolalar ma’naviy kamoloti, xususan, nutqning rivojlanishida asosiy omil sifatida
koʻradi. Avloniyning dastlab yaratgan darsliklarida berilgan kichik hikoyalarning ikki
jihatini ajratib koʻrsatish mumkin:

1) Hikoyalardagi ibratli xulosalar oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish,

hayot haqidagi xulosalarini boyitish, tafakkurini oʻstirish bilan bogʻliq tarbiyaviy jihat;

2) Hikoyalarni oʻqish jarayonida oʻzlashtiriladigan nutqiy koʻnikmalar bilan

bogʻliq ta’limiy jihat. Demak, Abdulla Avloniy oʻzining ta’lim va tarbiya
konsepsiyasida bolalarning nutqiy qobiliyatlarini oʻstirish masalasiga e’tibor qaratgan,
ularni oʻzlashtirishda badiiy adabiyotga asosan vosita sifatida qaragan.

Xulosa bola nutqini rivojlantirish har doim muhim masala sifatida qaralgan. Shu

sababdan ham bolalar nutqini rivojlantirish masalasi keng qamrovli va koʻp omillar
pedagogik muammo sifatida ilmiy jamoatchilikning e’tiborini koʻpdan beri jalb qilib
kelmoqda. Ularda muammo turli xil aspektlarda tadqiq qilingan. Ayniqsa, bu borada
rus pedagog olimlarining xizmati katta boʻlib, mahalliy tadqiqotchilar tomonidan hali
amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadqiqotlar talaygina. Shubhasiz, bolalar nutqini
rivojlantirish masalasini turli kurslar orqali tadqiq qilinishi oʻzining nafaqat ilmiy, balki
amaliy ahamiyatga ham ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Xatamboyevna, A. S. “Maktabgacha ta ‘lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 6-7
yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishining shart-sharoitlari”. O'zbekistonda
fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali., T.: 2023 y., 2(17), 344-350-betlar.
2. Qodirova R.M. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning
psixologik omillari”
3. Тихеева Е.И. “Развитие речи детей” Пособие для воспитателей детских садов.
Издание 4-е. –М.: Просвещение. 1981. -144 с.;

References

Xatamboyevna, A. S. “Maktabgacha ta ‘lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 6-7 yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishining shart-sharoitlari”. O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali., T.: 2023 y., 2(17), 344-350-betlar.

Qodirova R.M. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning psixologik omillari”

Тихеева Е.И. “Развитие речи детей” Пособие для воспитателей детских садов. Издание 4-е. –М.: Просвещение. 1981. -144 с.;