Authors

  • Yunus Xoliqov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113407

Keywords:

maʼnaviyat urf-odatlar axloq milliy

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning falsafiy mohiyati ochib berilgan. O‘zbekistonda millatlararo 
bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirishning axloqiy va diniy qadriyatlar bilan aloqadorligida hamda yurtimizda milliy maʼnaviy qadriyatlar asosida millatlararo madaniyatini rivojlantirish, u asosida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashi tahlil qilingan.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

421

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO MADANIYATNI
YUKSALTIRISHNING AXLOQIY VA DINIY KO‘RINISHLARI

Xoliqov Yunus Ortiqovich

Zarmed universiteti (Samarqand kampusi), “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va

psixologiya” kafedrasi dotsenti falsafa fanlari doktori (DSc)

E-mail:

xolikovyunus88@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni

rivojlantirishning falsafiy mohiyati ochib berilgan. O‘zbekistonda millatlararo
bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirishning axloqiy va diniy qadriyatlar bilan
aloqadorligida hamda yurtimizda milliy maʼnaviy qadriyatlar asosida millatlararo
madaniyatini rivojlantirish, u asosida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashi tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar:

maʼnaviyat, urf-odatlar, axloq, milliy, qadriyat, dunyoqarash,

bag‘rikenglik, madaniyat, maʼrifat, mentalitet, milliy qadriyat, urf-odat, millat, elat,
ong, kuch-qudrat.

ЭТИЧЕСКИЕ И РЕЛИГИОЗНЫЕ АСПЕКТЫ ПРОДВИЖЕНИЯ

МЕЖДУНАРОДНОЙ КУЛЬТУРЫ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье раскрывается философская природа развития

межэтнической культуры в Узбекистане. Взаимосвязь развития культуры
межэтнической толерантности в Узбекистане с нравственными и религиозными
ценностями и развитие межэтнической культуры на основе национальных
духовных ценностей в нашей стране, обеспечение мира и стабильности на его
основе были проанализированы.

Ключевые слова:

духовность, традиции, нравственность, национальная,

ценность, мировоззрение, толерантность, культура, просвещение, менталитет,
национальная ценность, обычай, нация, народ, сознание, власть.

ETHICAL AND RELIGIOUS ASPECTS OF PROMOTING

INTERNATIONAL CULTURE IN THE NEW UZBEKISTAN

Annotation.

This article reveals the philosophical nature of the development of


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

422

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

inter-ethnic culture in Uzbekistan. The relationship between the development of the
culture of inter-ethnic tolerance in Uzbekistan with moral and religious values and the
development of inter-ethnic culture on the basis of national spiritual values in our
country, and the provision of peace and stability on the basis of it, were analyzed.

Key words:

spirituality, traditions, morality, national, value, worldview,

tolerance, culture, enlightenment, mentality, national value, custom, nation, people,
consciousness, power.


Dunyo hamjamiyatida millatlararo bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish

bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda, turli xil
sivilizatsiya, diniy, milliy va etnik qadriyatlar uchun zarur bo‘lgan millatlararo
madaniyat bilan bog‘liq turli xalqlar madaniyatiga va qadriyatlariga ijobiy tasir
etadigan tushuncha bo‘lib hisoblanadi.

Millatlararo madaniyat tushunchasi dunyoqarash, hatti-harakatlar va din,

turmush tarsi, urf-odatlar, millat va etnik qadriyatlar uchun bag‘rikenglikni anglatadi.
Xususan, insonning maʼnaviy kamoloti va bag‘rikenglikning uyg‘un jihatlari,
millatlararo madaniyatining rivojlanish tendensiyalari, millatlararo madaniyat va
bag‘rikenglik umuminsoniy qadriyat sifatida yoshlar faoliyatida namoyon bo‘lishiga
oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dinlararo

bag‘rikenglik g‘oyasi yuksak maʼnaviy qadriyat sifatida azaldan xalqimizning ongu-
tafakkurida shakllanib, takomillashib kelganligi va u mamlakatimizda kuchli
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilishining asosiy tamoyillaridan biri
sifatida jamiyatimizda o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida fikr bildirib: “Asrlar
davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa
qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy
bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va
madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam”

1

, deb

eʼtirof etgan.

Yangi O‘zbekistonni barqarorligini taʼminlashda, tinchlik va birdamlikni

mustahkamlashda millatlararo madaniyatni taʼminlash mexanizmlaridan bo‘lgan
bag‘rikenglik va axloq kabi tushunchalarning ahamiyati muhimdir. Millatlararo

1

И.Жабборов. Ўзбек халқи этнографияси. – Т.: Ўқитувчи, 1994, 259-бет.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

423

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

madaniyatning mahiyati bo‘lgan din, bag‘rikenglik va axloq o‘rtasidagi bog‘liqlik
jihatlari ham bugungi globallashuvning integratsiyalashuv davrida o‘zgacha kasb etib
bormoqda.

Millatlararo madaniyat bizning davlatchilik tariximizda xar bir davrda yoki

davlat boshqaruv sohasida xam qo‘llanib kelinganini ko‘rishimiz mumkin. Millatlararo
madaniyat va bag‘rikenglik mamlakatimizda asosiy g‘oyalaridan bo‘lib kelgan va
shunday bo‘lib qolmoqda, chunki O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat hisoblanadi,
maʼlumotlariga ko‘ra bizning mamlakatimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari
istiqomat qiladilar. Boshqa millat va elat dunyoqarashiga, turmush tarziga, boshqa
odamlarning urf-odatlariga, diniy qarashlariga hurmat fazilatlarini har bir millat
vakillarida millatlararo madaniyat va bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Millatlararo madaniyat va diniy bag‘rikenglik ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat

masalasi millatlararo madaniyatning diniy bag‘rikenglikni taʼminlashdagi o‘rni, uning
ko‘p asirlardan buyon tinchlik va barqarorlik vazifasini bajarib kelganligini ko‘rishimiz
mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiku “Do‘stlik va hamkorlik ruhi – ijtimoiy
munosabatlarning insonlararo, davlatlararo va tamaddunlararo aloqalarda namoyon
bo‘ladigan, ularning uzviyligi va barqarorligini taʼminlaydigan maʼnaviy omil bo‘lib
xizmat qiladi. Dunyodagi ko‘plab xalqlarning millati, diniy eʼtiqodi, dunyoqarashi,
turmush tarzidagi tafovutlarga qaramay, ijtimoiy taraqqiyotga erishgani do‘stlik va
hamkorlik ruhi bilan belgilanadi. Shu bois bugungi tahlikali va qarama-qarshiliklarga
to‘la dunyoda ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarida aynan shu azaliy omilning
qaror topishiga jiddiy eʼtibor qaratish zarur”

2

O‘zbekiston hududida tarixdan bizga maʼlumki turli xil etnik va madaniy

guruhlarning vakillari asrlar davomida yashagan, ko‘plab madaniy, maʼnaviy-axloqiy
qadriyatlar mavjud bo‘lib kelganligini ko‘ramiz. O‘zbekistonda yashovchi xalqlarni
etnik guruhlarning yagona tizimi sifatida, o‘ziga xos etnik ijtimoiy hodisa sifatida
qarash mumkin. Ko‘p millatli, madaniyatli xalqlarning tarixiy taqdirlari, turmush tarzi
va mentalitetidagi o‘xshashliklar, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik bilan birga
yashashning kuchli asoslarini yaratmoqda. Mamlakatimizda millatlararo madaniyatini
rivojlantirish, turli xil millatlarning o‘sishiga olib keladi jamiyatning axloqiy ong,
axloqiy madaniyat, bag‘rikenglik ong, bag‘rikenglik madaniyatini millatlararo
madaniyatni rivojlantirish sharoitida ijobiy oqibatlarga olib keladigan millatlararo

2

Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати.Ғафур Ғулом нашриёти.Т. 2010. – Б 148-149


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

424

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

bag‘rikenglik madaniyatini kuchaytirish muhim ahamiyat kasib etadi. Do‘stlik, mehr
oqibat, mehmondo‘stlik, qalb saxovati, insonparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish
asosida boshqa millatga farq tobora ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z navbatida,
mamlakatimizda millatlararo bag‘rikenglik madaniyatini rivojlanishiga olib keladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi

yuksak maʼnaviy qadriyat sifatida azaldan xalqimizning ongu shuurida shakllanib
kelgani, u mamlakatimizda kuchli demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo
etilishining asosiy tamoyillaridan biri ekkanligi va jamiyatimizda o‘ta muhim ahamiyat
kasb etishi to‘g‘risida fikr bildirar ekanlar, “Bag‘rikenglik va insonparvarlik
madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni
mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida
tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri
etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘z isbotini topdi”

3

, deb taʼkidlaydilar.

Millatlararo bag‘rikenglik – umuminsoniy jarayon. U barcha insonlarga

barobardir. Masalan, ezgulik insonparvarlik, mehr-oqibat, yoshi kattalarga hurmat,
kichiklarga izzat, mehmondo‘stlik, qalb saxovati kabi insoniy fazilatlar yana-da erkin
namoyon bo‘lmoqda O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi uchun
qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, rus, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, arab va
boshqa millat va elat vakillari bilan birgalikda ularning turli xil urf-odatlari,
qadriyatlari, anʼanalarini hurmat qilgan holatda tinch, osoyishta va farovon hayot
kechirib kelmoqda.

Xuddi shuningdek, millatlararo madaniyat ham milliy va umuminsoniy bo‘ladi.

Milliy bag‘rikenglik, millatlararo madaniyat tarixiy jarayon sifatida ko‘rishimiz
mumkin millatlararo madaniyat bir kunda, yoki bir yilda shakllana olmaydi. O‘rta
Osiyoda bag‘rikenglik madaniyatini shakllanishini biz asrlar qariga singib ketgan
maʼnaviyat va urf odatlarimizda ko‘rishimiz mumkin bo‘lib, ularning bir necha ming
yillik maʼnaviy qadriyatlar pillapoyalarini bosib o‘tganligini aniqlash bugun uchun o‘ta
muhim bo‘lib hisoblanadi. Faylasuf olim I.Jabborovning aytganidek, bu yerda o‘tmish
va bugungi kun o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik amal qiladi. Binobarin, «o‘tmish
xotirasi maʼnaviy va madaniy taraqqiyot uchun muhim omillardan biri bo‘lsa, asrlar
davomida to‘planib kelgan tajriba insonning kamol topishida, elat va xalqning tarixiy
rivojida eng zarur zamin hisoblanadi»

4

. Darhaqiqat, milliylik, millatlararo madaniyati

3

Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. – Т.: “Ўзбекистон”, 1996. – Б. 8-9.

4

Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд.

– Т.: Ўзбекистон, 2018. – Б. 295.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

425

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

inson tarixiy tajribasining mahsuli, uning ijtimoiy xotirasining mazmunidir.

Millatlararo madaniyat mamlakatimizda istiqomat qilayotgan insonlar, millatlar

dinlar, urf-odatlar, eʼtiqodlar, elatlar turli ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni
muvozanatini taʼminlashga xizmat qiladi. Millatlararo madaniyat jamiyatda diniy,
maʼnaviy, iqtisodiy, g‘oyaviy, mafkuraviy, umuminsoniy qadriyatlar tizimi asosida
inson axloqiga qo‘yiladigan maʼlum maʼnaviy-axloqiy qonun-qoidalar majmui
ekkanligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston yoshlarining millatlararo munosabatlardagi hamjihatligi, jamiyatda

tutgan o‘rni hamda ahamiyati hozirgi jahon hamjamiyatining markazida turibdi.
Globallashuv zamonida insonning hayotga va jamiyatning insonga bo‘lgan
munosabatlarida turli-tuman dialektik jarayonlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu jarayon
qanchalik axloq-odob, madaniyat va din bilan bog‘liq bo‘lsa insoniyat va jamiyat uchun
foydali samara beradi.

“Mintaqaviy hamkorlik - bu obyektiv zaruriyat natijasida ma’lum bir

davlatlarning tenglik, ixtiyoriylik, umummilliy manfaatlarning uyg’unlashuvi asosida
birgalikdagi faoliyati, deb ta’rif berish mumkin. Bunda mintaqaviy hamkorlik o‘zagini
obyektiv zaruriyatdan boshlanib, ma’lum tamoyillar asosida mintaqaviy integratsiyani
shakllantiruvchi yaxlit jarayon tashkil etadi”

5

.

Bundan ko‘rinib turibdiki turli dunyoqarashlar, madaniy urf-odatlar vakillarining

ziddiyatsiz va uyg‘un hayot kechirish usullari va vositalarini izlash hamda qo‘llash
mavzusi har doim faylasuflar, madaniyatshunoslar, sotsiologlar, dinshunoslar,
psixologlar, siyosiy, jamoat va din arboblarining eʼtiborini tortib kelgan. Millatlararo
madaniyat ana shunday dolzarb masala hisoblanadi.

Millatlararo

bag‘rikenglik

insonparvarlik

qadriyatlari,

fanatizm

va

shovinizmning turli shakllari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida Yevropa falsafasi
tarixida mavjud bo‘lgan. Jumladan, D.Lokk tolerantlikni talqin qilishda liberal
yondashuvni taʼkidlagan. Uning “Bag‘rikenglik to‘g‘risida” risolasini, shuningdek,
I.Kantning “Abadiy tinchlikka” asarini, L.N.Tolstoyning “Vatanparvarlik yoki
tinchlik” asarini alohida qayd etish mumkin.

Bizning nuqtai nazarimiz bo‘yicha esa, insonning har qanday hatti – harakati

uning ongi bilan bog‘liqligi shubhasiz, biroq inson u yoki bu narsani bilishi mumkin.
Buni falsafiy nuqtai nazardan biz huquqiy ong, huquqiy madaniyat, estetik ong, estetik
madaniyat, axloqiy ong, axloqiy madaniyat va xuddi shunga o‘xshash bag‘rikenglik

5

M.M. Muhammmadsidiqov. Xalqaro mintaqashunoslik. 0‘quv qo‘llanma. -Т: «Barkamol fayz media». 2017. B-103.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

426

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ongi va bag‘rikenglik madaniyatiga ajratishimiz mumkin. Ularning asosiy farqi
bag‘rikenglik ongida u bilan bog‘liq bilimlarga subyektning egaligi bo‘lsa,
bag‘rikenglik madaniyatida ana shu bilimlarni amalda qo‘llashi tushuniladi. Shu
jihatdan, bag‘rikenglik madaniyati ustuvorlik kasb etib, natijani namoyon qiladi.
Bag‘rikenglik ongini, o‘zi shaxs uchun kifoya qilmaydi toki uni amalda qo‘llamasa
yoki amal qilmasa, bag‘rikenglik madaniyati shakllanmaydi. Biri poydevor bo‘lsa,
ikkinchisi uning ustqurmasi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongida shakllangan va

rivojlangan millatlararo axloqiy bag‘rikenglik g‘oyalarini milliy mentalitetimiz bilan
uyg‘un rivojlanib borishini taʼminlashimiz, ommaviy axborot vositalari yoki boshqa
ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning ongiga singdirishga qaratilgan intolerant
g‘oyalarning oldini olishimiz darkor.

XXI asrlar modernizatsiyasini yetaklovchi kuch globallashuv hisoblanadi.

Globallashuv natijasida ko‘p madaniyatlilik, shu bilan birga milliy madaniyatlarni
saqlab qolishga urinishlar ham mavjud. Ushbu qarama-qarshilikning yechimi
umumbashariy madaniyatning umumiy tendensiyalarida ham namoyon bo‘lmoqda.
Tolerantlik esa bu tendensiyalarning zaruratidir. Bunday sharoitda jamiyatda
bag‘rikenglik madaniyati oqilona tashkil etilgan jamoaviy madaniyat doirasida
shakllanadi. Bag‘rikenglik madaniyatining zaruriyati bir makonda yashovchi turli xil
ijtimoiy guruhlarga mansub shaxslarning tinch – totuvlik va hamkorlikda yashashini
taʼminlash bilan bog‘liq.

Foydalangana dabiyotlar ro‘yxati:

1. I.Jabborov. O‘zbek xalqi etnografiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1994, 259-bet.
2. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati.G’afur G’ulom nashriyoti.T. 2010. – B
148-149
3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. –
B. 8-9.
4. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – T.: O‘zbekiston, 2018. – B. 295.
5. M.M. Muhammmadsidiqov. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -T:
«Barkamol fayz media». 2017. B-103.

References

I.Jabborov. O‘zbek xalqi etnografiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1994, 259-bet.

Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati.G’afur G’ulom nashriyoti.T. 2010. – B 148-149

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. – B. 8-9.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – T.: O‘zbekiston, 2018. – B. 295.

M.M. Muhammmadsidiqov. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -T: «Barkamol fayz media». 2017. B-103.