ZARMED
UNIVERSITETI
443
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
OILADA AXLOQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-
FALSAFIY OMILLARI
Rо‘zimurodov Siroj Madatovich
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oila - har bir inson ongining boshqa ma’naviy-
axloqiy qadriyat yо‘nalishlari orasida an’anaviy ravishda yetakchi о‘rinni egallagan
ijtimoiy makon ekanligiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, shaxsiy farovonlik bilan
bog‘liq bо‘lgan oila axloqiy madaniyatining rivojlanganlik darajasiga asoslangan
jarayon hisoblananganligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar:
mahalla,
oila, oila axloqi, majburiyat, burch, ta’lim, javobgarlik,
oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar.
Аннотация.
В данной статье акцентируется внимание на том, что семья -
это социальное пространство, которое традиционно занимает ведущее место
среди других духовно-нравственных ценностных направлений сознания каждого
человека. Также показано, что это процесс, основанный на уровне развития
нравственной культуры семьи, связанной с личным благополучием.
Ключевые слова:
махалля, семья, семейная этика, обязанность, долг,
образование, ответственность, духовно-нравственные ценности в семье.
Annotation.
This article emphasizes that the family is a social space that
traditionally occupies a leading position among other spiritual and moral value
directions of each person's consciousness. It is also shown that family is a process based
on the level of development of moral culture associated with personal well-being.
Key words:
neighborhood, family, family ethics, obligation, duty, education,
responsibility, spiritual and moral values in the family.
Oilada axloqiy madaniyati tushunchasining mazmun-mohiyati, oila axloqiy
madaniyati rivojining tarixiy-falsafiy ildizlariga doir konseptual qarashlar tahlili,
zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish: muammoning nazariy
va uslubiy tahliliga oid bilimlar uyg‘unlikda tadqiq qilish maqsadag maofiqdir. Shu
o‘rinda oila, inson hayotining ilk tarbiya va ta’lim maskani bo‘lib, uning axloqiy
qadriyatlari va madaniyati jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Mahalla esa, oila va
ZARMED
UNIVERSITETI
444
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi, bu makon umumiy axloqiy qadriyatlarni
tarqatish va saqlashda asosiy omil hisoblanadi. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlashicha, “Mahalla - bebaho qadriyatlarimiz beshigi, mehr - oqibat,
ahillik va totuvlik maskani. Bir - biriga elkadosh bo‘lish, ehtiyojmand, muhtoj
insonlarga ko‘mak berish kabi ko‘pdan - ko‘p ezgu odat va an'analarimiz aynan
mahallada yaqqol namoyon bo‘ladi.”
1
Shuningdek, jamiyatimizda oila va mahalla
axloqi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Oila a’zolari bir-biriga tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazadi, shu bilan birga, mahalladagi ijtimoiy aloqalar va munosabatlar ham oilaning
axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Oila ichida
tarbiyalanadigan axloqiy asoslar, mahallada uning davomida qadrlanadi va namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun, oila va mahalla axloqiy madaniyatini yuksaltirishda har ikkisi
o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarur. Oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni
o‘ziga xos xususiyatlarini quydagilardan iborat:
Ota-onalar farzandlariga axloqiy qadriyatlarni singdirishlari kerak. Jamiyat
tomonidan qabul qilinmagan axloqsiz xatti-harakatlardan uzoq bo‘lishi lozim. Bu
g‘iybat, ikkiyuzlamachilik, yolg‘on, hasad va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Oilada
kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirish ham ma’naviy-
axloqiy qadriyatlarni yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Har bir ota-ona bu his-
tuyg‘ularini o‘z xatti-harakatlari orqali farzandiga ko‘rsatishi kerak. Chunki, farzandlar
bo‘lajak oila boshliqlaridir. Shu o‘rinda to‘g‘ri fikrli va to‘g‘ri so‘zli oila bilan
do‘stlashish, qarindosh bo‘lish azaldan kishilarimizning tilagi bo‘lib kelgan. Yusuf xos
Hojib yozadi: “kishi uchun kerakli ikki a’zo bor: biri til, boshqasi yurak. Til so‘z uchun,
yurak, ko‘ngil esa shu so‘zdan lazzatlanish uchun berilgan. Shu tufayli, to‘g‘ri, rost
so‘zni so‘zlash uchun tilni tebratmoq, ya’ni harakatlantirmoq kerak. Egri, yaroqsiz
so‘zlarni tashqariga chiqargandan ko‘ra tilning harakatsiz qolgani ma’qul”
2
. Oila
a’zolarining to‘g‘ri so‘zligi ular yuragi va tilagining tozaligidan darak beradi. Bunday
oilani jamiyat ilg‘amasligi va e’zozlamasligi mumkin emas. O‘zbek oilasida farzand
mehr-muhabbati, ehtimol, shunchalik kuchliki, uni dunyoning hech bir xalqi bilan
solishtirib bo‘lmaydi. Bizningcha, bu o‘zbek oilasi uzoq umr ko‘rishining asosiy
sabablaridan biridir. Oilaning yashashi uchun iqtisodiy barqarorlik muhim bo‘lsa-da,
uning mavjudligi uchun faqat pul, mavqe, obro kabi omillar nisbatan kamroq rol
o‘ynaydi. Moddiy elementlarning hech biri doimiy emasligi bois, oila haqiqiy oila
1
Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B-414
2
Юсуф Хос Ҳожиб. Қудатғу билиг. - Тошкент: Шарқ, 1990. 31 б.
ZARMED
UNIVERSITETI
445
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
bo‘lishi uchun ma’naviy qadriyatlar ustun bo‘lishi kerak.
Islom dinida oilaga katta ahamiyat beradi. Bu borada Islom dini nikoh kabi ulug‘
ahddan boshlanadi. Oila qurishning eng muhim va birinchi bosqichi to‘g‘ri niyat va
maqsadli qadamdir. Oila qurish masalasida Qur’oni karimda shunday oyat keltirilgan.
“U Zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va
o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishdir. Albatta bunda tafakkur
qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir”
3
. Mazkur oyatda oilaviy hayotning
insoniyat uchun naqadar zaruriyligini anglatish barobarida ikki begona odam turmush
qurgach o‘zaro mehr-muhabbat paydo bo‘lishi ham Yaratganning mo‘jizalaridan
biridir. Binobarin, muqaddas oila poydevorini barpo etmoqchi bo‘lganlar ixlos va
sadoqat yo‘lidan borishlari, eng muhimi, oila hayotining barcha bosqichlarida bo‘lgani
kabi ilohiy ixloslarida ham Allohning roziligidan boshqa umid bo‘lmasligi kerak.
Boshqa tomondan, barpo etiladigan oila milliy-ma’naviy, diniy-axloqiy omillarga
asoslanishi kerak. Inson oila qurishda uning naqadar mas'uliyatli ekanini anglab,
qanday inson bilan oila qurishni o‘zi hal qilishi kerak deb ta’kidlaydi.
Mahalladagi madaniy tadbirlar va faoliyatlar orqali ham axloqiy madaniyatni
yuksaltirish mumkin. Mahallalarda madaniy voqealar, sport musobaqalari, ilmiy va
ijodiy tadbirlar orqali, yoshlarni axloqiy shaxs sifatida shakllanishiga ko‘mak berish
mumkin. Bu tadbirlar orqali yoshlar o‘zaro mehr-muhabbat, hamkorlik va bir-birini
qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini sezadilar, shu bilan birga, o‘z madaniyatining
muhimligini tushunadilar. Ota-onalar, bolalariga axloqiy, miiliy qadriyatlarni
tushuntirishda, ular uchun yaxshi namuna bo‘lishlari zarur. Shuningdek, oila muhitida
ichki muammolarni ochiq muhokama qilib, o‘zaro muvozanatni saqlash yondashuvi,
bolalarda mustaqil fikrlash va o‘z axloqiy qarorlarini qabul qilish qobiliyatini
rivojlantirishga yordam berishi kerak.
Oilaviy munosabatlar, birinchi navbatda, bolalarning his-tuyg‘ulariga ta’sir
qiladi. Oilaviy tarbiyaning juda muhim xususiyati mavjud: ota-onalar va bolalar
o‘rtasidagi munosabatlar shaxsiy-emosional xususiyatga ega. Ona bola bilan his-
tuyg‘ular tilida gaplashadi. Ota mehri ham farzandlar qalbini isitadi. Oilaviy
tarbiyaning ustunligi, nafisligi mana shu erda. Ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalarning
o‘rni katta bo‘lsada, o‘qituvchi ham yoshlar ongi shakllanishi, jamiyatdagi o‘rni uchun
ko‘p mehnat qiladi. Shuning uchun eng buyuk daholar ham qo‘lga kiritgan har bir
3
Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. 4 қайта нашр. –Тошкент.: “Шарқ”
НМАК, 2012.
ZARMED
UNIVERSITETI
446
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
yutug‘i uchun ustozga minnatdorchiligini bildirgan.
Oilada farzand tarbiyasini zamonaviy usullarini ilmiy asoslab o‘tgan.
1. Avtoritar tarbiya usuli - bu tarbiya uslubida ota-onalar, birinchi navbatda,
barcha qarorlarni qabul qiladilar. Ularning fikricha, bolalar hamma narsada ota-
onalarning xohishlariga bo‘ysunishlari kerak. Shuning uchun oilada bolalarning
erkinligi cheklangan. Ota-onalar o‘z qarorlarini oqlashni muhim deb hisoblamaydilar.
Ular o‘z farzandlariga nisbatan qattiq cheklovlar qo‘yadilar, hatto ularga nisbatan
jismoniy jazo qo‘llaniladi. Avtoritar tarbiya uslubi oilaviy munosabatlardagi
samimiylikni yo‘q qiladi.
2. Demokratik tarbiya uslubi - ota-onalar farzandining shaxsiy mas'uliyati va
erkinligini ta’minlaydi, uni rag‘batlantiradi. Demokratik tarbiya uslubi hukm surgan
oilalarda oila muammolarini muhokama qilishda bolalar ham qatnashadi.
3. Liberal tarbiya uslubi - bu tarbiya uslubida bolalar ota-onalari tomonidan
boshqarilmaydi. Amalda esa ular ota-onasi tomonidan yo hech qanday taqiq yoki
cheklovga ega emas, yoki ota-ona topshiriqlarini bajarmaydi.
4. Tartibsiz tarbiya uslubi - bu uslub tarbiyaga yagona yondashuvning yo‘qligi
bilan ajralib turadi. Bunday tarbiya uslubi bolaga yondashuvda aniq va talablar yo‘qligi
bilan tavsiflanadi. Ota-ona reaktsiyalarining oldindan aytib bo‘lmasligi bolani
barqarorlik tuyg‘usidan mahrum qiladi va uni yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ishonchsizlik,
qiyin vaziyatlarda tajovuzkorlik va moslashuvga olib keladi. Bunday tarbiya usulida
o‘z-o‘zini nazorat qilish va mas'uliyat hissi shakllanmaydi, o‘zini o‘zi qadrlashning
pastligi, mulohaza yuritishda etuklik kuzatiladi.
5. Himoyachi tarbiya uslubi - bu uslubi bola bilan doimo birga bo‘lish
tendentsiyasining mavjudligini va ota-onaning bolaning o‘rniga muammolarni hal
qilishini anglatadi.
O‘zbek oilasining aksiologiyasining ma’naviy-axloqiy jihatlari o‘rganilgan.
Shuningdek ushbu bobda zamonaviy o‘zbek oilasining ijtimoiy institut sifatidagi asosiy
vazifalari hamda jamiyatning inqiroz davridagi o‘zbek oilasi: hozirgi holati va
rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan.
Oila tarbiyasining mazmuni tarbiyaning barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi.
Bolalarning jismoniy, estetik, mehnat, aqliy va ma’naviy tarbiyasi oilada amalga
oshiriladi va u ham yoshga qarab o‘zgaradi. Oilalar va oila a’zolari imkon qadar
bolalarga tabiat, jamiyat, texnika haqida bilim beradi, ularda ijodiy faollik va tajriba,
ayrim intellektual odatlarni shakllantiradi, nihoyat, hayot, dunyo, odamlar, kasb-hunar
haqida ma’lumot beradi. O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun
ZARMED
UNIVERSITETI
447
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
mukammal Qonunchilik bazasi yaratilgan. Bularning barchasi o‘zbek xotin-qizlarining
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiradi, jamiyat taraqqiyoti, davlat qurilishi jarayonlaridagi
rolini kuchaytiradi. Shuni tan olishimiz kerakki, o‘tish davrining ayrim ijtimoiy-
ma’naviy va psixologik qiyinchiliklari milliy oila institutining avvalgi maqomiga ta’sir
qilmadi. Ijtimoiy taraqqiyotda tafakkurda zamonaviylikning, dinimizning ijobiy ta’siri
bilan bir qatorda ma’lum muammolar ham yuzaga keladi. Davlat miqyosida amalga
oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay, yangi tashkil etilgan oilalarning
qariyb 20 foizining umri uzoq davom etmayapti deb ta’kidlaydi.
Zamonaviy o‘zbek oilasining muammolaridan biri mamlakatdagi demografik
vaziyat bilan bog‘liq. Bu muammoning sabablaridan biri O‘zbekistonda erkaklarning
mamlakatni tark etishidir. “O‘zbekistonda oilalarga berilayotgan e’tibor, ularning
qo‘llab-quvvatlanishi
davlatimiz
siyosatida
ustuvor
yo‘nalishlardan
biriga
aylanganligi, oilalarda ota-onalarning shukronalik ruhiyatining mavjudligi”
4
yoshlarimiz uchun asosiy kuch-qudrat manbaidir. Natijada turmushga chiqishi kerak
bo‘lgan turmushga chiqqan qizlarning oila qurish imkoniyati kamaymoqda.
Xulosa qilib aytganda mahalla va oila axloqiy madaniyatini yuksaltirish ijtimoiy-
falsafiy omillarga, tarbiyaning ahamiyatiga va madaniy tadbirlarga bog‘liq unda
jamiyat tomonidan oila va mahalla tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi axloqiy
standartlar ishlab chiqish zarur. Bu jarayonlar sog‘lom, mas’uliyatli va hayotga ko‘proq
ijobiy yondashadigan avlodlarni shakllantiradi asosiy vazifani bajaradi. Shuningdek,
ularning barchasi samarali amalga oshirilganda, jamiyatda axloqiy madaniyatlilik, did
va madaniyat rivoji, shuningdek, har bir insonning shaxsiy salomatligi va rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Insonlarning bir-biriga hurmati va mehr-muhabbati, jamiyat
rivojlanishining asosiy poydevori bo‘lib, bu orqali har bir shaxs o‘z o‘rnini topadi va
haqiqiy baxt-saodatga erishadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”.
2024. – B-414
2. Юсуф Хос Ҳожиб. Қудатғу билиг. - Тошкент: Шарқ, 1990. 31 б.
3. Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. 4
қайта нашр. –Тошкент.: “Шарқ” НМАК, 2012.
4. Мусурмонова О. Шарқ мутафаккирларининг ёшлар соғлом турмуш тарзи
ҳақидаги қарашлари. – Тошкент.: “Зарварақ”, 2022. – Б.3.
4
Отамуротов С. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. –Тошкент: O’zbekiston, 2015. –Б. 92.
ZARMED
UNIVERSITETI
448
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
5. Сайфназаров И., Сайфназарова Ф., “Ёшлар ва оила- Ватан таянчи” Т- 2018
«Ta’lim nashriyot»-Б.23
6. Отамуротов С. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. –
Тошкент: O’zbekiston, 2015. –Б. 92.
7. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. – Т.: Ўбекистон,
2022. -Б.72
8.
Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy
Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and
Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6.
9. Rо‘zimurodov S. M., Abdualiov M. S. YOSHLARDA OMMAVIY
MADANIYATGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
MEXANIZMLARI //Journal of marketing, business and management. – 2024. – Т. 3.
– №. 8. – С. 416-418.
10. Madatovich R. S., Maxamadiyevna S. D. The Role Of The System Of Education
And Family Education In Forming Youth's World View //European Journal of
Humanities and Educational Advancements. – Т. 4. – №. 4. – С. 128-130.
11. АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ
ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.
40.
12. Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A
Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education
Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194.
13. Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. БЫЛ ЛИ АЛЬ-ГАЗАЛИ
ИРРАЦИОНАЛИСТОМ-МИСТИКОМ?(ИЛИ
РАЦИОНАЛИСТИЧЕСКИЙ
ПОДХОД В ТЕОЛОГИИ ИСЛАМА) //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ
МИРЕ. – 2017. – С. 12-17.
