ZARMED
UNIVERSITETI
529
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ZAMONAVIY IJTIMOIY XIZMATLARNING TENDENSIYALARI
Normamatova Maxsuda Nurmamatovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Sotsiologiya va ijtimoiy ish
kafedrasi professori f.f.d.(DSc)
Annotasiya
. Ushbu maqolada raqamlashtirish tushunchasining ma’nosi
yoritilgan. Axborotlashgan jamiyatda raqamli jamiyat uning ijtimoiy hayotga ta’siri
toʻgʻrisida ilmiy ma’lumot berilgan. Ijtimoiy hayotni bugungi kurinishlari ya’ni raqamli
jamiyat, raqamli realliklar ularning bugungi kun ijtimoiy jarayonlarga ta’siri masalasi
keng bayon etilgan.
Kalit soʻzlar
: raqamlashtirish, bilish, epistemologiya, raqamli reallik, raqamli
obraz, axborot.
ТЕНДЕНЦИИ СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНЫХ УСЛУГ
Аннотация.
В этой статье объясняется концепция оцифровки. Приводятся
научные сведения о влиянии цифрового общества на социальную жизнь в
информационном обществе. Подробно описаны сегодняшние взгляды на
социальную жизнь, то есть цифровое общество, цифровые реальности и их
влияние на сегодняшние социальные процессы.
Ключевые слова:
цифровизация, знание, эпистемология, цифровая
реальность, цифровой образ, информация.
TRENDS IN MODERN SOCIAL SERVICES
Abstract.
This article explains the concept of digitization. Scientific information
is provided on the influence of the digital society on social life in the information
society. Today's views on social life, that is, digital society, digital realities and their
impact on today's social processes are described in detail.
Key words:
digitalization, knowledge, epistemology, digital reality, digital
image, information.
Mamlakatimizda bugungi kunda aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy
holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam koʻrsatish tizimini
ZARMED
UNIVERSITETI
530
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
virtuallashtirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biriga
aylanmoqda.“Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga
zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va
ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va
murabbiylar, professor-oʻqituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak” [1].
Shu maqsad yoʻlida, rivojlangan mamlakatlarning sinovdan oʻtgan tajribalari
asosida ijtimoiy xizmatlar tizimini yangicha mexanizmlarini tashkil etish va
mamlakatimizda zamonaviy, ijtimoiy xizmatlarni shakllantirish borasidagi tadqiqotlarga
boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib, istiqbolli, ijtimoiy
xizmatlarini virtuallashtirish qonuniyatlarini nazariy-metodologik tahlil etish obyektiv
zaruriyatga aylanmoqda.
Keyingi vaqtlarda shaxsiylashtirilgan xizmat modellari shakllantirilmoqda.
Maqsadli internet - marketing, 3D formatda bosib chiqarish va boshqa raqamli
texnologiyalar har bir mijozning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda mahsulot va
xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni shaxsiylashtirishga, natijada, resurslarni
tejashga yordam beradi, talab va taklifning tuzilishi hamda hajmini muvofiqlashtiradi,
aholining turmush darajasi va sifatini oshiradi[2].
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro ta’sir
mavjud. Ishlab chiqaruvchi va oxirgi iste’molchi oʻrtasida vositachilar zanjirini
qisqartirish, samarali sanoat va iste’mol kooperasiyasini yaratish "umumiy
iqtisodiyot"ning "mulk huquqlari toʻplami" tushunchasining tarqalishi uchun zarur
shart -sharoitlar yaratilgan. Tovarlarga birgalikda egalik qilish fenomeni rivojlanmoqda
(ayniqsa, texnik jihatdan murakkab va qimmat, masalan, avtomobillar), bu oxirgi
foydalanuvchilarning xarajatlarini tubdan kamaytirishi mumkin.
Uni alohida ishtirokchilarining iqtisodiy faolligiga qoʻshgan hissasi ortib
bormoqda, kichik va oʻrta biznesning rivojlanishi, moslashuvchan va harakatchan
boʻlgani kabi, biznes-jarayonlarda muhim rol oʻynaydi; innovasion startaplarni jadal
ragʻbatlantirish amalga oshirilmoqda; "shaxslar iqtisodiyoti" sektori kengaymoqda va
iqtisodiyot tuzilmasining oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, dunyodagi eng
koʻp Internet foydalanuvchilari (720 milliondan ortiq kishi) boʻlgan Xitoyning raqamli
bozori jahon bozoridan mustaqil ravishda mavjud. Yevropa Ittifoqining 400 milliondan
ortiq Internet foydalanuvchilari bor, lekin uning bozori hali ham parchalanib ketgan.
Shu munosabat bilan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari ushbu
integratsion uyushma uchun yagona raqamli bozorni yaratish ustida faol ish olib
bormoqda. Shunga oʻxshash muammolar alohida mamlakatlar darajasida ham paydo
ZARMED
UNIVERSITETI
531
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
boʻlishi mumkin. Masalan, Hindistonda 460 milliondan ortiq internet foydalanuvchilari
bor. Ammo hind raqamli iqtisodiyoti koʻp tilli (undagi moliyaviy operasiyalar bir necha
tillarda amalga oshiriladi), bu raqamli bozorning ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday boshqa keng koʻlamli hodisa singari, raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi nafaqat ijobiy natijalar bilan, balki har xil xavf va tahdidlar
bilan ham bogʻliq[3].
Bu ta’sirlarning ikkita asosiy manbai bor. Birinchidan, bu raqamli iqtisodiyotga
xos boʻlgan va uning texnologik xususiyatlariga asoslangan yangi turdagi xavf va
tahdidlarning paydo boʻlishi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyotga oʻtish davrida
institusional transformasiya sodir boʻladi, uning oʻzi sabablari va tabiatidan qat’i nazar,
barqaror va muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun beqarorlashtiruvchi
kuchli omil hisoblanadi[4].
Xulosa qilib aytganda, raqamlashtirish bugungi global jamiyatda dolzarb masala
hisoblanadi. Jamiyatni raqamlashtirish orqali fuqarolar davlat organlari faoliyati,
qolaversa, virtual xizmat koʻrsatish sifatining bevosita guvohi boʻlish imkoniyatiga
ega. Masalan, yagona darcha faoliyati davlat va fuqaro oʻrtasida bevosita raqamli
bogʻlanuvchi hisoblanadi. Raqamlashtirish korupsion holatlar va tanish bilish bilan
bogʻliq muammolarni oldini oladi.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqi.-Toshkent
“Oʻzbekiston ovozi” gazetasi. № 223 (479), 2021 yil 7 noyabr.
2. Бытие: коллективная монография. - Уфа, 2001. –С. 130-152.
3. Нурулин Р.А. Виртуальность как основание бытие бытия. Казань: Изд-во КГУ,
2004. – С. 336.
4. Грязнова Е.В. Виртуальная реальность: анализ смысловых элементов понятия
//Философские науки. 2005. №2. -С. 125-143.
5.https://www.pv.uz/uz/news/raqamli-talimga-otishni-pandemiya-jadallashtirdimi
