Authors

  • Chingiz Berdikulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113430

Keywords:

kollaboratsiya yoshlar madaniyat

Abstract

Mazkur maqolada yoshlarning estetik dunyoqarash madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy kollaboratsiyaning o‘rni yoritilgan. Unda estetik tarbiya, san’at, madaniyat, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, turli ijtimoiy institutlarning hamkorlikda ishlash zarurati asoslab berilgan. Yoshlarda tafakkur madaniyati va salohiyatining ro‘yobga chiqishi, estetik madaniyatning muhim 
metodologik asosi ekanligi ko‘rsatilgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

556

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


YOSHLAR ESTETIK DUNYOQARASH MADANIYATINI

YUKSALTIRISHDA MAS’ULIYAT - MA’NAVIY KOLLABORATSIYANI

AHAMIYATI

Berdikulov Chingiz Dusmuradovich

Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Falsafa va milliy g‘oya

kafedrasi tadqiqotchisi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yoshlarning estetik dunyoqarash madaniyatini

shakllantirishda ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy kollaboratsiyaning o‘rni yoritilgan.
Unda estetik tarbiya, san’at, madaniyat, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, turli
ijtimoiy institutlarning hamkorlikda ishlash zarurati asoslab berilgan. Yoshlarda
tafakkur madaniyati va salohiyatining ro‘yobga chiqishi, estetik madaniyatning muhim
metodologik asosi ekanligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

kollaboratsiya, yoshlar, madaniyat, tafakkur, farzand tarbiyasi,

majburiyat, burch, ta'lim, javobgarlik.

Аннотация

. В данной статье освещается роль социальной ответственности

и духовного сотрудничества в формировании культуры эстетического
мировоззрения молодежи. В ней обоснована взаимосвязь эстетического
воспитания, искусства, культуры, образования и воспитания, необходимость
совместной работы различных социальных институтов. Показано, что
реализация культуры и потенциала мышления у молодежи является важной
методологической основой эстетической культуры.

Ключевые слова:

коллаборация, молодежь, культура, мышление,

воспитание детей, обязанность, долг, образование, ответственность.

Abstract.

This article highlights the role of social responsibility and spiritual

collaboration in shaping the aesthetic worldview culture of young people. It establishes
the interconnectedness of aesthetic education, art, culture, education, and upbringing,
as well as the necessity for cooperation among various social institutions. The article
demonstrates that the realization of the culture and potential of thinking in young people
serves as an important methodological foundation for aesthetic culture.

Key words:

collaboration, youth, culture, thinking, child-rearing, obligation, duty,

education, responsibility.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

557

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


Bugungi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi

negizida estetik dunyoqarashlarining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish muhim jarayon sanaladi. Shu boisdan, yurtimizda
estetik dunyoqarash sohasidagi falsafiy ilmiy izlanishlarni kuchaytirish bugungi
kunning asosiy tadqiqot obyektlaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda bugungi globallashuv
davrida jamiyat taraqqiyotining poydevori sifatida yoshlarga bo‘lgan e’tibor tobora
ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, estetik didi, madaniy
tafakkuri va ijtimoiy mas’uliyati yurt kelajagini belgilovchi eng muhim omillardan biri
sanaladi.

Shu bois, zamonaviy jamiyatda yosh avlod vakillarining estetik dunyoqarashini

yuksaltirish, ularni ma’naviy jihatdan yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda nafaqat ta’lim tizimi, balki
oilalar, jamoatchilik tashkilotlari, san’at va madaniyat sohasi vakillari hamda ommaviy
axborot vositalarining hamkorligi, ya’ni ma’naviy kollaboratsiya muhim o‘rin tutadi.
Estetik dunyoqarash - bu insonning go‘zallikni idrok etish, uni qadrlash, estetik
qadriyatlarni anglash va hayotda qo‘llash qobiliyatidir. Aynan shu jihat kishining
madaniyati, ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Yoshlar madaniyati va tarbiyasini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

ta'kidlashicha “Zero, bugun har qanday davlatning ravnaqi, taraqqiyot bobida
erishadigan natijalari va xalqining farovonligi, avvalo, yoshlarning ta’lim- tarbiyasi va
kelajagiga qaratiladigan e’tiborga bog‘liqdir”

1

. deb ta’kidlab o‘tadilar. Yoshlar bu

borada eng sezgir va shakllanishda bo‘lgan qatlam hisoblanadi. Ularning dunyoqarashi,
hayotga, jamiyatga, san’atga va ma’naviyatga bo‘lgan munosabatlari ijtimoiy muhit,
ta’lim, san’at va axborot manbalaridan olgan bilim va taassurotlar orqali rivojlanadi.
Shu sababli ham ularning estetik madaniyatini shakllantirish masalasi ko‘p tomonlama
yondashuvni, ya’ni ma’naviy kollaboratsiyani taqozo etadi. Ma’naviy kollaboratsiya
deganda, turli soha va institutlarning, xususan, maktab va oliy ta’lim muassasalari,
madaniyat markazlari, san’atkorlar, diniy ulamolar, blogerlar va ota-onalarning bir
yoqadan bosh chiqarib, yoshlarning estetik va axloqiy tarbiyasini uyg‘unlashtirishga
qaratilgan hamkorligi tushuniladi. Bunday hamkorlik yoshlarning ichki dunyosida
ma’naviy uyg‘onish, estetik did va ijtimoiy mas’uliyat hissini oshiradi. Zero, jamiyatda
go‘zallik va ezgulikni anglay oladigan, uni qadrlaydigan va hayotida tatbiq eta oladigan

1

Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B 230


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

558

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

avlodgina barkamol jamiyatni barpo eta oladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, yoshlar
estetik dunyoqarashini yuksaltirish – bu nafaqat ma’naviy-ma’rifiy vazifa, balki
strategik ehtiyoj hamdir. Chunki yuksak estetik tafakkurga ega bo‘lgan shaxs, o‘zligini
anglaydi, jamiyatdagi o‘rnini biladi va uni yanada obod qilish yo‘lida mas’uliyat bilan
harakat qiladi. Bu esa nafaqat individual, balki ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va
taraqqiyot garovidir.

Har bir millatning estetik madaniyati murakkab va ko‘p qatlamli shakllangan

jabhadir. Estetik madaniyatning mohiyati va uning milliy o‘ziga xosligini chuqur
anglash muhimdir. Estetik madaniyat muammolarini tahlil qilish uchun o‘zligini
anglatadigan etnomadaniy boyliklarni falsafiy tahlil etish, milliy bir butunlikni
tarannum etuvchi sifatida ko‘rib chiqmaslik milliy estetik madaniyat haqida yetarlicha
chuqur va aniq tasavvur bera olmaydi. Faqatgina estetik madaniyat strukturasini yanada
aniqroq va asosli ravishda yoritib berish sharti bilan uning tarkibiy qismlarining bunday
rivojlanishi jarayonida uning rivojlanishi, evolyutsiyasini aniq aniqlangan dialektik
aloqadan iborat motivatsion va obyektiv tahlilga ishonish mumkin. “U faoliyat orqali
madaniyatni aniqlashga estetik yondashuvni, ijtimoiy yo‘naltirilgan shakllarda
insonning ijtimoiy subyekt sifatida ehtiyojlari va qobiliyatlarini amalga oshirish deb
tushunadi, obyektiv natijasi - bu ijtimoiy subyektning o‘zi va ushbu shakllarini oddiy
yoki kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish bo‘lib, milliy madaniyatni aniq tahlil qilish
uchun yanada oqilona va samarali bo‘ladi. Unda belgilangan tadbirlar amalga
oshiriladi”

2

. An’anaviy madaniyatlar uchun kengaytirilgan emas, balki oddiy dekorativ

shakllarni ko‘paytirish, tantanalar uchun bezak, hunarmandchilik, bezak buyumlari,
turar-joy binolari milliy estetik madaniyatdan dalolat beradi.

Shu jarayonlarga yosh avlod vakillarining ishtirokini miqyosini oshirish, ularda

etnoestetik dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan badiiy ijod namunalari,
amaliy san’at yo‘nalishidagi bilimlar salmog‘ini oshirish asosiy vazifalar qatoriga
kirishini ko‘rsatadi. Jamiyatda faol subyekt sifatida yoshlarning o‘z pozitsiyasiga ega
bo‘lishi etnografik omillarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ijtimoiylashgan jamiyatda
atro-muhitning etnoestetik rangbarang ko‘rinish olishida “..badiiy adabiyot, rang tasvir
san’ati, musiqa va boshqalarda insonning nafaqat estetik, shu bilan birga gnoseologik,
tashkilotchilik ehtiyojlari va qobiliyatlari ham ishtirok etadi”

3

. Natijada insonning o‘z

ehtiyoj va maqsadlarini amalga oshirishida estetik dunyoqarashga ham zavqiy

2

Абдуллаев М. Эстетическая культура. Теоретико-методологический аспект.-Т.:Фан, 1991. – С.13.

3

Арзиматова И., Ибрагимова Ф. Шахс маданияти ва бадиий-эстетик ўзгаришлар. – Фарғона: Classic”, 2020. - Б.63.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

559

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

munosabat tizimida yondashiladi.

Yosh avlodda etnoestetik dunyoqarashni shakllantirish jarayonida tabiat va

jamiyat uyg‘unligi, rangbaranglikni his etish, yashash tarziga intilish, mehnat layoqati,
bilim olishga, Vatanga sidqidildan xizmat qilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
Xalq mehnat jarayonini kuyga solish, nazm-navo, laparlar aytish yagona milliy o‘ziga
xoslik, axloqiy-estetik g‘oyalarni anglab yetguncha bo‘lib o‘tgan jarayonlardir. Barcha
xalqlar madaniyatida aynan shu bosqich belgilari mavjud. Mehnat qilish orqali estetik
tamoyillarni amalga oshirib borib, bir vaqtning o‘zida kundalik hayotni
estetiklashtirishga va kelajak uchun muhim boylikni qoldirishga intilish yuz bergan.

Shaxsning ma’naviy-ruhiy rivojlanishida ushbu tarkibiy qismlar jamiyatning

estetik madaniyatini o‘zlashtirish darajasini ifodalaydi. Shuning uchun yoshlarning
estetik madaniyatining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1) yoshlar
estetik ongini rivojlantirish sifatida

go‘zallik va xunuklilik, fojialilik hamda kulgilikni

aglash sifatlari

; 2) yosh avlodda estetik dunyoqarashni qaror toptirib borishda

ideal,

xuquq-normalar, estetik tamoyillar, yo‘nalishlar, e’tiqodlilik kabi sifatlar

; 3) estetik

diddagi mukammal bo‘lgan daraja sifatlari; 4) estetik qadriyatlarni estetik idealga
muvofiq ravishda izchilligini ta’minlash.

Jamiyatda estetik madaniyat ham yoshlar faoliyatida faollikni oshirish bilan birga

etnografik dunyoqarashning muhim tarkibiy qismlarini o‘z ichiga qamrab olib,
yoshlarning tarixni chuqur bilishi yaxgi natija beradi va etnografik bilimlarning estetik
ong va tafakkur bilan uyg‘un tomonlari o‘zini namoyon etadi. Chunki yoshlarning
ijtimoiy fanlar doirasida egallagan bilimlari ham muhim kaloroitni anmoyish etib,
tabiatga nisbatan zavqiy munosabatni, san’at asarlarini chuqur mushohada qilishni, o‘z
xatti-harakatlarini va boshqalarning xatti-harakatlarini ham his qilishni o‘rgatadi.
Yoshlarning estetik dunyoqarashi madaniyatini shakllantirish, avvalo, ularning
go‘zallikka bo‘lgan munosabatini rivojlantirish, san’at va madaniyat bilan ichki
bog‘liqligini mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

Estetik tarbiya yoshlarning qalbida noziklik, sezgirlik, go‘zallikni qadrlash,

yomonlik va xunuklikdan yiroqlashish tuyg‘ularini shakllantiradi. Bu esa ularni
insoniylik, odob-axloq va mas’uliyat tamoyillariga rioya qiladigan barkamol shaxs
sifatida tarbiyalaydi. Estetik madaniyat yosh avlodning tafakkuri, ruhiy olami va
hayotga bo‘lgan qarashlarida muhim o‘rin egallaydi. Ammo bu jarayonni faqat bir
tomonlama - faqat ta’lim orqali amalga oshirish yetarli emas. Bu yerda

ma’naviy

kollaboratsiya

, ya’ni turli ijtimoiy institutlarning birgalikdagi faoliyati muhim

ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, maktab o‘quvchisi darsda o‘qituvchidan estetik


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

560

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

g‘oyalarni oladi, ammo ularni hayotda mustahkamlash uchun ota-onasining,
san’atkorlarning, diniy va ma’rifiy ulamolarning, hamda jamiyatdagi boshqa yetuk
shaxslarning o‘rnak bo‘lishi lozim.

Ma’naviy kollaboratsiyaning samarali amalga oshirilishi yoshlar ongida ijobiy

o‘zgarishlar yuzaga keltiradi. Bunday hamkorlik natijasida ular milliy qadriyatlar,
tarixiy meros, san’at asarlari, me’moriy yodgorliklar, musiqa, adabiyot va boshqa
estetik manbalardan ruhlanadi. Masalan, teatr, muzey, adabiy kechalar, madaniy
festivallar, estetik mavzudagi davra suhbatlari yoshlar ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir ijtimoiy institut bu jarayonda o‘z mas’uliyatini chuqur anglab, birgalikda
harakat qilsa, natija ancha samarali bo‘ladi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari
va ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda kuchli vositaga
aylangan. Shuning uchun, blogerlar, jurnalistlar va kontent yaratuvchilarning
mas’uliyati ham yuqori bo‘lishi lozim. Ular tomonidan yaratilayotgan materiallar
estetik qadriyatlarga mos, milliy madaniyatimizga xos, yoshlarning ruhiy va axloqiy
kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. Aks holda, turli yot madaniyatlar
ta’siri ostida yoshlar o‘zligidan yiroqlashishi mumkin. Shuningdek, yoshlarni estetik
tarbiyalashda masjidlar, diniy ulamolar, mahalla faollari ham faol ishtirok etishi lozim.
Diniy-ma’rifiy so‘zlar orqali ularning qalbida poklik, halollik, go‘zallik va ezgulik
tushunchalari chuqur ildiz otadi. Bu esa umumiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtiradi
va yoshlarda ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytiradi.

Yoshlarni milliy estetik ruhda tarbiyalashda muhim jihatlar e’tibor berishni zarur

va ular quyidagilardir:

1) har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodda estetik idrokni individual tarzda

rivojlantirish orqali jamiyatga nisbatan go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini oshirish;

2) yuksak estetik dunyoqarashli yoshlarni tarbiyalashda did va ideal masalalariga

alohida e’tibor qaratish;

3) yoshlarda badiiy tanqidchilik san’atini kuchaytirish orqali xilma-xil

innovatsiyalarga jalb etish;

4) ijod namunalarini yaratishda milliy identlikni aks ettirish, kundalik hayot,

munosabatlarda, odamlar harakatlarida va ularning xatti-harakatlarida chiroyli amallar
bilan boyishi kerak.

Etnoestetik madaniyatning rivojlanishida, oilaviy muhitda estetik manzara

sog‘lom bo‘lishi mezonlari o‘rinli ajratilishi kerak. “Chunki, farzandlarimiz ona-
tabiatni tug‘ilganlaridan boshalab o‘zlarining ong tasavvurlari doirasida anglab boradi.
Shu bilan birgalikda ularni his qilb borish tuyg‘ulari ham rivojlanib boradi. Ularda shu


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

561

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

bilan etnoestetik tafakkur ham shakllanadi. Shu bilan birga bunday ijtimoiy-psixologik
jarayon bevosita erkin, ozod, hech qanday tazyiqsiz, ko‘rsatmasiz, buyruqsiz bo‘lishni
ham taqozo qiladi”

4

.

Kishining etnoestetik madaniyatining aksiologik komponenti o‘zining eng

umumiy ko‘rinishida ma’lum bir kishining etnoestetik ma’lumotlarga va faoliyatga
moyilligini, tegishli his-tuyg‘ular to‘plamining birlashishini, ularning zamonaviy
ijtimoiy-madaniy sharoitda o‘ziga xosligi tavsiflanadi. Ijtioiy omillar va etnopedagogik
qadriyatlar negizida etnik birlik va jamiyat ijtimoiyi holatini, an’anaviy turmush
an’analarining ta’siriga ko‘ra, jamiyatda xukm surayotgan ma’naviy muhitning
ta’siriga ko‘ra, milliy qadriyat va an’analarimizning jamoaviy holatiga ko‘ra yosh
avlodning barcha sifatlari shakllanib boradi. Bu omillar farzand tarbiyasi uchun,
ularning etnoestetik jihatdan barkamol bo‘lishlari, jamiyatda shaxs sifatida kamol
topishida ta’lim tizimi bilan birgalikda kundalik tarbiyada birgalikda izchillik bilan olib
borilishi, mantiqiy tafakkurlashining o‘tkirlashishi, hayotiy tajribaga xos mahoratning
namoyon bo‘lishi kabi jihatlarda voqelikda mavjud bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarning estetik dunyoqarash madaniyatini

yuksaltirish - bu oddiy tarbiyaviy jarayon emas, balki jamiyatning har bir qatlamini
o‘zaro uyg‘unlikda harakatga undaydigan murakkab va mas’uliyatli vazifadir. Bu
yo‘lda ta’lim muassasalari, oilalar, madaniyat va san’at sohasi vakillari, diniy-ma’rifiy
tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari bir-birini to‘ldirib
borishi, ya’ni chinakam

ma’naviy kollaboratsiya

ni amalga oshirishi kerak. Chunki bu

birgalikdagi harakatlar natijasida yosh avlodda estetik did, axloqiy poklik, go‘zallikka
intilish va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usi shakllanadi. Shu o‘rinda ularda turli
etnomadaniyatlar voqelikni go‘zallik va xunuklikning mavjud bo‘lishini ifodalab
beradi. Shu tarzda borliqdagi xilma-xil ranglar jilosi xalqlarning etnomadaniyati
integratsiyalashib, estetik dunyoqarashning bir-biridan farq qilishiga olib keladi.
Yoshlarda badiiy tafakkur yordamida estetik dunyoqarashni milliylik bilan
uyg‘unlashtirish, real hayotdagi estetik tajribani egallashga o‘rgatish, tarixan
shakllangan xalqning folklor san’atini zamonaviylik bilan uyg‘unlashtiradi;

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”.
2024. – B 230
2.Абдуллаев М. Эстетическая культура. Теоретико-методологический аспект.-

4

Ғайбуллаев О. Шахс маънавий камолоти ва эстетик маданият. – Тошкент, Chashma print, 2008. – Б.73.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

562

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Т.:Фан, 1991. – С.13.
3. Арзиматова И., Ибрагимова Ф. Шахс маданияти ва бадиий-эстетик
ўзгаришлар. – Фарғона: Classic”, 2020. - Б.63.
4.Ғайбуллаев О. Шахс маънавий камолоти ва эстетик маданият. – Тошкент,
Chashma print, 2008. – Б.73.
5.Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy
Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and
Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6.
6.Rо‘Zimurodov

S. M., Abdualiov M. S. YOSHLARDA OMMAVIY

MADANIYATGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
MEXANIZMLARI //Journal of marketing, business and management. – 2024. – Т. 3.
– №. 8. – С. 416-418.
7.Madatovich R. S., Maxamadiyevna S. D. The Role Of The System Of Education And
Family Education In Forming Youth's World View //European Journal of Humanities
and Educational Advancements. – Т. 4. – №. 4. – С. 128-130.
8.АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ
ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.
40.
9.Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A
Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education
Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194.
10.Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. БЫЛ ЛИ АЛЬ-ГАЗАЛИ
ИРРАЦИОНАЛИСТОМ-МИСТИКОМ?(ИЛИ

РАЦИОНАЛИСТИЧЕСКИЙ

ПОДХОД В ТЕОЛОГИИ ИСЛАМА) //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ
МИРЕ. – 2017. – С. 12-17.

References

Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B 230

Абдуллаев М. Эстетическая культура. Теоретико-методологический аспект.Т.:Фан, 1991. – С.13.

Арзиматова И., Ибрагимова Ф. Шахс маданияти ва бадиий-эстетик ўзгаришлар. – Фарғона: Classic”, 2020. - Б.63.

Ғайбуллаев О. Шахс маънавий камолоти ва эстетик маданият. – Тошкент, Chashma print, 2008. – Б.73.

Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6.