ZARMED
UNIVERSITETI
536
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
JAMIYATDA SALOMATLIK ME’YORLARINI SHAKLLANTIRISH
OMILLARI
Yusupov Murodali Sunnatovich
Samarqand Zarmed universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari
doktori (PhD)
E-mail:
murodaliyusupov63@gmail.com
Ochilova Mohina Davron qizi, G`ulomov Shaxzod Sirojiddin o`g`li
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya
. Mazkur maqolada jamiyatda salomatlik madaniyatining jamiyatdagi
shakllanishi, ularning salomatlik me’yorlarini belgilashdagi roli ijtimoiy-falsafiy va
sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada salomatlik
madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy ong, tibbiy ta’lim va axborot siyosatining
muhimligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
tibbiy ong, tibbiy madaniyat, salomatlik me’yorlari, sog‘lom
turmush tarzi.
Аннотация.
В данной статье с социально-философской и социологической
точки зрения анализируется формирование культуры здоровья в обществе, их
роль в определении норм здоровья. Также в статье показана важность
общественного сознания, медицинского образования и информационной
политики в формировании культуры здоровья.
Ключевые слова:
медицинское сознание, медицинская культура, нормы
здоровья, здоровый образ жизни.
Abstract.
This article analyzes the formation of a culture of health in society from
a socio-philosophical and sociological point of view, their role in determining health
norms. The article also shows the importance of public consciousness, medical
education, and information policy in the formation of a health culture.
Keywords:
medical consciousness, medical culture, health norms, healthy
lifestyle.
“Salomatlik” tushunchasi jamiyat tibbiy hayotining mazmun-mohiyatini
ifodalovchi va tarkibiy tuzilishini o‘zida namoyon qiladigan asosiy falsafiy
kategoriyalardir. Bu tushunchaning mazmun-mohiyati va ilmiy-amaliy ahamiyatini
ZARMED
UNIVERSITETI
537
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
aniqlamasdan turib, jamiyatning tibbiy hayotini hamda uning negizini belgilovchi
omillardan biri bo‘lgan aholining tibbiy madaniyani shakllantirish va yuksaltirish, uni
globallashuv jarayoni talablariga mos ravishda tubdan o‘zgartirish masalasini hal qilib
bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Biz o‘z faoliyatimizni
boshlagan dastlabki kunlardan e’tiboran siz, hurmatli xalq vakillari bilan barcha muhim
vazifalarimiz qatorida ikkita eng asosiy masalaga alohida ahamiyat qaratish haqida
kelishib olgan edik. Bularning birinchisi - jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni
saqlash bo‘lsa, ikkinchisi - aholimizning sog‘lig‘ini muhofaza qilishdir. Hammamiz
tushunamiz, tinchlik va sog‘liq – bu har bir inson, butun xalqimiz uchun hech narsa
bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Shuning uchun ham mana shu
ikki sohada biz ahvolni tubdan o‘zgartirib, ijobiy natijalarga erisha olsak, butun
jamiyatimizdagi vaziyat va ijtimoiy muhit keskin o‘zgaradi, men bunga
aminman”[1;154],– degan edi.
Xo‘sh, shunday ekan, salomatlik deb nimaga aytiladi, degan savol tug‘iladi. Bu
savolga qadimgi zamonlardan boshlab hozirgi kungacha faylasuflar, shifokorlar,
tabiblar va boshqa soha olimlari tomonidan juda ko‘plab fikrlar bayon qilingan.
Masalan, miloddan avvalgi 460-377 yillarda yashab o‘tgan qadimgi Yunonistonning
mashhur faylasuf-tabibi Gippokrat: “Sog‘lomlik – bu tashqi tabiiy muhitning inson
organizmiga ta’siri tufayli paydo bo‘ladigan va rivojlanadigan holatdir”[2;60],– degan
bo‘lsa, Aflotun: “Odam hayotini abadiy ruh boshqaradi. U uchta - aqliy, hayvoniy va
o‘simlik ruhlaridan iborat. Aqliy ruh bosh miyada joylashgan, hayvoniy ruh yurakda va
qonda joylashgan, o‘simlik ruhi esa jigarda bo‘ladi. Bulardan eng muhimi hayvoniy
ruh, u tanaga issiqlik va harakat bag‘ishlaydi. Jigardagi o‘simlik ruhi esa organizmni
oziq bilan ta’minlaydi. Bu uchala ruh uchta mavhum kuch yordamida harakat qiladi.
Sog‘lomlik ham, kasallik ham shu uchta ruhga bog‘liq. Odam shu ruhlarning
ta’siridan chetga chiqmay yashasa, salomat, agar chetga chekinsa, kasallik paydo
bo‘ladi”[3;23],– degan fikrni ilgari surgan holda odamlardagi sog‘lomlik va bemorlikni
ruhlarga bog‘laydi. Shuningdek, antik dunyoning mashhur faylasuf-tabiblaridan yana
biri 130-201 yillarda yashagan Klavdiy Galen: “Sog‘lomlik – bu 4 ta unsur namlik,
jismoniy tana, organlar va butun organizmni boshqaruvchi kuchlarning muvozanati va
uyg‘unlashuvidan iboratdir. Shu sababli biz og‘riqlarni his qilmaymiz, har kungi
vazifalarimiz bo‘lgan yuvinish-taranish, ichish, ovqatlanish va rahbarlik qilishda
qatnashish kabi o‘zimizga kerakli bo‘lgan ishlarni bajaramiz”[4;37],– degan edi.
ZARMED
UNIVERSITETI
538
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan ajdodlarimizdan Ismoil Jurjoniy (1080 – 1141)
“Xorazmshoh xazinasi”, “Tibbiyotining mohiyati” nomli asarlarida “Sog‘lomlik – bu
kishi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi barcha omillarni bartaraf etishdir”[5;98], – degan
bo‘lsa, Abu Mansur Qamariy (Abu Ali ibn Sinoning tib ilmidagi ustozi bo‘lgan) esa
“Boylik va sog‘lomlik” nomli kitobida quyidagicha yozgan edi: “Sog‘lomlik birinchi
galda normal, xotirjam hayot kechirishdir. Buning uchun esa normal ovqatlanish, har
xil zararli odatlardan saqlanish kerak” [5;102] ligini uqtirgan.
Buyuk ajdodlarimizdan eng mashhuri Shayxurrais Abu Ali ibn Sino(980-1037)
o‘zining “Tib qonunlari” nomli qomusiy asarida: “Biror kishining” “odam gavdasining
holi uch xil bo‘ladi: sog‘liq, kasallik, uchinchisi sog‘liqqa ham, kasallikka ham
qo‘shilmaydigan bir holat; holbuki, sen ikki xilgina qilib qo‘ya qolding” deyishi to‘g‘ri
emas, chunki shunday bahsni qiluvchi kishi yaxshi o‘ylasa, ikki narsadan tashqari,
uchinchi bir holatning bo‘lmasligini va bizning uchinchi holat bayoniga muhtoj
emasligimizni tushunadi. Agar uchinchi holat lozim bo‘lsa, albatta, bizning “gavdaning
nosog‘lig‘i” degan so‘zimiz kasallikni hamda sog‘liq ta’rifiga sig‘maydigan uchinchi
bir holatni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
Sog‘liq shunday malaka yoki holdirki, u sababli a’zolardan sog‘lom ishlar
vujudga chiqadi. Sog‘liq uchun bu ta’rifga muqobil: kela oladigan biron o‘zga ta’rif
yo‘q. Lekin bahs qiluvchilar sog‘liqni o‘zlaricha ta’riflab, o‘zlariga ham kerak
bo‘lmaydigan shartlarni sog‘liq ta’rifiga kiritib yuboradilar. Bu to‘g‘rida tabiblar bilan
bahslashib o‘tirishga o‘rin yo‘q. Tabiblar ham bu kabi narsalar haqida munozara
qiladigan kishilardan emaslar. Tabiblar bilan yoki ularning fikriga qo‘shilmovchi
kishilar bilan munozara qilish tibda biror foyda yetkazmaydi ham. Ammo bu masalada
haqiqatni bilish boshqa fan, ya’ni mantiq fanining qoidalariga tegishlidir. Haqiqat
mantiq fanidan talab qilinsin!” [6;12].
“Salomatlik” tushunchasiga berilgan bir qator ta’riflardan ham ko‘rinib turibdiki,
ularda:
birinchidan,
o‘rab turgan tabiiy muhitning hal qiluvchi roli;
ikkinchidan,
qandaydir “mutlaq ruh”ning boshqaruvchanligi;
uchinchidan
, butun dunyo asosini
tashkil etuvchi birlamchi mohiyat;
to‘rtinchidan
, inson organizmidagi barcha
a’zolarining o‘z vazifalarini to‘liq bajarishdagi holati kabilar asos qilib olingan.
Holatga bunday tarzda yondashishga,
birinchidan
, aholining salomatligini asrash
borasidagi shakllangan shart-sharoitlar;
ikkinchidan
, aholi salomatligini saqlash uchun
yetkazib beriladigan dori-darmonlarning yetishmasligi;
uchinchidan,
jamiyatda ustun
bo‘lgan falsafiy dunyoqarash talablarini bajarishning qat’iyligi;
to‘rtinchidan
, o‘z
manfaatini ko‘zlovchi ayrim doiralarning butun mamlakat aholisining emas, balki
ZARMED
UNIVERSITETI
539
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
birinchi navbatda o‘zining, oilasining, yaqin qarindosh-urug‘larining salomatligini
saqlash borasida g‘amxo‘rligi sabab bo‘lgan.
XX asr va XXI asr boshlariga kelib dunyoda texnika va texnologiyalar
rivojlanishi natijasida tibbiyot sohasida ham inson organizmining tarkibiy tuzilishini,
ularning amalda bajaradigan funksiyalarini, ularga tabiat va jamiyatda sodir
bo‘layotgan jarayonlarning ta’sirini, inson ongi va ruhiyatining sog‘liqni saqlashdagi
o‘ziga xos xususiyatlarini, tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga qo‘llash,
aholining tibbiy ongini global darajada axbrotlashtirish, sog‘liqni saqlash tizimida yuz
berayotgan
jarayonlarni
kompyuterda
modellashtirish,
davolash
jarayonida
nanotexnologiyalardan foydalanish, hujayraning DNK va RNKsi sirlarini topish
borasida tadqiqotlar olib borildi hamda olingan natijalar bevosita amaliyotda qo‘llanila
boshlandi. Bu esa natijada “salomatik” haqidagi an’anaviy tushunchaning ilmiy-
falsafiy mazmunini yanada boyitdi va uni yangi ilm-fan yutuqlari asosida falsafiy
jihatdan qaytadan anglash zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu bois XX asrning
o‘rtalaridan boshlab “salomatlik” tushunchasiga faylasuflar, tibbiyotshunoslar,
politologlar psixologlar tomonidan ilmiy ta’riflar berilganligini ko‘ramiz.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, salomatlik me’yorlari jamiyatda ijtimoiy,
madaniy, tibbiy va axboriy omillar ta’sirida shakllanadigan murakkab konstruksiya
hisoblanadi. Ular nafaqat biologik ko‘rsatkichlarga, balki mavjud ijtimoiy qadriyatlar,
tibbiyot amaliyoti, ommaviy axborot vositalari, diniy e’tiqodlar, iqtisodiy sharoit va
hatto siyosiy kontekstga ham bevosita bog‘liqdir. Har bir davrda va har bir jamiyatda
sog‘liq va kasallikning qanday talqin qilinishi – bu me’yorlarni kim belgilashini,
qanday targ‘ib qilishini va ularning jamiyatda qanday qabul qilinishini aniqlaydi.
Zamonaviy jamiyatda sog‘lom turmush tarzi, tibbiy madaniyat va tibbiy ong
salomatlik me’yorlarini belgilovchi asosiy komponentlar sifatida maydonga
chiqmoqda. Shu bilan birga, sog‘liq me’yorlari ayrim hollarda jamiyatda ijtimoiy bosim
va normalashgan stereotiplar orqali kutilgan "ideal" holatga aylantirilmoqda, bu esa
ayrim guruhlar uchun salomatlik me’yorlariga erisha olmaslik hissi va chetlab qolish
holatlariga olib kelishi mumkin.
Shu sababli, salomatlik me’yorlarini shakllantirishda ijtimoiy adolat, madaniy
moslashuvchanlik, axborotning haqqoniyligi va tibbiy ta’limning sifati muhim rol
o‘ynaydi. Tadqiqotdan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash siyosatida va ommaviy sog‘liq
kampaniyalarida tibbiy me’yorlar tushunchasini ijtimoiy ongga singdirishda
ehtiyotkorlik va inklyuzivlikka asoslangan yondashuvlar zarurligi xulosa qilinadi.
ZARMED
UNIVERSITETI
540
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлис Сенатининг Йигирманчи Ялпи Мажлисидаги
нутқ// Унинг ўзи. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги
фаровон бўлади. 3-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2019. – Б.154.
2. Гиппократ. О враче 1. // Этика и общая медицина. – СПб.: Азбука, 2001. – С.
60.
3. Чикин С.Я. Врачи – философы. – М.: Медицина,1990. – С.23.
4. Гален из Пергама (130-201) //100 ученых, изменивших мир. – Мн.: Харвест,
2006. – С. 36-38.
5. Қодиров А.А. Тиббиёт тарихи. Дарслик. – Т.:. Ибн Сино номидаги нашриёт-
матбаа бирлашмаси, 1993.
6. Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. Уч жилдлик сайланма. 1-жилд. – Тошкент:
Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти,1992. – Б.12.
7. Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy
Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and
Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6.
8. Rо‘zimurodov S. M., Abdualiov M. S. YOSHLARDA OMMAVIY
MADANIYATGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
MEXANIZMLARI //Journal of marketing, business and management. – 2024. – Т. 3.
– №. 8. – С. 416-418.
9. Madatovich R. S., Maxamadiyevna S. D. The Role Of The System Of Education And
Family Education In Forming Youth's World View //European Journal of Humanities
and Educational Advancements. – Т. 4. – №. 4. – С. 128-130.
10. АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ
ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.
40.
11. Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A
Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education
Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194.
