ZARMED
UNIVERSITETI
576
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY DAVLATNING HUQUQIY ASOSLARINI
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY
ASOSLARI
Botirov Zafar Saydullayevich
Alfraganus universiteti “Ijtimoiy fanlar” kaferdasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada
mamlakatimizda
ijtimoiy
davlat
konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish jarayoni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan
tahlil etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy davlat tushunchasining mohiyati, uning
insonparvarlik, adolat, tenglik va mas’uliyat kabi asosiy tamoyillari ijtimoiy-falsafiy
jihatdan yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
huquqiy asoslar,
ijtimoiy falsafa
,
insonparvarlik,
adolat,
fuqarolik
jamiyati,
huquqiy madaniyat,
konstitutsiyaviy islohotlar,
ijtimoiy himoya,
davlat va
jamiyat munosabatlari.
Аннотация.
В данной статье с социально-философской точки зрения
анализируется процесс формирования и развития концепции социального
государства в нашей стране. В ней раскрывается сущность понятия социального
государства, а также с социально-философской позиции освещаются его
основные принципы, такие как гуманизм, справедливость, равенство и
ответственность.
Ключевые слова:
правовые основы, социальная философия, гуманизм,
справедливость, гражданское общество, правовая культура, конституционные
реформы, социальная защита, взаимоотношения государства и общества.
Abstract.
This article analyzes the process of formation and development of the
social state concept in our country from a socio-philosophical perspective. It reveals
the essence of the social state concept and illuminates its fundamental principles, such
as humanism, justice, equality, and responsibility, from a socio-philosophical
standpoint.
Key words:
legal foundations, social philosophy, humanism, justice, civil
society, legal culture, constitutional reforms, social protection, state-society relations.
Insoniyat taraqqiyotining asrlar davomida shakllanib borgan murakkab ijtimoiy-
siyosiy tajribasi bugungi zamonaviy davlat konsepsiyasining paydo bo‘lishiga zamin
ZARMED
UNIVERSITETI
577
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
yaratdi. Davlat degan tushuncha faqatgina hokimiyat, nazorat va tartib timsoli
bo‘libgina qolmay, ayni damda jamiyatdagi adolat, tenglik va inson sha’nini
e’zozlashning huquqiy va axloqiy kafolati sifatida ham namoyon bo‘ladi. Ayniqsa,
ijtimoiy davlat modeli bugungi global siyosiy-falsafiy tafakkurda chuqur ildiz otib,
insonparvarlik tamoyillari asosida davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning
sifat jihatdan yangi shaklini ifodalaydi.
Bu haqda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “...avvalo, inson, uning
haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng
ustuvor maqsadi boʼlishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu gʼoyaga
tayanishi hamda “Davlat - inson uchun” tamoyili asosida tashkil etilishi darkor”
1
– deb
taʼkidlaydi. Shu o‘rinda ijtimoiy munosabatlar nafaqat huquqiy me’yorlar, balki
axloqiy va diniy me’yorlar, shuningdek, jamiyatda shakllangan axloq va an’analar bilan
tartibga solinganligi sababli, huquqiy normalar boshchiligidagi ijtimoiy normalarning
o‘zaro bog‘liqligi uyg‘un munosabatlarni yaratish uchun asosdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy davlatning huquqiy asoslarini huquqiy madaniyat tizimli
ravishda oqilona rivojlanish, rag‘batlantirish va ijobiy ijtimoiy tarbiyani talab qiladi.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy mexanizmi
- bu ijtimoiy va madaniy vositalar tizimi bo‘lib, ular yordamida huquqiy madaniyat
tasvirlari shakllanadi va uzatiladi. Shaxs va turli-tumаn ijtimоiy subektlаr ishtirоk
etаdigаn ijtimоiy-аmаliy fаоliyаt judа rаng-bаrаngdir. Ijtimоiy vа shаxsiy
mаnfааtlаrning bir jаbhаdаn bоshqа jаbhаgа о‘tishi muhim ijtimоiy jаrаyоndir. Shаxsiy
mаnfааt dоim insоn ishtirоk etuvchi ijtimоiy-аmаliy fаоliyаt vоsitаsidа jаmiyаt
mаnfааti bilаn bоg‘lаnаdi vа аksinchа, ijtimоiy mаnfааtlаr jаmiyаtdа mаvjud аmаliyоt
оrqаli аyrim shаxs mаnfааtlаri bilаn uzviy bo‘liqdir. Bоz ustigа, jаmiyаtning rivоjlаnish
dаrаjаsi qаnchа yuqоri bо‘lsа, shаxsiy vа ijtimоiy mаnfааtlаr о‘rtаsidаgi о‘zаrо аlоqа
shunchа serqirrа tus оlаdi.
Shаxs ijtimоiy vа mаdаniy tаjribаning tа‘siridа rivоjlаnаdi. Shuning uchun hаm
jаmiyаtdа shаxs vа ijtimоiy-siyоsiy institutlаrning о‘zgаrishi mаsаlаsi ijtimoiy davlat
uchun eng muhim mаsаlа hisоblаnаdi. Shu o‘rinda davlat, shaxs va jamoaning
manfaatlarini birlashtirishda, jamiyatda barqarorlikni saqlashda muhim funktsiyalarni
bajaradi. “Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ham mehnat huquqi,
fuqarolik huquqi masalalariga alohida to‘xtalinib, ijtimoiy munosabatlarning asosiy
jihati sifatida ezgulik, insonlarqadr-qimmati, xalq manfaati masalalari turgan”
2
.
1
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент “Ўзбекистон” нашриёти. 2021. –Б. 464.
2
«Авесто» тарихий-адабий ёдгорлик Асқар Маҳкам таржимаси. - Тошкент: Шарқ, 2015.
ZARMED
UNIVERSITETI
578
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Shaxs erkinligi - ijodkorlik, shaxsiy qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyatini
o‘rganish imkoniyatidir. Ijtimoiy davlatning maqsadlaridan biri shaxs erkinligini
rivojlantirishdan iboratdir. Ijtimoiy davlatda amaldagi qonunlar va normalar shaxsning
erkinligi va huquqlarini himoya qilishi, individning ijtimoiy hayotda erkin va
mas'uliyatli ravishda qatnashish imkonini berishi muhimdir. Ijtimoiy institutlar - davlat,
oilalar, nodavlat tashkilotlari, jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy tuzilmalaridir. Ushbu
institutlar shaxslarning ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynaydi va ularning massa sifatida
birlashishiga yordam beradi. Ijtimoiy davlat doirasida bu institutlarning shakllanishi va
rivojlanishi ham o‘z-o‘zidan rasmiy va norasmiy strukturalarning o‘zaro
munosabatlariga bog‘liqdir.
Ijtimoiy institutlar, shuningdek, qadriyatlar, urf-odatlar va ijtimoiy amaliyotlar
orqali, shaxslar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, demоkrаtiyа shаrоitidа pаrtiyаlаrning liderligi xаlq mаnfааtlаrini ifоdа
etuvchi g‘оyаlаrni ishlаb chiqishginа emаs, bаlki аhоlidа, fuqаrоlаrdа siyоsiy fаоllikni,
siyоsiy mаdаniyаtni shаkllаntirishdаn hаm ibоrаtdir. Pаrtiyаlarning bu funksiyаsi uning
zimmаsigа fuqаrоlаrni ijtimоiy-siyоsiy jаrаyоnlаrning subektlаrigа аylаntirish
vаzifаsini qо‘yаdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yayotgan bir
davrda, mamlakatimizda ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlash, uni huquqiy
asoslar bilan boyitish va jamiyat ongida ushbu yondashuvning mohiyatini shakllantirish
masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Bizning fikrimizcha, umumе’tirof еtilgan
inson huquqlari atamasi хalqaro hujjatlar ahamiyatini хalqaro standartlar atamasidan
kam bo‘lmagan darajada aks еttiradi, chunki ular davlatlararo darajada ishlab chiqiladi,
davlatlararo hamkorlikni tartibga solishga mo‘ljallanadi, o‘z yurisdiksiyasi doirasida
inson huquqlariga hurmatni ta’minlab bеra olmaydigan ahvolda qolgan, o‘z хalqi va
хalqaro hamjamiyat oldida inson huquqlariga rioya еtish yuzasidan javobgarlikka
tortiluvchi davlatga nisbatan yo‘naltiriladi”
3
.
Davlat va jamiyat o‘rtasidagi mas’uliyatli hamkorlik, inson huquq va
erkinliklarini ustuvor qadriyat sifatida e’tirof etish, ijtimoiy himoya tizimini samarali
tashkil etish orqali ijtimoiy davlat konsepsiyasi real hayotga tatbiq qilinmoqda. Ijtimoiy
davlat - bu nafaqat siyosiy-huquqiy tuzilma, balki axloqiy yondashuv, insonparvarlik
tamoyillari va adolatli jamiyat sari intilishning oliy bosqichidir. Bu g‘oya, eng avvalo,
3
Саидов А. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред. акад. Б.Н.Топорнин. М., «МЗ
Пресс», 2002. — С. 80.
ZARMED
UNIVERSITETI
579
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
davlatning o‘z fuqarolari oldidagi axloqiy majburiyatini anglatadi: har bir inson uchun
munosib turmush darajasini ta’minlash, uning qadr-qimmatini e’tirof etish va uni
hayotda faol ishtirok etishga undash. Shuning uchun ijtimoiy davlatni shakllantirish
yo‘lidagi har bir huquqiy islohot, har bir qonunchilik tashabbusi o‘z mohiyatida inson
sha’nini ulug‘lashga, adolatli ijtimoiy tuzumni barpo etishga qaratilgan bo‘ladi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar,
xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan ijtimoiy davlat
tamoyillari huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar orqali
davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyati yanada aniq belgilab berildi: ta’lim,
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, bandlik va boshqa muhim sohalarda fuqarolarga
barqaror va adolatli xizmat ko‘rsatish majburiyati davlat zimmasiga yuklatildi. Bu esa
O‘zbekistonni zamonaviy ijtimoiy huquqiy davlat sifatida shakllantirish yo‘lidagi
muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Shuningdek, ijtimoiy davlat qurilishi jamiyatdagi
chuqur strukturaviy o‘zgarishlarni, inson ongi va ijtimoiy mas’uliyat darajasining
yuksalishini ham talab qiladi. Bu borada huquqiy ong va huquqiy madaniyatning
oshirilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi, davlatning xalq bilan ochiq
va samimiy muloqotga intilishi asosiy omillardan hisoblanadi. Chunki ijtimoiy
davlatning barpo etilishi - bu faqat davlat va hukumatning tashabbusi emas, balki butun
jamiyatning, har bir fuqaroning bu yuksak maqsad sari intilishi natijasidir. O‘zbekiston
ana shu murakkab zamon ostonasida ijtimoiy adolat va huquqiy tartibotni o‘z taraqqiyot
yo‘lida bosh mezon sifatida tanlagani bilan o‘zining istiqbolli yo‘lini belgilab oldi. Har
bir fuqaroning ijtimoiy farovonligi, huquqiy kafolatlar bilan mustahkamlangan erkin
yashashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylandi. Albatta, ijtimoiy davlatning huquqiy asoslarini yaratish bir kunlik
ish emas. Bu - izchil qonunchilik islohotlari, faol fuqarolik pozitsiyasi, demokratik
institutlarning mustahkamlanishi va eng muhimi, jamiyatda huquqiy madaniyatning
yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq uzviy jarayondir. Bu yo‘lda har bir fuqaroning
huquqiy ongini uyg‘otish, uni ijtimoiy mas’uliyatga chorlash, shuningdek, davlat
idoralarining halollik, ochiqlik va shaffoflik asosida faoliyat yuritishini ta’minlash
zarur. Shundagina ijtimoiy davlatning amaliy modelini barpo etish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda ijtimoiy davlat qurish yo‘lida aholining zaif qatlamlariga
ko‘maklashuvchi ijtimoiy himoya tizimi barpo etilishi muhim omildir. So‘nggi yillarda
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”
kabi mexanizmlar orqali ijtimoiy yordamlar aniq ehtiyojmandlarga yo‘naltirilmoqda.
Ushbu tizimlarning huquqiy asoslari mustahkamlanib, aholining real ehtiyojlariga
ZARMED
UNIVERSITETI
580
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
moslashgan mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, “Ijtimoiy himoya
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi orqali ijtimoiy xavfsizlik va muhofaza mexanizmlarining
izchil va tizimli asosda ishlashini ta’minlovchi normativ-huquqiy baza yaratilmoqda.
Bu huquqiy poydevor fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini yanada aniq va
samarali kafolatlash imkonini beradi.
Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining huquqiy takomillashtirilishi
har qanday
ijtimoiy davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonda bu tizimlarni
rivojlantirishga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlar - Prezident farmonlari, qarorlari,
hukumat dasturlari, sohaga oid qonunlar qabul qilindi. Masalan, “Ta’lim to‘g‘risida”,
“Davlat tibbiy sug‘urtasi to‘g‘risida”, “Aholini sog‘liqni saqlash to‘g‘risida”gi
qonunlar zamonaviy ijtimoiy davlat modeliga mos holda yangilanmoqda. Bular orqali
aholining barcha qatlamlari uchun sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish
imkoniyati kengaymoqda. Ayniqsa, davlat tomonidan imtiyozli toifalarga bepul ta’lim
va davolanish kafolatlari belgilanishi ijtimoiy adolat prinsipining real ifodasidir.
Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini huquqiy
jihatdan mustahkamlash nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham mustahkam
ijtimoiy poydevor yaratadi. O‘zbekistonda yangi tipdagi jamiyat iqtisodini tarixan qisqa
davrda shakllantirishda qator bosqichlar bosib o‘tildi. Mamlakatimizda ijtimoiy
davlatni shakllanishi jarayoni jamiyat barcha sohalarida tub o‘zgarishlar bilan birga
insonlarning huquqiy ongi va madaniyati shakllandi. Ijtimoiy davlatni barpo etish -
nafaqat huquqiy, balki falsafiy va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan strategik
yo‘ldir. Bu yo‘l orqali O‘zbekiston kelajagi adolatli, farovon va insonparvar jamiyat
sari dadil qadam tashlamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент “Ўзбекистон”
нашриёти. 2021.
2. «Авесто» тарихий-адабий ёдгорлик Асқар Маҳкам таржимаси. - Тошкент:
Шарқ, 2015.
3. Саидов А. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред.
акад. Б.Н.Топорнин. М., «МЗ Пресс», 2002.
4.Рўзимуродов С., Юсупов М. ЎЗБЕКИСТОНДА ФАЛСАФИЙ ФИКРЛАР
ИБТИДОСИ ХУСУСИДА //Проблеми та перспективи розвитку науки на початку
третього тисячоліття у країнах СНД. – С. 253.
5. MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy
Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т. 6.
ZARMED
UNIVERSITETI
581
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
– №. 04. – С. 88-90.
6. Ruzimurodov S. M., Ruzimurodov O. M. The Role of the Neighbourhood in the
Healthy and Harmonious Education of Young People in the Global Environment
//Indiana Journal of Humanities and Social Sciences. – 2021. – Т. 2.–№. 12. – С. 1-3.
7. Ruzimurodov S. M., Sultanova N. THE ROLE OF THE FAMILY IN THE
UPBRINGING OF YOUNG PEOPLE AS A HARMONIOUS GENERATION
//Инновационные подходы в современной науке. – 2019. – С. 367-371.
