ZARMED
UNIVERSITETI
563
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYA SISTEMASIDA SIMVOLLARNING
O‘RNI
Djavotova Ohista Djamol qizi
Sharof Rashidov nomidagi SamDU 2-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Simvollar juda qadim zamonlardan buyon insoniyatni bir-birini
tushunishida va muloqot olib borishida muhim hisoblangan. Simvol, ya’ni til belgilari
dastlabki so‘z va nutq shakllari sanaladi. Bugungi kunda zamonaviy ilm-fanda
simvolizm nazariyasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
til, til belgisi, simvolizm, ta’lim-tarbiya, belgilar tizimi, ramz.
Аннотация.
С древних времен символы считались важными для
человеческого понимания и общения. Символами, то есть языковыми знаками,
считаются первые слова и формы речи. Сегодня теория символизма считается
важной в современной науке.
Ключевые слова:
язык, языковой знак, символика, образование, знаковая
система, символ.
Annotation.
Since ancient times, symbols have been considered important for
human understanding and communication. Symbols, that is, linguistic signs, are
considered the first words and forms of speech. Today, the theory of symbolism is
considered important in modern science.
Key words:
language, linguistic sign, symbolism, education, sign system,
symbol.
Simvollar zamonaviy ilm-fanda, ta’lim va tarbiya sistemasida, ayniqsa, tabiiy va
aniq fanlarni tushunish va tushuntirish jarayonida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Simvollar, ya’ni “Belgilar predmet va hodisalarning bir-biridan farq qiluvchi hamda
o‘xshash tomonlarini ifoda etuvchi jihatlari va xususiyatlaridir. Belgilar predmet va
hodisalar bilan bog‘langan muayyan axborotlarni tashiydi va tushunchalarni hosil
qilishda muhim rol o‘ynaydi. Tushunchalar til vositasida ifodalanadi”
1
. Demak har
qanday til sitemasi ma’lum bir til belgilari asosida shakllanadi. “Til belgisi - predmet,
xossa va munosabatni ifodalovchi moddiy ideal hosila; ikki jihat - ifoda va mazmun
1
Тураев Б.О. Борлиқ (фалсафий таҳлил). Ўзбекистон Республикаси ВМ ҳузуридаги Имом Бухорий халқаро
илмий-тадқиқот маркази. Самарқанд, 2021. Тўлдирилган нашр. – Б.110.
ZARMED
UNIVERSITETI
564
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
jihatiga ega birlik. “Til belgisi majmui belgili tizim - tilni tashkil qiladi. Til belgisining
ifoda (tashqi, moddiy, ifodalovchi) va mazmun (ichki, maʼno, ifodalanuvchi) jihatlari
dialektik munosabatda boʻlib, asimmetriya qonuni doirasida amal qiladi. Til belgisi
deganda, soʻzni emas, balki gapni tushunmoq kerak”
2
. Ushbu mulohazalardan kelib
chiqib shuni anglash mumkinki, til belgilarining moddiy jihati deyilganda uning tashqi
tomondan koʻrinadigan shakli, ya’ni ma’lum bir davrda inson tomonidan qay darajada
tasvirlangan koʻrinishi nazarda tutiladi. Ichki jihatida esa, uning qanday soʻz, yoxud
fikrni ifodalayotgani, tushuntirib berayotgani, ya’ni ma’no-mazmuni nazarda tutiladi.
Til belgilarida shakl va mazmun umumlashadi.
Belgilar tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Tushuncha sifatida
qoʻllanilishi esa, manbalarda qayd etilishicha, belgi (ramz) tushunchasi 1380 yillarda
dastlab paydo bo‘lgan, ammo XVI asr o‘rtalaridan boshlab asl talqinida tushunila
boshlagan
3
. Ya’ni, bu davrdan simvollar, ramzlar, belgilar qaysidir so‘zni ifodalovchi
tushuncha mazmunini oldi. Til belgilarini tahlil etish, qadimiy simvollarni, shu
jumladan, turli xalqlar madaniyatlarida, sivilizatsiyalarida, ayniqsa, marorim va diniy
qadriyatlarida namoyon bo‘lgan ramzlarni tadqiq etish masalasi aynan mazkur davrdan
boshlab g‘arb faylasuf, mantiqshunos, tilshunos, etnograf olimlarini ham qiziqtira
boshlagan. Jumladan, Edmund Spenser belgi va ramzlar borasida mulohaza yuritgan
dastlabki ingliz olimlardan biri hisoblanadi.
4
Spenser tadqiqotlarida birinchilardan
bo‘lib belgilarning boshqa bir ma’noni anglatadigan tushuncha sifatidagi mohiyati
ochib beriladi. Belgilarning bilishdagi funksiyasi hamda asosiy mazmun-mohiyatini
tadqiq eishda o‘rganishga Leybnis ham katta e’tibor qaratishgan.
Belgilarni ilmiy-nazariy, falsafiy tahlili, ya’ni belgilarni o‘rganish XIX asrdan
boshlab jadal rivojlandi. Bu borada pragmatizm hamda semiotika asoschisi
hisoblangan, amerikalik faylasuf, mantiqshunos, matematik olim Charlz Pirs (1839-
1914 y.)ning xizmatini alohida qayd etish lozim. Pirsning falsafa, tabiatshunoslik,
pragmatizm, matematika, semiotika, mantiq ilmi kabi bir qancha sohalar doirasida olib
borgan ilmiy izlanishlari ko‘plab olimlar, tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan, tarjima
qilingan. Har qanday predmetni ongga yetib borishi, tasavvur etilishi, tushunilishi
hamda til vositasida yuzaga chiqishida belgilar muhim funksional ahamiyat kasb etadi.
Til belgilari va ramzlari masalasi bugungi zamon ilm-fani, til falsafasi,
2
https://uz.wikipedia.org/wiki/Til_belgisi.
3
Alain Rey et al., eds., Dictionnaire historique de la langue française, new edition, vol. 2 Paris: Dictionnaires Le Robert,
1995. - P. 2082.
4
Qarang: https://en.wikipedia.org/wiki/Symbol.
ZARMED
UNIVERSITETI
565
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
shuningdek mantiq ilmida ilmiy-nazariy tadqiqot obyekti sifatida tahlil etilib
kelinmoqda. D.Fayzixoʻjayeva ta’biri bilan aytganda, “Belgi – 1) bilish jarayonida
boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqida ma’lum bir
xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy
predmet... belgilar 2 turga bo‘linadi: tilga aloqasi bo‘lgan belgilar va tilga aloqasi
bo‘lmagan belgilar. Tilga aloqasi bo‘lmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar (fotosurat,
barmoq izi va b.), indeks-belgilar yoki ko‘rsatuvchi belgilar (tana haroratining
ko‘tarilishi – kasallik belgisi, tutun – olovning belgisi va b.) kiradi. Til belgisi simvol-
ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra
hech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini
o‘rganishga qaratadi”
5
.
Demak, turli predmetlarni, obyekt yoxud ilm-fandagi turli terminlarni
ifodalashda qo‘llanadigan simvollar bugungi kunda til tizimida muhim ahamiyat kasb
etadi. Til belgilarining ilm-fandagi ahamiyati shundaki, ular tushunish va tushuntirish
jarayoni izchilligini ta’minlab, tabiiy va sun’iy til asosida shakllangan ilmiy til
samaradorligi hamda taraqqiyotini yanada jadallashtirmoqda. Masalan, kimyoviy
elementlar yoki formulalar (suv (H2O), og‘ir suv (D2O), temir (Fe), mis (Cu),
alyuminiy (A1), magniy (Mg) va b.q.) ni ifodalashdagi turli til belgilari ilmiy muloqot
jarayonida muhim hisoblanadi. Bunda belgilar predmetlarni, obyektlarni nomlashni
qulaylashtirib, yirik so‘zlar yoxud tushunchalarni qisqa va izchil ko‘rinish orqali
ifodalaydi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, til belgilarini tushunish ko‘p hollarda maxsus
soha doirasidagi mutaxassislar uchun qo‘llanadi. Jumladan, fiziklar tezlik, masofa yoki
vaqtni ifodalashda o‘ziga xos belgili formulalardan foydalanganda, bu asosan soha
vakillari tomonidan izchil qabul qilinadi. Demak, simvollar qadimiy shakllanish
bosqichida barcha uchun tushunarli hisoblangan umumiy muloqot tili vazifasini
bajargan bo‘lsa, bugungi zamonaviy til falsafasida asosan ilm-fanning turli, maxsus
sohalarida qo‘llanib kelinmoqda.
Ilm-fanda maxsus simvollarning ahamiyati borasida M.Sharipov hamda
D.Fayzixo‘jayevani quyidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor sanaladi.
“Birinchidan, simvollar turli ma’nolarni farqlab, keyinchalik esa, almashtirib
yubormaslikka imkon beradi
Ikkinchidan, qulay simvol berilgan kontekstda muhim hisoblangan narsaga
diqqatni jamlashga xizmat qiladi.
5
Файзихўжаева Д. Мантиқ: изоҳли лўғат. - Т.: Tamaddun, 2015. – Б. 38.
ZARMED
UNIVERSITETI
566
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Uchinchidan, mulohaza shaklini qisqa va aniq namoyon qiladi. Masalan,
Maksvell tenglamasini tabiiy tilda so‘zlar yordamida tasvirlash bir qancha betni
egallagan bo‘lar edi, bu esa turli elementlar o‘rtasidagi muhim munosabatlarning
mohiyatini yashiradi. Adekvat bo‘lgan simvollarni kiritish, mulohazada qaysi
qiymatning doimiy, qaysinisining o‘zgaruvchan ekanligini aniqlashtirishga yordam
beradi.
To‘rtinchi va jiddiy ustunligi – bu simvollarning jismoniy va fikriy kuchlanishni
qisqartirishidan iborat”
6
.
Demak til belgilari insoniyat bilish imkoniyatini yanada oshirish, idrok etish va
tushunish darajasini izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, ilm-fanda juda
katta hajmdagi ilmiy-nazariy materiallarni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi.
Simvollar mulohazadan chalg‘imaslikka, fikrni jamlashga, yangi axborot borasida
tezkor xulosalar chiqarishga yordam beradi. Mantiq ilmida ma’lum bir mulohazalarni
formallashtirishda simvollardan samarali foydalaniladi. Ya’ni simvollar fikr aniqligini
ta’minlash hamda uni qisqartirilgan ixcham shaklini hosil qilish maqsadida
formallashtirishda qo‘llaniladi. Ta’lim-tarbiya sitemasida, ayniqsa, ilmiy bilish
jarayonida simvollar asosida shakllangan formallashgan til hamda tabiiy til uyg‘unlikda
namoyon bo‘ladi. Tabiiy til va sun’iy til birligida ilmiy til shakllanadi, nazariy bilim
hosil qilinadi.
Xulosa
sifatida mulohaza yuritganda belgilar tizimi falsafa va mantiq ilmining
eng qadimiy sohalaridan biri hisoblanib, bugungi zamon ilm-fanida ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Simvollar tizimini yangicha falsafiy metodologiyalar asosida
tadqiq etish hozirgi global taraqqiyot davrida tobora dolzarblashib borayotgan sun’iy
til rivojiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alain Rey et al., eds., Dictionnaire historique de la langue française, new edition,
vol. 2 Paris: Dictionnaires Le Robert, 1995.
2. Тураев Б.О. Борлиқ (фалсафий таҳлил). Ўзбекистон Республикаси ВМ
ҳузуридаги Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази. Самарқанд, 2021.
3. Файзихўжаева Д. Мантиқ: изоҳли лўғат. - Т.: Tamaddun, 2015.
4. Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D. Mantiq tarixi va nazariyasi. Darslik. –T.:
Universitet, 2019.
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Til_belgisi.
6. https://en.wikipedia.org/wiki/Symbol.
6
Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D. Mantiq tarixi va nazariyasi. Darslik. –T.: Universitet, 2019. – B. 43.
