14
ELEKTROMAGNIT NURLANISH VA OPTIK HODISALARNING
MAMMOSKRINING TEKSHIRUVIDA QO‘LLANILISHI
Gulnoza Soyibjonovna
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, kafedra assistenti, Farg‘ona,
O‘zbekiston
Mavzuning dolzarbligi.
Zamonaviy tibbiyotda onkologik kasalliklarni erta
aniqlash profilaktika va hayotni saqlab qolishning muhim omilidir. Ayollarda
uchraydigan ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni patologiyalarini aniqlashda
qo‘llaniladigan mammoskrining va kolposkopiya usullarining diagnostik ahamiyati
ortib bormoqda. Ushbu usullar biofizika fanining muhim yo‘nalishlari bo‘lgan
elektromagnit nurlanish-rentgen nurlari va optik hodisalar - yorug‘likning sinishi,
qaytishi va kattalashtirish asosida ishlaydi. Diagnostik uskunalarning samaradorligi,
aniqligi va xavfsizligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik qonuniyatlarga tayanadi. Bu
metodlarning biofizik asoslarini chuqur o‘rganish tibbiy vizualizatsiya sifatini oshirish,
yangi texnologiyalarni klinikaga tadbiq etish va yangi skrining usullarini ishlab
chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning maqsadi.
Ayollarda mammoskrining va kolposkopiya
usullarining fizik asoslarini, xususan, elektromagnit nurlanishning va optik
hodisalarning diagnostik jarayonlardagi rolini tahlil qilish hamda ularning aniqlik va
samaradorligini asoslashdir.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Rentgen nurlanishining biologik
ob’yektlarga ta’sirini o‘rganish maqsadida ilgari o‘tkazilgan tajribalardan foydalanildi.
Sichqonlar, quyonlar va pashshalar ustida o‘tkazilgan biologik tajribalar shuni
ko‘rsatdiki, mutatsiya darajasining oshishi sababli hatto oz miqdordagi sistematik
nurlanish ham genetik jihatdan zararli ta’sirga olib kelishi mumkin. Ko‘pgina
genetiklar ushbu natijalarni inson organizmiga tatbiq etishni tan oladi. Rentgen
nurlanishining inson organizmiga ta’siri uning doza miqdori hamda nurlangan a’zo
turiga bog‘liq. Masalan, qon hosil qiluvchi organlar nurlanishi - qon kasalliklariga,
jinsiy a’zolar nurlanishi esa genetik shikastlanish va bepushtlikka olib kelishi mumkin.
Shu asosda xalqaro va milliy standartlar asosida ruxsat etilgan doza me’yorlari ishlab
chiqilgan.
Mammografiya va kolposkopiya usullarining ishlash prinsiplarini tahlil qilish
uchun ilmiy-texnik adabiyotlar, zamonaviy tibbiy qurilmalarning texnik tavsiflari
hamda fizik qonuniyatlar - elektromagnit nurlanishning yutilishi, fotoeffekt,
yorug‘likning sinishi va diffuziyasi asos qilib olindi.
Mammoskriningda rentgen nurlarining to‘qima orqali o‘tishi quyidagi
eksponensial yutilish qonuniga muvofiq baholandi:
𝐼 = 𝐼
0
∙ 𝑒
−𝜇𝑥
15
bu yerda:
𝐼
- to‘qimadan o‘tgan nurlanish intensivligi,
𝐼
0
- boshlang‘ich intensivlik,
𝜇
- yutilish koeffitsienti,
𝑥
- to‘qima qalinligi.
Kolposkopiyada esa yorug‘likning linzalar orqali tasvir hosil qilishi
kattalashtirish koeffitsienti yordamida tahlil qilindi:
𝑀 =
𝑑
𝑖
𝑑
0
bu yerda:
𝑀
-optik kattalashtirish,
𝑑
𝑖
-tasvirning linzadan masofasi,
𝑑
0
-ob’yektning
linzagacha masofasi.
Tadqiqot natijalari va muhokama.
Mammoskriningda qo‘llaniladigan rentgen
nurlari to‘qimalar zichligiga qarab har xil darajada yutiladi, bu esa tasvirda kontrast
hosil qilish imkonini beradi. Ushbu jarayonda fotoeffekt va sochilish asosiy fizik
mexanizmlar sifatida ishtirok etadi. Kolposkopiyada esa yorug‘likning sinishi,
sochilishi va linzalar orqali kattalashtirilishi to‘qimalarning mikrostrukturasini aniqlik
bilan ko‘rish imkonini beradi. Fizik qonuniyatlarga asoslangan bu metodlar diagnostik
tasvir sifatini belgilovchi asosiy omillar – to‘lqin uzunligi, yorug‘lik intensivligi,
nurlanish dozalari va optik rezolyutsiya bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Muhokama natijalariga ko‘ra, fizik jihatdan asoslangan texnologik takomillashtirishlar
diagnostik aniqlikni yanada oshirish imkoniyatini beradi.
Xulosa.
Mammografiyada rentgen nurlarining to‘qimalar orqali eksponensial
yutilishi asosida kontrast tasvirlar olinadi, bu esa to‘qimalar zichligi farqini aniq
ajratish imkonini beradi. Kolposkopiyada esa yorug‘likning linza orqali sinishi va
kattalashtirilishi tufayli bachadon bo‘yni epiteliysining mikrostrukturalari aniqlik bilan
vizualizatsiya qilinadi.
Mammoskrining fizik asoslari chuqur o‘rganishda tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklarni erta aniqlashda bu usullar muhim
ahamiyat kasb etadi. Ularning samaradorligi va diagnostik aniqligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
elektromagnit nurlanish va optik hodisalarga asoslangan fizik qonuniyatlarga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Toshmuhammedova, F. Sh., Aliyev, H. U., & Nizomov, R. Z. (2013).
Umumiy
farmakologiya va retseptura
. Toshkent: Ilm ziyo.
2.
Soyibjonovna, Q. G. (2025). Jismoniy salomatlik darajasini baholash usullari va uni
nazorat qilishning asosiy bosqichlari. M
odels and Methods for Increasing the
Efficiency
of
Innovative
Research
,
4
(41),
129-134.
https://interoncof.com/index.php/germany/article/view/7493
3.
Karabaev, M., K., Kosimova, G., S., & Sidikov, A., A. (2023).
Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali
16
4. Karabaev, M., & Qosimova, G. (2023). Logical - mathematical models of
quantitative assessment of the integral level of individual physical health based on the
adaptive potential of the div.
E3S Web of Conferences
,
452
, 07004.
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345207004
5. Гасанова, Н. М. (2025). Изменение морфологической текстуры слюны при
грыжах позвоночного диска до и после применения гирудина.
Multidisciplinary
Journal
of
Science
and
Technology
,
5
(2),
564-569.
https://www.mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/2710
6. Косимова, Г., Бахтиерова, М., & Исроилова, Д. (2024). Перспективы
использования лазера в медицине.
Решение социальных проблем в управлении и
экономике
,
3
(6), 31-33.
7. Soyibjonovna, Q. G. (2025). Qon va immun tizimlarining fiziologik jarayonlarida
fizik qonunlarning roli.
tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g ‘oyalar
,
1
(9),
739-741.
