Authors

  • Raxmatov A. S.,
    Respublika Ixtisoslastirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amali tibbiyot markazi Surxondaryo filiali
  • Zayniddinov S. S.
    Respublika Ixtisoslastirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amali tibbiyot markazi Surxondaryo filiali

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113772

Abstract

Suyak to‘qimasi o‘smalari zamonaviy onkologiyaning eng murakkab va ko‘p qirrali masalalaridan biri hisoblanadi. Bu patologik jarayonlar suyak to‘qimasining turli strukturalaridan - osteoblastlar, osteoklastlar, xondrotsitlar, suyak iligidan kelib chiqishi mumkin.


background image

5

SUYAK TO‘QIMASI O‘SMALARI

Raxmatov A. S., Zayniddinov S. S.

Respublika Ixtisoslastirilgan Onkologiya va

Radiologiya ilmiy amali tibbiyot markazi Surxondaryo filiali

Kirish:

Suyak to‘qimasi o‘smalari zamonaviy onkologiyaning eng murakkab va

ko‘p qirrali masalalaridan biri hisoblanadi. Bu patologik jarayonlar suyak
to‘qimasining turli strukturalaridan - osteoblastlar, osteoklastlar, xondrotsitlar, suyak
iligidan kelib chiqishi mumkin.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, birlamchi suyak o‘smalari barcha xavifli

o‘smalarning 0.2% ni tashkil etadi, ammo ularning aggressiv tabiati va davolashdagi
qiyinchiliklari tufayli ahamiyati yuqori. Ikkilamchi yoki metastatik suyak o‘smalari esa
ancha keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab saraton turlarining kech bosqichlarida kuzatiladi.

Etiopatogenez va xavf omillari
Genetik omillar:

p53, Rb, MDM2 genlarining mutatsiyalari

,

irsiy sindromlar

osteogenesis imperfekta va boshqa o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelishi aniqlangan.

Tashqi

omillar:

Ionlashtiruvchi

nurlanish

ta'siri

,

kimyoviy

kanserogenlar,oldingi jarrohlik amaliyotlari yoki travmalar, pejet kasalligi fonida
rivojlanishlari kuzatiladi.

Yosh va jins omillari:

Osteosarkoma - o‘smirlik davri, xondrosarkoma - o‘rta va katta yosh,Yuing

sarkomasi - bolalar va yosh yoshdagilar

Patologik anatomiya va gistologiyasi:
Makroskopik ko‘rinish:

O‘sma hajmi va shakli,suyak destruksiyasi, yumshoq

to‘qimalarga tarqalishi

,

nekroz va qon quyilish sohalari ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Mikroskopik ko‘rinish:

Hujayra tuzilishi va polimorfizmi, Mitotik aktivlik

darajasi, Stroma va vaskularizatsiya, Nekroz va apoptoz belgilarini mavjudligini
mikroskopik ko‘rinadi.

Suyak o‘smalarini diferensatsiya qilishda quydagi immunogistokimyoviy

markerlardan foydalanamiz:

Osteosarkoma: osteokalsin, osteopontin Xondrosarkoma: S-100, SOX9 Yuing

sarkomasi: CD99, FLI-1

Morfologik diagnostika:
Punksiya biopsisi,

Aniq gistologik tashxis, immunogistokimyoviy tadqiqotlar

va genetik markerlarni aniqlashda, muhum kichik invaziv usul hisoblanadi.

Tripan biopsiya usulida, k

o‘proq material olish imkoniyati, gistologik

gradatsiyasini va xromosoma buzilishlarini aniqlash maqsadida kerakli to‘qima
miqdorini olish hisoblanadi.

Prognoz va bashorat omillari:
ijobiy prognostik omillar:

Erta bosqichda aniqlash, yaxshi differentsirlangan

o‘sma, to‘liq jarrohlik rezeksiya, kimyoterapiyaga yaxshi javob, yosh bemorlarda
yaxshiroq prognoz berishi.


background image

6

Salbiy prognostik omillar:

Kech bosqichda aniqlash,

metastazlarning

mavjudligi

,

yuqori gistologik grade

,

neyrovaskulyar invaziya

,

yirik o‘sma hajmi (>8

sm).

Xulosa:

Suyak to‘qimasi osmalari zamonaviy onkologiyaning eng murakkab va

ko‘p qirrali muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu kasalliklarning muvaffaqiyatli
davolash natijalariga erishish uchun multidissiplinar yondashuv, erta diagnostika va
zamonaviy davolash usullarining kompleks qo‘llanilishi zarur.

So‘nggi yillarda suyak o‘smalarini davolashda sezilarli yutuqlarga erishildi.

Limb-sparing jarrohlik, samarali kimyoterapiya protokollari, maqsadli terapiya va
immunoterapiya kabi zamonaviy usullar bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada
yaxshiladi va omon qolish ko‘rsatkichlarini oshirdi.

Kelajakda molekulyar biologiya, genomika, va personalizatsiyalangan tibbiyot

sohasidagi tadqiqotlar natijasida yanada samarali va kam toksik davolash usullarining
paydo bo‘lishi kutilmoqda. Suyak to‘qimasi osmalari bilan kurashda eng muhim omil
- bu kasallikni erta bosqichda aniqlash va kompleks, individual yondashuvga
asoslangan davolash strategiyasini qo‘llashdir.

Tibbiy ta'lim tizimida ushbu soha bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish, tadqiqot

faoliyatini kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali suyak o‘smalari
bilan kurashda yanada yaxshi natijalarga erishish mumkin.