Authors

  • N. Sh. Xoshimova
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, RSHTYoIM Surxondaryo filiali
  • Yu. M.Xodjibekova
    Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, kafedra kurs rahbari2
  • Sh.I. Qaxxorov
    Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, kafedra kurs rahbari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113780

Abstract

Ogʻiz boʻshligʻi toʻqimalarining yomon sifatli oʻsmalari butun dunyoda onkologik kasalliklar orasida oʻrta oʻrinda turadi (2–5%). Biroq bu 
lokalizatsiyadagi oʻsmalarning biologik xususiyatlari — agressiv oʻsish, tez metastazlanish, qaytalanishga moyilligi — ularni klinik jihatdan ahamiyatli guruhga kiritadi. Afsuski, koʻpchilik bemorlar kech bosqichda (III–IV) murojaat qiladi, bu esa diagnostika, davolash va prognozda jiddiy muammolar tugʻdiradi. Ushbu holatda aniqlik va tezlik bilan ishlaydigan zamonaviy diagnostika metodlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. MSKT – multispiral kompyuter tomografiyasi ogʻiz boʻshligʻi va unga tutash anatomik strukturalarni batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi samarali tasviriy tekshiruv usuli hisoblanadi.


Deprecated: file_exists(): Passing null to parameter #1 ($filename) of type string is deprecated in /www/wwwroot/inlibrary.uz/plugins/generic/htmlArticleView/HtmlArticleViewPlugin.php on line 327