Authors

  • Bobur Ismoilov
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • Akbarali Turayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114357

Keywords:

exnologiya Tabiiy fanlar integratsiya fanlararo bog‘liqlik STEAM.

Abstract

Ushbu maqolada STEAM yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda “Tabiiy fanlar”ning o‘zaro fanlararo bog‘liqligi ifoda etilgan. Ya’ni, “Tabiiy fanlar” o‘zaro qay tartibda fanlar bilan integrativ jarayonga kirishishi va fanlararo aloqadorlik STEAM yondashuv asosida qanday yoritilishi bayon etilgan. Mamlakatimizda ilk bor STEAM ta'limi umumta'lim maktablarida boshlangʻich sinflarida “Tabiiy fanlar”ning oʻqitilishi joriy qilinmoqda. Har qanday yondashuv ta'lim sohasiga taqdim qilinadigan nazariyalar ham yoritilgan.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

18

STEAM TA’LIMINI JORIY ETISHDA “TABIIY FANLAR” NING MOHIYATI

(Boshlang‘ich ta’lim misolida)

Ismoilov Bobur Toxirovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi mudiri,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Turayev Akbarali Murodulla o'g'li

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-bosqich magistranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada STEAM yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda “Tabiiy

fanlar”ning o‘zaro fanlararo bog‘liqligi ifoda etilgan. Ya’ni, “Tabiiy fanlar” o‘zaro qay tartibda fanlar
bilan integrativ jarayonga kirishishi va fanlararo aloqadorlik STEAM yondashuv asosida qanday
yoritilishi bayon etilgan. Mamlakatimizda ilk bor STEAM ta'limi umumta'lim maktablarida
boshlangʻich sinflarida “Tabiiy fanlar”ning oʻqitilishi joriy qilinmoqda. Har qanday yondashuv ta'lim
sohasiga taqdim qilinadigan nazariyalar ham yoritilgan.

Tayanch so‘zlar:

texnologiya, Tabiiy fanlar, integratsiya, fanlararo bog‘liqlik, STEAM.

Kirish.

Jahon miqyosida bugungi kundagi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish orqali

ta’lim oluvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda yuqori malakaga ega boʻlgan
mutaxassislarni tayyorlay oladigan ta’lim mazmunini yaratishni taqozo etmoqda. Uzluksiz ta’lim
mazmunini sifat jihatdan boyitish va uning samaradorligini oshirishda ta’limga boʻlgan yangi talablar
bilim oluvchilarning qiziqishi, iqtidori, qobiliyati kabi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish hamda umumiy
ta’limda tabiiy-texnik bilimlarning integrativ STEM yondashuvlar orqali tabiiy-ilmiy savodxonlik va
amaliy kompetensiyalarni shakllantirish muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi[2; 192-b.].

Tahlil va natijalar.

Ta’limda yangi STEM yondashuvi rivojlangan davlatlarda keng

qoʻllanilib, jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda va STEM ta’limi koʻplab
tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilmoqda. Xorijiy davlatlarda kichik yoshdagi bolalarda STEM
ta’limini tashkil etish muammolari Aaron D. Isabelle, Gilbert A. Zinn, Yehudit Judy Dori, Zemira R.
Mevarech, Sanders. M, Robert M. Capraro, Mary M. Capraro, James R. Morgan tomonidan tadqiq
qilingan va ular tomonidan mazkur ta’lim yoʻnalishi boʻyicha didaktik ta'minotlar yaratilgan.
Adabiyotlar tahlilga koʻra, STEM ta’limiga oid ilmiy va uslubiy ishlar amalga oshirilgan boʻlsada,
“Tabiiy fanlar”ni oʻqitish metodikasini pedagogik muammo sifatida oʻrganish hamda uni
takomillashtirish zarurati mavjud [3; 32-b.].

STEM ta’limiga oʻtish dunyoning ilgʻor davlatlarida jadal tashkil etilmoqda. Mutaxassislarni

tayyorlash uchun STEM ta’limiga oʻtish zaruriyati dastlab AQShda Tadqiqotlarning Milliy Kengashi
(National Research Council, NRC) va Milliy Ilmiy Fond (National Science Foundation, NSF)lari
tomonidan targʻib etilgan. AQSh Prezidenti B. Obama AQSh ta’lim tizimida islohotlarni olib borish
va STEM ta’limiga oʻtish dolzarbligini ta'kidlagan. 2009 yil 6 iyulda AQSh Kongressda STEM
ta’limiga oʻtish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi harakatlarni olib borish toʻgʻrisida Qonun qabul
qilingan (STEM Education Coordination Act of 2009). Mazkur qonunga koʻra Milliy Ilmiy
Texnologik Kengash (National Science and Technology Council) STEM ta’limi boʻyicha federal 5
yillik strategik reja ishlab chiqadi va har yili Kongress oldida strategik rejani amalga oshirishi
yuzasidan hisobot beradi[7; 156-b.].

M. Sanders STEAM ta’limiga oʻtishning muammolarini tahlil qilish jarayonida “Endilikda

mehnat bozori insondagi kuchli mushaklar, oʻtkir koʻzlar, mustahkam iroda kabilar bilan
baholanmaydi” - deb ta’kidlaydi Chunki zavod va fabrikalarda bu sifatlar talab qilinadigan barcha
ishlarni robotlar, ya'ni su'niy intellekt bajaradi. Endilikda insonlarga oʻz oʻrnini jamiyatda topishlari
uchun ularga jamoa bilan ishlash, yaratuvchanlik, muhandislik va boshqa shunga oʻxshash talablar
qoʻyilmoqda. Uning gʻoyasida yangi avlodni STEAM dasturi asosida oʻqitish ularda intellektni
rivojlantirishga, topqirlik orqali aniq masalalarni yechishni oʻrganishda oʻquvchilar koʻproq savol
berishlari va ularning yechimlarini topishga qaratilgan boʻlishi uqtirilgan[2; 145-b.].


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

19

Mamlakatimizda STEM ta’limi oʻquvchilarni texnik ijodkorlikka yoʻnaltirish boʻyicha olib

borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida oʻz aksini topgan. A.Toʻychievning robototexnika yoʻnalishida
oʻquvchilarda texnik ijodkorlikka oid kompetensiyalarni robototexnika elementlari asosida
takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot ishida umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarining
texnik ijodkorlikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish pedagogik shart-sharoitlari, oʻquvchilarning
texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta'minoti, texnik ijodkorlik
kompetensiyalarining rivojlanganlik darajalarini aniqlash mezonlari hamda texnik ijodkorlik
kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot ishi
robototexnikani rivojlantirishga va oʻrta umumiy ta’limning tabiiy-texnikaviy tarkibiy qismlarini
mustahkamlashga qaratilganligi bilan ta’lim berishda amaliy ahamiyat kasb etadi[3; 43-b.].

Maktab oʻqituvchilarini va oliy pedagogik ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarga

STEM ta’limini oʻrgatish dolzarbdir. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan tadqiqotlar asosida
boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga dars ishlanmalari ishlab chiqilmoqda. Masalan “Tabiiy fanlar”da
“Jonli va jonsiz tabiatni oʻrganamiz” mavzusini oʻqitishda darsning umumiy maqsadida jonli va
jonsiz tabiatga nimalar kirishini oʻrganish; jonli va jonsiz tabiatning harakatlanishdagi farqni
oʻrgatish; oʻquvchilarda jonli va jonsiz tabiatga munosabat koʻnikmalarini shakllantirish masalalari
qoʻyiladi. Darsning turli (oʻquv faoliyatiga yoʻnaltirish, bilimni faollashtirish, yangi mavzuni
oʻrganish, yangi mavzuni mustahkamlash) bosqichlarida oʻquvchilarda shakllantirilishi lozim
boʻlgan yakuniy natijalar belgilanib olinadi. Darsning har bir bosqichida erishilishi lozim boʻlgan
yakuniy natijalar tarkibiy qismlarini belgilab olishda oʻquvchining yoshi va uning psixologik-
fiziologik xususiyatlarini inobatga olish lozim[2; 156-b.].

Xulosa.

An’anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, o‘rta maktabdagi STEAM

yondashuvi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar
yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Bu
jarayonni bevosita “Tabiiy fanlar” uyg‘unligida amalga oshishini ta’kidlash joiz. Chunki STEAM
dasturi tarkibida bu fanlar hamohanglikda mavjud holatda bir-biriga tayanadi. Fikrimizcha, bu kabi
ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon
beradi, shuningdek, universitetga kirish va keyingi o‘qishni osonlashtiradi.

Chunki, boshlang‘ich sinflarda integratsion yondashuvni yanada samarali yo‘lga qo‘yish

o‘quvchilarda texnologiya va tabiiy bilimlarni o‘zlashtirishga yanada qiziqish uyg‘otishi, ularning
ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlanadi. Buning
uchun bunday tadqiqotlar doirasida boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni
takomillashtirish, o‘z faoliyatini tahlil qilish va loyihalash, mustaqil izlanish, kasbiy muammoli
vaziyatlarni ijobiy hal etish kompetensiyalarini shakllantirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz balan birga

quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

2.

Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H. “Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan

pedagogikasi”. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent. “Ilm Ziyo”, 2009. –B.192.

3.

Sangirova Zamira Bozorboyevna umumta’lim maktablarida STEAM yondashuv

asosida oʻquv-loyiha ishlarni tashkil etish metodikasi (tabiiy fanlarni oʻqitish misolida) pedagogika
fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi 2022. B.32-43.

4.

Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi “Development prospects of primary education

integration(on the example of exact and natural sciences)” // Jamiyat va innovatsiyalar jurnali. P.221-
225. Special Issue-7 (2021).

References

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz balan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H. “Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi”. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent. “Ilm Ziyo”, 2009. –B.192.

Sangirova Zamira Bozorboyevna umumta’lim maktablarida STEAM yondashuv asosida oʻquv-loyiha ishlarni tashkil etish metodikasi (tabiiy fanlarni oʻqitish misolida) pedagogika

fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi 2022. B.32-43.

Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi “Development prospects of primary education integration(on the example of exact and natural sciences)” // Jamiyat va innovatsiyalar jurnali. P.221 225. Special Issue-7 (2021).