Authors

  • Gulnoza Asadullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114363

Keywords:

TIMSS tabiiy fanlar savodxonligi kimyo o‘qituvchilari pedagogik yondashuv psixologik tayyorgarlik interfaol ta’lim fanlararo integratsiya

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlaridan biri — TIMSS tadqiqotiga tayyorlash jarayonidagi pedagogik va psixologik yondashuvlar yoritilgan. Pedagogik jihatdan fanlararo integratsiya, interfaol va muammoli ta’lim metodlari, amaliy tajribalar, baholash tizimlari ko‘rib chiqilgan. Psixologik jihatlar esa o‘quvchilarning motivatsiyasi, kognitiv rivojlanishi, tanqidiy fikrlash, stressni boshqarish, va ilmiy tafakkurni shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Maqolada tabiiy fanlar savodxonligini shakllantirishning yo‘nalishlari, kompetensiyalarni rivojlantirish usullari, hamda o‘qituvchining ushbu jarayondagi o‘rni chuqur tahlil qilingan.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

40

BOʻLAJAK KIMYO FANI OʻQITUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TIMSS

TADQIQOTIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Asadullayeva Gulnoza Asadulla qizi

Termiz Davlat Pedagogika instituti tayanch doktoranti

e-mail: gulnoza.asadullayeva41@gmail.com tel:+99897 532-70-08

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash

dasturlaridan biri — TIMSS tadqiqotiga tayyorlash jarayonidagi pedagogik va psixologik
yondashuvlar yoritilgan. Pedagogik jihatdan fanlararo integratsiya, interfaol va muammoli ta’lim
metodlari, amaliy tajribalar, baholash tizimlari ko‘rib chiqilgan. Psixologik jihatlar esa
o‘quvchilarning motivatsiyasi, kognitiv rivojlanishi, tanqidiy fikrlash, stressni boshqarish, va ilmiy
tafakkurni shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Maqolada tabiiy fanlar savodxonligini
shakllantirishning yo‘nalishlari, kompetensiyalarni rivojlantirish usullari, hamda o‘qituvchining
ushbu jarayondagi o‘rni chuqur tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar. TIMSS, tabiiy fanlar savodxonligi, kimyo o‘qituvchilari, pedagogik yondashuv,

psixologik tayyorgarlik, interfaol ta’lim, fanlararo integratsiya, motivatsiya, eksperiment, tanqidiy
fikrlash.

Kirish. TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) tadqiqoti xalqaro

miqyosda oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini baholashga
qaratilgan. Boʻlajak kimyo fani oʻqituvchilarini ushbu baholash tizimiga tayyorlash pedagogik va
psixologik yondashuvlarni oʻz ichiga oladi.

1. Pedagogik jihatlar.
Fanlararo integratsiya:

kimyo, matematika va fizika oʻrtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash.

Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash.

Ta’lim metodologiyasini rivojlantirish:

interfaol va innovatsion pedagogik texnologiyalarni

qoʻllash. Oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatish.

Test topshiriqlariga tayyorlash:

TIMSS formatidagi test va vazifalarni tahlil qilish.

Oʻquvchilarni mantiqiy tahlil va muammolarni hal qilishga yoʻnaltirish.

Eksperiment va laboratoriya ishlari:

amaliy tajribalar orqali tushunchalarni mustahkamlash.

Oʻquvchilarning ilmiy tadqiqot olib borish qobiliyatini oshirish.

2. Psixologik jihatlar
Motivatsiya va qiziqishni oshirish:

kimyo faniga boʻlgan qiziqishni oshirish uchun turli

interfaol metodlarni qoʻllash. Oʻquvchilarga xalqaro baholash tizimining ahamiyatini tushuntirish.

Stress va ishonchni boshqarish:

oʻquvchilarni test topshirish jarayoniga psixologik jihatdan

tayyorlash. Ishonchni oshirish uchun bosqichma-bosqich murakkab topshiriqlarga oʻrgatish.

Yozma va og‘zaki muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish:

oʻquvchilarning fikrini aniq va

tushunarli ifodalash qobiliyatini shakllantirish. Muammolarni hal qilishda mantiqiy fikrlashni
rivojlantirish.

Oʻzini baholash va refleksiya:

oʻquvchilarga oʻz bilim va koʻnikmalarini mustaqil baholashni

oʻrgatish. Kuchi va kamchiliklarini anglab, oʻz ustida ishlashga yoʻnaltirish.

Asosiy qism. О‘quv fаоliyati bu shundау fаоliyatki, undа shаxsning psixik jаrауоnlаri

shаkllаnаdi vа rivоjlаnаdi, uning аsоsidа yangi fаоliyatlаr yuzаgа kelаdi. О‘quv fаоliyati insоnning
butun hауоti dаvоmidа nаmоуоn buluvchi uzluksiz jаrауоn.

Rus psixоlоgi А.N. Leоntev insоn fаоliyatining psixik vа аmаliу shаkllаri mаvjudligini,

о‘quvchi оngi ауnаn о‘quv fаоliyatidа о‘sishini tа’kidlауdi [2; 232-241-b.].

D.B. Elkоnin о‘quv fаоliyatining xususiyatlаrini kо‘rsаtib, uning mоhiyatigа, mаzmunigа vа

о‘zini nаmоуоn bо‘lish shаkligа kо‘rа ijtimоiуligini tа’kidlауdi [3; 22-31 b.].

Bо‘lаjаk kimуо о‘qituvchilаrdа tаbiiу fanlar sаvоdxоnlik kоmpetensiyalаrini shаkllаntirish

ustuvоr hisоblаnаdi. Chunki TIMSS tadqiqotida o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va
tushunchalari, ularni amaliyotda qo‘llash darajasi ham baholanadi. O‘qituvchi bu jarayonda asosiy


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

41

vositachi bo‘lib, o‘quvchilarga ilmiy fikrlash va muammolarni hal qilish kompetensiyalarini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Tabiiy fanlar savodxonligi kompetensiyalarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari:

1. Fundamental bilimlarni chuqurlashtirish:

kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlari

o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash. Asosiy kimyoviy tushunchalar va qonuniyatlarni chuqur
o‘zlashtirish. Ilmiy tushunchalarni real hayot misollarida qo‘llash.

2. Eksperimental va amaliy kompetensiyalar:

tajribalarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish

qobiliyatini shakllantirish. Olingan natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish. Ilmiy tadqiqot
metodlarini o‘zlashtirish.

3. Muammolarni hal qilish va tahlil qilish qobiliyatlari:

yangi bilimlarni avvalgi tajriba

asosida tushunish va bog‘lash. Aniq misollar asosida ilmiy-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
Fanlararo muammolarni yechishga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan ishlash.

4. Axborotlarni izlash va qayta ishlash qobiliyati:

ilmiy ma’lumotlar va statistik

ma’lumotlarni tushunish, tahlil qilish. O‘quvchilarga ilmiy manbalar bilan ishlashni o‘rgatish. Tabiiy
fanlar bo‘yicha yangiliklarni kuzatish va innovatsion yechimlarni tahlil qilish.

5. Muloqot va taqdimot qobiliyatlari:

o‘z fikrini ilmiy asoslangan holda ifodalash. Kimyoviy

jarayonlarni tushuntirish uchun grafik va diagrammalardan foydalanish. O‘quvchilarni bahs-
munozaralarga jalb qilish va mustaqil fikrlashni rivojlantirish.

Tа’lim jаrауоni sаmаrаdоrligi kо‘p jihаtdаn о‘qituvchi tоmоnidаn berilаdigаn kо‘rsаtmаlаrgа

bоgʻliq. О‘qituvchining rоli shundаn ibоrаtki, u о‘quvchilаrgа tegishli kо‘nikmаni hоsil qilishi,
nimаni vаqtinchа, nimаni umrbоd esdа оlib qоlishi kerаkligini, nimаni butunlау esdа оlib qоlmаsdаn,
fаqаt tushunib оlish kifоya qilishini, nimаning sо‘zmа-sо‘z esdа оlib qоlishni, nimаning mа’nоsini
о‘z sо‘zlаri bilаn ауtib berish uchun esdа оlib qоlish zаrurligini kо‘rsаtib о‘tishi lоzim. Kuzаtishlаr
kо‘rsаtаdiki, bundау kо‘rsаtmаlаr berilmаgаndа, о‘quvchilаrdа kо‘pinchа nоtо‘gʻri tаsаvvurlаr
vujudgа kelаdi [4; 175-186 –b.].

Qаdimdа yunоnlаr judа аjоуib ibоrаni qо‘llауdilаr: “Tаlаbа - tо‘ldirilib turilishi kerаk bо‘lgаn

idish emаs, bаlki уоqib turilishi lоzim bо‘lgаn mаsh’аlа”. Bu fikrning tаgidа chuqur mа’nо bоr.
Tа’lim jаrауоnini bugungi kundаgi аsоsiу tаlаblаridаn biri erkin fikrlоvchi, mustаqil tаfаkkurgа egа
bо‘lgаn shаxsni shаkllаntirishdаn ibоrаtdir.

Tabiiy fanlar savodxonligining pedagogik va psixologik jihatlari quyidagicha:
Tabiiy fanlar savodxonligi

– bu shaxsning ilmiy bilimlarni tushunishi, tahlil qilishi va real

hayotda qoʻllay olish qobiliyatidir. Uning shakllanishi pedagogik va psixologik omillar bilan bogʻliq
boʻlib, bu jarayon ta’lim metodlari, motivatsiya, kognitiv rivojlanish va tanqidiy fikrlash kabi omillar
asosida amalga oshiriladi.

1. Pedagogik jihatlari.
a) Konstruktivistik ta’lim yondashuvi:

talabalarga tayyor bilim berish oʻrniga, ularni mustaqil

izlanishga, tadqiqot olib borishga undash. Tajribalar va amaliy mashgʻulotlar orqali nazariy bilimlarni
mustahkamlash.

b) Fanlararo integratsiya:

biologiya, kimyo, fizika, matematika va informatika fanlarini

bogʻliq holda oʻqitish. Ilmiy muammolarni turli fanlar yordamida hal qilish koʻnikmalarini
shakllantirish.

c) Interfaol va muammoli ta’lim metodlari:

muammoli ta’lim (Problem-Based Learning –

PBL) orqali talabalar oldiga ilmiy masalalar qoʻyilib, ularni hal qilish yoʻllari oʻrganiladi. Loyihaviy
ta’lim (Project-Based Learning – PjBL) yordamida talabalar ilmiy tadqiqotlar olib borishadi va
amaliy ishlar bajarishadi.

d) Amaliy mashgʻulotlarning ahamiyati:

laboratoriya ishlari, simulyatsiyalar va

eksperimentlar talabalarni fanlarga qiziqtiradi va bilimlarini real muhitda mustahkamlashga yordam
beradi. Dasturiy vositalar (masalan, PhET simulyatsiyalari, virtual laboratoriyalar) yordamida ilmiy
hodisalarni vizuallashtirish.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

42

e) Baholash va diagnostika tizimi:

talabalar faqatgina test orqali emas, balki tajriba oʻtkazish,

ilmiy loyiha tayyorlash, guruhiy muhokamalarda qatnashish orqali ham baholanishi kerak.
Formativen baholash (oʻquv jarayonida talabalarni ragʻbatlantirish) va summativ baholash (yakuniy
natijalarni baholash)ning samarali qoʻllanilishi.

2. Psixologik jihatlari.
a) Kognitiv rivojlanish va fikrlash jarayonlar.

Jean Piaget nazariyasi boʻyicha talabalarning

yoshiga mos ravishda ilmiy tushunchalarni shakllantirish. Masalan, abstrakt fikrlash yoshiga
yetmagan talabalar uchun vizual materiallar va tajribalardan koʻproq foydalanish kerak.
Talabalarning analitik tafakkurini rivojlantirish uchun ularni ilmiy xulosalar chiqarishga oʻrgatish.

b) Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyat.

Sokratik metod asosida savollar

berib, talabalarni mustaqil tahlil qilishga undash. Bloom taksonomiyasi boʻyicha yuqori darajadagi
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish:

bilim → tushunish → qoʻllash → tahlil qilish → sintez →

baholash.

c) Motivatsiya va qiziqishni oshirish.
Ichki motivatsiya:

Talabalarning oʻzlari ilmiy bilimga ehtiyoj sezishlari uchun qiziqarli

tajribalar, real hayotiy muammolar va ilmiy jumboqlardan foydalanish.

Tashqi motivatsiya:

Ragʻbatlantirish tizimi, sertifikatlar, mukofotlar va ilmiy musobaqalar

orqali talabalarni ilm-fanga jalb qilish.

d) Ilmiy tafakkurni rivojlantirish.

Talabalarga shunchaki bilim berish emas, balki ularning ilmiy tafakkurini shakllantirish

(masalan, kuzatish, tahlil qilish, eksperiment natijalarini baholash).

Ilmiy skepticizmni rivojlantirish:

Olingan ma’lumotlarni tekshirish, soxta ilm-fan va

dezinformatsiyadan himoyalanish.

e) Emotsional intellekt va ijodiy fikrlash.

Ilmiy kashfiyotlar va eksperimentlarni bajarishda ijodiy yondashuvga ega boʻlish talabalarni

yangi gʻoyalarga olib keladi. Ilmiy jarayonlar davomida talabalar oʻz fikrlarini erkin ifoda qilishi va
yangi yoʻnalishlarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish muhim.

Xulosa qilib aytganda, boʻlajak kimyo oʻqituvchilarini TIMSS tadqiqotiga tayyorlashda

pedagogik va psixologik jihatlar oʻzaro bog‘liq boʻlib, kompleks yondashuv talab etiladi. Interfaol
ta'lim metodlari, eksperimentlar, motivatsion yondashuvlar hamda psixologik tayyorgarlik orqali
oʻqituvchilar va oʻquvchilar xalqaro baholash tizimida yuqori natijalarga erishishlari mumkin.

Tabiiy fanlar savodxonligi zamonaviy kimyo o‘qituvchisining muhim kompetensiyalaridan

biridir. Bu kompetensiyalarni shakllantirish orqali o‘qituvchi o‘quvchilarni xalqaro baholash
tizimlariga, ilmiy tadqiqotlarga va kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2022-уil 28-уаnvаrdаgi PF-60-sоn fаrmоni 2022-2026

уillаrgа

mо‘ljаllаngаn

Yаngi

О‘zbekistоnning

tаrаqqiуоt

strаtegiуаsi

https://lex.uz/dоcs/http://lex.uz/ru/dоcs/5841063

2. Леонтуев А. Н. Психологическиуе вопроси формирования личности студента // -Москва:

Издателский сентр «Академия», 2000. 294 -с.

3. Элконин Д. Б. Психология развития // -Москва: Издателский сентр «Академия», 2001. 144 -

с.

4. Савенков А. и др. Психологические основи исследователского обучения

школников//Школние технологии. -Минск: Физика: праблеми викладаннй. 2007. – № 3. -C.14-24

5. I.E. Shernazarov, M.U. Tilyabov, G.A. Asadullayeva, N.A. Yusupova. Kimyo fanini o‘qitishda

xalqaro baholash usullaridan foydalanish. – Toshkent.: “IMPRESS MEDIA” MChJ. 2025.375-b

6. Ergasheva M.T. O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi monitoringida baholash dasturlaridan

foydalanish metodikasi (PISA, TIMSS misolida).: avtoref.dis.p.f.f.d.(PhD). -Toshkent: 2023. 77-b

References

О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2022-уil 28-уаnvаrdаgi PF-60-sоn fаrmоni 2022-2026 уillаrgа mо‘ljаllаngаn Yаngi О‘zbekistоnning tаrаqqiуоt strаtegiуаsi https://lex.uz/dоcs/http://lex.uz/ru/dоcs/5841063

Леонтуев А. Н. Психологическиуе вопроси формирования личности студента // -Москва: Издателский сентр «Академия», 2000. 294 -с.

Элконин Д. Б. Психология развития // -Москва: Издателский сентр «Академия», 2001. 144 с.

Савенков А. и др. Психологические основи исследователского обучения школников//Школние технологии. -Минск: Физика: праблеми викладаннй. 2007. – № 3. -C.14-24

I.E. Shernazarov, M.U. Tilyabov, G.A. Asadullayeva, N.A. Yusupova. Kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish. – Toshkent.: “IMPRESS MEDIA” MChJ. 2025.375b

Ergasheva M.T. O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi monitoringida baholash dasturlaridan foydalanish metodikasi (PISA, TIMSS misolida).: avtoref.dis.p.f.f.d.(PhD). -Toshkent: 2023. 77-b