Authors

  • Dilobar Ashurova
    Termiz iqtisodiyot va serviz universiteti, Tibbiyot fakulteti davolash ishi ta’lim yoʻnalishi D24/02-guruh talabasi
  • Aziza Djurakulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114364

Abstract

Mazkur maqolada tibbiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining malakaviy amaliyoti jarayonidagi faoliyati, ayniqsa, ikkinchi hafta davomida bajariladigan ishlar batafsil yoritilgan. Amaliyotning asosiy maqsadi — talabalarni nazariy bilimni amaliyotda qo‘llashga, bemorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashga va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga tayyorlashdan iborat. Maqolada antiseptik ishlov berish, og‘ir bemorlarni parvarish qilish, kolostoma va traxeostoma bilan ishlash, patronaj xizmatlarida qatnashish kabi muhim jarayonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu amaliyot talabaning shaxsiy rivojlanishi va kasbga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir qilishi haqida ham fikr yuritiladi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

43

TIBBIYOT TA’LIM YOʻNALISHI TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOT

DAVRIDA QILADIGAN VAZIFALAR

Termiz iqtisodiyot va serviz universiteti, Tibbiyot fakulteti davolash ishi ta’lim

yoʻnalishi D24/02-guruh talabasi

Ashurova Dilobar

Ilmiy rahbar: Aziza Djurakulova Karshiyevna

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tibbiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining malakaviy amaliyoti jarayonidagi

faoliyati, ayniqsa, ikkinchi hafta davomida bajariladigan ishlar batafsil yoritilgan. Amaliyotning
asosiy maqsadi — talabalarni nazariy bilimni amaliyotda qo‘llashga, bemorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishlashga va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga tayyorlashdan iborat.

Maqolada antiseptik ishlov berish, og‘ir bemorlarni parvarish qilish, kolostoma va

traxeostoma bilan ishlash, patronaj xizmatlarida qatnashish kabi muhim jarayonlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, ushbu amaliyot talabaning shaxsiy rivojlanishi va kasbga bo‘lgan munosabatiga qanday
ta’sir qilishi haqida ham fikr yuritiladi.

Maqola tibbiyot talabalari, ularning o‘qituvchilari hamda amaliyot rahbarlari uchun amaliy

qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin.

KIRISH
Tibbiyot sohasi — bu bilim, mehr, sabr va mas’uliyat uyg‘unligidan iborat kasbdir. Ushbu

kasb egasi bo‘lish yo‘lida har bir talaba nafaqat nazariy bilimlarni, balki ko‘plab amaliy
ko‘nikmalarni ham egallashi zarur. Zero, inson hayoti bilan bog‘liq har qanday ishda faqat kitobda
o‘qilgan ma’lumotlar yetarli emas — uni to‘g‘ri tatbiq eta olish, real sharoitda harakat qilish,
favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ham muhim sanaladi.

Malakaviy amaliyot — bu tibbiyot ta’limining ajralmas qismi bo‘lib, talabalarni kasbiy

hayotga tayyorlaydi. Ular tibbiyot muassasalarida amaliy ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtiradilar,
bemorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash orqali o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshiradilar. Ushbu
maqolada aynan 2-hafta davomida talabalar tomonidan bajariladigan muhim vazifalar, ulardagi
mahorat shakllanishi va kasbga bo‘lgan munosabat keng yoritiladi.

Amaliyot Tuzilmasi va Maqsadi
Tibbiyot ta’limida malakaviy amaliyot — bu nazariy bilimlarni hayotiy ko‘nikmalar bilan

uyg‘unlashtirish imkoniyatini beruvchi muhim bosqichdir. Talaba tibbiy muassasa sharoitida
o‘qituvchisi va hamshira nazorati ostida haqiqiy bemorlar bilan ishlaydi, tibbiy jamoaning ajralmas
a’zosi sifatida faoliyat olib borishni o‘rganadi. Mazkur bosqich tibbiyot sohasiga qadam
qo‘yayotgan yosh mutaxassis uchun ilk sinov, ilk tajriba maktabidir.

Malakaviy amaliyotning umumiy tuzilmasi:

Malakaviy amaliyot odatda 3 hafta davom etadi va bosqichma-bosqich qiyinlashib

boradigan tartibda tashkil etiladi:

1-hafta: Tanishuv va parvarish asoslari

Bu bosqichda talaba tibbiyot muassasasi — klinika, poliklinika yoki kasalxonaning

tuzilmasi bilan tanishadi. Unda quyidagi ishlar bajariladi:

Bo‘limlarda sanitariya qoidalari va ichki tartib bilan tanishish;

Bemorning kundalik holatini kuzatish;

To‘shak rejimidagi bemorga yordam ko‘rsatish;

Qon bosimini o‘lchash, yurak urishini aniqlash kabi oddiy fiziologik o‘lchovlarda

ishtirok etish;

Parvarish qilish bo‘yicha oddiy ko‘nikmalar (yotoq tozalash, toza ichki kiyim

almashtirish, teri parvarishi).

Bu haftada asosiy e’tibor talabaning kasbga kirishishiga, muhitga moslashuviga va tibbiy

etikani tushunib yetishiga qaratiladi.

2-hafta: Amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtiris


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

44

Ikkinchi hafta talaba real protseduralar, bemorlar bilan bevosita muloqot va murakkab

holatlarda parvarish ishlari bilan shug‘ullanadi. Bu haftada:

Inyeksiya (teriga, muskulga, vena ichiga) texnikalari o‘rganiladi;

Stoma parvarishi: kolostoma, traxeostoma, ezofagostoma bilan ishlash;

Tozalovchi klizma, shpritslash, igna yordamida dorilar yuborish;

Oziqlantirishning turli usullari (og‘zaki, zond orqali, parenteral);

Yotgan, holsiz yoki falajlangan bemorlar bilan ishlash;

Hamshiralar bilan birgalikda patronaj xizmatida ishtirok etish.

Bu bosqich talabaning klinik muammolarni aniqlash, bemor bilan muloqot qilish, psixologik

yondashuvni to‘g‘ri shakllantirish mahoratini rivojlantiradi.

3-hafta: Mustaqil ish va baholas

Ushbu bosqichda talaba o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil ravishda amalda qo‘llashga

harakat qiladi. U quyidagi faoliyatlarni bajarishi mumkin:

Bemor tarixini o‘rganish, kuzatish varag‘i yuritish;

Operatsiyadan keyingi parvarish, jarrohlik bo‘limidagi kuzatuv;

Infektsiyalarni oldini olish choralari;

O‘zining malaka darajasini amaliy ishlar orqali namoyon etish.

Shu bilan birga, talaba amaliyot davomida o‘z ustida ishlashni, fikrlashni, yakka tartibda

qaror qabul qilishni o‘rganadi.

Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadlari:

1.

Nazariy bilimni amaliy ko‘nikmaga aylantirish: Darsda o‘rganilgan jarayonlarni

bevosita bemor ustida bajarish.

2.

Bemor bilan ishlash madaniyatini shakllantirish: Tibbiy etika, muomala madaniyati

va empatiya.

3.

Kasbiy ko‘nikmalarni egallash: Parvarish, injektsiya, gigiyena, protseduralar.

4.

Kasbiy mas’uliyatni his qilish: Har bir harakat ortida inson hayoti borligini anglash.

5.

Jamoa bilan ishlashni o‘rganish: Shifokor, hamshira, sanitariya hodimlari bilan

hamkorlik.

Kasbiy Ko‘nikmalarning Asosi
1. Protsedura xonalari va antiseptik ishlov berish

Tibbiyot muassasasining har bir bo‘limida infeksiyalarning oldini olish, kasallar orasida

nozokomial (kasalxonada yuquvchi) kasalliklarni kamaytirish eng muhim vazifalardan biridir.
Ayniqsa, protsedura xonalari bu borada markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu xonalarda

har kuni yuzlab diagnostik va davolovchi muolajalar bajariladi, shuning uchun ham u yerda

sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Protsedura xonasining vazifasi va jihozlanishi

Protsedura xonasi — bu muayyan tibbiy amaliyotlar, ya’ni inyeksiyalar, infuziyalar, qon

olish, yara bog‘lash, stoma parvarishi kabi protseduralar bajariladigan joydir. Xonaning asosiy
talablari quyidagilardan iborat:

Tozalik va sterillik darajasi yuqori bo‘lishi shart;

Harorat va namlik me’yorda bo‘lishi;

Antiseptik vositalar (spirtlar, xloramin, dezinfeksiyalovchi eritmalar) yetarli darajada

bo‘lishi;

Steril shpritslar, ignalar, bint, pamuk, dori vositalari alohida joyda saqlanishi;

Bir martalik ishlatiladigan vositalar mavjud bo‘lishi (qo‘lqop, niqob, shprits va b.).

Talaba amaliyot davomida protsedura xonasida bo‘lib, barcha ishlarni kuzatadi va asta-sekin

o‘zi ham ishtirok etishni boshlaydi.

Antiseptik ishlov berish tushunchasi


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

45

Antisepsiya — bu kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish yoki ularning

ko‘payishini oldini olish uchun mo‘ljallangan choralar yig‘indisidir. Amaliyotda talaba antiseptik
ishlov berishni ikki asosiy bosqichda o‘rganadi:

-Qo‘l va teriga antiseptik ishlov berish

o

Protsedura oldidan va keyin qo‘llar antiseptik vositalar (70% spirt, xlorheksidin,

antiseptik sovun) bilan tozalanadi.

o

Inyeksiya qilinadigan teri sohasi 70% spirt bilan 2-3 marta spiralsimon harakat bilan

artiladi.

-Instrumentlar va jihozlarga antiseptik ishlov berish

o

Ishlatilgan asbob-uskunalar sterilizatsiya uchun tayyorlanadi (avtoklav, qaynatuvchi

sterilizator yoki kimyoviy eritmalar yordamida).

o

Ish joyi har bir bemordan so‘ng dezinfeksiya qilinadi.

2.

Yotoq yaralarining oldini olish

Yotoq yaralari (prolej) nafaqat estetik muammo, balki og‘ir infektsiyalar, sepsis, og‘riq

sindromi va hatto o‘lim xavfini keltirib chiqaruvchi jiddiy asoratdir. Shu sababli ularni oldini olish
parvarish jarayonining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Amaliyot davomida tibbiyot yo‘nalishi talabalari:

Bemorning yotish holatini o‘zgartirishda ishtirok etadi;

Antiseptik ishlov va teri holatini baholashni o‘rganadi;

Yotoq yaralarining dastlabki belgilari (qizarish, shishish, to‘qima yumshash)ni

aniqlaydi;

Hamshira bilan birga gigiyenik parvarish (nam sochiq bilan artish, choyshab

almashtirish)ni amalga oshiradi.

3. Og‘ir bemorlarni ovqatlantirish va parvarish qilish

O‘zini tuta olmaydigan, charchagan yoki falajlangan bemorlarni ovqatlantirish katta sabr va

mehrni talab qiladi. Talabalar bemorlarni og‘zaki, zond orqali yoki parenteral tarzda ovqatlantirishda
ishtirok etadilar. Bu jarayonda bemor bilan muloyim munosabatda bo‘lish o‘rgatiladi.

4. Kolostoma bilan yashayotgan bemorlar

Kolostoma bu — ichak chiqindilari tanadan sun’iy ochilgan yo‘l orqali chiqariladigan holat.

Bunday bemorlar bilan ishlash talabalarni gigiyenik jihatdan hushyor, psixologik jihatdan esa
hushfehm bo‘lishga undaydi. Stoma xaltachalarini to‘g‘ri almashtirish, terini tozalash, bemorni ruhiy
qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

5. Ezofagostoma va traxeostoma qo‘yilgan bemorlar

Nafas olish yoki yutish qobiliyati yo‘qolgan bemorlarga traxeostoma yoki ezofagostoma

qo‘yiladi. Bu holatda talabalar stoma atrofini antiseptik bilan tozalash, bemorning holatini nazorat
qilish, nafas olishda yordam berish singari murakkab ishlarni o‘rganadilar.

6. Tozalovchi klizma qilish

Ichak faoliyatini nazorat qilish uchun klizma protsedurasi amalga oshiriladi. Talabalar ushbu

manipulyatsiyada ishtirok etish orqali bemorning qulayligini ta’minlash, ichki holatini tushunish,
jismoniy yordam ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

7. Patronaj xizmatida ishtirok etish

Uyda davolanayotgan bemorlar holidan xabar olish — bu sog‘liqni saqlash tizimining muhim

qismidir. Talabalar hamshira bilan birga uylarga borib, bemorning sog‘lig‘ini tekshiradi, dorilarni
qabul qilishini nazorat qiladi, ehtiyojlarini o‘rganadi. Bu ularni nafaqat bilimli balki ijtimoiy jihatdan
ham yetuk shaxsga aylantiradi.

Tajriba va Xulosa

Ikkinchi hafta davomida talaba faqat bemor bilan ishlamaydi — u o‘z ustida ishlaydi. Har bir

protsedura unga sabrni, muloyimlikni, e’tiborni, hushyorlikni o‘rgatadi. Aynan shu bosqichda talaba
o‘ziga savol beradi: “Men ushbu kasbga loyiqmanmi?” Va deyarli har safar u javob topadi: “Ha, men
shifokor bo‘lishga intilyapman!”


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

46

Xulosa

Ushbu malakaviy amaliyot men uchun nafaqat nazariy bilimlarimni mustahkamlash, balki

kasbim mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qilgan muhim bosqich bo‘ldi. Dastlab protsedura
xonasidagi aniq tartib, sanitariya-gigiyena qoidalari va bemorlar bilan ishlashdagi mas’uliyat meni
biroz cho‘chitdi. Ammo usta hamshiralar, o‘qituvchilar va butun tibbiy jamoa yordami bilan men
amaliyotga tezda moslashdim.

Ikkinchi hafta davomida esa parvarishning murakkab, ammo hayotiy jihatlariga chuqur

kirishdim. Kolostoma, traxeostoma, yotoq yaralari, harakatsiz bemorlar bilan ishlashda e’tibor, sabr,
aniqlik va halollik qanday muhim ekanligini angladim. Ayniqsa, yotoq yaralarining oldini olish
bo‘yicha amaliy bilim olish men uchun katta tajriba bo‘ldi.

Men bu amaliyot orqali tibbiyot nafaqat bilim, balki qalb va mehrni ham talab qiladigan soha

ekanini chin dildan his qildim. Har bir bemor bilan gaplashganimda, ularning ko‘zida umid, qo‘llarida
ishonchni ko‘rdim. Shunda tushundim: biz nafaqat davolaymiz, balki ruhlantiramiz, eng muhimi —
odamgarchilikni ulug‘laymiz.

Shuningdek, ushbu amaliyot davomida jamoaviy ishlash, shifokor-hamshira-talaba uchligi

qanday uyg‘un bo‘lishi kerakligini ham chuqurroq angladim. Bu tajribalar kelajakdagi shifokor
sifatida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.Amaliyotni o‘tganimdan g‘ururlanaman. O‘z
kasbimni yana bir bor sevib qoldim. Oldimda uzoq yo‘l borligini anglayman, lekin bu yo‘lga endi
yanada ishonch bilan qadam qo‘yamanki, har bir qadamim bemor salomatligi uchun bo‘ladi.