“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
83
YANGI DAVR FAN TARAQQIYOTI TARIXIDAN
Yormatov Faxriddin Joylovovich
Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti,
tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent
e-mail: faxriddin_yormatov@tues.uz
Tel: (93) 7910773
1827 yilda nemis ximigi Fridrix Vyolerning (1800-1882) aluminiy kashf etganligi rangdor
metallurgi sohasida muhim bir voqea bo‘ldi, ammo bu kashfiyotning ahamiyati ham ancha keyin
yuzaga chiqdi. Dastlab aluminiyning narxi asl metallarning narxiga baravar kelar edi. Aluminiy ishlab
chiqarish texnologiyasini 1854 yilda fransuz olimi A.E.Senkler Devil va 1865 yilda rus ximigi
N.N.Beketov ancha takomillashtirgandan keyin aluminiy ishlab chiqarish uchun qilinadigan
xarajatlar juda kamaydi va u aluminiy keng ko‘lamda ishlatila boshladi.
Sanoat inqilobidan keyin ishlab chiqarishning juda katta muvaffaqiyatlariga erishgan yangi
sohalaridan biri ximiya sanoatidir. Ximiya texnologiyasi sohasida qo‘lga kiritilgan g‘oyat zo‘r
muvaffaqiyatlar ximiya fanining g‘alabalari bilan bevosita bog‘liqdir. Birinchi navbatda, asosiy
ximiya sanoati deb atalgan va har xil ishlab chiqarish sohalarining, shuningdek, harbiy ishning
kundan-kunga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun sulfat kislota, soda, xlor va boshqa
moddalar ishlab chiqaradigan sanoat rivoj topdi.
XVIII asrning oxirida fransuz Nikolya Leblan (1742-1806) dengiz tuzidan (glauber tuzidan)
zavodda soda ishlab chiqarishni boshlab berdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrning boshidan oxirigacha,
soda Leblan usuli bilan ishlab chiqarildi, ammo XIX asrning 60-yillarida Belgiya ixtirochisi Ernest
Solve (1838-1922) Leblan usulidan ko‘ra hiyla unumli boshqa bir usulni (ammiak usulini) topgach,
sodda ana shu usul bilan ishlab chiqarila boshladi.
Sulfat kislota ishlab chiqarish XIX asrning boshida J.A.K. Shaptal va ba’zi boshqa
ximiklarning ishlari natijasida rivoj topdi. Keyinchalik culfat kislota ishlab chiqarish uchun xom ashyo
sifatida oltingugurt o‘rniga pirit (kolchedan) quyundilardan foydalaniladigan bo‘ldi.
1842 yilda mashhur rus ximigi Nikolay Nikolaevich Zinin (1812-1880) Qozon universitetining
laboratoriyasida nitrobenzoldan bo‘yoq modda-anilin sintez qildi. Nitrobenzol esa toshko‘mir
chirkidan olinar edi. Bu kashfiyotdan Rossiyaning o‘zida emas (chunki u vaqtlarda Rossiya ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan qoloq edi)balki G‘arbning sanoati hiyla taraqqiy topgan mamlakatlarida g‘oyat zo‘r
amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Angliyada ishlagan nemis ximigi Avgustin Vilgelm Gofman (1818-1892) bilan uning shogirdi
Uilyam Genri Perkin (1838-1907) ayniqsa katta rol o‘ynaydi 50 yillarning ikkinchi yarmida Perkin
moveinni, Ya.Natanson (Polsha) va Vergen (Fransiya) fuksinni, Gofman esa rozanilinni va ba’zi
boshqa sintetik anilin buyoqlarini kashf etdilar.
Bu ishlarning natijasida ximiya sanoatining alohida bir tarmog‘ini-anilin bo‘yoqlari sanoatini
vujudga keltirish mumkin bo‘ldi, keyinchalik sanoatning bu tarmog‘i Germaniyada tez rivojlandi.
Fabrika binolarining ko‘payishi va kechki ham tungi smenalarning muntazam ishlab turishi,
savdo sotiqningrivojlanishi va umuman, shaharlarning tez ko‘payishi yoritishning yangi manbalari
yaratishni talab qildi. XVIII asrning oxirida Angliyada Uilyam Myordokning (1754-1839) va
Fransiyada Filipp Lebonning (1769-1804) muvafaqiyatli tajribalaridan keyin, gaz bilan yonadigan
chirog‘lar yoritishning asosiy turi bo‘lib qoldi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar ixtiro qilingandan
keyin gaz ishlab chiqarishning ahamiyati yanada o‘sdi.
Ximiya elektrotexnika bilan ham chambarchas bog‘langan edi. 30-yillarning oxirida
B.S.Yakobi galvanotexnikaga (galvanoplastika bilan galvanostegiyaga) asos soldi, bu shunday
texnologik jarayonlarki, ular natijasida elektr tokining yordami bilan bo‘rtma tasvirlarning aniq
nusxasini olishga, shuningdek buyumlarni metallning yupqa qatlami bilan
Izomeriyaning ilmiy talqinini XIX asrning 50-yillari oxiri va 60-yillari boshida Qozon olimi
Aleksandr Mixaylovich Butlerov (1828-1886) bayon qilib berdi. U moddalar tuzilishining yangi
nazariyasini yaratdi. Butlerov bunday deb yozgan edi: «Murakkab zarrachaning ximiyaviy tabiati
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
84
elementar tarkibiy qismlarning (atomlarning - V. V.) tabiatiga, ularning miqdori va ximiyaviy
tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi».
Butlerov ximiyaviy tuzilish deganda molekula ichida atomlarning xilma-xil bog‘lanishlarini
nazarda tutdi. Butlerovning struktura formulalari ximiyaviy moddalar molekulalarida atomlar o‘zaro
qay tarzda bog‘langanligini ko‘rsatib berdi. Struktura nazariyasi yuz minglab g‘oyat murakkab
organiq va anorganiq birikmalarni klassifikatsiya qilishga imkon berdi. Butlerov o‘zi chiqargan
struktura formulalar asosida bir qancha organiq moddani sintez qilib, o‘z nazariyasining to‘g‘ri
ekanligi amalda isbotlab berdi.
Shu yillarda ximiya bilan fizika bir-biriga yaqinlashnb, fizik ximiya vujudga keldi va
rivojlandi. V. M. Lomonosov XVIII asrning 50-yillarida Peterburg shahrida fizik-ximiya kursidan
birinchi bo‘lib maruza o‘qidi. Shundan 30 yil o‘tgach, Laauaze va uning shogirdlari asarlarida fizika
bilan ximiya bir-biriga yanada yaqinlashtirildi. XIX asrda fizik-ximiyani rivojlantirishda rus ximigi
N. N. Beketov va uning shogirdlari katta xizmat ko‘rsatdilar. Sintetik organiq ximiyaning vujudga
kelishi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ximiya faniga tamomila zid, vitalistlik nuqtai nazar,
ya’ni organiq birikmalar faqat organizmlarning hayot faoliyati natijasidir degan nuqtai nazar uzoq
vaqtlar davom etib keldi.
1828 yilda F. Vyoler (Germaniya) anorganiq moddalardan mochivinani sintez qilib, vitalistlik
tasavvurlarni amalda rad etdi. Shu vaqtdan boshlab sintetik organiq ximiya nazariyasi ham, amaliyasi
ham tez sur’atlar bilan taraqqiy etdi (F. Vyoler, Yu. Libix, N. N. Zinin, A. .V Gofman, U. G. Perkin,
P. Bertlo va boshqalarning asarlari paydo bo‘ldi). Shu davr ximiya fanining eng yuksak muvaffaqiyati
ulug‘ rus ximigi Dmitriy Ivanovich Mendeleevning (1834—1907) elementlar davriy sistemasini
yaratishi bo‘ldi (1869). D. I. Mendeleev 1871 yilda bunday deb yozgan edi: «Elementlarning shu
elementlardan tarkib topgan oddiy va murakkab jismlarning xossalarida namoyon bo‘luvchi fizik va
ximiyaviy xossalari ularning atom og‘irligiga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi». D. I. Mendeleev
o‘zining davriy sistemasini shundan keyingi yillarda ham rivojlantirib va takomillashtirib bordi.
U o‘sha yillarda hali ma’lum bo‘lmagan elementlarning xossalarini oldindan aytib bergan edi.
Uchta elementni - galliy, skandiy va germaniyni - g‘arb olimlari XIX asrning 70-80-yillarida kashf
etdilar, ularning xossalari xuddi Mendeleev aytib qo‘yganidek bo‘lib chiqdi.Mendeleevning
kashfiyoti fizika va ximiyani yanada rivojlantirishga g‘oyat katta yordam berdi. Davriy sistema
keyinroq topilgln radioaktivlik hodisalari sirini bilib olishda va izotoplarni kashf etishda muhim rol
o‘ynadi.
D. I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi modda tuzilishi haqidagi hozirgi zamon
ta’limoti nuqtai nazaridan yanada chuqurroq talqin etildi. Ko‘rib chiqilayotgan davr tabiiyot fanlari
sohasida, tabiat to‘g‘risidagi barcha fanlarda, geologiyadan tortib to biologiyagacha bo‘lgan
fanlarda evolyusiya nazariyasining tantana qilish davri bo‘ldi.
XVIII asr oxirlarida burjua inqilobi davrida Fransiyada inqilobiy qarashlarni (J. B. Lamark va
E. Joffrua Sent-Iler (1772-1844) rivojlantirgan edi. Bu olimlarning qarashlari XVIII asrdagi diniy-
metafizika tasavvurlariga zarba berdi.
Aksincha, mashhur fransuz tabiatshunosi J. Kyuve (1769— 1832) birinchi bo‘lib maydonga
tashlagan va A. D. Orbini hamda boshqa «halokatchilar»ning asarlarida rivojlantirilgan «halokatlar
nazariyasi» birinchi qarashda juda radikal bo‘lib ko‘rinsada, asli mohiyati bilan olganda reaksion
nazariya edi. Halokatlar nazariyasi»ga ko‘ra, yer yuzida vaqti-vaqti bilan g‘oyat katta to‘ntarilishlar
bo‘lar, yashovchi hamma narsa bu to‘ntarilishlar vaqtida halok bo‘lar, so‘ngra xudoning qudrati bilan
yana yangi hayvonot va o‘simliklar vujudga kelar emish. Tabiatshunos olimlar «halokatlar
nazariyasi»ni rad qildilar.
Kyuvening xizmati hayvonot va qazilma organizmlarni tekshirishning chog‘ishtirma
anatomik usulini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Kyuve organizm qismlarining korrelyatsiya
prinsipini ilgari surdi, bu esa uning qazib topilgan ozgina qoldiqlaridan butun organizmni tiklashiga
imkon berdi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
85
Mashhur ingliz tadqiqotchisi Charlz Layell (1797—1875) asarlari paydo bo‘lishidan boshlab
«halokatlar nazariyasi» geologiya va paleantalogiyada tamomila mag‘lubiyatga uchradi. Layell yer
yuzasi tabiatning o‘zgarmas qonuni asosida asta-sekin va uzluksiz o‘zgarib boradi degan ta’limotni
ilgari surdi. To‘g‘risini aytganda, Layellning ta’limoti (Layell o‘z ta’limotini aktualizm deb atagan
edi) ma’lum darajada cheklangan va mexanistik ta’limot edi. Layell yer yuzida ta’sir qilayotgan
kuchlar sifat jihatidan ham, miqdor jihatidan ham o‘zgarmas deb hisobladi. Ammo uning qarashlari
ob’ektiv qaraganda materialistik bo‘lib, ilohiyotni aralashtirishga o‘rin qoldirmadi.
O‘rganilayotgan davrda biologiya fani qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlardan biri hujayra
nazariyasining vujudga kelishi bo‘ldi, bu nazariya hayvon va o‘simlik organizmlari tuzilishining va
rivojlanishining asosi hujayra ekanligini aniqladi. Hujayra nazariyasini ishlab chiqishda estoniyalik
Karl Maksimovich Ber hamda Pavel Fedorovich Goryaninov (1796-1865) va chex olimi Yan-
Evangelista Purkine (1787- 1869) muhim rol o‘ynadilar. 30-yillarning eng oxirida nemis olimi
Teodor Shvann, (1810-1882) va M. Shleyden hujayra nazariyasini uzil kesil asoslab berdilar, ular
hayvon va o‘simlik hujayralariiing tuzilishi hamda kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o‘xshashligini
aniqladilar. Hujayra nazariyasinnng ahamiyati shundan iborat bo‘ldiki, bu nazariya ko‘p hujayralar
hamma organizmlarning tuzilishi va rivojlanish prinsipi bir ekanligini aniqladi va evolyusiya
nazariyasining asoslaridan biri bo‘ldi.
Evolyusion qarashlarning qaror topishi va rivojlanishida embriologiya (tirik organizmlar
embrioni haqidagi ta’limot) sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Embriologiyaga asos solganlardan biri yuqorida tilga olingan K. M. Ber bo‘ldi. Embriologiyani
rivojlantirish sohasida Berdan oldin ishlagan olimlar nemis tabiatshunosi I. F. Mekkel va Peterburg
olimi X.G.Pander edi. Berning «Hayvonlarning rivojlanish tarixi haqida» degan zo‘r asari 1828—
1837 yillarda bosilib chiqdi. Fikrlarida izchillik bo‘lmaganligiga va idealistik dunyoqarashlarga yon
bosishiga qaramay, Berning asarlari ko‘p jihatdan evolyusiya nazariyasining g‘alabasiga zamin
tayyorladi.
Ulug‘ ingliz olimi Charlz Darvin (1809-1882) hozirgi zamonning butun organiq dunyosi,
ya’ni o‘simliklar, hayvonlar va inson ko‘p million yillar davom etib kelgan rivojlanish protsessining
samarasi ekanligini isbot etib, tabiatga diniy metafizik nuqtai nazardan qaqshatg‘ich zarba berdi.
Ruhoniylar bosh bulgan har xil reaksionerlar esa bu nazariyaga qarshi qattiq hujum qildilar.
Darvin ba’zi reaksion,soxta ta’limotlarga masalan, Maltus nazariyasiga ham tanqidiy ko‘z
bilan qaramadi.
Darvinizm ilg‘or tabiatshunoslarning asarlarida yanada rivojlantirildi. Buyuk nemis olimlari
Ernst Gekkel (1834-1919) va Fris Myullsr (u Braziliyada ishlagan edi)biogenetika qonuni ta’riflab
berdilar, bu qonunga ko‘ra,ma’lum bir individning embrionlik bosqichidagi rivojlanishi (ontogenez)
shu individ va uning allaqachonlar yo‘q bo‘lib ketgan ajdodlaridan tortib hammasi kiradigan butun
turnnng rivojlanishini takrorlaydi (filogenez). Keyingi tekshirishlar filogenez bilan ontogenez
orasidagi bog‘lanish Gekkel va Myuller tasavvur qilganidan ko‘ra hiyla murakkab ekanligini
ko‘rsatdi, ammo bunday bog‘lanishni aniqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmat ana shu olimlarniki
bo‘lib qolaveradi.
Rus darvinchilaridan aka-uka V. O. va A. O. Kovalevskiylar, I. M. Sechenov, I. I. Mechnikov,
K. A. Timiryazev, I. V. Michurin va boshqalar evolyusiya nazariyasini rivojlantirishda g‘oyat katta
hissa qo‘shdilar, ular evolyusiya nazariyasini ancha kengaytirdilar, chuqurlashtirdilar va uning
materialistik elementlarini rivojlantirdilar. Rossiya darvinizmning ikkinchi vatani bo‘ldi.Bunday
ilmiy yangiliklar haqida yana ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Xulosa sifatida shunday deyish mumkinki, o‘rganilgan davrda ana shunday olamshumul
yutuqlarga erishdi.
